Авторы

  • Ozoda Mamaziyoyeva
    University of Business and Science Til va adabiyot ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.105207

Ключевые слова:

adabiy harakatchilik jadidchilik ma’rifatparvarlik adabiyoti mavzu g‘oya tasnif turkum lirika.

Аннотация

ushbu tezisda XX asr boshlari Namangan adabiy harakatchiligida o‘ziga xos o‘rniga ega bo‘lgan Dadaxon qori Rustamxo‘ja o‘g‘li Suhayliy adabiy merosining mavzu ko’lami “Yodgorim” to‘plami asosida o‘rganiladi va xulosalar beriladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

76

SUHAYLIY ADABIY MEROSINING MAVZU KO‘LAMI

Mamaziyoyeva Ozoda Botirali qizi

University of Business and Science Til va adabiyot ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi

E-pochta: omamaziyoyeva99@gmail.com

Tel: +998 77 302 15 16

https://doi.org/10.5281/zenodo.15636910

Annnotatsiya:

ushbu tezisda XX asr boshlari Namangan adabiy harakatchiligida o‘ziga

xos o‘rniga ega bo‘lgan Dadaxon qori Rustamxo‘ja o‘g‘li Suhayliy adabiy merosining mavzu
ko’lami “Yodgorim” to‘plami asosida o‘rganiladi va xulosalar beriladi.

Kalit so’z

: adabiy harakatchilik, jadidchilik, ma’rifatparvarlik adabiyoti, mavzu, g‘oya,

tasnif, turkum, lirika.

Abstract:

This thesis studies the thematic scope of the literary heritage of Dadakhon qori

Rustamkhoj oglu Suhayli, who had a unique place in the Namangan literary movement of the
early 20th century, based on the collection "Yodgorim", and draws conclusions.

Keywords

: literary movement, Jadidism, Enlightenment literature, theme, idea,

classification, category, lyrics.

O‘zbek milliy uyg‘onish adabiyoti shakllanishining ijtimoiy-siyosiy va adabiy estetik

omillari hamda XIX asr oxiri va – XX asr boshlari Turkistonda ijtimoiy-siyosiy, madaniy-adabiy
hayot o‘zbek adabiyoti tarixida yangi mavzularning maydonga kelishiga turtki bo‘ldi.

XX asr boshlari o‘zbek adabiyoti tarixida yangi mavzularning maydonga kelishi yangi

poetik turkumlar ijtimoiy hayotdagi voqealarni real, haqqoniy tasvirlaganligi bilan katta
ahamiyatga egadir. Davr adabiyotida an’ana bo‘lgan ushbu she’riy turkumlarning mavzusini
quyidagicha belgilash mumkin:

1) ijtimoiy-siyosiy; 2) yumoristik; 3) lirik; 4) hajviy-tanqidiy.
Ijtimoiy hayotdagi voqealarning ma’rifatparvar va jadid shoirlar tomonidan hozirjavoblik

bilan she’riy shaklda o‘z fikrlarini bildirdilar. Adabiyotshunos Q.Yo‘ldoshev “Garchi
ma’rifatchilik adabiyotining maqsadi, vazifalari, tasvir obekti, mavzular ko‘lami, qahramonlari
o‘zgargan bo‘lsada, badiiy tasvir vositalari, ifoda yo‘sinlari, tur va janrlari jihatidan mumtoz
adabiyotdan juda ham uzoqlashib ketmaganligi, ma’rifatchilik adabiyoti yangi o‘zbek
adabiyotining ilkinchi bosqichi ekanligi, u ko‘p asrlik milliy an’analar shaklidagi o‘z ichki
qonuniyatlari asosida rivojlanib kelgan mumtoz adabiyot bilan tashqi jahoniy ta’sirlarga
berilgan, to‘lig‘icha ijtimoiy yo‘nalish kasb etgan jadid adabiyoti o‘rtasida estetik ko‘prik
bo‘lganini aytib o‘tadi. Bizning kuzatishlarimiz natijasida turkumlashni Qo‘qon adabiy maktabi
ijodkorlari yo‘nalishida quyidagicha davom ettirish mumkin:

1. Saylov haqidagi poetik turkum.
2. Veksel mavzusidagi poetik turkum.
3. Sayohatnoma yo‘nalishidagi poetik turkum.
4. Qarz mavzusidagi poetik turkum.
5. Mardikorlik mavzusidagi poetik turkum.
6. Arava mavzusidagi poetik turkum.
7. Mamajon makaylik haqidagi poetik turkum.
8. Ko‘samen radifli poetik turkum.
9. Kalish va kovush haqidagi poetik turkum.
10. She’riy maktublar bo‘yicha poetik turkumlar.
11. Maktab mavzusidagi poetik turkumlar.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

77

Darhaqiqat, Muqimiy, Zavqiy, Furqat asarlaridagi ma’rifat g‘oyalari kelgusi bo‘g‘in

avlodlarga jadidchilik yo‘nalishi uchun zamin bo‘ldi. Ularning fikr-u qarashlari, qalamga olgan
adabiy mavzulari jadid adabiyotiga g‘oyaviy asos bo‘ldi. Shuningdek, ma’rifatparvarlik
adabiyotining mumtoz adabiyotdan farqi bor. Buni adabiyotshunos quyidagicha asoslagan:
“...mumtoz adabiyot asosan, alohida kishilar, xos tabaqa uchun yaratilib, uning ifoda tarzi ham
shunga muvofiq edi. U keng ommaga mo‘ljallanmagan, unga qaratilmagan adabiyot edi.
Ma’rifatchilik adabiyoti, avval boshdan, ommaga mo‘ljallangan bo‘lib, uning ifoda yo‘sinida
soddalik, avomga tushunarlilik ustuvorlik qilardi. Ma’rifatchilik xususiyati milliy adabiyotni
ifoda tarzidan tortib, mazmun mohiyatiga qadar o‘zgartirdi”. Ijtimoiy hayotdagi muammolar
ko‘payganligi bois adabiyotda ham shunday mavzularda bitilgan asarlar maydonga keldi. Bu
davr adabiyotiga nazar tashlasak, Qo‘qon adabiy maktabi vakillari ijodida ma’rifatparvarlik
g‘oyalari yetakchilik qilganini yana boshqa bir adabiyotshunoslar ham ta’kidlaydilar: “Furqat,
Muqimiy, Zavqiy kabi shoirlar ma’rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qildilar. Keyinchalik ular
safiga Hamza, Ayniy, Avloniy kabi ma’rifatparvarlar kirib keldilar”.

XX asr boshlarida Namangan adabiy harakatchiligi namoyandalari Nodim Namongoniy,

Hayrat, Xilvatiy, Ibrat, So‘fizoda, Dog‘iy kabi Dadaxon qori Suhayliy ham siyosiy murakkab va
ziddiyatli bir davrda yashab ijod qilgan. Turkiston hududida bu vaqtdagi adabiyot, san’at va
ijtimoiy-siyosiy hayoti bo‘yicha yaratilgan tadqiqotlar ham ushbu fikrimiz isboti bo‘la oladi.
Mustabid tuzum sharoitida yangi davr adabiyotini shakllantirish, yangi usul maktablarini
ochish, jadid matbuotini yo‘lga qo‘yish, har tomonlama shakllangan milliy o‘quv tizimini isloh
qilish kabi vazifalarga bel bog‘lagan ma’rifatparvarlar qatorida Suhayliy ham ijtmoiy-siyosiy
jarayonda sodir bo‘layotgan har bir yangilikni ustozlaridan ilhomlangan holda qalamga olgan.
XX asr boshlarida milliy uyg‘onish davri vakillari bo‘lgan Behbudiy, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy,
Fitrat, Avloniylar kabi ma’rifatparvarlar qatorida Namangan adabiy harakatchiligi
namoyandalari, xususan, Suhayliy ham xalq ongini millatparvarlik ruhida shakllanishi va
rivojlanishi, maorif va madaniyatining yuksalishi uchun Qur’on oyatlaridan o‘zining betakror
baytlarida mohirona foydalangani holda sermahsul ijod qilgan. Ma’naviyat-ma’rifat suvi bilan
sug‘orilgan va kamol topgan asarlari orqali yoshlarimizni ona-Vatanga sadoqatli, ilm-ma’rifatli
va ijtimoiy hayotda faol bo‘lishga chaqirgan.

University of Business and Science nodavlat oliy ta’lim muassasasi filologiya fanlari

bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsenti Ozodaxon Boltaboyevaning “XX asr boshlarida
Namanganda adabiy harakatchilik: namoyandalari, an’analari, yangilanishi” nomli doktorlik
dissertatsiyasida ayni shu davrlarda yashab ijod etgan bir qator shoirlar, jumladan, Nodim,
Hayrat, Xilvatiy, Ibrat, So‘fizoda, Dog‘iy hamda Suhayliy hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‘liq
qimmatli ma’lumotlar bera turib, quyidagicha mavzuviy tasnif etgan edi:
1.

ishqiy;

2.

axloqiy-ta’limiy;

3.

ijtimoiy-siyosiy;

4.

hajviy;
XX asr boshlarda Namanganda vujudga kelgan adabiy harakatchilik vakillari orasida

Suhayliy o‘ziga xos tashbehlari, “ovozi”, misralari bilan alohida e’tiborga va e’tirofga sazovor
bo‘lib, uning ijodi haqida fikr bildirganimizda, bizningcha, birgina ta’rif yetarli: oz va soz
yozilgan. Shoir qalamida nafaqat davr manzarasi, balki adabiyotimizda paydo bo‘lgandan to
hozirgacha o‘z ohorini saqlab kelayotgan ishq, muhabbat, axloq, tarbiya, ta’lim kabi mavzular


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

78

qayta jonlandi, o‘zgacha ko‘rinish kasb etdi. Shuningdek, shoirning tushunarli va xalqona tili
kitobxonlar qalbidan chuqur joy olishiga sabab bo‘la oladi, albatta.

Suhayliyning bizgacha yetib kelgan birgina “Yodgorim” she’riy to‘plami mavjud bo‘lib,

undan xilma-xil janrlar o‘rin olgan lirik merosini mavzuiy jihatdan quyidagi tasnif asosida
o‘rganish mumkin:

1)

ishqiy;

2)

diniy-ma’rifiy;

3)

ijtimoiy-siyosiy;

4)

hajviy.

Suhаyliy tаriхni hаm jiddiy o‘rgаngаn, shu bоis uning qiziqishlаri sаmаrаsi o‘lаrоq

“Bo‘stоn аl-оrifiyn” аsаri yuzаgа kеlgаn. Bu аsаrdа Buхоrо tаriхi, Qo‘qоn хоnligining tаshkil
tоpishi, Turkistоnning Rоssiya tоmоnidаn bоsib оlinishi hаqidаgi qimmаtli mа`lumоtlаr
mаvjud. Yigitlik chоg‘idа Qur`оn hоfizi, zo‘r хаttоt, istе`dоdli shоir sifаtidа tаnilgаn Suhаyliyning
аvlоdlаr uchun qоldirgаn аdаbiy mеrоsi yoshlаrni mа`rifаtgа, fidоyilikkа chоrlаydi, hаyot
sinоvlаrini yеngа оlish uchun sаbrli bo‘lishgа undаydi.

XX asr boshlari Namangan adabiy harakatchiligi namoyandalari Nodim, Hayrat, Xilvatiy,

Ibrat, So‘fizoda, Dog‘iy, Suhayliy kabi shoirlarimiz faoliyati, adabiy mеrosi o‘zbеk adabiyoti
rivojida alohida ahamiyat kasb etadi. Asosan, aruzning ramal va hazaj bahrlarida ijod qilgan
shoirlarimiz asarlarida ishq mavzusi yеtakchilik qilishi, ilohiy ishq, tasavvuf g‘oyalari kuchliligi
sabab, mustaqilligimizgacha ushbu shoirlar ijodini mukammal o‘rganish imkoni bo‘lmagan.
Chunki ular madrasa ilmi bilan chеklanib qolmay, buyuk Sharq olimlari asarlarini mustaqil
mutolaa qilishgan, arab, fors tillarini chuqur o‘rganishgan. Asarlarida ikki tillilik (zullisonayn)
an’anasi davom etgan. Ularning axloqiy qarashlaridagi fidoyilik, millatparvarlik, kurashchanlik
kabi xislatlari ijod namunalarida ham uyg‘unlik kasb etgan.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Суҳайлий. Ёдгорим. – Тошкент: Fikr-Media, 2009. – 192 б.

2.

Афоқова Н. Жадид шеърияти поэтикаси. – Тошкент: Фан, 2005. – 140 б.

3.

Каримов Н. ХХ аср адабиёти манзаралари. – Тошкент: O‘zbekiston, 2008. – 536 б.

4.

Қосимов Б., Юсупов Ш., Долимов У., Ризаев Ш., Аҳмедов С. Миллий уйғониш даври

ўзбек адабиёти. – Тошкент: Маънавият, 2004. – 464 б.

5.

Болтабоева O. ХХ аср бошларида наманганда адабий ҳаракатчилик: намояндалари,

анъаналари, янгиланиши: филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)
диссертация. – Тошкент, 2019. – Б. 148.

Библиографические ссылки

Суҳайлий. Ёдгорим. – Тошкент: Fikr-Media, 2009. – 192 б.

Афоқова Н. Жадид шеърияти поэтикаси. – Тошкент: Фан, 2005. – 140 б.

Каримов Н. ХХ аср адабиёти манзаралари. – Тошкент: O‘zbekiston, 2008. – 536 б.

Қосимов Б., Юсупов Ш., Долимов У., Ризаев Ш., Аҳмедов С. Миллий уйғониш даври ўзбек адабиёти. – Тошкент: Маънавият, 2004. – 464 б.

Болтабоева O. ХХ аср бошларида наманганда адабий ҳаракатчилик: намояндалари, анъаналари, янгиланиши: филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертация. – Тошкент, 2019. – Б. 148.