Авторы

  • Jamilaxon Ermakova
    Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti assistenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.103497

Ключевые слова:

O‘rik olxo‘ri quritish texnologiyasi tabiiy quritish konvektiv quritish sublimatsion quritish namlikni kamaytirish sifat ko‘rsatkichlari vitaminlar saqlanishi.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘rik va olxo‘ri mevasini turli usullarda quritish texnologiyasi o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida quyoshda tabiiy quritish, konvektiv (havo) quritish va sublimatsiya (vakuumli) quritish usullari tahlil qilingan. Har bir usulning texnologik jarayonlari, afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, mahsulot sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

54

TURLI USULLARDA QURITILGAN MAHSULOTLARNING ORGANOLEPTIK

XUSUSIYATLARI

Ermakova Jamilaxon Muhammadovna

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti assistenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15600781

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘rik va olxo‘ri mevasini turli usullarda quritish

texnologiyasi o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida quyoshda tabiiy quritish, konvektiv (havo)
quritish va sublimatsiya (vakuumli) quritish usullari tahlil qilingan. Har bir usulning texnologik
jarayonlari, afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, mahsulot sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri
o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar.

O‘rik, olxo‘ri quritish texnologiyasi, tabiiy quritish, konvektiv quritish,

sublimatsion quritish, namlikni kamaytirish, sifat ko‘rsatkichlari, vitaminlar saqlanishi.

Kirish.

Dunyodagi ko‘plab mamlakatlarda ho‘l mevalarni quritish bo‘yicha keng ko‘lamli

ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu tadqiqotlarda asosiy e’tibor mevalarni quritish usullarini
takomillashtirish, ularni maqbul sharoitda qadoqlash va quritish uchun eng mos navlarni
tanlashga qaratilgan. Ayniqsa, Turkiya, Eron va AQSh olimlari mazkur jarayonlarga katta
ahamiyat berib, o‘z tadqiqotlarini ho‘l mevalarni samarali quritish texnologiyalarini
rivojlantirishga yo‘naltirgan.

Tadqiqotning maqsadi va muayyan masalalari.

Farg‘ona vodiysida yetishtirilgan o‘rik

va olxo‘ri navlari mevalarini quritish jarayonini takomillashtirib, yuqori sifatli quritilgan
mahsulot olish bo‘yicha ilmiy asoslangan texnologiya ishlab chiqishdan iborat.

Material va metodlar.

Izlanishlar uchun Respublikamizda hudud sharoitiga

moslashtirilgan va quritish uchun mos keluvchi to‘rt turdagi o‘rik navlari – “Yubileynыy Navoi”,
“Qandak”, “Subxoni” va “Isfarak”, shuningdek, to‘rt turdagi quritishbop olxo‘ri navlari – “Qora
olu”, “Ispolinskaya”, “Yarxi” va “Vengerka fioletovaya” tanlab olindi. Ushbu navlarning mevalari
sublimatsion quritish usulida qayta ishlash uchun saralandi.

Tadqiqotni olib borish uslubi qo‘yidagicha:
Farg‘ona vodiysi sharoitida yetishtirilgan o‘rik va olxo‘rini quritishda texnologik va

biokimyoviy tarkibiga ko‘ra quritish uchun yaroqlilik darajasini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar
olib borildi.

Tadqiqot olib borilayotgan olxo‘ri navlari mevalarining biokimyoviy tarkibi tahlil qilindi.

Bunda asosan tarkibidagi quruq modda miqdori, qand miqdori va S vitamni miqdori o‘rganildi
(1-jadval).

1– jadval

Quritishga yaroqli olxo‘ri navlari mevalarining biokimyoviy tarkibi

Olxo‘ri navlari

Yillar

Quruq modda,

%

Qanddorligi, %

Vitamin S,

mg %

Qora olu

(nazorat)

2021

15,9

18,2

6,8

2022

16,3

17,1

7,3

2023

15,7

16,7

6,5

Ispolinskaya

2021

16,6

20,2

7,5

2022

17,1

18,3

6,9

2023

17,3

18,9

6,8

Yarxi

2021

18,8

23,5

7,7


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

55

2022

18,3

22,1

7,2

2023

17,9

19,1

7,4

Vengerka

fioletovaya

2021

15,5

16,9

6,1

2022

16,2

16,6

5,9

2023

17,1

17,1

7,4


Tajribalar uchun O‘zbekistonda rayonlashtirilgan Qora olu, Ispolinskaya, Yarxi, Vingerka

fioletovaya navlari tanlab olindi. Bunda Qora olu navi nazorat uchun tanlab olindi.

2021-2023 yillarda olxo‘ri navlarining quruq modda, qanddorlik va vitamin S miqdorini

tahlil qilish orqali, har bir navning xususiyatlarini aniqlash mumkin. Har bir navning quritish
jarayonidagi o‘zgarishlar va ularning organoleptik xususiyatlarini o‘rganish muhimdir.

Qora olu (nazorat) navida, 2021 yilda 22,6% quriq modda, 18,2% qanddorlik va 6,8 mg%

vitamin S miqdori qayd etilgan. 2022 yilda quriq modda miqdori 16,3% ga yetdi, qanddorlik
17,1% ga kamaydi va vitamin S miqdori 7,3 mg% ga ko‘tarildi. 2023 yilda esa quriq modda
miqdori 15,7% ga, qanddorlik 16,7% ga va vitamin S miqdori 6,5 mg% ga kamaydi. O‘rtacha
quriq modda miqdori 16,0%, qanddorlik 17,3% va vitamin S 6,9 mg% ni tashkil etdi. Bu navda
vitamin S miqdori o‘zgarishlarga uchragan, lekin quriq modda va qanddorlik miqdori barqaror
bo‘ldi.

Ispolinskaya navida, 2021 yilda 16,6% quriq modda va 20,2% qanddorlik miqdori

kuzatilgan, vitamin S miqdori esa 7,5 mg% ni tashkil etdi. 2022 yilda quriq modda miqdori
17,1% ga, qanddorlik 18,3% ga va vitamin S miqdori 6,9 mg% ga kamaydi. 2023 yilda quriq
modda 17,3% ga, qanddorlik 18,9% ga va vitamin S miqdori 6,8 mg% ga o‘zgardi. O‘rtacha quriq
modda miqdori 17,0%, qanddorlik 19,1% va vitamin S miqdori 7,1 mg% bo‘ldi. Bu navda quriq
modda va qanddorlik miqdori yuqori bo‘lsa-da, vitamin S miqdoridagi o‘zgarishlar kuzatildi.

Yarxi navida, 2021 yilda quriq modda miqdori 18,8%, qanddorlik 23,5% va vitamin S

miqdori 7,7 mg% bo‘lgan. 2022 yilda quriq modda 18,3%, qanddorlik 22,1% va vitamin S 7,2
mg% ga kamaydi. 2023 yilda quriq modda miqdori 17,9%, qanddorlik 19,1% va vitamin S 7,4
mg% ga yetdi. O‘rtacha quriq modda miqdori 18,3%, qanddorlik 21,6% va vitamin S miqdori
7,4 mg% bo‘ldi. Bu navda yuqori quriq modda va qanddorlik miqdori saqlanib, vitamin S
miqdori yaxshi darajada saqlandi.

Vengerka fioletovaya navida, 2021 yilda 15,5% quriq modda, 16,9% qanddorlik va 6,1

mg% vitamin S miqdori qayd etildi. 2022 yilda quriq modda 16,2%, qanddorlik 16,6% va
vitamin S 5,9 mg% ga kamaydi. 2023 yilda esa quriq modda 17,1%, qanddorlik 17,1% va
vitamin S 7,4 mg% ga ko‘tarildi. O‘rtacha quriq modda miqdori 16,3%, qanddorlik 16,9% va
vitamin S 6,5 mg% bo‘ldi. Vengerka fioletovaya navida, quriq modda va qanddorlik miqdori
pastroq bo‘lsa-da, vitamin S miqdori 2023 yilda yuqoriga ko‘tarildi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

56




Ushbu tahlilga asoslanib, har bir navning ijobiy va salbiy jihatlarini ko‘rish mumkin.

Odatda, yuqori quriq modda va qanddorlik miqdori yuqori samaradorlikni ta’minlasa-da,
vitamin S miqdoridagi o‘zgarishlar ularning sifatini muvofiqlashtirishga yordam bergan.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Islamov S.Ya., Ermakova J.M. Sublimatsion usulda olxo`rini quritish va quritish jarayonida

ishlatiladigan ehtiyot choralari. “Challenges of storage and processing agricultural products
and their solutions based on modern technologies” international scientific and practical
conferens, October 22, 2024
2.

Islamov S.Ya., Ermakova J.M. Quritishbop olxo‘ri navlarining texnologik xususiyatlari va

biokimyoviy tarkibini tahlil qilish, THE ROLE OF AGRICULTURE AND MEDICINE IN SCIENCE
JOURNAL / VOLUME 2 / ISSUE 1, JANUARY 2025
3.

Islamov S.Ya., Ermakova J.M.Quritishbop olxo‘ri navlarini agrobiologik xususiyatlarining

tahlili, THE ROLE OF AGRICULTURE AND MEDICINE IN SCIENCE JOURNAL / VOLUME 2 / ISSUE
1, JANUARY 2025
4.

Ermakova J.M. Mevalarni ochiq havoda – oftobda quritish tartibi. Life Sciences and

Agriculture, elektronnыy nuchno-prakticheskiy jurnal 2.2-2020
5.

Ermakova J.M.The process of drying plums and taking precautions in their storage. Impact

Factor 5.312, The American journal of agriculture and biomedical engineering, ISSN: 2689-
1018, Volume 2, Issue 10, 2020

Библиографические ссылки

Islamov S.Ya., Ermakova J.M. Sublimatsion usulda olxo`rini quritish va quritish jarayonida ishlatiladigan ehtiyot choralari. “Challenges of storage and processing agricultural products and their solutions based on modern technologies” international scientific and practical conferens, October 22, 2024

Islamov S.Ya., Ermakova J.M. Quritishbop olxo‘ri navlarining texnologik xususiyatlari va biokimyoviy tarkibini tahlil qilish, THE ROLE OF AGRICULTURE AND MEDICINE IN SCIENCE JOURNAL / VOLUME 2 / ISSUE 1, JANUARY 2025

Islamov S.Ya., Ermakova J.M.Quritishbop olxo‘ri navlarini agrobiologik xususiyatlarining tahlili, THE ROLE OF AGRICULTURE AND MEDICINE IN SCIENCE JOURNAL / VOLUME 2 / ISSUE 1, JANUARY 2025

Ermakova J.M. Mevalarni ochiq havoda – oftobda quritish tartibi. Life Sciences and Agriculture, elektronnыy nuchno-prakticheskiy jurnal 2.2-2020

Ermakova J.M.The process of drying plums and taking precautions in their storage. Impact Factor 5.312, The American journal of agriculture and biomedical engineering, ISSN: 2689-1018, Volume 2, Issue 10, 2020