YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
26
INGLIZ TILI OʻRGANUVCHILARINING BOSHLANGʻICH BILIM OLISH
JARAYONIDA CHET TILI OʻQITISHNING TARJIMA METODIDAN
FOYDALANISH
Mamatqulova Dilnura Mirtemir qizi
Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti:
ingliz tili ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabasi.
Salimova Zebo Kenjayevna
Ilmiy rahbari TerDU “Fakultetlararo chet tili” kafedrasi o’qituvchisi, pedagogika
fanlari bo’yicha falsafa fanlari doktori
https://doi.org/10.5281/zenodo.15597764
Annotatsiya:
Chet tili, xususan, ingliz tilini oʻqitishda turli metodlar qoʻllanib kelinmoqda.
Shulardan biri tarjima metodi hisoblanadi. Ushbu maqola boshlangʻich ingliz tili oʻrganuvchilari
uchun tarjima metodidan foydalanib mustahkam lingvistik poydevor hosil qilish, qolaversa,
metoddan foydalanishda duch kelishi mumkin boʻlgan muammolar va ularning yechimlarini
qamrab oladi. Maqola davomida bu metodning boshlang’ich darajadagi til o’rganuvchilar uchun
zarur jihatlari grammatik misollar bilan qo’llab-quvatlanadi. Qolaversa, metodning yutuqlari,
kamchiliklari atroflicha tahlil qilinib, ular doirasida dars mashg’ulotlarini olib borish, o’qituvchi
va o’quvchi uchun samarali muhitda rivojlanish bo’yicha tavsiyalar keltiriladi.
Kalit soʻzlar:
chet tili, boshlang’ich til o’rganuvchilar, maqsad til, manba til, tarjima
metodi, grammatika, solishtirib o’rganish, keng ma’no, tor ma’no.
Annotation:
Various methods are employed in teaching foreign languages, particularly
English. One of these is the translation method. This article covers how to build a strong
linguistic foundation for beginner English language learners using the translation method, as
well as potential problems encountered when using this method and their solutions.
Throughout the article, the necessary aspects of this method for beginner-level language
learners are supported with grammatical examples. Furthermore, the advantages and
disadvantages of the method are thoroughly analyzed, and within that framework,
recommendations are provided for conducting lessons and fostering development in an
effective environment for both teachers and students.
Keywords:
foreign language, beginner language learners, target language, source
language, translation method, grammar, comparative learning, broad meaning, narrow
meaning.
Kirish
Til oʻrganishda qoʻllanadigan metodlar ichida tarjima metodi eng qadimiy qadimlaridan
biri boʻlib, u qadimiy lotin va qadimiy yunon tillarini oʻrganishda asosiy vazifani bajarib kelgani
maʼlum. XVI asrdan til oʻrganuvchilar uchun ommalashgan usul hisoblangan bu metoddan
hozirgi kunga kelib ham voz kechilmagan. Har bir "beginner" til oʻrganuvchi albatta, shu tilning
grammatikasini oʻrganishdan boshlaydi. Shunday ekan, tarjima metodi ham grammatikani
oʻrgatish va oʻrganishdanoq oʻquvchining darslar davomida keyingi bosqichga chiqishida yoxud
yangi mavzu va vazifani oʻzlashtirishida, oʻqituvchining esa darsni tashkil etishida yoʻnalish
vazifasini oʻtaydi. Bu metodni asosiy oʻringa qoʻymaydigan oʻqituvchi ham yangi til, masalan,
ingliz tilidagi ilk tushuncha va qoidalarni o’rgatish paytida manba tilidan emas, maqsad tildan
foydalanadi. Qabul qiluvchining tez va toʻliq tushunishi, maʼlumotning batafsil yetkazib berish
imkoniyati tufayli biz bu metodning eng afzal nuqtasi ham aynan shu ekanini anglashimiz
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
27
mumkin. Masalan, ingliz grammatikasida alifbodan keyin oʻrgatiladigan artikllar mavzusini
olaylik. Noaniq artiklning oʻzbek tilidagi ekvivalent ma’nosi, qoʻllanishi haqidagi qoidalar
oʻzbek tilida oʻqituvchi tomonidan tushuntiriladi yoki kitob va qoʻllanmada taqdim etiladi.
Oʻquvchi mavzuga oid mashqlarni tarjima metodidan foydalanib mustahkamlaydi. Bu jarayon,
asosan, quyidagicha kechadi: 1) grammatikaga doir vazifa (mashq yoki test) bajariladi 2)
vazifadagi gap tarjima qilinadi.
Grammatikani oʻzlashtirishda tarjima metodining foydalari:
1. Mavzuni oson tushunish va tushuntirish imkoniyati.
2. Manba tilda oʻrganilayotgan qoidalarni maqsad tildagi grammatik qoidalarga moslab,
qiyoslab chog’ishtirib oʻrganish (zamonlar, modal fe’llar misolida)
3. Tarjima qilish berilgan mashqni ikki karra bajarish demakdir. Tarjima qilish jarayonida
oʻquvchi yanada chuqurroq bilim oʻzlashtiradi (ingliz va o’zbek tilida gap bo’laklarining o’rni
farqli. Tarjima qilganda sintaksis bo’limini, so’zlarning qanday holatda qanday vazifa bajarib
kelayotganini aniqroq tushuna oladi).
Bu narsa, ayniqsa, “Relative clauses” (Nisbiy qo’shimcha gaplar) ni mukammal
tushunishga yordam beradi. Masalan: My neighbours went to the store that is in the center of
the city. Ushbu gapni tarjima qilish orqali oʻquvchi, birinchidan, "in the center of the city", yaʼni
"shaharning markazida" jumlasi store (doʻkon)ni ifodalayotganini yana ham aniqroq tushunib
oladi.
Ikkinchidan, ikki til grammatikasi solishtirilib mustahkamlanadi. "In the center of the
city" (shaharning markazida) jumlasi oʻzbek tili grammatikasida sifatdosh boʻlib, sintaksisda
aniqlovchi yuzaga chiqaradi. Ingliz tilida ham "relative clause" ----- nisbiy qoʻshimcha gap deb
ataladigan gapning ushbu qismi gapdagi biror boʻlakni batafsilroq tushuntirib keladi. Shu
jihatiga ko’ra, o’xshashlikni aniqlaymiz. Asosan, "who", "which", "what", "whose", "where",
"when" kabi (relative pronouns — nisbiy olmoshlar) birliklar bilan ishlatiladi. Oʻzbek tilida
bo’lsa sifatdosh qoʻshimchalar orqali yuzaga chiqib, tarjimada ham grammatikamizga
moslashtiriladi. Bu ----- farqli jihati. Umuman olganda, tarjima metodi asosida solishtirib,
qiyoslab oʻrganish orqali oʻquvchining til bilish qobiliyati oshadi. Shunda yana bir jihat -----
ajratilgan bo’lak sifatida tarjima qilish ham mos kelishini ( ikki xil usuldan foydalanish
mumkinligini) kashf qilgan bo’lamiz.
Uchinchidan, “Relative clause”li qismda "that" olmoshi qoʻllangan. Mashq yoki testlar
davomida bu joyga boʻshliq qo’yilishi yoki shu holatda joylarga nisbatan qoʻllanadigan "where",
"which" nisbiy olmoshlaridan mos qoʻyilishi soʻralganda bu narsa tarjimaga asoslanib amalga
oshiriladi. Aniqlanayotgan joy tarjimada "there" - u yerda, u yerga maʼnolarini anglatsa, doim
"where" qoʻllanadi. Agarda "it" maʼnosini anglatsa, doim "which" qoʻllanadi.
My neighbours went to the store that is in the center of the city. Qo’shnilarim shahar
markazidagi do’konga borishdi.
My neighbours went to the store. Qo’shnilarim do’konga borishdi.
It is in the center of the city. U ----- shahar markazida.
("That" esa istalgan "relative pronouns ----- nisbiy olmoshlar oʻrnida qoʻllana oladi). Bu
holatda ayniqsa, boshlangʻich oʻrganuvchilar uchun tarjima metodi bilan ishlash muhim.
Grammatikani oʻzlashtirish jarayonida tarjima metodidan foydalanishdagi
muammolar:
Maqsad til va manba til oʻrtasidagi morfologik tafovutlar. Soʻzlarning turkumga
boʻlinishida farqlari kuzatilishi mumkin. Masalan, "alight" soʻzi "yonayotgan”, “olov ichida" deb
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
28
tarjima qilinadi. Bu soʻz ingliz tilida "adjective", yaʼni "sifat", ammo oʻzbek tilida unga mos
tarjima sifatdosh (feʼl soʻz turkumining sifatga xoslangan, aniqlovchi gap boʻlagi vazifasida
kelishga xoslashgan) shaklida beriladi.
Oʻlik (masalan, lotin) va jonli tillar tarjima metodi bilan oʻrgatilib, bu jarayon mantiqiy
tafakkurni rivojlantirish omili hisoblab kelindi.* Ammo bu to’g’ridan to’g’ri fikrlashga to’sqinlik
qilishi mumkin. O’quvchi “beginner” ta’lim olish davridanoq avval ona tilida o’ylashga, keyin
ingliz tilidagi Grammatik qoidalar asosida tarjima qilishga odatlanib qoladi. Ikki til o’rtasidagi
ushbu almashinish jarayoni tezlikka va maqsad tilda gapirish ravonligiga putur yetkazishi
mumkin.
Yechim: Fikrlash masalasidagi muammoni bartaraf qilish uchun yozish tavsiya etiladi.
Oʻquvchi darsda oʻrganganlari asosida (dastlab, "beginner" darajadan boshlab) darajasiga mos
matn yaratishi kerak. Shu zaylda o’quvchi erkin fikr yuritishda o’zlashtirgan ma’lumotini
uyg’unlashtirib mustahkamlaydi.
* O’. Hoshimov, I. Yoqubov. “Ingliz tili o’qitish metodikasi”. Toshkent. “Sharq” nashriyot-
matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2003. 123-b.
Mavzuga mos oʻzbekcha gaplar talaffuzidagi qiyinchiliklarda soʻzlarning audio materialini
tinglash tavsiya qilinadi. Oʻquvchilariga “beginner” lik darajasidan dars boshlanishi va
yakunlanishida ingliz tilida tezkor savol-javob oʻtkazish tavsiya etiladi. Bu yo’llar bilan inglizcha
nutq va fikrlash ham o’stirib boriladi.
Ba’zi so’zlarning ma’nosini to’laqonli ochib berib bo’lmaydi. Ingliz tilidan tarjima
qilinayotgan jumla ona tilimizdagidan kengroq yoki torroq mazmunga ega bo’lishi mumkin.
Ushbu muammoni bartaraf qilish uchun metodik qoʻllanmalarda tarjima metodining 3
usuli haqida yoziladi. Ulardan birinchisi: ekvivalent maʼno beruvchi so’z mavjud boʻlsa,
toʻgʻridan to’g’ri tarjima qilish.
Ikkinchisi: bir necha maʼnoli soʻz boʻlsa, ularni kontekstga qarab muvofiq keladigani
olinadi.
Uchinchisi: toʻliq maʼno boʻlmasa ona tilida izoh beriladi. Bu izohlar quyidagi holatda ham
zarurki, agar tarjima qilinayotgan soʻz yoki jumla, xalqning milliy qadriyati, liboslari va
taomlariga oid boʻlsa. Masalan, “bowler hat” bouler shlyapasi o’zbek tilida aniq tarjimaga ega
emas, shu bois ma’nosi izoh orqali oydinlashadi: dumaloq, qattiq shlyapa bo’lib 19-asrda
London bankirlari, ishbilarmonlari va shahar aholisi orasida mashhur bo’lgan. Tomas va
Villiyam Boulerlar tomonidan yaratilgan.
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, tarjima metodining chet tilini oʻqitish metodi sifatida paydo boʻlishi
va besh ilgari paydo boʻlganiga qaramasdan hozirgi til oʻrganuvchilar tomonidan foydalanib
kelinmoqda. Shuningdek, hozirgi kunda eng koʻp oʻrganilayotgan ingliz tilini oʻqitishda
boshlangʻich darajadan boshlab metodni qoʻllash ham oʻqituvchiga ham oʻquvchiga yengillik
beradi. Lekin bu metoddan foydalanishda uchraydigan kamchiliklar tufayli olinayotgan bilimda
boʻshliq yuzaga kelmasligi uchun uni boshqa zamonaviy metodlar bilan uygʻunlikda
takomillashtirib borilsa, so’zsiz, ko’zlangan natijaga erishiladi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
29
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jamol Jalolov. “Chet tili o’qitish metodikasi”. Toshkent. “O’qituvchi” nashriyot-matbaa
ijodiy uyi. 2012. 76-b
2.
O’. Hoshimov, I. Yoqubov. “Ingliz tili o’qitish metodikasi”. Toshkent. “Sharq” nashriyot-
matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2003.
3.
en.m.wikipedia.org
4.
Axbarova Madina Anvarjon qizi. “Chet tili o’qitishda foydalanilgan grammatika-tarjima
metodi”. Eurasian Journal of Academic Research, vol 4. Part 2 April 2024.
5.
Shahboz Toshpo’latov. “Step by step|” ingliz tili fanidan maxsus qo’llanma. Toshkent.
“Regbooks” nashriyoti. 2020. 167-b.