Авторы

  • Maftunabonu Axmadaliyeva
    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.103494

Ключевые слова:

Tinglab tushunish o‘qib tushunish gapirish yozish metod topshiriqlar ona tili darsligi davlat ta’lim standartlari.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘qib tushunish ko‘nikmasi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari 6-sinf ona tili darsligidagi o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar tahlil qilinib va qo‘shimcha metodik tavsiyalar berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

65

O‘QIB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISHGA OID TOPSHIRIQLAR

TAHLILI (6-sinf misolida)

Axmadaliyeva Maftunabonu Elmurodjon qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti

universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15602054

ANALYSIS OF TASKS RELATED TO THE FORMATION OF READING

COMPREHENSION SKILLS ON THE EXAMPLE (OF GRADE 6)

Akhmadaliyeva Maftunabonu Elmurodzhan's daughter

Student of Tashkent State University of Uzbek language and Literature named after

Alisher Navoi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘qib tushunish ko‘nikmasi haqida batafsil ma’lumotlar

berilgan. Bundan tashqari 6-sinf ona tili darsligidagi o‘qib tushunish ko‘nikmasini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar tahlil qilinib va qo‘shimcha metodik tavsiyalar
berilgan.

Annotation:

This article provides detailed information about the skills of reading and

understanding. In addition, tasks aimed at developing reading comprehension skills in the
textbook of the 6th grade native language are analyzed and additional methodological
recommendations are given.

Kalit so‘zlar:

Tinglab tushunish, o‘qib tushunish, gapirish, yozish, metod, topshiriqlar,

ona tili darsligi, davlat ta’lim standartlari.

Keywords:

listening, understanding, reading, speaking, writing, method, assignments,

mother tongue textbook, state education standards.


Bugungi kunda ona tilini o‘qitishda to‘rtta nutqiy ko‘nikmalardan faol foydalanilmoqda.

Bular: tinglab tushunish, o‘qib tushunish, gapirish va yozish. Ushbu nutqiy ko‘nikmalar
o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashiga, har qanday vaziyatda o‘z fikrini erkin, mustaqil
bayon qilishi uchun xizmat qiladi. Yaratilayotgan darsliklarning asl mahiyati ham shuni tashkil
qiladi. Ona tili fanining maqsadi ham o‘quvchiga hayotni anglatish, hayotiy ko‘nikmalarni
shakllantirishdir.

Bugungi globallashuv va axborot asrida o‘qib tushunish ko‘nikmasi har bir inson uchun

muhim hayotiy zaruriyatga aylangan. Axborotni tezda qabul qilish, uni anglash, tahlil qilish
jamiyatda faol va muvaffaqiyatli bo‘lishning asosiy shartlaridan biriga aylandi. Shu bois, o‘qib
tushunish ko‘nikmasi dolzarb masala sifatida e’tirof etilmoqda.

O‘qib tushunish – bu matnning grafika yordamida ifodalangan mazmunini muloqot

vazifasiga muvofiq qabul qilish va qayta ishlash, mazmunan anglashga doir ko‘nikma. O‘qish
obyekti sifatida faqat yozma matn tushunilmaydi. Rasmlar, chizmalar, grafiklarda tasvirlangan
axborotlar, shuningdek, ovozlashtirilmagan videomateriallarni ko‘rib ularda berilgan
axborotni tushunish ham o‘qib tushunish jarayoniga kiradi. O‘qishdan maqsad matnli axborotni
qabul qilish va qayta ishlashdan iborat.[1:34] Matnni o‘qish murakkab jarayon bo‘lib, u
psixologik, pedagogic va psixofiziologik aspektlarda o‘rganiladi.

Ko‘plab rivojlangan xorijiy davlatlarda o‘qib tushunish ko‘nikmasi maktab


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

66

ta’limining markaziy qismi hisoblanadi. Darslar faqat matnni o‘qish bilan cheklanmaydi,

balki matnni tahlil qilish, tanqidiy fikrlash, ma’lumotni baholash va mustaqil xulosa chiqarish,
matnga oid topshiriqlar ustida ishlash kabi faoliyatlar asosiy o‘rinni egallaydi. Maxsus dasturlar
orqali (misol uchun PISA testlari) o‘quvchilarning o‘qib tushunish darajasi muntazam
baholanib boriladi.

Hozirgi ta’lim tizimida O‘zbekistonda ham o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishga

katta e’tibor berilmoqda. Maktablarda yangi darsliklar va turli metodlar yordamida bolalarning
mustaqil fikrlashi va matnni anglash qobilyatini oshirish maqsadida turli xil mavzularda, turli
xil topshiriqlar berilmoqda. Shuningdek, xalqaro baholash dasturida (PISA) ishtirok etib bu
ko‘rsatkichni yanada yaxshilash choralari nazarda tutilgan. Yaratilayotgan bu imkoniyatlar
o‘quvchilarning savodxonligini, ijodiy va tanqidiy tafakkurini shakllantirishga qaratilgan.

O‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirish darsliklarda quyidagicha aks

etgan: 6-sinf ona tilidarsligidagi “Ko‘zlarimiz – eng aziz do‘stlarimiz?” nomli matn va ushbu
matnga oid topshiriqlarni ilmiy-tadqiqotchi o‘qituvchi sifatida tahlil qildim. Dastlab, nutqiy
mavzudaga oid matn, undan keyin matnga oid savollar va mavzuni mustahkamlovchi
topshiriqlar berilgan.

Ko‘zlarimiz – eng aziz do‘stlarimiz
1. Matnda ko‘zga qanday ta’riflar berilgan? Qosh va kipriklarga-chi? Siz qanday
ta’riflagan bo‘lardingiz?
2. Ko‘z qorachig‘i nima? Uning ko‘rish jarayonidagi o‘rni qanday?
3. Qosh va kipriklar qanday vazifani bajaradi?
4. Ko‘zga oid qaysi ma’lumot sizni hayron qoldirdi? Nima uchun?

1- topshiriq

. Matnda ajratib ko‘rsatilgan olmoshlarni ular ishora qilayotgan birliklar bilan

birga ko‘chiring.

Namuna

ular – ko‘zlar.

Matnda qo‘llangan fe’llarning qaysi zamonga tegishli ekanini aniqlab, yozing. Shaxs sonini

ayting.

2- topshiriq

. Ko‘z bilan bog‘liq turli shakllardagi birliklarni moslab ko‘chiring. Ushbu

birikmalar ishtirokida gaplar tuzib, yozing.

ko‘z - ko‘l
ko‘zyoshdek tiniq - ochilmoq
ko‘zi - asramoq
ko‘z qorachig‘idek – ilinmoq[2:50].
Berilgan matn va uning topshiriqlari o‘quvchilarning tafakkur ong osti jarayonini

shakllantirish bilan birga, ularning lingvistik bilimlarini va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga
xizmat qiladi.

Ilmiy-tadqiqotchi o‘qituvchi sifatida ushbu nutqiy mavzuni o‘qitish bo‘yicha quyidagi

metod va usullarni tavsiya qilaman.

1- topshiriq

. “Matn ichida yashiringan topshiriq” metodi. Matn ichiga maxsus yashirilgan

topshiriq qo‘yiladi. O‘quvchi matnni diqqat bilan o‘qib, yashirin topshiriqni topishi va bajarishi
kerak bo‘ladi.

O‘qituvchi matnni o‘quvchilarga o‘qitadi. Matnga aloqador savollar beriladi. Savollarga

javob bergan o‘quvchilar matn ostida yashiringan kalit so‘zlarni topishi kerak bo‘ladi. Kalit
so‘zlar o‘quvchining bergan javoblari ichida yashiringan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

67

Ushbu metod o‘quvchilarga o‘qigan matnni to‘la anglash, uni hayotga tatbiq eta olish, o‘z

ustida ishlash ko‘nikmlalarini shakllantirib, tafakkurini rivojlantiradi.

2- topshiriq

. “Bahsli nuqtani aniqlash” metodi. O‘quvchi matndagi biror fikrga “bu fikrga

hamma qo‘shilmasligi mumkin” deb yondashadi va u haqida bahsli savol tayyorlaydi yoki unga
javob izlaydi. Matndan quyidagi ibora tanlanadi: “Ko‘zlarimizning eng yaqin himoyachilari bu
qosh va kipriklardir” O‘quvchilarga quyidagicha savol beriladi: “Siz bu fikrga qo‘shilasizmi?
Yo‘q bo‘lsa, nima uchun? Fikringizni asoslab yozing”. O‘quvchi fikrlashga o‘rganadi, faqat yodla
bolishdan chetlashadi. Tanqidiy qarash, asosli mulohaza bildirish shakllanadi. Har bir o‘quvchi
o‘z fikrini bildirish orqali matnga nisbatan shaxsiy munosabatini shakllantiradi.

3- topshiriq

“Infrografika yasaymiz” metodi. O‘quvchilar matn asosida ko‘z haqidagi

faktlarni sxema, diagramma yoki rasmli jadvalga joylaydilar. Bunda O‘quvchilarga quyidagicha
topshiriq beriladi: “Ko‘z rasmini chizing, uning atrofiga matnda berilgan faktlarni o‘zingiz
xohlagandek ijodiy yondashgan holda joylashtiring”. Ushbu metod matnni vizual tarzda qayta
ishlashni o‘rgatadi (visual savodxonlik). Matndan olgan mazmunni xulosalashga, matnni o‘zi
uchun muhim deb bilgan qismini xotirada saqlab qolishga imkon beradi. Bundan tashqari
ushbu metod mediasavodxonlikni shakllantirish bilan birga ijodiy tafakkurni rivojlantirishga
xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak ushbu metodlar o‘quvchini matnni o‘zlashtirish imkonini

oshirish bilan birga, ijodiy fikrlashiga, og‘zaki va yozma nutqini shakllantirishga xizmat qiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Nutqiy ko’nikmalarni rivojlantirish asoslari / Asilova.G va boshqalar. Toshkent: 2024. –

60 b.
2.

Allaberdieva, G. B. (2020). Developing students vocabulary learning strategies. Scientific

Bulletin of Namangan State University, 2(11), 199-203.
3.

Исроилов, М. И., & Исроилова, С. М. (2022). Ҳуқуқий Маданият Йўлида. Central Asian

Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 2), 82-87.
4.

Ona tili [Matn]: 6-sinf uchun darslik / K. M. Mavlonova [va boshq.]. – Toshkent: Respublika

taʼlim markazi, 2022.–224 b.

Библиографические ссылки

Nutqiy ko’nikmalarni rivojlantirish asoslari / Asilova.G va boshqalar. Toshkent: 2024. – 60 b.

Allaberdieva, G. B. (2020). Developing students vocabulary learning strategies. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 199-203.

Исроилов, М. И., & Исроилова, С. М. (2022). Ҳуқуқий Маданият Йўлида. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(Special Issue 2), 82-87.

Ona tili [Matn]: 6-sinf uchun darslik / K. M. Mavlonova [va boshq.]. – Toshkent: Respublika taʼlim markazi, 2022.–224 b.