Авторы

  • Madina Muxammadiyeva
    Termiz davlat universteti 2-kurs talabasi
  • Muborak O’rozova
    Termiz davlat universiteti 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.105205

Ключевые слова:

Roman syujetining psixologik tabiati o’grilar va qotillar gazablangan kambag’allar “O’lik uydan maktublar” “Jinoyat va jazo” ruhiyat xarakteristika.

Аннотация

Mazkur maqolada  Dostoyevskiyning “O’lik uydan maktublar” va ”Jinoyat va jazo” asarlarini tahlil qilish asnosida qahramonlar xarakteristikasi ochib beriladi va roman syujetining psixologik tabiati haqida so’z boradi.Maqolada mavzu doirasidagi asosli fikr va mulohazalar keltirib o’tilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

83

DOSTOYEVSKIY ASARLARIDA QAHRAMONLAR RUHIYATI

Muxammadiyeva Madina Abdunazar qizi

Termiz davlat universteti 2-kurs talabasi

madinamuhammadiyeva21@gmail.com

Muborak O’rozova O’ral qizi

Termiz davlat universiteti 2-kurs talabasi

Muborakorozova2005@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15637200

ANNOTATSIYA

: Mazkur maqolada Dostoyevskiyning “O’lik uydan maktublar” va ”Jinoyat

va jazo” asarlarini tahlil qilish asnosida qahramonlar xarakteristikasi ochib beriladi va roman
syujetining psixologik tabiati haqida so’z boradi.Maqolada mavzu doirasidagi asosli fikr va
mulohazalar keltirib o’tilgan.

KALIT SO’ZLAR

: Roman syujetining psixologik tabiati,o’grilar va qotillar,gazablangan

kambag’allar, “O’lik uydan maktublar”, “Jinoyat va jazo”, ruhiyat, xarakteristika.


Ma’lumki, Fyodor Dostoevskiy bir muddat surgunda og‘ir mehnat bilan o‘tkazgan.

Qamoqda kechirgan hayoti u uchun juda ko‘p narsalarni tahlil qilish, tushinish imkonini berdi
deyish mumkin. Sibirdagi og‘ir hayoti Dostoyevskiyning “O‘lik uydan maktublar” deb
nomlangan pishiq asar yaratishiga fundament vazifani o‘tagan. Bu haqda Jovli Xushboq
“Yostiqdoshga yolchimagan adib yoxud “Fyodor Dostoyevskiy hayotidan ayrim lavhalar” deb
nomlangan maqolasida “Ehtimol, Sibir surgunidagi jabu jafolardan yelkasi yag‘ir bo‘lmaganida
“O‘lik uydan maktublar” asaridek hayotiy, badiiy jihatdan xiyla pishiq asar dunyoga
kelmasmidi? Sibir, qamoqxonasidagi chirkin hayot tasviri bunchalik tabiiy chiqmagan bo‘lardi,
balki…” Yozuvchi u yerda bo‘lganida, turli xil odamlarga duch keladi va odatda og‘ir mehnatda
xizmat qiladiganlar - siyosiy mahbuslar,jinoyatchilar, o‘g‘rilar va qotillar bilan birga yashashga
va suhbat qilishga to‘g‘ri keladi. "Jinoyat va jazo" romanini tahlil qilish haqida gapirganda, bu
haqiqatni hisobga olish juda muhimdir, chunki u yerda, og‘ir mehnatda vatandan uzoqda,
Dostoevskiy bu odamlarning taqdirini sinchkovlik bilan o‘rgangan va tahlil qilgan. Fyodor
Dostoyevskiy uchun nafaqat ularning hayotiy voqealari, balki u yoki bu odamni jinoyat sodir
etishga undagan sabablar ham qiziq bo‘lgan, Dostoyevskiy bulardan o‘zi uchun muhim
xulosalar chiqardi. Bu xulosalar bizga “Jinoyat va jazo” romanini tahlil qilishda, Raskolnikov
obrazini ochishda katta yordam beradi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha paytda jinoyatchilar
ko‘pincha Rossiyadagi odamlarning ijtimoiy ahvolidan norozilik bilan harakat qilishgan.
Darhaqiqat, tenglik haqida gapirishning iloji yo‘q edi, dehqonlar uchun krepostnoylik bekor
qilindi va ularning ko‘plari, agar ko‘pchilik bo‘lmasa, qashshoqlik chegarasidan pastroq
bo‘lishdi. Bunday g‘azablangan kambag‘allar nima qilishlari mumkin edi?Aftidan,xulosa o‘z-
o‘zidan paydo bo‘ladi – dehqonlar ichib, haddan oshdi va shaharda yashash uchun jinoyatlar,
o‘g‘irliklar qilishdi. Mamlakatdagi og‘ir hayot, hukumatning chirib ketgan siyosati odiiy
odamlarni jinoyat va faxsh ishlar qilishga va shu yo‘l bilan o‘zlarini va oilalarini boqishga
harakat qilishdi. Iqdisodiy muommolar adibning real hayotida ham o‘z aksini topgan.
Dostoyevskiy ham pul bilan bog‘liq muommolardan yiroq bo‘lmagan. Shuning uchun ham
adibning dastlabki asari bekorga “Bechora odamlar” deb nomlanmagan. Dostoyevskiyning
"Jinoyat va jazo" romani ham oddiy odamlar hayotida kechadigan voqealar asosida yoritilgan.
Asarni tahlil qilib, Fyodor Dostoevskiy ushbu global muammoni Rossiyada qanday hal qilish
bo‘yicha o‘z qarashlarini taklif qilgan va buni asar davomida singdirgan. Misol uchun, asar


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

84

qahramonlaridan biri Razumixin tomonidan aytilgan; “jinoyat itimoiy tuzumning adolatli
emasligidan norozilik tarzida ro‘yobga chiqadi – vassalom, boshqa hech gap-so‘z yoq, hech
qanday sabablar tan olinmaydi – hech nima!..

1. Asarning bosh qahramoni Lujin nutqi bilan aytganda: “- Rodion Romonovich

Raskolnikov, janob talaba yoki sobiq talaba?”.

Raskolnikovning psixologik tabiati o‘ta murakkab. Raskolnikov faqatgina pulsizlik,

kambag‘allik va qashshoqlik bilangina xarakterlanmaydi, balki miyaga chuqur o‘rnashib olgan,
bir qaraganda ezgu va gumanistik, boshqa tomondan qarasa, g‘oyat xavfli hamda yuqumli
g‘oyalar, xayollar girdabidagi talvasali vaziyatda. Bunday murakkab psixologik vaziyat
kitobxonni ham chuqur fikir yuritishga majbur qiladi. Kimdir biz inqilobiy harakat va
avtokratiyani ag‘darish haqida gapiryapmiz, deb o‘ylaydi, lekin yozuvchi boshqacha
rivojlanishni ko‘rdi - bu nasroniy axloqini ommaga joriy qilish orqali xalqning ma’naviy hayotini
yaxshilash kerak degan g‘oyani ilgari surmoqchi bo‘ladi bizningcha. Darhaqiqat, insonning
yuragiga ta’sir qiladigan va uning ongini vangi ruhini qayta tiklashi mumkin bo‘lgan xristian
tamoyillari tushunchasi mavjud. Biroq, jinoyatchilikning o‘sishiga nafaqat odamlarning
dahshatli moliyaviy ahvoli sabab bo‘ldi, balki yangi falsafalar ham bu o‘sishning muhim tarkibiy
qismiga aylandi. Roskalnikov o‘zini Napalion bo‘laman deb o‘yaldi. U bir jinoayat katta fojea
emas deb hisobladi. Bu jinoyat orqali boshqalarning ahvolini yaxshilash mumkin deb ishonadi.
Raskolnikovning “Jinoyat haqida…”deb nomlangan maqolasida: “Yodimda, men jinoyatchining
jinoyat qilish jarayonidagi ruhiy holati haqida yozgan edim” deydi. Maqolada “…barcha odamlar
“odmi” va “favqulotda” kishilar deb ajratiladi. Odmi odamlar mumin-qobil bo‘lib yashashlari
kerak,qonunlarni buzmasliklari lozim, negaki, ular oddiy odamlar-da. Favqulodda odamlar
bo‘lsa, istagncha jinoyat qilishlari va istagancha qonunlarni buzushlari mumkin ekan, ular
bunga haqli ekanlar, nega desangiz, ular boshalarga o‘xshamaydigan favqulotda odamlar ekan-
da…”

Bunday fikrlar asarda obrazlar tilidan aytilsa-da, aslida ular Dostoyevskiyning qalbidagi

gaplar edi. Buyuk shaxslarning ko‘pchiligi ham aslida qotil bo‘lgan deya Likurg - qadimgi Sparta
davlatining asoschisi, Salon – Qadimgi Yunonistonda islohotlar o‘tkazgan davlat arbobi
vaNapalion kabi tarixda o‘zlaridan abadiy nom qoldirgan shaxslarni keltirib o‘tadi. Asarning
boshobrazi Roskalnikov o‘zining g‘oyasi boshqalar uchun foydali bo‘ladi degan fikirda sudxo‘r
kampirni o‘ldirib jinoyat qilishga va o‘zidagi fikirning to‘laqonli haq ekanligiga ishonar edi.
Raskolnikov tomonida aytilga yana bir jumlaga e’tibor qaratmoqchiman. “Mening odamlarni
odmi va favqulodda shaxslarga bo‘lishimga kelganda, ehtimol, bu unchalar asoslanmagandir,
roziman, lekin men bunda to‘la aniqlik ham talab qilayotganim yoq. Men faqat o‘zimning asosiy
g‘oyamga ishonaman. Gap shundaki, tabiat qonunlariga ko‘ra, odamlar umuman ikki toifaga
bo‘linadilar: past toifa (odmi odamlar), o‘ziga o‘xshganlarni uchratishdan boshqa narsaga
yaramaydilar, ular urchish naterialidirlar va ikkinchi – odam deb sanasa arziydigan va hayotda
,o‘z muhitida yangilik, yangi so‘z barpo qilish iqdidoriga, qudratiga ega bo‘lganlar…”

Raskolnikov ham Napalion bo‘lishim mumkin deb o‘yladi, hamma narsaning yechimini

sudxo‘r kampirni o‘ldirish deb o‘yladi. Uning ruhiyatida ikki turdagi qarama-qarshilik
kurashardi. Ayni damda birinchisi, kampirniki kkinchisi, bu jinoyot-ku,degan fikrlar qiynab
keladi.Misol uchun Raskolnikovning maqolasidan yuqoridagi jumlalarni yana davom etirishni
maqul topdik.“…birinchi toifadagi, ya’ni material bo‘luvchilar o‘z tabiatlariga ko‘ra, yangilikka
qarshi bo‘lgan,batartib, chegaradan chiqmaydigan, tobe bo‘lib yashaydigan va tobe bo‘lishni
yaxshi ko‘radigan odamlardir umuman olganda. Menimcha, ular yaralishdan mute bo‘lish


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

85

uchun yaratilganlar,ularning peshonasiga yozilgani shu va bunda ularning shanini yerga
uradigan hech qanday yomon narsa yoq. Ikkinchi toifadagi odamlarning bari qonunga xilof ish
tutadilar, ular buzg‘unchilardir yoki qobiliyatlariga ko‘ra, shunga moyildirlar Rodion
Raskolnikovning “Jinoyat va jazo” romanidagi tahlilini Rodion Raskolnikov “Jinoyatva jazo”
romanining bosh obrazi bo‘lganligi sababli, u haqida gapirishni maqul deb bilamiz.

“Jinoyat va jazo” asarini qisqacha tahlil qilar ekanmiz, ushbu personaj, ya’ni Raskolnikov

obrazini muhokama qilmasdan turib asar mohiyatini ochib berish imkonsiz bo‘lar edi.Shunday
qilib, Rodion Raskolnikov haqiqatan ham kambag‘al edi, lekin u eski sudxo‘rni nafaqat
qashshoqlik, balki asosan mafkuraviy fikrlar tufayli o‘ldirishga qaror qildi. Raskolnikov
oltmishlarga rogan sudxo‘r kampir Alyona Ivanovnanigina emas, uningo‘ttiz besh yoshlardagi,
birovga zarari tegmaydigan o‘gay singlisi Lizaveta Ivanovnani ham naq qansharidan chopib,
miyasini qoq ikkiga bo‘lib yuborishga majbur bo‘ldi. Mana shu mudhish manzara moziyda
necha minglab marotaba yuz bergan, bugungi dunyoda ham to‘xtovsiz ro‘y berib turganligining
guvohi bolmoqdamiz.Asar haqida xulosa qilarekanmiz,jinoyatga jazo muqarrar ekanligi yana
bir bor o’z isbotini topganligi, shubhasiz.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

M.F.Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” Toshkent 2021 329- bet

2.

M.F.Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” Toshkent 2021 333- bet

3.

M.F.Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” Toshkent 2021 333- bet

4.

M.F.Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” Toshkent 2021 bet -336

5.

Zulfiya Pardayeva “Hozirgi o‘zbek romanchiligi taraqqiyot tamoyillari” Toshkent 2003 -

255 bet

Библиографические ссылки

M.F.Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” Toshkent 2021 329- bet

M.F.Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” Toshkent 2021 333- bet

M.F.Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” Toshkent 2021 333- bet

M.F.Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” Toshkent 2021 bet -336

Zulfiya Pardayeva “Hozirgi o‘zbek romanchiligi taraqqiyot tamoyillari” Toshkent 2003 - 255 bet