Авторы

  • G. Jo‘raboyeva
    FarDU dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.105219

Аннотация

Til mehnat jarayonida yaratilgani tufayli uning bosh manbayi va asosiy ildizlari, binobarin – asosiy boyliklari ham mehnatkash xalq tilida bo‘ladi. Ulug‘ bobomiz Alisher Navoiy 1499-yilda yaratgan «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarida turkiy tillarning, jumladan, o‘z ona tilining fazilatlari va afzalliklarini isbotlashda butunicha xalq tiliga tayangan, yozma adabiyotga mehnatkash xalq tilidan kirgan jonli so‘zlarni maxsus ta’kidlab ko‘rsatgan edi: «Sipqarmoq, qizg‘anmoq, termulmoq, bezanmoq, o‘kurmak, qing‘aymoq, bo‘xsamoq» [1, 245] kabi. Chunonchi, xalq tili hisoblangan shevalar har bir milliy tilning asosini tashkil etadi va u milliy-ma’naviy qadriyatimiz hisoblanadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

39

O‘ZBEK SHEVALARIGA OID SO‘ZLARNING MAZMUNIY GURUHLARI

BO‘YICHA TASNIFIGA DOIR

G.Jo‘raboyeva

FarDU dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15662734

Til mehnat jarayonida yaratilgani tufayli uning bosh manbayi va asosiy ildizlari, binobarin

– asosiy boyliklari ham mehnatkash xalq tilida bo‘ladi. Ulug‘ bobomiz Alisher Navoiy 1499-yilda
yaratgan «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarida turkiy tillarning, jumladan, o‘z ona tilining
fazilatlari va afzalliklarini isbotlashda butunicha xalq tiliga tayangan, yozma adabiyotga
mehnatkash xalq tilidan kirgan jonli so‘zlarni maxsus ta’kidlab ko‘rsatgan edi: «Sipqarmoq,
qizg‘anmoq, termulmoq, bezanmoq, o‘kurmak, qing‘aymoq, bo‘xsamoq» [1, 245] kabi.
Chunonchi, xalq tili hisoblangan shevalar har bir milliy tilning asosini tashkil etadi va u milliy-
ma’naviy qadriyatimiz hisoblanadi. Ulkan daryolar tiniq buloqlardan suv olib ko‘payganidek,
adabiy tilimizning obihayoti, ya’ni uning boyish manbasi, xazinasi shevalar, lahjalar sanaladi.
O‘tgan asrning boshlarida yangi o‘zbek adabiy tili qanday bo‘lishi, qaysi shevalarga ko‘proq
tayanmog‘i lozim, degan masala o‘rtaga chiqqan paytda tilimiz jonkuyarlaridan biri bo‘lgan
Abdurauf Fitrat bu muhim masala bo‘yicha fikr yuritib, «… Bizning shaharlarimiz ko‘plab
yillardan beri arab, forsiy adabiyotining hukmi ostida yashaydir. Shuning uchun bizda shahar
tili buzilg‘ondir. Tilimizning sof shaklini daladagi el-aymoqlarda ko‘ra olamiz», deydi va «el-
aymoqlari orasida ularning jon ozig‘i bo‘lib turg‘on» dostonlar, ertaklar, matallar, laparlar,
ashula-qo‘shiqlarni xalq og‘zidan qanday talaffuz qilinsa, shundayligicha yozib olish, ularni
sinchiklab o‘rganish va shu asosda ma’lum ilmiy xulosaga kelish lozimligini ko‘rsatadi [2, 141].
Demak, sheva so‘zlari millat ruhi hisoblangan ona tilimizning qadimiy ildizlarini bugunga qadar
o‘zida saqlab kelayotgan sof shakli, jon tomiridir.

O‘zbek xalq shevalari leksikasi umumxalq tilining eng qadimiy ko‘rinishi bo‘lib, odamzot

tilga kirgandan boshlab, iste’molda bo‘lib kelmoqda. Narsalar, voqea-hodisalar yoki
tushunchalarni ularning o‘ziga xos belgi-xususiyatlariga ko‘ra turli kategoriyalarga, sinflarga,
guruh va turkumlarga ajratish tasnif deb ataladi [3, 210]. Shevashunoslar ta’kidlaganlaridek,
dialektal so‘zlarni tahlil qilishda turli tasniflardan foydalanibgina ilmiy xulosalar chiqarish
mumkin. Shunday ekan shevaga oid so‘zlarning semantik guruhlari juda ko‘p bo‘lib, ularni
quyidagicha mazmuniy guruhlar bo‘yicha tasnif qilish mumkin:

1)

qarindoshurug‘chilikka oid atamalar:

gӓlimbiji –

kelin oyi,

aqtï:q –

nabira,

naγači//dajï: –

tog‘a (o‘g‘uz l.),

ajtotï: –

opa

(Iqon),

ӓbӓčӓ –

singil (Namangan, Uychi),

ӓčӓ –

ona

(Namangan),

damad // ӓkičӓ // žezdӓ (jezdӓ) –

pochcha (Qashqadaryo // Yom // qipchoq l.),

atalï:q

– o‘gay ota,

ӓnӓlik

– o‘gay ona (Xiva),

ӓkӓji // ӓppiji // ӓpāč

– opa (Iqon, Qarnoq // Xiva

// Toshkent),

ājӓbӓ // bijkӓč –

qaynsingil (Toshkent // Gurlan, Mang‘it),

baldï:z

– qaynsingil

(kelinning singlisi) (qipchoq, o‘g‘uz l.),

daγeč

– ovsin (Buxoro),

žavlï:q (quvlï:q)

– evara

(Qo‘ng‘irot),

žatlï:q (jatlï:q)

– evaraning bolasi (Xorazm);

2) inson tana a’zolari bilan bog‘liq atamalar:

di:dӓ

– ko‘z (Qirq),

dodaq // ӓrin

– lab

(Xorazm // Qarnoq),

ejin // үčӓ // dāl

– yelka (o‘g‘uz l. // Namangan // Andijon),

eƞgӓj // eƞƞӓk

– iyak (Toshkent, Jizzax // Qashqadaryo),

ilikčӓ // čildirčibӓk // čičӓlӓ

– jimjiloq (Namangan //

Urganch // Hazorasp),

bavï:r

– jigar (qichoq l., Qarnoq),

nijlӓs

– kiprik (Andijon),

čijirdӓk // āruk

– kekirdak (Urganch // Buxoro);

alaqan // ӓjӓ

– kaft (Sayram // Jo‘sh),

bebilčӓk

– oyoqning yuzi

(Uychi),

bin

– burun (Qashqadaryo),

burut

– mo‘ylov (Buxoro, Xorazm),


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

40

3) kiyim-kechak otlari bilan bog‘liq atamalar:

žilӓp // žorap

– paypoq (Qarnob //

Xorazm),

jaqačar

– fartuk (Hazorasp),

kӓltӓčӓ

– kalta, yengil paxtali kamzul (Andijon),

qas

belbog‘ (Qashqadaryo),

qollï:q // mijӓlӓk // bijӓlej

– qo‘lqop (Xorazm // O‘sh // Andijon);

dӓgӓlӓj

– telpak (Gurlan, Mang‘it),

lӓƞgi // öripӓk // pӓrӓn (paraƞ)

– ro‘mol (Uychi // Gurlan,

Mang‘it // Xorazm),

lӓčӓj // lečӓk

– doka ro‘mol (Qashqadaryo // Xorazm),

maƞlajča

– durra,

kichik ro‘mol (Urganch, Xiva),

tajteri

– katta shohi ro‘mol (Jo‘sh),

tajxa // kal(l)apoš

– do‘ppi

(Xiva, Gurlan // Buxoro);

4) oziq-ovqat otlari bilan bog‘liq atamalar:

tamaq

– ovqat (Sayram, Xorazm),

žӓjmӓ

shinni (Samarqand),

uvï:z // falla // havuz // āγizlāγ

– og‘iz suti (Turkiston // Buxoro,

Samarqand // Qoramurt // Qashqadaryo),

žurγāt

– qatiq (Buxoro),

kӓčči // čӓkke

– suzma

(Jo‘sh // Qashqadaryo),

žabbaz

– kulchatoy (Xorazm),

qātirmӓ

– qozonda yog‘siz pishirilgan

non (Qashqadaryo, Jizzax),

tӓhmāl

– patir non (Quvasoy),

tontӓrmӓ

– qaymoqqa pishirilgan

atala (Qashqadaryo),

düšvӓrӓ // barak // bӓrӓk

– chuchvara (Mirishkor // Buxoro // Xorazm),

pӓluk

– palov (Qorabuloq),

pijāvӓ

//

vaγlama

– qora sho‘rva (Farg‘ona // Xonqa),

possï:q //

čegeldek

– bo‘g‘irsoq (o‘g‘uz l. // Laqay),

salma

– tuppa (Urganch),

kesmӓldӓk

– ugra (Sijjak),

kočӓ

– go‘ja (Qashqadaryo),

u:vra

– lag‘mon (Turkiston),

šүllӓ

– xo‘rda (Qashqadaryo),

šүlӓn

sho‘rva (Qarnoq),

birinžāba

– mastava (Buxoro);

5) meva otlari bilan bog‘liq atamalar:

γӓjnӓm

olxo‘ri

(Uychi),

γoz

– yong‘oq (Xorazm),

γuluƞ

– o‘rik (Bog‘ot),

zardālu

– o‘rik (Buxoro),

ilištirik

– do‘lana (Xorazm),

i:dӓ

– jiyda (Xorazm),

jer tut

– qulupnay (Buxoro),

qāra gilas // čijӓ

– olcha (Andijon // Xorazm),

našpotï:

– nok

(Urganch),

tuxmalï:

– sariq olxo‘ri (Qarnoq),

ajlaržan

– luchchak shaftoli (Sayram),

albāli

– gilos

(Parkent);

6) sabzavot otlari bilan bog‘liq atamalar:

gӓšir

– sabzi (Xorazm),

zorrï:q

– piyoz

(To‘rtko‘l),

kadi

– qovoq (Samarqand, Buxoro),

pӓtinžan

– pomidor (Namangan),

bӓrӓƞ

kartoshka (Olmos),

bӓjimžān

– baqlajon (Buxoro);

7) uy-ro‘zg‘or buyumlari bilan bog‘liq atamalari:

dehčӓ // qazančuq

– qozoncha

(Uychi, Toshkent // Sayram),

tuvāγ

– qozonning qopqog‘i (Toshkent),

γolača

– kichik xurmacha

(Gurlan),

ï:brï:q

– sopol qumg‘on (Urganch, Xiva),

lӓgӓn

– xamir tog‘ora (Xorazm),

lӓkӓtӓk

tunuka tovoq (Xorazm),

mӓtrӓ // čolpï: // barakgirak

– chovli (Qarnoq // Xorazm //

Samarqand),

ožav

– yog‘och cho‘mich (Turkiston),

susaq

– cho‘mich (o‘g‘uz l.),

čanaq

– zarang

tovoq (Gurlan),

düki

– chakich (Iqon),

elgӓzӓk // elgӓzӓr

– elak (Qarnoq // Xiva),

lӓjtӓ

– rapida

(Iqon),

āstinča

– yenglik (non uzish uchun) (Buxoro),

tӓƞgiz

– g‘alvir (Qarnoq),

үttik

– dazmol

(o‘g‘uz l.),

žorāb

– supurgi (Buxoro),

jarγi

– katta arra (Xorazm),

qï:rγï:

– randa (Qirq),

qïlluγ //

šүšӓƞ

– jun qirqadigan qaychi (Qarshi//O‘sh),

qubur

– ombur (o‘g‘uz, qipchoq);

8) dehqonchilikka xos atamalar:

kesӓ salma

– o‘q ariq (Mang‘it),

möldӓk

– tomorqa yer

(Xorazm),

xišāva

– chopiq (Buxoro),

hӓbbӓn

– jo‘yak, pushta (Urganch, Xiva),

čillӓ

sholipoyadagi loyqa suv (Uychi),

čiƞgirik

– jo‘xoripoya;

aƞï:z

– hosili yig‘ishtirib olingan quruq

yer;

alan

I

tashlandiq yer,

II

suv oqmaydiga eski ariq,

III

ariq tozalanganda uning chetiga

chiqarib tashlangan tuproq uyumi (Xorazm);

atï:z // ӓnnār

– ekin maydoni (shim. o‘z. sheva.

// Qashqadaryo),

9) chorvachilikka xos atamalar:

gečči // bozӓ

– echki (o‘g‘uz l. // Quvasoy),

dagar

– bir

yoshga to‘lmagan erkak qo‘zi (Xorazm),

dusaq

– ikki yoshli qo‘y (Forish),

žӓgӓ

– buzoq (Forish),

žuvona // žuvānӓ

– novvos (Buxoro // Qashqadaryo),

kүrrӓ

– xo‘tik (Buxoro, Qashqadaryo,

Xorazm),

lök

– erkak tuya (Buxoro),

maja

– urg‘ochi tuya (Shovot),

tājlāq

– bo‘taloq (Forish),


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

41

čāri

– to‘rt yoshli qo‘y (Qarshi)

barrača

– qo‘zichoq (Buxoro);

bešli

– besh yashar tuya (Qarnoq),

gӓzӓt

– ikki o‘rkachli tuya (Qarnoq),

10) hasharot oti bilan bog‘liq atamalar:

gaždim // eššӓj

– chayon (Nayman // Toshkent,

Jizzax),

gӓvzӓmmur

//

ešӓgari

– qovoqari (Qashqadaryo // Xorazm),

gӓvrӓžүmān

beshiktervatar (Qashqadaryo),

böj

– qoraqurt (Forish),

bokalag

– so‘na (Janubiy Tojikiston),

morčӓ

– chumoli (Samarqand, Buxoro),

nā:xorӓk

– suvarak (Qashqadaryo),

ormӓnčiq

o‘rgimchak (Farg‘ona);

11) o‘simlik oti bilan bog‘liq atamalar:

ӓdrӓsman

– isiriq (Gurlan, Mang‘it),

γï:šša //

ï:šqa

– qamish (Urganch, Xiva // Gurlan, Mang‘it),

γumbaj

– g‘umay (Qurama),

itburun

na’matak (Qashqadaryo),

jorpuz // na:nā // pidina

– yalpiz (Forish // Buxoro // Qarshi, Laqay,

Forish),

nazvaj // nāzvāj

– rayhon (Xorazm // Qashqadaryo),

pï:tï:raq

– qo‘ytikan (Xorazm),

12) parranda oti bilan bog‘liq atamalar:

gӓvӓržin

– yovvoyi kaptar (o‘g‘uz l.),

gözӓlӓj

// bozlaq

– to‘rg‘ay (Jo‘sh // Turkiston),

žimbӓlӓžibӓn

– jiblajibon (Farg‘ona),

žir

qorashaqshaq (Parkent),

kӓr quš // balï: // bāmquš // muratali

– boyo‘g‘li (Sayram // Laqay //

Qarnob // Zomin),

quv

– oqqush (o‘g‘uz, qipchoq),

kijkӓnӓk

– lochin (Jo‘sh),

kүkimӓllӓ // qumrï:

// pattak // bүvpӓtmӓ

– musicha (Sayram // Xorazm // Turkiston // Jo‘sh),

valaquš

– mayna

(Jo‘sh),

mӓžik

– chumchuq (To‘rtko‘l),

cüjmün

– tustovuq (Xorazm).

O‘zbek shevalaridagi barcha leksik o‘ziga xosliklarni o‘rganish lug‘at boyligimizni, til

imkoniyatlarimizni kengaytirishimizga yordam beradi va shuning uchun adabiy tilga bunday
so‘zlarni o‘rni bilan qabul qilib borish zarur.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Пиримқул Қодиров. Тил ва эл. – Тошкент: Маънавият, 2010.

2.

Абдурауф Фитрат. Танланган асарлар. – Тошкент: Маънавият, 2006.

3.

Усмонов О., Дониёров Р. Русча-интернационал сўзлар изоҳли луғати. – Тошкент:

Фан, 1965.
4.

Jo‘raboyeva G. O‘zbek dialektologiyasi. – Farg‘ona: Classic, 2025.

Библиографические ссылки

Пиримқул Қодиров. Тил ва эл. – Тошкент: Маънавият, 2010.

Абдурауф Фитрат. Танланган асарлар. – Тошкент: Маънавият, 2006.

Усмонов О., Дониёров Р. Русча-интернационал сўзлар изоҳли луғати. – Тошкент: Фан, 1965.

Jo‘raboyeva G. O‘zbek dialektologiyasi. – Farg‘ona: Classic, 2025.