Авторы

  • Roxila Abdullayeva
    Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.105213

Аннотация

Ma’lumki, har qanday yo‘nalish istiqboli predmetga yondashuv va tadqiq usullarini o‘z ichiga oluvchi tadqiqot metodlariga bog‘liq. Antroposentrik paradigmaning barcha yo‘nalishlari uchun xos bo‘lgan mumtoz metodlar: tasvirlash, tavsiflash, tasniflash, umumiydan xususiyga, xususiydan umumiyga borish, kuzatuv, so‘rovnoma-suhbat  bugungi kunda olib borilayotgan tadqiqotlarda ham izlanish asosini tashkil qiluvchi asosiy metodlar bo‘lib qolmoqda. Shuning bilan bir qatorda har bir sohada uning xususiyatidan kelib chiqqan holda amal qiluvchi metodlar borki, ishning ilmiy qiymati, yo‘nalish xususiyatlari va tadqiqot maqsadi haqida yaqqol tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Jumladan, kognitiv tilshunoslikda ham bir necha xususiy metodlar amal qiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

55

KOGNITIV TILSHUNOSLIK METODLARI

Abdullayeva Roxila Yusufjon qizi

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15631055

Ma’lumki, har qanday yo‘nalish istiqboli predmetga yondashuv va tadqiq usullarini o‘z

ichiga oluvchi tadqiqot metodlariga bog‘liq. Antroposentrik paradigmaning barcha yo‘nalishlari
uchun xos bo‘lgan mumtoz metodlar: tasvirlash, tavsiflash, tasniflash, umumiydan xususiyga,
xususiydan umumiyga borish, kuzatuv, so‘rovnoma-suhbat bugungi kunda olib borilayotgan
tadqiqotlarda ham izlanish asosini tashkil qiluvchi asosiy metodlar bo‘lib qolmoqda. Shuning
bilan bir qatorda har bir sohada uning xususiyatidan kelib chiqqan holda amal qiluvchi
metodlar borki, ishning ilmiy qiymati, yo‘nalish xususiyatlari va tadqiqot maqsadi haqida
yaqqol tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Jumladan, kognitiv tilshunoslikda ham bir necha
xususiy metodlar amal qiladi.

Masalan, konseptual tahlil kognitiv semantikaning asosiy tadqiqot metodlaridan biri

hisoblanadi. U til birliklarining inson lisoniy manzarasida qanday konsept hosil qilish
masalasini o‘rganadi. Uni tashkil qiluvchilarga ajratadi, umuminsoniy va milliy xususiyatlarini
ko‘rsatadi

1

. O‘rganish obyekti sifatida jonli nutq, badiiy yoki folklor fondi namunalari, til

birliklari yoki leksik sathning ma’lum bir guruhi tanlab olinishi mumkin. O‘zbek tilshunosligida
so‘nggi yillarda konsept bilan aloqador bo‘lgan tadqiqotlar soni oshgan.

Shuningdek, freym tahlil metodi ham lingvokognitiv tadqiqotlar uchun muhim. Bilim

tuzilmalarini, geshtalt va konseptlarni assotsiativ tarzda namoyon qilish mazkur metodning
asosiy tamoyili hisoblanadi. Freym tahlil metodining ustunlik jihati shundaki, inson ongida til
zaxirasi bilan aloqador bo‘lgan va umuman olganda, har qanday bilim uzviy ravishda boshqa
bilimlar bilan bog‘liq holatda mavjud bo‘lishi, bir belgi (ta’rif) bir necha konsept, geshtalt yoki
ssenariy uchun dahldor bo‘la olishi, ong murakkab va ayni vaqtda konpleks butunlik bo‘la
olishini asoslaydi. Insondagi nutq yarata olish qobiliyati, valentlik tushunchasi, o‘zbek
mentalitetida farosat tushunchasi bilan bog‘lanadigan barcha jarayonlarni ayni freym tahlil
metodi asoslaydi. Bu tahlil metodiga ko‘ra, inson ongidagi obraz, konsept yoki hukm, har
qanday tushuncha freym sxemasidan, ya’ni uni tashkil qiluvchi ta’riflardan iborat bo‘ladi.
O‘zbek tilshunosligida freym tahlil metodi nisbatan kam o‘rganilgan hodisa bo‘lib, monografik
plandagi tadqiqotlarni talab qiladi.

Konseptual metaforalar tahlili masalasi ham soha uchun muhim. Konseptual metafora

nisbatan keng tushuncha bo‘lib, an’anaviy lingvistik metafora tushunchasidan kengroq
tushuncha hisoblanadi

2

. Odatda, metafora shakl yoki mazmun o‘xshashligi asosida vujudga

keluvchi ko‘chimni ifodalaydi. Badiiy adabiyot, paremiologik fond namunalarida faol uchraydi.
Biroq konseptual metafora o‘xshashlik mezoni bilan chegaralanmaydi. U ayni shu o‘xshashlik
asosida kechadigan bilish jarayonini tadqiq qiladi.

Til doimiy ravishda dinamik harakat qiladigan hodisa sifatida uni tadqiq qiluvchi sohalar

ham doimiy o‘zgarib boradi. Zamon talablaridan kelib chiqqan holda tadqiqot metodlari ham
o‘zgarib boradi, yoki integratsiyaga uchraydi. Bugungi lingvokognitiv tadqiqotlarda ham aynan
shunday metodlarga ehtiyoj bor va tadqiqotlar orasida taklif etilayotgan bir necha metodlar
bor. Jumladan, Boldirev N.N va Fedyayeva V.E. muallifligida chop etilgan maqolada “kultural

1

Болдырев Н.Н. Когинитивная семантика: курс лекций. – Томбов: 2014. С – 15.

2

Evans V and Green M. Cognitive linguistics. Edinburgh university press, 2006. P – 9.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

56

konseptualizatsiya” va “kultural metafora” – “madaniy konseptualizatsiya” va “madaniy
metafora”lar haqida so‘z boradi. Mualliflarga ko‘ra, bilish jarayoni kompleks jarayon

3

. Ya’ni

unda bir necha omillar ta’sirini e’tirof qilish zarur. Masalan, muloqot muhiti, ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy hayot, madaniyat shular jumlasidandir. Inson nimani o‘zlashtirmasin, u buni
jamiyatdan tashqarida amalga oshira olmaydi. Ijtimoiylik esa moddiyatdan jamiyat yashab
turgan muhit va uning ijtimoiy-siyosiy holati, an’ana va mentalitetidan holi bo‘lmaydi. Muallif
maqolada jarayonning faqat bir jihati madaniy omilga kengroq e’tibor qaratadi. Ma’lumki,
lingvokulturologiya ayni hodisa, tilning madaniyatga, madaniyatning esa til ta’sirini
o‘rganuvchi soha hisoblanadi. Konsepualizatsiya jarayonining madaniy nuqtayi nazardan tahlil
qilinishi ayni vaqtda kognitiv tilshunoslik uchun ham, lingvokulturologiya uchun ham
ahamiyatli xulosalar beradi. Metafora til hodisasi sifatida madaniy kod ham saqlashi tabiiy hol.
Har bir xalqda o‘z stereotiplari bilan aloqador bo‘lgan va shu til egalari uchun xos bo‘lgan
ko‘chimlar bo‘lishi tabiiy. Bilish jarayonini tahlil etishda ushbu omilni ham nazarda tutish kerak
bo‘ladi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, tilshunoslikning tadqiqot doirasi kengayib borgani sari

umimg metodlarida ham o‘zgarish kuzatiladi. Kognitiv tilshunoslikning zamonaviy tadqiqotlari
soha metodlarining antroposentrik soha yo‘nalishlari bilan integratsiyasini taqozo qilmoqda.
Jumladan, bevosita lingvokulturologiya bilan aloqador bo‘lgan “madaniy konseptualizatsiya”
tushunchasi sohalar kesimida tadqiqot olib borishni taqozo qiladi. Ahamiyatli jihati shundaki,
chiqarilgan xulosalar voqea-hodisani kompleks o‘rganish imkonini beradi. Shuningdek, yaqin
kelajakda sohaning pragmatika, sotsium, mentalitet, etnos, til o‘qitish va o‘zlashtirish bilan
aloqador integratsion ko‘rinishlarini inkor qilib bo‘lmaydi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Болдырев Н.Н. Когинитивная семантика: курс лекций. – Томбов: 2014. 236 с.

2.

Болдырев Н.Н., Федяева Е.В. Когнитивные методы исследования в лингвистике:

концептуально-инференционный анализ / Вестник Российского университета дружбы
народов. С – 686-703.
3.

Evans V and Green M. Cognitive linguistics. Edinburgh university press, 2006. 851 Р.

3

Болдырев Н.Н., Федяева Е.В. Когнитивные методы исследования в лингвистике: концептуально-

инференционный анализ / Вестник Российского университета дружбы народов. С – 689.

Библиографические ссылки

Болдырев Н.Н. Когинитивная семантика: курс лекций. – Томбов: 2014. 236 с.

Болдырев Н.Н., Федяева Е.В. Когнитивные методы исследования в лингвистике: концептуально-инференционный анализ / Вестник Российского университета дружбы народов. С – 686-703.

Evans V and Green M. Cognitive linguistics. Edinburgh university press, 2006. 851 Р.