YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
33
NIMANI O‘QITISH KERAK? QANDAY O‘QITISH KERAK?
ЧЕМУ СЛЕДУЕТ УЧИТЬ? КАК СЛЕДУЕТ УЧИТЬ?
WHAT SHOULD BE TAUGHT? HOW SHOULD IT BE TAUGHT?
Mohidilxon Sidiqova
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani 26-umumta’lim maktabi
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15600397
Annotatsiya:
Biz tilini jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas rivojlantirib, boyitib kelgan
ajdodlarning vorislarimiz. Mamlakatimizda til siyosatiga yuksak e’tibor qaratilgan bo’lib, yosh
avlodga o’tiladigan mashg’ulot va darslarda o’z ona tilini sevish, uni mukammal o’rganish
mashg’ulot va darslarda singdirib boriladi.
Абстрактный:
Мы – наследники наших предков, которые развивали и обогащали
свой язык вместе с развитием общества. В нашей стране большое внимание уделяется
языковой политике, а в тренингах и уроках, проводимых молодому поколению,
прививается любовь к родному языку, его совершенное усвоение.
Abstract:
We are the heirs of our ancestors who developed and enriched their language
along with the development of society. In our country, great attention is paid to the language
policy, and in the trainings and lessons given to the young generation, the love of one's mother
tongue and its perfect learning are instilled in the trainings and lessons.
Kalit so’zlar:
nutq o’stirish,to’g’ri talaffuz, Ona tili, Davlat ta’lim standartlari, esse, Milliy
o‘quv dasturi.
Ключевые слова:
развитие речи, правильное произношение, родной язык,
государственные образовательные стандарты, эссе, национальная учебная программа.
Key words:
speech development, correct pronunciation, native language, state
educational standards, essay, national curriculum.
Ona tili va adabiyot darslarida o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish
— ta'lim jarayonining eng muhim jihatlaridan biridir. Bu jarayon nafaqat til bilimi va
adabiyotga bo'lgan qiziqishni oshiradi, balki o'quvchilarning fikrlash, muloqot qilish va
ijodkorlik qobiliyatlarini ham yaxshilaydi. O'quvchilarga biror mavzuda esse yoki insho
yozishni taklif qilish orqali ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantirib, o'z fikrlarini yozma
ravishda ifodalashga yordam beradi. Darsda ko'proq turli mavzularni taklif etish, shuningdek,
ular yozgan asarlarni sinfda muhokama qilish foydali. O‘zbekistonda xorijiy tajribadan
foydalanilgan holda Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqildi. Bu haqda Prezidentning
“O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” (PF–6108-son 06.11.2020 y.) farmonida so‘z borib, ta’lim berish
jarayoni yangicha bilimlar bilan boyitildi. Milliy o‘quv dasturi o‘rganuvchining ehtiyojlariga
asoslanadi. Dasturda til o‘qitish uchun kommunikativ yondashuv tanlangan. Kommunikativ
yondashuvning natijasi esa grammatik va audiolingual yondashuv kesishgan nuqtada yuzaga
chiqadi. Audiolingual yondashuv nima? Bu til muhitida yashab qolish uchun zarur bo‘ladigan
darajada muloqotni o‘rgatishdir. Masalan o‘qishni, yozishni bilmagan bolalar ham o‘zining
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
34
ehtiyoji uchun tildan ongsiz ravishda foydalanadi. – Agar bolaga o‘zi foydalanib kelayotgan til
birliklari uchun grammatik qonuniyatlarni to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatsak (masalan qaysi vaziyatda
qaysi ko‘makchidan foydalansa to‘g‘ri bo‘lishi) shunda o‘quvchi tilni o‘rganayotgan bo‘ladi, –
deydi “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligi muallifi Shokir Tursunov. – Demak, Milliy o‘quv
dasturida grammatik yondashuvdan voz kechilmadi, balki grammatik yondashuv audiolingual
yondashuv asosiga qurildi.
1-4-sinf o‘quvchilari Milliy o‘quv dasturi asosida nashr etilgan darsliklar asosida bilim,
ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lmoqdalar. Ularda o‘qitalayotgan mavzular fanlararo
integratsiyaga asoslangan bo‘lib, ular Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarining o‘zida ham
boshqa fanlar va ko‘plab bilimlarga ega bo‘lib bormoqdalar. Misol tariqasida esa 2-sinflarda
o‘qitiluvchi Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligida berilgan 7-bo‘limdagi “Robot ixtiro
qilaman” mavzusi orqali bolajonlarda texnologiya va robototexnika fanlariga oid bo‘lgan
bilimlar shakllantiriladi. 3-sinflarda esa “Zamonaviy texnologiyalar” mavzusi orqali bolalarning
bu sohada qarashlari yanada kengayadi. “Teleskop—osmonga qo‘yilgan narvon”, mavzusida
esa kelajak egalari astronomiya—falakkiyot faniga asta qadam qo‘yishni boshlasalar,
“Birovning mulki” mavzusida esa huquqshunoslik fanining zaruriy qismlaridan birini
o‘zlashtiradilar. “Mikroskop—zarrabin” biologiya bilan, “Aqlli yordamchi“ informatika bilan,
“O‘zim xarid qilaman” iqtisodiyot fani bilan chambarchas integratsiya qilingan bo‘lib, quyida
berilgan mavzu orqali ularning geografik bilimlari yana bir pog‘ona yuqorilaydi. Darslikda
berilayotgan topshiriq va mashqlar avvalgidek gaplarni ko‘chiring, matnni davom ettiring kabi
zerikarli va qisqa gaplar, faqat yod olishga qaratilgan she’rlardangina iborat bo‘lib qolmay,
ularning yuksak bilimli va mulohazakor bo‘lishlariga sidqidildan xizmat qilmoqda. Har
tomonlama bilimga ega bo‘lgan bolalar endi hech ikkilanmasdan, tortinmasdan, qo‘rqmasdan
har qanday mavzu yuzasidan erkin matnlarni og‘zaki va yozma holatda yarata oladilar va
fikrlarini izchil bayon eta oladilar. Matn turlari bo‘lgan hikoya, tasviriy va muhokama matnlari
orqali ular yuqori sinflarda yoziluvchi kichik ijodiy ish bo‘lgan insho va bugungi kunda keng
ommalashayotgan esse mavzularga mohir ustozlar tomonidan oldindan tayyorlab boriladi.
Ularga berilayotgan mukammal bilimlar uchun ta’lim jonkuyarlarining o‘zlari ham har bir
yo‘nalishlardan xabardor bo‘lishlari, AKT savodxonligiga ega bo‘lib audio va video
topshiriqlarni oldindan eshitgan holatda, o‘tiladigan darslarga interfaol va zamonaviy
pedagogik texnologiyalar bilan qurollangan holatda kelishlari maqsadga muvofiq.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ona tili darslarida o`quvchilarning og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish usullari. Yusupova
Sanobar Kubannazarovna, Xasanova Tursinoy Baxtiyarovna “Ilm-fan muammolari yosh
tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 4-sonli respublika ilmiy konferensiyasi.
2.
Ona tili va o‘qish savodxonligi. 2-qism: darslik 2-sinf uchun/ K.Mavlonova [va boshq.];-
Toshkent Respublika ta’lim markazi, 2022.—22 b.
3.
Ona tili va o‘qish savodxonligi. 2-qism: darslik 3-sinf uchun/ K.Mavlonova [va boshq.];-
Toshkent Respublika ta’lim markazi, 2022.—12 b.
4.
https://uza.uz/oz/posts/milliy-oquv-dasturining-ahamiyati-va-samarasi_393749