Авторы

  • Rahmatullo Mamatisoyev
    Andijon davlat texnika instituti AT fakulteti AT 70-21 guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.103490

Ключевые слова:

avtomobillarning tormoz tizimlari ishchi tormoz tizimi yordamchi tormoz tizimi gidravlik tormoz tizimi rejali tormozlash favqulodda tormozlash.

Аннотация

Ushbu maqolada muallif tomonidan avtomobillarning tormoz tizimlari turlari, ularning ishlash tartibi, avtomobilni tormozlash usullari, ob-havo va yo‘l sharoitlarining avtomobil tormozlash xususiyatlariga ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

81

AVTOMOBILNING TORMOZLASH XUSUSIYATLARI

Mamatisoyev Rahmatullo

Andijon davlat texnika instituti

AT fakulteti AT 70-21 guruh talabasi

rahmatullomamatisoyev4@gmail.com

tel:+998 905330954

https://doi.org/10.5281/zenodo.15609302

Annotatsiya:

Ushbu maqolada muallif tomonidan avtomobillarning tormoz tizimlari

turlari, ularning ishlash tartibi, avtomobilni tormozlash usullari, ob-havo va yo‘l sharoitlarining
avtomobil tormozlash xususiyatlariga ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

avtomobillarning tormoz tizimlari, ishchi tormoz tizimi, yordamchi tormoz

tizimi, gidravlik tormoz tizimi, rejali tormozlash, favqulodda tormozlash.


Avtomobilning tormozlash xususiyatlari deganda, haydovchining avtomobil

harakatlanishi tezligini pasaytirish, zarur bo‘lganda, tezda to‘xtash va nishablik joylarida
to‘xtaganda to‘xtab turish xususiyatiga aytiladi. Tormozlash xususiyatlari quyidagi tormoz
tizimlari bilan ta’minlanadi: ishchi tormoz tizimi; ehtiyot tormoz tizimi; yordamchi tormoz
tizimi; to‘xtab turish tormoz tizimi.

Ishchi tormoz tizimi avtomobilning harakatlanish vaqtida doimiy foydalanish uchun

mo‘ljallangan. Uning yordamida haydovchiavtomobilning tezligini sekinlatishi yoki uni
to‘xtashi mumkin. Barcha turdagi avtomobil ishchi tormoz tizimi bilan jihozlanadi. Ishchi
tormoz tizimining boshqarish organi, odatda, tormoz tepkisi hisoblanadi. Nogironlarga
mo‘ljallangan avtomobillarda tepki dasta bilan almashtirilishi mumkin.

Ehtiyot tormoz tizimi ishchi tormoz tizimi ishdan chiqqanda avtomobilni sekinlatish va

to‘xtatish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. KamAZ avtomobillarida ehtiyot tormoz tizimi to‘xtab
turish tormozi bilan konstruktiv birlashtirilgan. Boshqarish dastasi yordamida prujinali
energoakkumulyatorlardan havo chiqishini sozlash va shu bilan tormozlanish kuchi va
intensivligini sozlash mumkin.

Yordamchi tormoz tizimi uzoq muddatga kichik tormoz kuchi hosil qilish uchun

mo‘ljallangan. Bunday tormoz tizimi bilan shaharlararo yo‘nalishda qatnashga mo‘ljallangan
ba’zi yuk avtomobillari va avtobuslar jihozlanadi.

Yordamchi tormoz tizimining ish prinsipi u ulanganda dvigatelda yonilg‘i uzatish

to‘xtatiladi va gazlarni chiqarish quvurlaridato‘sgich (zaslonka) yopilib tirsakli valning
aylanishiga to‘sqinlikni vujudga keltirishga asoslangan. Shunday qilib, bunday holatda dvigatel
bilan tormozlash bo‘ladi. Odatda, yordamchi tormoz tizimidan surunkali nishabliklarda, ishchi
tormoz mexanizmining qizishi va o‘yilishining oldini olish uchun foydalanadilar. Yordamchi
tormoz tizimi avtomobilni to‘satdan to‘xtatish imkonini bermaydi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

82

1-rasm. Gidravlik tormoz tizimi ishlash tartibi

To‘xtab turish tormoz tizimi to‘xtab turgan avtomobilning o‘z-o‘zidan yurib ketishining

oldini olishga mo‘ljallangan. Odatda, bu tizim ishchi tormoz mexanizmlariga ta’sir qiladi va
mexanikaviy po‘lat arqon yuritmali yoki prujinali energoakkumulyatorli bo‘ladi. To‘xtab turish
tormoz tizimi bilan barcha avtomobillar jihozlanadi.

Ayrim hollarda avtomobil to‘xtab turish joylarida to‘xtaganda, to‘xtab turish tormozi

o‘rniga past uzatmalardan biri ulab qo‘yiladi. Bu yo‘llarda harakatlanish qoidalariga zid. Istisno
tariqasida, boshqa iloj qolmaganda, karbyuratorli avtomobillardabu usulni qo‘llash mumkin,
chunki bunday dvigatellarda o‘t oldirishtizimi o‘chirib qo‘yilgan bo‘ladi. Biror sababga ko‘ra
harakatga kelgan avtomobil dvigateli o‘t olmaydi.

2-rasm. Avtomobil tormoz yo‘lining yo‘l sharoitlariga bog‘liqligi

Dizel dvigateli avtomobillarda bunday usulni qo‘llash qat’iyan man etiladi. Bundan

tashqari, to‘xtab turish tormozi bilan birga uzatmani ulab qo‘yish ham dizel dvigatelli
avtomobillarda qat’iyan taqiqlanadi. Chunki biror sababga ko‘ra avtomobil harakatlansa,
dvigateli hech qanday to‘siqsiz ishga tushadi, rejimli regulyator yoqilg‘i berishni ko‘paytiradi,
to‘xtab turish tormozi ulangan bo‘lishidan qat’i nazar, avtomobil past tezlik bilan harakatlana
boshlaydi va yo‘l-transport hodisasini keltirib chiqarishi mumkin. Tormoz tizimining
mustahkamligi harakatlanish xavfsizligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun yo‘llarda
harakatlanish qoidalari va Davlat Yo‘l Harakati Xavfsizligi Boshqarmasi bu tizimning ishonchli
ishlashiga katta talablar qo‘yadi. Mustahkam va sifatli tormoz tizimi kerakli harakatlanish


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

83

xavfsizligini ta’minlaydi va haydovchiga avtomobilni boshqarishda o‘zini ishonchli tutish
imkonini beradi.

Tormoz deb avtomobilning kinetik energiyasini tormoz barabanlari (yoki disk) va tormoz

kolodkalari friksion ustquymalari (nakladka), shuningdek shina bilan yo‘l orasidagi ishqalanish
jarayoniga aytiladi. Hozirgi zamonaviy avtomobil tormozlari yo‘l bilan shina orasidagi ilashish
kuchidan ancha katta tormoz kuchinihosil qiladi. Bunday vaziyatda avtomobil g‘ildiraklari
blokirovka (aylanmasdan) holatida harakatlanishi, bu esa g‘ildiraklarning sirpanishiga va
avtomobilning haydovchiga bo‘ysunmagan holda surilishiga olib kelishi mumkin. G‘ildiraklar
blokirovkagacha baraban va tormoz ustquymalari ishqalanish-sirpanish kuchi ta’sir etadi,
shinaning yo‘l bilan kontakt zonasida ishqalanish kuchi vujudga keladi. G‘ildiraklar blokirovka
bo‘lganda g‘ildirakning aylanishi va tormozdagi ishqalanish kuchini yengishga sarflanadigan
energiya to‘xtatiladi.

Tormozlashning ikki turi mavjud:
rejali;
favqulodda.
Rejali tormozlash deb avtomobilning tezligini pasaytirish yoki uni haydovchi oldindan

ko‘zlangan joyga to‘xtatish uchun tormozlashga aytiladi.

Favqulodda tormozlash deb kutilmaganda qatnov qismida paydobo‘lgan yoki kech

aniqlangan to‘siqni bosmaslik uchun yuqori intensivlik bilan tormozlashga aytiladi.
Tormozlash xususiyatlari bir necha ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Bulardan asosiysi eng katta
sekinlashuv va to‘xtash yo‘li hisoblanadi.Tormoz xususiyati ko‘rsatkichlari ularni aniqlash
sharoitigabog‘liq bo‘ladi. Masalan, sirpanchiq yo‘lda quruq asfaltga qaraganda avtomobilning
tormoz yo‘li ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun avtomobilning texnik tavsifnomasida u yoki bu tormoz
xususiyati ko‘rsatkichini ko‘rsatganda aniqlangan sharoit ko‘rsatiladi. Odatda,avtomobilning
tormoz yo‘li uning yoqilg‘i to‘la quyilgan, bitta yo‘lovchisi bo‘lganda qattiq qoplamali gorizontal
yo‘lda soatiga 60 yoki 40 km tezlikda aniqlanadi. Avtomobilning tormozlashda sekinlashuvini
aniqlash uchun maxsus asbob – dessalerometr qo‘llaniladi.

Tormoz yo‘li deb avtomobilning tormozlashni boshlagandan to u to‘la to‘xtaguncha bosib

o‘tgan masofasiga aytiladi.

To‘xtash yo‘li deb to‘siqni ko‘rgandan to avtomobil to‘xtaguncha avtomobil bosib o‘tgan

yo‘lga aytiladi.

Tormozlaganda avtomobil g‘ildiraklariga tortish kuchi emas, quyidagi rasmda

ko‘rsatilganidek Rt1 va Rt2 (3-rasm) tormozlash kuchi ta’sir qiladi. Bunda inersiya kuchi
avtomobil harakat yo‘nalishi bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mamatov X.M. va boshq. Avtomobillar: Darslik. – T., 2000.

2.

Fayzullaev E. va boshq. Transport vositalarining tuzilishi vanazariyasi. – T., 2005.

3.

В. Коноплянко “Основы управления автомобилем и безопасность движения”– М.:

1989. – С. 43.
4.

С. Е. Козориз. “Методические основы подготовкиводителей транспортных

средств”. – П. 2006. – С. 72.

Библиографические ссылки

Mamatov X.M. va boshq. Avtomobillar: Darslik. – T., 2000.

Fayzullaev E. va boshq. Transport vositalarining tuzilishi vanazariyasi. – T., 2005.

В. Коноплянко “Основы управления автомобилем и безопасность движения”– М.: 1989. – С. 43.

С. Е. Козориз. “Методические основы подготовкиводителей транспортных средств”. – П. 2006. – С. 72.