YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
61
O‘QUVCHILARDA IBORALAR USTIDA ISHLASH KO‘NIKMASINI
SHAKLLANTIRISHGA DOIR METOD VA USULLAR
METHODS AND METHODS OF FORMATION OF SKILLS TO WORK ON
STUDENTS
Soliyeva Sevdo
Alisher Navoiy nomidagi
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15600844
Soliyeva Sevdo
Student of Tashkent State
University of Uzbek language and Literature named after Alisher Navoi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada frazeologiya haqida umumiy ma’lumlar berilgan. Shu
bilan birga o‘quvchilarda iboralar ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilga
metodlar tasnif etilgan. Maqola umumta’lim maktablarida ona tili va adabiyot fanidan dars
beruvchi o‘qituvchilar hamda til o‘rganish metodikasi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar
uchun foydalidir.
Annotation:
This article provides a general review of frazeology. At the same time,
methods are classified as students to form the skills to work on the students. The article is useful
for secondary schools for teachers who teach the mother tongue and literature teachers and
methods of language learning.
Kalit so‘zlar:
frazeologiya, ibora, metod, usul, ko‘nikma, media savodxonlik, nutq
madaniyati.
Keywords:
phraseology, phrases, methods, methods, skills, media literacy, speech
culture.
Frazeologiya tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, u tilning lug‘at tarkibidagi iboralar haqida
ma’lumot beradi. Iboralar ikki va undan ortiq so‘zlar birlashuvidan tarkib topgan, ko‘chma
ma’noli turg‘un qurilma hisoblanadi. Ibora
frazema, frazeologik birlik, turg‘un birikma, barqaror
birikma, frazeologik birikma
atamalari bilan ham yuritiladi.
Iboralar tashqi ko‘rinishi jihatidan so‘z birikmasi yoki gap ko‘rinishida bo‘ladi. So‘z
birikmasi ko‘rinishidagi iboralar:
ko‘ngli bo‘sh, enka-tinkasini chiqarmoq, jig‘iga tegmoq, bel
bog‘lamoq, kir izlamoq, terisiga sig‘may ketmoq
va h.k. Gap tipidagi ibora “gap
kengaytiruvchisi+kesim” qolipi mahsuli:
istarasi issiq, ichi qora, labi-labiga tegmaydi, ko‘ngli
ochiq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq, kapalagi uchib ketdi, po‘konidan el o‘tmagan, tepa sochi tikka
bo‘lmoq
va h.k.
Odatda, iboraning ma’nosi bir leksema ma’nosiga teng deyiladi. Biroq hech qachon ular
teng emas. Chunki ibora va leksema ma’nosi teng bo‘lsa edi, unda frazeologizm ortiqcha bo‘lib
qolar edi. Misol sifatida
yoqasini ushlamoq
iborasi bilan
hayron bo‘lmoq
leksemasining
ma’nolarini qiyoslab ko‘raylik. Mazkur ibora «kutilmagan, tushunib bo‘lmaydigan narsa yoki
hodisadan o‘ta darajada ta’sirlanib, taajjublanmoq» bo‘lsa,
hayron bo‘lmoq
leksemasi
“kutilmagan, tushunib bo‘lmaydigan narsa yoki hodisadan ta’sirlanmoq” sememasiga ega. Har
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
62
ikkala ma’noda ham kishi ichki ruhiy holati aks etgan. Biroq ibora ma’nosida “o‘ta darajada” va
“so‘zlashuv uslubiga xos”, “bo‘yoqdor” semalariga egaligi bilan “hayron bo‘lmoq” leksemasidan
farqlanadi. Demak, iboralarning ko‘pincha, semantik qatlamida obrazlilik, bo‘yoqdorlik bo‘rtib
turadi. Umuman olganda, frazeologik ma’no torroq va muayyanroq, leksema ma’nosi esa unga
nisbatan kengroq va mavhumroq bo‘ladi. Masalan,
hayron bo‘lmoq
leksemasi umumuslubiy va
bo‘yoqsiz. Shuning o‘ziyoq barcha uslubda qo‘llanish imkoniga egaligini va turli “bo‘yoqlar”
bilan ishlatish mumkinligini ko‘rsatadi.
Iboralar tilning eng muhim tasviriy uslubiy vositalaridan biridir. Ular nutq uslublarida
turli xil vazifalarni bajaradi. Xususan, ilmiy va rasmiy uslublarda ko‘pincha muayyan
tushunchalarni nomlash uchun qo‘llanadi. Masalan, qo‘l qo‘ymoq, xulosaga kelmoq, qarshi
chiqmoq, ovoz bermoq, qo‘l ko‘tarmoq kabi iboralar bunga misol bo‘la oladi.
Iboralarning aksariyarti obrazli tafakkur mahsuli bo‘lib, kuchli ko‘chma ma’no ifodasi
bilan, yorqin emotsional-ekspressivligi bilan tilda yashaydi. Masalan: tomdan tarasha
tushganday, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq, oyog‘ini qo‘liga olmoq, o‘pkasini qo‘ltiqlamoq,
chumchuq pir etsa, yuragi shir etmoq, qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarmoq kabi. Badiiy va
publitsistik, shuningdek, so‘zlashuv uslublarida iboralar xilma-xil tasviriy-uslubiy vazifalarni
bajaradi, bunga iboralardagi mavjud rang-barang uslubiy bo‘yoq imkoniyat yaratadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, iboralar obrazli va bo‘yoqdor bo‘lganligi sababli, ular
nutqimizni ma’noli va ta’sirchan qilishga ko‘maklashadi. Iboralar inson hissiyotini aniqroq va
chuqurroq ifodalashga xizmat qiladi.
Iboralarni maktab ta’limida chuqur o‘rgatish o‘quvchilarning lug‘at boyligini
kengaytirishga yordam beradi. Iboralar orqali o‘quvchilar o‘z fikrlarini emotsional va obrazli
ifodalashni o‘rganadilar. Bu esa og‘zaki va yozma nutqni yanada boy, mazmunli va e’tiborga
loyiq qiladi. Ayniqsa, badiiy asarlarni tahlil qilishda bu ko‘nikma juda foydali sanaladi. Ko‘plab
badiiy asar matnlarida iboralar keng qo‘llaniladi. Agar o‘quvchilar iboralar ma’nosi va uslubiy
xususiyatlarini tushunmasa, yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishmasa, asar mazmunini,
maqsadini anglay olishda to‘siqlarga duch kelishadi. Bundan tashqari iboralarni yaxshi
o‘zlashtirgan o‘quvchilar insho, bayon va esse yozish jarayonlarini qiyinchiliksiz, mazmunga
boy, va chiroyli tarzda bajara olishadi. Bu esa ularning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat
qiladi.
O‘quvchilarga iboralarni chuqurroq o‘rgatish ularning til ma’daniyati, nutq boyligini va
estetik didini rivojlantiradi. Bu nafaqat ona tili va adabiyot fanlarida, balki hayotning turli
sohalarida to‘g‘ri, mazmunli va ta’sirchan muloqot qilishga zamin yaratadi. O‘quvchilarda
iboralarni o‘qitishda turli metod va usullardan foydalanish yaxshi samara beradi. Quyida visual
klaster orqali iboralarni o‘rganish va “bir rasmga uch ibora” metodlari haqida bayon etiladi.
Visual klaster orqali iboralarni o‘rganish metodi. Bu metoddan maqsad o‘quvchlarning
iboralar mavzusi bo‘yicha guruhlay olish, ularning ma’no doirasini anglash, kontekstda to‘g‘ri
qo‘llash va ijodiy fikrlashini qobiiyatlarini rivojlantirishdan iborat. Metodni bosqichma bosqich
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
1-bosqich. Asosiy klaster markazi yaratish. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linishadi.
Guruhlarga asosiy mavzular beriladi. Ya’ni turli mavzular orasidan biri tanlab olinadi.
Masalan: “Tilga oid iboralar”. O‘quvchilar shu markazdan tarqalgan klaster shoxchalariga
mavzu doirasidagi iboralar joylashtib chiqiladi.
-til biriktirmoq;
-tili bormadi;
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
63
-tili boshqa dili boshqa;
-tili uzun bo‘lmoq;
-tilini tishlamoq;
-tilining uchida turmoq;
-tilga ko‘chmoq;
-tili o‘tkir bo‘lmoq.
Har bir ibora ma’nosi lug‘atdan ko‘rib chiqiladi. Badiiy matnlarda ular ishlatilingan
qismlaridan parchalar qidirilib, joylashtirilinadi. Iboralar anglatgan his-tuyg‘ulari aniqlaniladi
(hajv, kinoya, hayrat). So‘ngra shu iboraga qarama-qarshi ma’no ifodalovchi iboralar
keltirilinadi.
O‘quvchilar jamlashgan bu ma’lumotlarini qog‘ozga xarita ko‘rinishiga tushirishadi.
Bundan tashqari onlayn ko‘rinishda ham taqdim etishlari mumkin. O‘quvchilar Canva, Miro,
Jamboard ilovalaridan ko‘mak olishlari mumkin bo‘ladi.
2-bosqich. Klasterlarni taqqoslash. Guruhlar tuzgan klasterlar jamlanadi. Ular turli
mavzuda yoritilingan. Misollar: “ko‘z bilan bog‘liq iboralar”, “quvonchni, shodlikni ifodalovchi
iboralar”, “qo‘l harakatlari bilan bog‘liq iboralar”.
So‘ngra guruhlar klasterlari jamlanib taqdimot ko‘rinishiga keltiriladi. Taqdimotda
klasterlar taqqoslaniladi. O‘xshash va farqli tomonlari, yutuqlari va kamchiliklari muhokama
qilinadi. Guruhlarda o‘zaro bir-birlariga baho berish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi.
3-bosqich. Ijodiy qo‘llash, mustahkamlash. O‘quvchilar klasterdan o‘rgangan 2-3 ta
iborani ishlatib, mini hikoya yoki diolog tuzishlari kerak bo‘ladi. Bundan tashqari Instagram
uchun post yoki meme yasashlari ham mumkin.
Metodda ona tilining adabiyot bilan integratsiyasini ko‘rishimiz mumkin. Bundan
tashqari o‘quvchilar media savodxonligini rivojlanishida ushbu metod ahamiyatga egadir.
“Bir rasmga uch ibora” metodi. Bu metoddan maqsad o‘quvchilarda iboralarni voqealikni
tushunish, turli vaziyatlarga munosabat bildira olishda iboralardan foydalanish ko‘nikmalarini
shakllantiradi. Bundan tashqari o‘quvchilarda tasviriy fikrlash va ifodaviy nutqni rivojlantirish
ham ko‘zlangan maqsadlardan biridir. Metod bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
1-bosqich. O‘qituvchi tanlangan rasmni elektron xat taxtasi orqali o‘quvchilarga namoyish
etadi. Tanlangan rasm obrazli, bir vaziyatni taqdim eta oladigan ko‘rinishda bo‘lishi lozim.
Masalan, bir inson shoshayotgani yoki bir insonning suhbatdoshiga nisbatan yomon
muomalada bo‘layotgani tasvirlangan rasmlardan foydalanish mumkin.
2-bosqich. O‘quvchilar rasmga asoslangan holda 3 ta ibora keltirishadi. Fikrlar yozma va
og‘zaki holatda qabul qilinadi.
3-bosqich. Fikrini bildirgan har bir o‘quvchi nima uchun aynan shu iboralarni
keltirganligini izohlaydi. Bunda o‘quvchilarning tafakkuri rivojlanib, kritik fikrlash qobiliyatlari
shakllanadi.
Ushbu metod ko‘rish+fiklash+so‘zlash aosida ishlaydi. Shu o‘rinda kognitiv psixolog
R.Mayerning fikrlariga e’tibor qaratamiz: “rasm va tilni birgalikda qo‘llash bilimni saqlash va
tezkor chiqarish retrieval jarayonini kuchaytiradi”. O‘quvchilar iboralarni o‘qiydi, tasavvur
qiladi, balki tengdoshlari fikrini ham eshitadi. Bu jarayon uzoq muddatli xotiraga joylashadi.
Natijada o‘quvchi hayoti davomida bu bilimdan faol qo‘llay oladi.
Xulosa:
Nutqni jozibali ta’sirchan qilish vazifasi iboralarga yuklanganligi bois bu mavzu
katta ahamiyatga molik hisoblanadi. Maktab ta’limida iboralarni yaxshi o‘qitish o‘quvchilarning
fikrlash doirasini kengaytiradi va nutq madaniyatini oshiradi. Ular o‘z fikrlarini aniq, ravon va
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
64
ta’sirli ifoda eta olishni o‘rganadilar. Bu esa darslarda faol ishtirok etish va yozma ishlarning
sifatini yaxshilashga yordam beradi. Natijada o‘quvchilarning umumiy bilim saviyasi va
muloqot madaniyati rivojlanadi. Yetuk kadrlar tarbiyasida maktab ta’limidagi har bir fanga, har
bir mavzuga mas’uliyat bilan yondashish pedagoglar zimmasidagi vazifa hisoblanadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili// “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat
ilmiy nashriyoti Toshkent-2013. 330-b.
2.
Nurbayeva X. Frazeologiya mavzusini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish//
https://cyberleninka.ru/article/n/
3.
Sayfullayeva R. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili//Toshkent-2010. 172-b.
4.
Akamova, N. M. (2018). Problems encountered in learning a foreign language.
Вопросы
науки и образования
, (29), 86-87.
5.
Турсунова, Ф. Г. (2018). Использование монолога при создании сатирических
персонажей (на примере произведений Абдуллы Кодири).
Достижения науки и
образования
, (15 (37)), 52-54.
6.
O‘zbek tili frazeologik lug‘ati// G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uy//
Toshkent-2022.