Авторы

  • Dilafruzxon Tag‘ayeva
    Dotsent: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
  • Abduraxmon Abduvoxidov
    Assistant:Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
  • Xasan Gulmatov
    Talaba: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.105198

Ключевые слова:

Geodezik asos Nivelirlash to‘ri Poligonometriya Triyangulyatsiya uchuvchisiz uchish aparat (dronlar)

Аннотация

Qurilish jarayonida geodezik ishlarni bajarishda loyihani joyga ko‘chirish vazifasi muhim hisoblanadi. Maqolada loyhani joyiga kochirishda bajariladigan geodezik ishlarni sergeli tumanida joylashgan PEPSI zavodi misolida ko‘rib chiqilgan bo‘lib, bino loyihanisini joyiga ko‘chirishda geodezik loyiha tayyorash, poligonametriya torini barpo qilish, nivelirlash ishlarni olib borish va hududda tоpografik siyomka ishlari bajarilishi yoritilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

109

LOYIHANI JOYIGA KO‘CHIRISHDA BAJARILADIGAN GEODEZIK ISHLAR

Dotsent:

Tag‘ayeva Dilafruzxon Usmonovna

Assistant:

Abduvoxidov Abduraxmon Mirodjon og’li

Talaba:

Gulmatov Xasan Qudrat o‘g‘li

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15645472

Annotatsiya.

Qurilish jarayonida geodezik ishlarni bajarishda loyihani joyga ko‘chirish

vazifasi muhim hisoblanadi. Maqolada loyhani joyiga kochirishda bajariladigan geodezik
ishlarni sergeli tumanida joylashgan PEPSI zavodi misolida ko‘rib chiqilgan bo‘lib, bino
loyihanisini joyiga ko‘chirishda geodezik loyiha tayyorash, poligonametriya torini barpo qilish,
nivelirlash ishlarni olib borish va hududda tоpografik siyomka ishlari bajarilishi yoritilgan.

Аннотация:

При выполнении геодезических работ в процессе строительства

важное значение имеет задача вынесения проекта в натуру. В статье рассматриваются
геодезические работы, выполняемые при выносе проекта в натуру на примере завода
PEPSI, расположенного в Сергелийском районе. Описаны подготовка геодезического
проекта, построение полигонометрической сети, нивелирные работы и выполнение
топографической съёмки на территории.

Annotation

: In the construction process, the task of staking out the project on the ground

is of great importance. This article examines the geodetic works carried out during the staking-
out process, using the PEPSI plant located in the Sergeli district as a case study. It highlights the
preparation of the geodetic project, the establishment of a polygonometric network, leveling
operations, and the execution of topographic surveying in the area.

Kalit so‘zlar:

Geodezik asos, Nivelirlash to‘ri, Poligonometriya, Triyangulyatsiya,

uchuvchisiz uchish aparat (dronlar)

Ключевые слова:

Геодезическая обоснование, нивелирный сеть,Полигонометрия,

триангуляция, БПЛ (дроны)

Keywords:

Geodetic basis, Leveling grid, Polygonometry, Triangulation, drones.

Geodetic justification, leveling network, polygonometry, triangulation, UAVs (drones)

Asosiy qism.

Sergeli tuman pepsi zavodi shahar infratuzilmasini rivojlantirish, aholi

uchun sifatli va mazaliy salqin ichimliklar Ishlab chiqarish uchun qurilgan bolib bu qurilish
jarayonida geodezik ishlar ishonchli texnik asos yaratgan

Qo‘llaniladigan uslub va metodlar.
Pepsi zavodi binosi Loyihasini joyiga ko‘chirishda poligonometriya yo‘lini

o‘tkazish. Paligonometriya yo‘li

–bu usulda o‘lchash ishlari yopiq yoki ochiq ko‘rinishdagi

siniq chiziq (poligon) bo‘ylab olib boriladi. Ushbu usul ko‘pincha topografik kartalar tuzishda,
muhandislik-geodeziya ishlarida olib boriladi. Davlat geodezik to‘rlar 2 ga boʻlinadi: planli va
balandlik. Davlat geodezik tarmog‘i barcha mas'shtablarda bajariladigan topografik
syomkalarning bosh geodezik asosi hisoblanadi. Davlat planli geodezik tarmoqlari
triangulyatsiya, poligonometriya, trilateratsiya usullarida quriladi, ular bir-biridan
burchaklarni va tomonlarni o‘lchash aniqligi bilan uchburchak tomonlarinnng uzunligi va
ularni qurishni birin-ketinligi bilan farq qiladi.

Ular o‘z o‘lchash aniqligi bo‘yicha 1,2,3 va 4-klasslarga bo‘linadi. Planli asos loyihasini

yaratishda geodezik tayanch to‘rlari punktlarining sonini kerakli bo‘lgan darajaga keltirish
maqsadida yaratiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

110

Poligonometriya (yunon tilidan poligonos – koʻpburchak va metriya) geodezik

tarmoqlarni qurish uchun yer yuzasidagi nuqtalarning rejalashtirilgan nisbiy oʻrnini aniqlash
usullaridan biri boʻlib, ular topografik tadqiqotlar, shaharlarni rejalashtirish va qurish,
muhandislik loyihalarini tabiatga oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Qabul qilingan
koordinatalar sistemasidagi nuqtalarning joylashuvi shu nuqtalarni ketma-ket tutashtiruvchi
chiziqlar uzunliklarini va ular orasidagi gorizontal burchaklarni yerda o‘lchash yo‘li bilan
aniqlanadi. Poligonometrik nuqtalar yer osti beton monolitlari yoki ankerli metall quvurlar
shaklida geodeziya markazlarini yotqizish va geodezik signallarni (yog’och yoki metall
piramidalar ko‘rinishidagi zamin belgilari) o‘rnatish orqali yer yuzasiga o‘rnatiladi.


pp1


pp3











Pp2

1-chizma. Poligonametriya yo‘li punkitlari sxemasi
Bu chizma boyicha 3-ta poligonametriya punkti ornatilgan bolib ular orasidagi masofa

min 250 dan max 800 metrgacha bo‘lgan masofada joylashtirilgan bularni o‘rnatishda hamma
exitmollar inobatga olinib, ishlash jarayoni davomida 3ta punkit xam bir-biriga bog’lash
imkonini beradi.

Poligonometriyada koordinatalari aniqlanadigan punktlarni tutashtiruvchi chiziqning

uzunligi hamda tutash chiziqlar orasidagi gorizontal burchaklar o‘lchanadi.

Hududda poligonometriya yaratishda o‘ziga yarasha afzalliklari va kamchiliklari mavjud.

Agar geodezik tarmoqning triangulyatsiya metodini qo‘llab bo‘lmaydigan hudud va ayrim
hududlarida, masalan, o‘rmon zonasida yoki shahar ichida punktlar bir-biridan ko‘rinishi
uchun juda baland geodezik belgi (signal) o‘rnatishga kelgan hollarda geodezik tayanch
shahobchalari qurishda poligonometriya to‘rini yaratish ma’qul va iqtisodiy jihatdan tejamliroq
bo‘ladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

111

Loyihalashdan asosiy maqsad, berilgan topshiriqga javob beruvchi variantni tanlash va

uni amalga oshirishda minimal ishchi kuchi va pul mablag’i talab etiladi. Poligonometriya
yo‘llari alohida ko‘rinishda loyihalanadi. Ular ikki tayanch punktga tayanadi.

4-klass 1 va 2-razryad poligonometriya yo‘llarini loyihalash ochiq joylarda 1:25000

masshtabda bajariladi. Qurilishlar bo‘lgan joylarda 1:10000 mas'shtabda bajariladi


1-jadval. Shahar poligonometriyasi klassifikatsiyasi

Yo‘l xarakteristikasi

Razryadlar

IV klass

1-razryad

2-razryad

1. Yo‘l uzunligi ( km )

10

5

3

2. Eng katta tomon uzunligi (m )

800

600

300

3. Eng kichik tomon uzunligi ( m )

250

120

80

4. Burchak o‘lchashning o‘rta kv xatosi

± 2''

± 5''

± 10''

5. Yo‘lning nisbiy bog‘lanmasligi

1: 25 000

1: 10 000

1: 5 000


2-jadval. Pepsi zavodi omborhonasi poligonometiriya klassifikatsiyasi

Yo‘l xarakteristikasi

4-klass Poligonametriya

punktlari bo‘yicha

1-razriyad punktlari

bo‘yicha

Masofasi

Burchagi

Masofasi

Burchagi

1.Yo‘l uzunligi (m)

(1-2 orasi)

530

39°08′24″

(1-2 orasi)

380

30.04′15″

2.Eg katta tomon

uzunligi (m)

(2-3 orasi)

677

67°25′58″

(1-2 orasi)

380

30°04′15″

3.Eg kichik tomon

uzunligi (m)

(3-1 orasi)

327

62°.22′45″

(3-4 orasi)

129

37°24′09″

Umumiy yol uzunligi

(m)

1534

-

1195

-

5.Yo‘lning nisbiy

boglanmasligi

1:25000

-

1:10000

-

Hududda bajarilgan nivelirlash ishlari.

Nivelirlash ishlarini olib borish uchun Civil 3D

va Sas planeta dasturidan foydalanish mumkin Birinchi navbatda Sas planetadan joyni topib
hudud chegaralar aniqlab oldinadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

112

3-chizma. Bino hududida o‘tkizilgan poligonametriya yo‘li sxemasi (sas planet dasturi

asosida olingan)

Civil dasturiga kirib parametrlarini to‘g’irlanadi so‘ngra quyidagi vazifa bajariladi (создат

точка)


Bo‘limiga kirib nuqta qo‘yildi va boshlang‘ich poligonametriya punkti оtmetka nomlari

kiritildi. Bu ish bo‘yicha qo‘yilgan punkitlarga bo‘glanib yana 5-ta 2-razriyad punkitalri
joylashtirilgan va hudud kichkina bo‘lganligi uchun 2-razriyad punkitlari ustidan nivelir ishlari
olib borilgan bitta qo‘shimcha punkt o‘rnatilgandan so‘ng bularni xamasi (группа точка)
tochka qilinadi buning uchun (группа точка) bo‘limiga kiriladi

hudud relefini chiqarish uchun hudud ichiga yana qo‘shimcha tochkalar ekib chiqilgan va

xar biriga otmetka nomalari beriladi. So‘ng (паверхност) bo‘limiga kirib (определение)
bo‘limidan


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

113


(горизантал) bo‘limiga utdiladi

va hudud reylefi chiqarilgan reylef kesim balandligi 0.5 ga 1000 mm gacha

Davlat nivelir to‘rlari haqida qisqacha ma’lumot.

Davlat nivelir to‘ri topografik plan

olish va xalq xo‘jaligi, davlat mudofaasi talablarini ta‘minlash uchun bajariladigan geodezik
o‘lchashlarning balandlik asosi hisoblanadi. Davlat nivelir to‘ri I, II, III va IV- klass nivelir
to‘rlariga bo‘linadi. I va II-klass nivelir to‘rlari ilmiy masalalarni yechishda qo‘llaniladi: dengiz
va okeanlarning sathini aniqlashda, materiklarning asriy ko‘tarilishi va cho‘kishini, yer
qimirlashda uning vertikal siljishini aniqlash bilan shug’ullanadi. III va IV-klass nivelir to‘rlari
topografik plan olish va har xil injener qidiruv tadqiqot ishlari uchun balandlik asosi
hisoblanadi. Davlat nivelir to‘ri punktlari balandligi Boltiq dengizi sathiga nisbatan katta
aniqlikda o‘lchanadi. I va II klass nivelir to‘ri iloji boricha temir yo‘l, shosse va katta daryo


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

114

qirg’oqlari bo‘ylab 3000-4000 km perimetrli yopiq poligon ko‘rinishida asosan temir yo‘llar,
avtomobil yo‘llari yoki darelar kirgoklari bo‘ylab o‘tkaziladi. III va IV klass nivelir to‘rlari yuqori
klass (I va II klass) poligonlari ichida o‘tkaziladi. III klass nivelirlash poligoni perimetri 150 km.
dan, IV k nivelirlash yo‘li uzunligi esa 50 km. oshmasligi kerak.

“Pepsi zavodi hududida

” nivelirlash ishlari olib borish uchun nivelirdan asbobidan

emas TS07 elekron taxeometrdan foydalanilgan. Ish olib borish jarayoni poligonametriya
punkitlariga bog’langan 2-razriyad punktalri ustidan o‘tkazilgan sababi hudud teritoriyasi
kichkina bo‘lgani sababli shunday ish olib borilgan va bitta qo‘shimcha punkt o‘rnatilgan IV-
klass oddiy amaliyotga mo‘ljallangan bo‘lib, past aniqlikka, ega bo‘lgan mahalliy ishlar uchun.
IV-klass nivelirlashning asosiy maqsadlari va vazifalari:

1. Mahalliy geodeziya ishlari.
2. Qurilish ishlari (bino, fundament tekisligi).
3. Yo‘lsozlik va melioratsiya.
4. Yer tekisligi nazorati (agrosanoat va dehqonchilikda).
IV klass nivelirlashni bajarish tartibi:
1. Asbob va jihozlar: nivelir, reykalar, metr, daftar.
2. Tayyorlov bosqichi: asbobni sozlash, reykalarni joylashtirish.
3. O‘lchash: orqa va old o‘qish bajariladi.
Formula: h = B_orqa - B_old

3- jadval. Nivelirlash jurnali

Vertikal

burchak

Gorizont

al masofa

Vertikal

masofa

h'

Asbob

balandlgi

Prizma

balandlig

i

Nisbiy balandlik

Reper

otmetkala

ri

°

'

"

o‘lchan

gan

Tuzatil

gan

H

0,032

Σ=0

ST1

0 10

16,7

325,122

0,972

1,625

1,55

1,047

1,031

412,891

ST2

413,922

ST2

0

6

20,2

367,245

0,677

1,523

1,85

0,35

0,334

413,922

ST3

414,256

ST3

0 30

9,5

287,245

2,52

1,385

1,55

2,355

2,339

414,256

ST4

416,595

ST4

0 -11

-15,3

311,254

-1,019

1,435

1,55

-1,134

-1,15

416,595

ST5

415,445

ST5

0 -26

-40,5

312,254

-2,423

1,435

1,55

-2,538

-2,554

415,445

ST1

412,891


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

115




NV.2


NV.3

NV.1






NV.4


NV.6





NV.5

4-chizma. Pepsi zavodi hududidan o‘tgan nivelir yo‘li sxemasi

Xulosa.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak loyihani joyiga ko‘chirishda har bir geodezik ishlar

juda muhim xisoblanidi. Ishning aniq va behato bajarish uchun har bir chekli hatolarga alohida
etibor qaratish lozim, yani xar bir qo‘yilgan punktlar va reperlarni joyiga maxkam va to‘gri
o‘rnatilganligiga ularning joyidan siljib ketmaganligiga va koordinatasi va balandligi o‘zgarib
ketmaganligiga isgonch hosil qilish kerak. Bu xatolarni vaqtida bartaraf etish esa ishning aniq
va xatolarsiz yakunlashga yordam beradi va undan keyingi bajariladigan ish jarayonlarniham
to‘g’ri bajarilishiga yordam beradi. Pepsi hududini geodezik ta’minlash ishlari bajarildi. 3ta 4-
klass poligonometriya punktlarini asos qilib ular o‘rasini zichlashtirish uchun 5 ta 2chi razryad
poligonametriya punktlarini yaratildi va 2-razryad poligonometriya yo‘llarining umumiy


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

116

uzunligi 4.1 km tashkil qildi. Balandlik tarmoqni geodezik ta’minlash maqsadida 6 ta IV-klass
nivelirlash punktlarini o‘rnatildi. Nivelirlash yo‘li poligonometriya punktlari orqali o‘tkazildi.
Nivelirlash yo‘lining umumiy uzunligi 4.3 km ga teng. 2-razryadli poligonometriya va IV -klass
nivelirlash punktlari hudud bo‘yicha qoplandi. Chekli xato belgilangan me’yordan oshmagan
oshmagan holda aniqlandi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

[internet saytlar] Geodeziya Renessans talim universiteti Geodeziya 1-qism o‘quv

qo‘llanma Jo‘raev D.O.Toshkent davlat texnika universiteti 2006.
2.

Ю.А.Романюк Инженерная геодезия лабораторный практикум по инженерной

геодезии - Ташкент 2019.
3.

3.Ш.К. Авчиев Қурулиш Инжинерлик геодезияси Тошкент 2018.

4.

Х.К.Янбаев Специальные приборы для инженерно-геодезических работ Москва

Недра 1990.
5.

В.Д.Фельдман, Д.Ш.Михелев Основы инженерной геодезии Москва «ВЫСШАЯ

ЩКОЛА»1998.

Библиографические ссылки

[internet saytlar] Geodeziya Renessans talim universiteti Geodeziya 1-qism o‘quv qo‘llanma Jo‘raev D.O.Toshkent davlat texnika universiteti 2006.

Ю.А.Романюк Инженерная геодезия лабораторный практикум по инженерной геодезии - Ташкент 2019.

Ш.К. Авчиев Қурулиш Инжинерлик геодезияси Тошкент 2018.

Х.К.Янбаев Специальные приборы для инженерно-геодезических работ Москва Недра 1990.

В.Д.Фельдман, Д.Ш.Михелев Основы инженерной геодезии Москва «ВЫСШАЯ ЩКОЛА»1998.