YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
86
ROBERT BYORNS SHE’RIYATINING O`ZBEK TILIGA TARJIMASIDA TABDIL
USULLARINING O`RNI
Iskandar Sattibaev
Andijon shahar 1- son ixtisoslashgan maktab
https://doi.org/10.5281/zenodo.15637264
Abstract:
The research intends to examine the specific features of poetical translation of
Robert Burns’ poetry from English into Uzbek and the importance techniques of translational
transformations. It also focuses on the methods of achieving a poetical effect similar to the
original in the language of translation.
Key words:
poetics, poetical translation, transformations, techniques.
Kalit so`zlar:
she’riyat, she’riy tarjima, tabdil, usullar.
Kirish:
Byorns she’rlarini o`zbek tiliga o`girish jarayonida nafaqat til, balki madaniy kontekstlar
farqi ham namoyon bo`ladi. Shu bois tarjimon asliyatdagi matn mazmuni va ruhini saqlab qolish
uchun turli tabdil usullari, ya’ni transformatsiyalarni qo`llashiga to`g`ri keladi.
Ilmiy ishning joriy bo`limida Robert Byornsning o`zbek tiliga tarjima qilingan bir nechta
taniqli she’rlari misolida tarjimada qo`llangan tabdil usullari kontekstual tahlil qilinadi.
Tahlilning asosiy maqsadi berilgan tarjimalarda leksik, semantik va uslubiy o`zgarishlar qanday
amalga oshirilganini aniqlash hamda o`zgarishlarning asliyatdagi ma’no va uslubni
yetkazishdagi o`rnini baholashdan iboratdir.
Tarjima jarayonida tabdil (transformatsiya) tushunchasi asliyatdagi matnning tarjimada
ma’lum o`zgarishlarga uchrashini, ya’ni bir tildan ikkinchisiga o`girilar ekan, ma’lum
formalarning o`zgarib, yangi shaklga o`tkazilishiga aytiladi. Bu haqda ilmiy ishning ikkinchi
bobida batafsil so`z borgan. Tarjima nazariyasida bu holatni izohlash uchun inglizcha “
shift
” –
“
siljish
” atamasi ham qo`llaniladi. Rus tilidagi adabiyotlarda “
трансформация
”, o`zbek tilidagi
adabiyotlarda esa, “
tabdil
” atamalari ushbu voqelikni nomlashda keng qo`llaniladi.
Jumladan, J. Ketford tarjima jarayonida yuzaga keladigan siljishlarni shunday ta’riflaydi:
“Tarjimadagi siljishlar deganda biz asliyatdagi matn bilan Tarjima matni o`rtasidagi formal
moslikdan chekinishni tushunamiz.”
1
Boshqacha qilib aytadigan bo`lsak, matn bir tildan
ikkinchisiga o`tganda to`g`ridan-to`g`ri muvofiqlikka erishib bo`lmaganda, tarjimon majburiy
ravishda turli darajadagi o`zgarishlarni kiritadi. Aynan shunday o`zgarishlar tarjimaga oid
tabdil, transformatsiyalardir.
Tarjimadagi bunday tabdillarning zaruriyati turli omillar bilan bog`liq. Avvalo, eng katta
omil ikki til o`rtasidagi grammatik tuzilishdagi mavjud farqlardir. Qolaversa, leksik
birliklarning mazmuniy doirasining ham turlicha bo`lishi, madaniy realiyalar o`rtasidagi
nomutanosiblik va boshqalar tabdil qo`llashni taqozo qiluvchi omillardan hisoblanadi. Shunday
ekan, har qanday tarjimon ham matn mazmunini saqlagan holda uning shakliga o`zgartirishlar
kiritishga majbur bo`ladi. Yu. Nayda tarjimani “asliyatdagi matnning ma’nosini tarjima tilidagi
eng yaqin va tabiiy ekvivalent yordamida qayta yaratishdir” deb ta’riflab, bunda mazmunning
ustuvorligini, uslub esa unga bo`ysunishi lozimligini ta’kidlaydi.
2
Tarjimon ana shunday eng
yaqin va tabiiy ekvivalentga erishish uchun turli transformatsiya usullariga murojaat qiladi.
1
Catford J. C. A linguistic theory of translation. – London : Oxford university press, 1965. – Т. 31. – P. 73.
2
Nida E. A. Toward a science of translating: with special reference to principles and procedures involved in Bible
translating. – Brill Archive, 1964. -P. 159.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
87
Masalan, ba’zi joylarda so`z qo`shish yoki tushirish, ba’zi hollarda so`z tartibini o`zgartirish,
gaplarni bo`lish yoki birlashtirish, hattoki madaniy realiyalarni almashtirish kabi tabdillarni
ham qo`llashi mumkin. Bu usullarning barchasi tarjimadagi ma’noning yaxlitligi va funksional
ekvivalentlikka erishish maqsadida amalga oshiriladi.
Quyida Byornsning tanlab olingan bir nechta she’rlarining o`zbekchaga qilingan
tarjimalarini tahlil qilish orqali tabdil usullarining tarjimada qay darajada namoyon
bo`lganligini ko`rsatib beramiz.
Tahlil har bir she’r bo`yicha asliyat matnidan olingan namunaviy satrlar va ularning
o`zbekchadagi Tarjimasini qiyoslash asosida olib boriladi.
“
Ae Fond Kiss
” – “
Qaynoq bo`sa
” she’rining Tarjimaviy tahlili
Robert Byornsning eng mashhur she’rlaridan biri “
Ae Fond Kiss
” bo`lib, bu mahbubadan
ajralish haqidagi nozik hislarni tarannum etuvchi lirik asardir. Uning ilk misrasidayoq shoir
so`nggi marta sevgilisidan bo`sa olib u bilan xayrlashajagini aytadi:
Asliyatda:
“Ae fond kiss, and then we sever;
Ae fareweel, and then forever!”
3
O`zbekcha Tarjimada:
“Qaynoq bitta bo’sa, so’ngra ayriliq.
Alvido – umrbod qalbda hayqiriq.”
4
Ushbu ikki satrni tahlil qiladigan bo`lsak, bir qarashda tarjima oddiy va to`g`ridan to`g`ri
amalga oshirilganga o`xshaydi. “
Ae fond kiss
” – “
Qaynoq bitta bo`sa
”, “
and then we sever
” –
“
so`ngra ayriliq
”. Biroq, shu ikki satr doirasida ham bir nechta tabdil usullarining
qo`llanilganligi ko`zga tashlanadi. Muallif “
fond kiss
” – “
mehr to`la bo`sa
” deyish orqali sevgi
tuyg`usini ifoda etgan. O`zbekcha tarjimada bu so`z birikmasi “
qaynoq bo`sa
” deb tarjima
qilingan va bu orqali bo`saning qaynoqligi bo`saning naqadar ehtirosli ekaniga ishora qilingan.
Bu semantik tabdilning bir ko`rinishi bo`lib, Tarjimon “
fond
” so`zining “
qaynoq
” so`zi vositasida
tarjima qilgan va bu orqali muhabbatning qaynoq haroratini ifodalagan. Shuningdek, ikkinchi
satrda “
Ae farewell, alas, for ever!
” Tarjimada “
Alvido – umrbod qalbda hayqiriq
” shakliga
keltirilgan. Bu yerda Tarjimon bevosita “
bir umrga alvido
” deyish o`rniga “
Alvido – umrbod
qalbda hayqiriq
” shaklida obrazli tarjima qilgan. “
Umrbod
” – “
for ever
”ning tarjima esa,
“
hayqiriq
” – “
alas
” so`ziga ishora qiladi. Bu usul modulyatsiya tabdiliga xos bo`lib, asliyatga
ishora orqali ifodalangan ma’no tarjimada aniq so`z orqali ifodalangan. Bunday semantik
qo`shimcha orqali tarjimon ajralishning og`ir ta’sirini yanada kuchaytirishga erishgan.
She’rning qolgan qismlarida ham leksik-semantik hamda uslubiy transformatsiyalarni
kuzatish mumkin. Masalan, Byorns quyidagi misrada mahbubasi Nensiga bo`lgan muhabbati
taqdirning unga bergan nasibasi ekanligini e’tirof etadi:
Asliyatda:
“I’ll ne’er blame my partial fancy,
Naething could resist my Nancy;”
5
O`zbekcha Tarjimada:
“Oshiq fitratimga e’tirozim yo’q,
3
https://www.poetryfoundation.org/poems/43798/ae-fond-kiss
4
Tarjima bizga tegishli.
5
https://www.poetryfoundation.org/poems/43798/ae-fond-kiss
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
88
Sevgilim nigohi qalbga sanchgan o’q.”
6
Bu jumla tarjimada asliyatga nisbatan bir oz og`ishgan. Asliyatning birinchi satrida shoir
“
Qisqa fikr yuritganimni ayblamayman
” demoqchi. Ya’ni shoir o`zining aqlini olgan muhabbatni
ayblamaydi. Tarjimada bu satr “
Oshiq fitratimga e’tirozim yo`q
” (ya’ni, yaratilishdan men oshiq
yaratilganman va bundan roziman) shaklida berilgan. Bu yerda sintaktik transformatsiya sodir
bo`lgan bo`lib, asliyatda shoir birinchi shaxs – o`z nomidan gapirgan (
I’ll ne’er blame
),
Tarjimada esa, garchi grammatik shakllardan mazmun 1- shaxs birlikka tegishli ekanligi
bilinsa-da, ega alohida gap bo`lagi sifatida ajratilmagan. Bunday tabdiliy o`zgarish tarjimada
asliyat ma’nosining tushunarliroq bo`lishi va she’riy vaznga moslikni ta’minlash uchun qilingan,
deyish mumkin.
Ikkinchi satrda “
Naething could resist my Nancy
” (
Hech narsa mening Nensiyim oldida dosh
bera olmaydi
), ya’ni “
Nensini ko`rgan odam uni sevmay iloji yo`q
” degan ma’no ifodalangan.
Tarjimada bu jumla “
Sevgilim nigohi qalbga sanchgan o’q
” deb berilgan. bu ko`rinishdagi tarjima
butkul boshqa obrazni yuzaga chiqaradi – mahbuba nigohi xatosiz nishonga uruvchi o`qqa
taqqoslanadi. Demak, bu o`rinda ekvivalentlik usulidan foydalanilgan bo`lib, mahbubaning
bardosh berib bo`lmas husni qalbga sanchilgan o`q o`laroq o`z ifodasini topgan. Bunday uslubiy
transformatsiya asliyatdagi g`oyani saqlagan, ammo ifodalash tarzi tarjimada ancha erkin
ko`rinishga ega.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Catford J. C. A linguistic theory of translation. – London: Oxford university press, 1965. –
Т. 31. – P. 73.
2.
Nida E. A. Toward a science of translating: with special reference to principles and
procedures involved in Bible translating. – Brill Archive, 1964. -P. 159.
3.
https://www.poetryfoundation.org/poems/43798/ae-fond-kiss
4.
https://www.poetryfoundation.org/poems/43798/ae-fond-kiss
6
Tarjima bizga tegishli.