Авторы

  • Surayyo Saatova
    O‘zbekiston Milliy universiteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi o‘qituvchisi, PhD
  • Ergashova Ergashova
    O‘zMU Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.103498

Аннотация

Lisoniy shaxs til imkoniyatlaridan to‘liq foydalanuvchi, lisoniy bilimini amalda nutqi orqali namoyon eta oluvchi, tilga ta’sirini o‘tkazuvchi shaxsdir. Rus tilshunosi Y.N.Karaulov “Har qanday matn ortida lisoniy tizimlarni egallagan shaxs turadi”, – deya ta’kidlaydi. Badiiy matn boshqa matn turlaridan imkoniyatining kengligi bilan ajralib turadi. Yozuvchining ijodiy mahsuli bo‘lmish badiiy matn til va shaxs munosabatlarini o‘rganishdagi asosiy manba bo‘lib, unda shaxsning, ya’ni yozuvchining lisoniy bilimi, salohiyati, so‘z qo‘llash mahorati, olamni anglashi va uni ifodalashi yaqqol namoyon bo‘ladi. Lisoniy shaxs tushunchasiga D.Niyazova “Badiiy matnda lisoniy shaxs tiplari” deb nomlangan dissertatsiyasida “Lisoniy shaxs nutq tuzuvchi va uni idrok etuvchi, tildan foydalanish jarayonida unga o‘z shaxsiy sifatlari bilan ta’sir ko‘rsatuvchi, jamiyatda shakllangan milliy-madaniy qarashlarni tilda namoyon etuvchi shaxsdir”, – deya baholaydi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

50

YOZUVCHI LISONIY SHAXSINING VOQELANISHIDA – INDIVIDUAL USLUB

Saatova Surayyo Ismailovna

O‘zbekiston Milliy universiteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi o‘qituvchisi, PhD

Ergashova Gulshirin Azamat qizi

O‘zMU Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15600673

Lisoniy shaxs til imkoniyatlaridan to‘liq foydalanuvchi, lisoniy bilimini amalda nutqi

orqali namoyon eta oluvchi, tilga ta’sirini o‘tkazuvchi shaxsdir. Rus tilshunosi Y.N.Karaulov
“Har qanday matn ortida lisoniy tizimlarni egallagan shaxs turadi”, – deya ta’kidlaydi. Badiiy
matn boshqa matn turlaridan imkoniyatining kengligi bilan ajralib turadi. Yozuvchining ijodiy
mahsuli bo‘lmish badiiy matn til va shaxs munosabatlarini o‘rganishdagi asosiy manba bo‘lib,
unda shaxsning, ya’ni yozuvchining lisoniy bilimi, salohiyati, so‘z qo‘llash mahorati, olamni
anglashi va uni ifodalashi yaqqol namoyon bo‘ladi. Lisoniy shaxs tushunchasiga D.Niyazova
“Badiiy matnda lisoniy shaxs tiplari” deb nomlangan dissertatsiyasida “

Lisoniy shaxs

nutq

tuzuvchi va uni idrok etuvchi, tildan foydalanish jarayonida unga o‘z shaxsiy sifatlari bilan ta’sir
ko‘rsatuvchi, jamiyatda shakllangan milliy-madaniy qarashlarni tilda namoyon etuvchi
shaxsdir”, – deya baholaydi. Albatta, lisoniy shaxsga xos bu xususiyatlar, avvalo, badiiy matnda
namoyon bo‘ladi. Yozuvchi matn yaratar ekan, ma’lum xalqqa xos milliy-madaniy qarashlarni
ham, shaxsiyatga xos bo‘lgan sifatlarni ham personajlar nutqi orqali matnda ifodalaydi. Demak,
har bir badiiy matnda, avvalo, o‘sha matnni yaratgan yozuvchi lisoniy shaxsi yotadi. Yozuvchilar
personajlarini jonli va hayotiy chiqishi uchun ularning nutqidagi til vositalarni va xatti-
harakatlarini individual xarakter xususiyatlariga, ya‘ni biologik-fiziologik jihatlari, patalogik
belgilari, ruhiyati, kasbi, jamiyatdagi roli va maqomi, qiziqishlari, dunyoqarashi, salohiyati,
saviyasi va boshqa holatlarga muvofiq yaratadi. Shuningdek, muallif personajlarning jonli
chiqishida ular nutqida jamiyatdagi mavqeyi va roliga munosib til birliklarini tanlay olishi ham
muhimdir. Zero, X.Yo‘ldasheva ta’kidlaganidek, “Badiiy asarlar matnida personajlarning
ijtimoiy mavqeyi va rolini aniq tasvirlash muhim ahamiyatga ega. Yozuvchi personajlarining
individual qiyofasini gavdalantirishda ularning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi va rolidan kelib
chiqib yondashadi. Asarda personajlar nutqi ularning ijtimoiy roli va mavqeyiga muvofiq tarzda
shakllantiriladi”. Demak, yozuvchining mahorati turli his-tuyg‘ularga ega qahramonlarning
lisoniy shaxsini shakllantira olishida, ularning o‘ziga xosligini ko‘rsatib bera olishida ko‘rinadi.
Darhaqiqat, har bir mohir yozuvchi personajlarni shakllantirayotganida ularning nutqidagi
birliklarni individual xususiyatlariga munosib ehtiyotkorona tanlaydi. Badiiy matn yozuvchi va
shoirlarning olam haqidagi bilimlarini yaqqol ko‘rsata oladi. Badiiy matnni tahlil qilishda
yozuvchi shaxsini hisobga olish, lisoniy birliklarning matnda bajargan vazifasini tahlil qilish
muhim. Yozuvchi qo‘llagan lingvistik birliklarni, personajlar nutqini tahlil qilish bilan
yozuvchining lisoniy shaxsini belgilash mumkin. Yozuvchi lisoniy shaxsini aniqlashda, avvalo,
uning individual tili (idiolekti) va individual uslubi (idiostili)ga murojaat etiladi. M.Umurzoqova
ham “Muallif lisoniy shaxsining tadqiqi uning til birliklarini aktuallashtirish mahorati, olamning
lisoniy manzarasini o‘ziga xos uslub va bo‘yoqlarda berishi haqida tasavvur paydo qiladi,
shuningdek, uning idiouslubi haqida axborot tashiydi” deb yozadi. Shu asosda lisoniy shaxs
tushunchasi bilan birga idiolekt hamda idiostil tushunchalari ham kirib kelgan. Demak,
yozuvchining individual tili va uslubi uning lisoniy shaxsini belgilashdagi eng asosiy
ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Yozuvchi lisoniy shaxsining o‘ziga xosligini belgilovchi inidividual
tili va uslubida bevosita asarlarining lingvopoetikasiga tahlilga tortiladi. Masalan, metaforalar


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

51

yozuvchining olamni qay darajada idrok etishi, obrazli fikrlash uslubi, tasavvur va tafakkur
dunyosi, olamni qanday anglashining o‘ziga xosligini ko‘rsatadi. Yosh J.Jovliyev asarlaridagi
metaforalarning e’tiborli jihati, shundaki, o‘ziga xos sintaktik qurilishga ega.

“Musofirlik to‘ni,

g‘ariblik kavushi ‒ yozin-qishin kiyiladigan bo‘ldi”.

“So‘raydiganim yuq”, - deb darsga ham bormay

qo‘yaverardim. Ammo ko‘nglim yetim qo‘zi edi.

(J.Jovliyev. “Qo‘rqma”) Muallif asarlarida

o‘xshatishning ham o‘ziga ko‘rinishlari uchraydi:

“Momomning qornida yotib, uning ko‘z

yoshlarini artaman, oppoq sochlarini silayman, shu yerda mudrayman, sag‘ir qo‘y qurigan
saksovul soyasiga o‘zini urganday”.

Har bir ijodkorning o‘ziga xos uslubi tilda mavjud

leksemalarni o‘z ma’nosidan tashqari boshqa yangi ma’nolarda qo‘llay olishida, yani nutqiy
okkozionallar yarata olishida ham ko‘rinadi.

“Uning ko‘zlari muzlagandi”.

Bu yerda

muzlagandi

so‘zi odatda holatni kuchliroq va obrazliroq tasvirlash uchun ishlatilgan. Garchi muzlamoq fe’li
mavjud bo‘lsa-da,

muzlagandi

so‘zi ko‘proq hissiy va ekspressiv bo‘yoqqa ega. Bu so‘zning

qo‘llanilishi ko‘zlardagi sovuqlikni, hissizlikni ta’kidlashga xizmat qilyapti. Yoki

“Butun

mamlakatda ishsizlik semirmoqda”

bu o‘rinda ko‘paymoqda ma’nosini beruvchi semirmoqda

so‘zi ham alohida uslubiy vazifa bajargan. Okkozional so‘zlar yozuvchining haqiqiy
yaratuvchilik qobiliyatini ko‘rsatuvchi nutqiy hodisadir. J.Jovliyev asarlarida anaforalar ham
uslubiy vazifa bajaradi. Anafora ‒ bir xil so‘z yoki jumlaning gap boshida takrorlanishi. Bu usul
nutqqa ta’sirchanlik, ritmlik beradi va muayyan g‘oyani ta’kidlash uchun xizmat qiladi.

“Men

qo‘rqmayman, men kurashaman, men g‘alaba qozonaman”

‒ qahramonning qat’iy niyati,

ishonchi, “

Umid bor, ishonch bor, sevgi bor”

‒ umid, ishonch va sevgi uchligining ahamiyati

anafora orqali kuchaytirilgan. “

Vatan uchun, xalq uchun, kelajak uchun kurashamiz”

‒ maqsadlar

anafora orqali tartiblangan va urg‘u berilgan. Alliteratsiya ‒ bir xil undosh tovushlarning
so‘zlarda takrorlanishi. Bu usul nutqqa ohangdorlik, joziba beradi. J.Jovliyev asarlarida bu holat
ham ko‘plab uchraydi. “

S

okin

s

uhbat

s

ari

s

ayr qildik”

“S” tovushining takrorlanishi nutqqa

ohangdorlik beradi. “

Q

albimda

q

ayg‘u,

q

albimda

q

uvonch”

‒ “Q” tovushining takrorlanishi

ziddiyatni kuchaytiradi. J.Jovliyevning asarlari tiliga ahamiyat qaratilganda parsellyat
(bo‘laklangan) birliklar alohida ahamiyat kasb etadi. Parsellyatsiya ‒ bu gapni bir nechta
qismlarga bo‘lish, ularni vergul, tire yoki nuqta bilan ajratish orqali ta’sirchanlikni oshirish
usuli. Bu usul nutqqa musiqiylik beradi, ohangdorlikni kuchaytiradi, ma’noni ta’kidlaydi va
o‘quvchining e’tiborini jalb qiladi. Asarlarida parsellyatsiya turli maqsadlarda ishlatiladi.
Masalan, hissiyotni kuchaytirish, g’azabni, sevgini, sog‘incni, qo‘rquv va turli holatlarni
kitobxonga ta’sirchan ifodalashda: “

Men qo‘rqdim... Juda qo‘rqdim... O‘limdan ham qo‘rqdim”. “U

keldi. Birdan. Kutilmaganda”, “Men jim qoldim. So‘zsiz. Hech nima demadim”, “Bu ‒ haqiqat...
Achchiq haqiqat...”, “Sog‘indim... Seni... Juda sog‘indim...”

Ushbu holatlar yozuvchining o‘ziga xos

uslubi bilan birga asarning yengil o‘qilishiga ham xizmat qiladi.

Sh.Qalandarovning ta’kidlashicha, “Adib personajlarini matnda jonli til sohiblariga

tenglashtira olsagina, ularni lisoniy shaxs deyish mumkin”.

‒ Mana bu qo‘ylarning ham tarixi bormi?
‒ Bor, bolam.
‒ O‘tirik gapirmang!
‒ Qo‘ylarning tarixi qo‘ylik, qullik...
‒ Qanday qilib qo‘yda tarix bo‘ladi, bobo? Axir ular hayvon-ku!

(J.Jovliyev. “Qo‘rqma”) Bu

o‘rinda

o‘tirik

yolg‘on ma’nosida qo‘llangan bo‘lib, bunday leksik birliklar yozuvchi lisoniy

shaxsini belgilashda uning o‘ziga xos idiolektini ko‘rsatishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

52

Shuningdek, shu birgina bobo va nabiraning dialogidan asar tilining naqadar jonli va
hayotiyligini sezish mumkin.

J.Jovliyevning o‘ziga xos lisoniy shaxsini ko‘rsatadigan jihatlardan yana biri bu asarlarida

sarkazm va ironiyaning juda ko‘p uchrashidir. Yozuvchi bu usullardan jamiyatdagi illatlarni
tanqid qilish, qahramonlarning ichki dunyosini ochib berish va asarga o‘ziga xos joziba berish
uchun foydalanadi:

Sarkazm ‒ achchiq, kinoyali istehzo bo‘lib, u ochiqchasiga tanqidni ifodalaydi,

muammolarni ko‘rsatish uchun ishlatiladi. J.Jovliyev asarlarida ijtimoiy tanqidlar ham
uchraydi.

“Bizda hamma narsa yaxshi. Faqat yaxshi narsalar yaxshi emas, xolos”.

Bu gapda

yozuvchi jamiyatdagi muammolarni yashirishga urunishni sarkazm orqali fosh qiladi.

“Ular xalq

uchun

jon

kuydiradi.

O‘z

cho‘ntaklari

uchun

ko‘proq”.

Bu

amaldorlarning

korrupsiyalashganligini, xalq manfaatlarini o‘ylamasligini ochiqchasiga tanqid qiladi.

“Bizda

eng zo‘r ta’lim. Faqat bilim beradigan odam yo‘q”.

Bu ta’lim tizimidagi muammolarni, sifatning

pastligini sarkazm bilan ko‘rsatadi.

“Agar hammamiz qo‘rqmasak, qanday qilib bu dunyoda tartib

bo‘ladi?”

(J.Jovliyev. “Qo‘rqma”) Bu yerda

tartib

so‘zi ostida aslida adolatsizlik, zo‘ravonlik va

zulm yashiringan. Sarkazm orqali bu holatga qarshi norozilik ifodalanadi.

Ironiya ‒ so‘zning teskari ma’noda ishlatilishi. Ya’ni, aytilgan gapning maqsadi aslida

uning aksini bildirishdir. U sarkazmga qaraganda yumshoqroq va yashirinroq tanqidni
ifodalaydi. Qahramon xarakterini ochish: bir qahramonning boshqa bir qahramonni maqtab,
aslida uni pastga urushi ironiya hisoblanadi:

“U juda aqlli. Shuning uchun hech kim uni

tushunmaydi”

jumlasi orqali aqlli odamning jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmasligiga ishora

qiladi.Voqelikni tasvirlash: biror voqea yuz berayotganda, qahramonning ichki fikrlari bilan
voqelik o‘rtasida ziddiyat bo‘lsa, ironiya yuzaga keladi:

“Hamma xursand edi. Faqat men

yig‘lagim kelardi”

jumlasi voqelikning qahramonga ta’sirini ochib beradi. Adolatsizlikni

ko‘rsatish:

“Qonun hamma uchun teng. Faqat ba’zilar uchun tengroq”.

Bu jumla qonunning

amalda ba’zan amaldorlar tomonidan buzilishi, adolatli ishlamasligini, ba’zi odamlarga imtiyoz
berilishini ironiya bilan tanqid qiladi.

J. Jovliyevning lisoniy shaxsi yoki lingvistik individualligi tilining boyligida, obrazliligida,

asarlarida ohangdorlik va ichki musiqiylik kuchli, badiiy ifoda vositalaridan mohirona
foydalanishida ko‘rinadi. Muallif sodda uslub orqali murakkab falsafiy mushohadaga chorlaydi.
Uning personajlari nutqida milliy ruh, o‘zbek xalqining qadriyatlari, urf-odatlari va milliy
tafakkuri aks etadi. Yozuvchi o‘zbekona dunyoqarashni ifodalaydigan xalqona paremalardan
keng foydalanadi. Umuman olganda, J. Jovliyev asarlarida yozuvchi lisoniy shaxsiyati o‘zbek
tilining boy ifoda imkoniyatlarini samarali tarzda ishlata oladigan, o‘ziga xos til va uslubga ega
bo‘lgan shaxs sifatida namoyon bo‘ladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Караулов Ю.Н. Русская языковая личность и задача её изучения // Язык и личность.

– М.: Наука, 1989. – С. 3-8.
2.

Ниязова Д. Бадиий матнда лисоний шахс типлари: Филол. фан. б. фалс. док. (РhD)

дисс. автореф. ‒ Қарши, 2020. ‒ B. 21.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

53

3.

Қаландаров Ш. Ўзбек лингвомаданий муҳитида халқ мақоллари эвфемизацияси:

Филол. фан. б. фалс. док. (PhD) дисс. – Фарғона, 2019. – Б. 109.
4.

Saatova S. O‘zbek tilida lisoniy shaxs shakllanishining ijtimoiy omillari. Filol. fan. b. fals.

dok. (PhD) diss. avtoref. ‒ Toshkent, 2025. ‒ 59 b.
5.

Umurzoqova M. Badiiy matnda lisoniy shaxs voqelanishining sotsiopragmatik va

lingvomadaniy aspekti: Filol. fan. dok. (DSc)… diss. – Toshkent, 2024. – B. 23.
6.

Yo‘ldasheva X. Badiiy matnning sotsiopragmatik tadqiqi:

Filol. fan. dok. (DSc)… diss. –

Qarshi, 2023. – B. 133.

Библиографические ссылки

Караулов Ю.Н. Русская языковая личность и задача её изучения // Язык и личность. – М.: Наука, 1989. – С. 3-8.

Ниязова Д. Бадиий матнда лисоний шахс типлари: Филол. фан. б. фалс. док. (РhD) дисс. автореф. ‒ Қарши, 2020. ‒ B. 21.

Қаландаров Ш. Ўзбек лингвомаданий муҳитида халқ мақоллари эвфемизацияси: Филол. фан. б. фалс. док. (PhD) дисс. – Фарғона, 2019. – Б. 109.

Saatova S. O‘zbek tilida lisoniy shaxs shakllanishining ijtimoiy omillari. Filol. fan. b. fals. dok. (PhD) diss. avtoref. ‒ Toshkent, 2025. ‒ 59 b.

Umurzoqova M. Badiiy matnda lisoniy shaxs voqelanishining sotsiopragmatik va lingvomadaniy aspekti: Filol. fan. dok. (DSc)… diss. – Toshkent, 2024. – B. 23.

Yo‘ldasheva X. Badiiy matnning sotsiopragmatik tadqiqi: Filol. fan. dok. (DSc)… diss. – Qarshi, 2023. – B. 133.