YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
32
ZAMONAVIY PEDAGOGIK RIVOJLANISH VA UNING TADQIQOT ASPEKTLARI
SIFATIDA ELEKTRON PORTFOLIODAN FOYDALANISH
Erkaboyeva Saodatxon Yulbarsovna
Andijon viloyati pedagogik mahorat markazi o’qituvchisi,
Andijon Davlat Chet Tillar Instituti tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15662632
Annotatsiya:
Ushbu maqolada zamonaviy pedagogik rivojlanish jarayonida elektron
portfoliolarning o‘rni, ularning o‘quvchilarning sifatli bilim olishlarida ijodiy ishlarini electron
portfoliolarida yoritish uchun ishlatishlarida va o‘qituvchilar malakasini oshirishdagi
ahamiyati hamda ilmiy tadqiqotlarda qo‘llanilishiga oid asosiy nazariy va amaliy jihatlar ko‘rib
chiqiladi. Shuningdek, soha olimlarining fikrlari asosida elektron portfoliolar orqali reflektiv
o‘rganish, metakognitiv ko‘nikmalarni shakllantirish va sifat monitoringini olib borish
imkoniyatlari yoritiladi.
Kalit so’zlar:
elektron portfolio, zamonaviy pedagogic rivojlanish, reflektiv tahlil.
Аннотация
В этой статье рассматривается роль электронных портфолио в современном
педагогическом развитии, их значение в качественном образовании студентов, их
использование в электронных портфолио для выделения их творческой работы и их
использование в научных исследованиях. В ней также обсуждаются возможности
рефлексивного обучения, формирования метакогнитивных навыков и контроля
качества с помощью электронных портфолио на основе мнений ученых в этой области.
Ключевые слова:
электронное портфолио, современное педагогическое развитие,
рефлексивный анализ.
Abstract
This article examines the role of electronic portfolios in modern pedagogical
development, their importance in students' quality education, their use in electronic portfolios
to highlight their creative work, and their use in scientific research. It also discusses the
possibilities of reflective learning, the formation of metacognitive skills, and quality monitoring
through electronic portfolios, based on the opinions of scholars in the field.
Keywords:
electronic portfolio, modern pedagogical development, reflective analysis
Kirish
XXI asr ta’limi o‘z oldiga tanqidiy fikrlovchi, innovatsion yondashuvga ega, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalana oladigan shaxsni shakllantirishni
maqsad qilgan. Ushbu yondashuvlar doirasida elektron portfoliolar pedagogik jarayonni
individuallashtirish va ta’lim sifatini monitoring qilish vositasi sifatida alohida e’tiborni
tortmoqda. Zamonamiz tadqiqotchisi Barrett
1
, ta’limda portfoliolar, ayniqsa, elektron
shakldagilar (e-portfolio) orqali o‘qituvchilarni hamda o’quvchilarni ham reflektiv tahlilga jalb
etish mumkinligini ta’kidlamoqda. Elektron portfolio o’qituvchilarning pedagogik
rivojlanishida refleksiya qilishga undovchi bir vosita bo’lib elektron portfolioda o’qituvchilar
o’z ish faoliyatiga tegishli bo’lgan dars ishlanmalari, material va resurslarni hamda o’quvchilar
uchun tayyorlagan ko’rgazmali tarqatma materiallari va topshiriqlarini bir joyda to’plash
imkoniga ega bo’ladilar.
1
Barrett, H. (2007). Researching Electronic Portfolios and Learner Engagement. The REFLECT Initiative.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
33
Elektron portfolioning pedagogik salohiyati
Elektron portfolio — bu o‘quvchining yoki o‘qituvchining o‘z o‘quv faoliyati, rivojlanish
bosqichlari, yutuqlari va kelajakdagi maqsadlarini raqamli formatda aks ettiruvchi shaxsiy
hujjatlar to‘plamidir. L. A. Darling-Hammond
2
ta’kidlaganidek, elektron portfoliolar
o‘quvchilarning chuqur o‘rganishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantiradi, o‘z-o‘zini tahlil qilish va
baholash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, bu vosita o‘qituvchining kasbiy o‘sishini
hujjatlashtirishda ham muhim rol o‘ynaydi.
Tadqiqot aspektlari: Elektron portfolioning ilmiy va amaliy qirralari
Zamonaviy tadqiqotlar elektron portfoliolarni quyidagi asosiy tadqiqot aspektlari
doirasida o‘rganishni taklif etmoqda. Unga ko’ra o’rganish jarayonida ishtirokchilar bajargan
topshiriqlari bo’yicha ishlab chiqqan ishlariga baho berish uchun uni qayta tahlil qilib
chiqishlari kerak bo’ladi va bu jarayon birga o’rganish ko’nikmalarini rivojlantirib hamkorlikda
ishlash uchun yaxshi imkoniyatlar keltirib chiqaradi.
1. Elektron portfolioning eng asosiy vazifalaridan biri uning reflektiv o‘rganish uchun
qulay vaziyat yaratib berishidadir. Moon
3
reflektiv o‘rganish nazariyasiga tayangan holda,
elektron portfoliolar o‘quvchining o‘z fikr va tajribalarini qayta tahlil qilishiga xizmat qilishini
qayd etadi.
2. Elektron portfolio orqali baholashni tahlil qiladigan bo’lsak bu borada Cambridge
Baholash tizimi elektron portfoliolarning summativ va formatif baholashdagi o‘rnini ko‘rsatib,
ular o‘quvchining rivojlanish dinamikasini ko‘rsatishda ishonchli vosita ekanini ta’kidlaydi.
3. Elektron portfoliodan foydalanish bu innovatsion pedagogik yondashuvdir. Jafari va
Kaufman
4
elektron portfolioni raqamli pedagogika kontekstida innovatsion vosita sifatida
baholab, ularning o‘qituvchilar orasida tajriba almashinuvi va hamkorlikni rivojlantirishdagi
imkoniyatlarini ochib berishini ilgari surgan.
4. Shaxsiylashtirilgan o‘rganish: 2012 yil European Institute of E-Learning
5
, Yevropa
Ittifoqi tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarida e-portfolio orqali shaxsiy o‘rganish
yo‘llarini tuzish, o‘zlashtirishda muammolarga individual yondashuvni ta’minlash
mumkinligini ko‘rsatgan. Bu tadqiqotlar natijasida elektron portfolioni zamonaviy ta’limda
keng qo’llash zamon talabi ekanligi ham ko’rinib tirbdi.
Elektron portfoliolarni amaliyotda qo‘llash tajribalari
Turli mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, elektron portfoliolarni ta’lim tizimiga
integratsiyalash, ayniqsa o‘qituvchilar tayyorlash va sertifikatlashtirish jarayonlarida yuqori
samaradorlikka ega. Masalan, AQShning ba’zi shtatlarida (masalan, Kaliforniyada) pedagoglar
o‘z malaka oshirish portfellarini Google Sites, Padlet yoki Mahara kabi platformalarda
yuritadilar. O‘zbekiston sharoitida ham raqamli portfoliolarni DTM sertifikatlash tizimi bilan
integratsiya qilish bo‘yicha dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda.
2
Darling-Hammond, L. (2008). Teacher Learning That Supports Student Learning. Educational Leadership, 55(5), 6-
11.
3
Moon, J. A. (1999). Reflection in Learning and Professional Development. Routledge.
4
Jafari, A. & Kaufman, C. (2006). Handbook of Research on ePortfolios. Idea Group Inc.
5
European Institute of E-Learning (2012). ePortfolio Use in Higher Education.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
34
1-rasm. Elektron portfolioning tadqiqotdagi asosiy yo‘nalishlari ahamiyati
Yuqoridagi rasmda elktron portfoliodan foydalanishning asosiy yo’nalishlari sifatida
o’qituvchilar ularni individual holda o’z kasbiy faoliyatini rivojlantirish uchun foydalanishi
hamda kasbiy rivojlanishini tahlil qilish va baholash vositasida qo’llashlari ustunlik
qilayotganini ko’riamiz.
Xulosa
Zamonaviy pedagogik rivojlanish doirasida elektron portfoliolar nafaqat o‘quv faoliyatini
hujjatlashtirish, balki reflektiv tahlil, sifat monitoringi, shaxsiylashtirilgan o‘rganish kabi ilg‘or
tamoyillarni amaliyotga tatbiq qilish imkonini beradi. Ular nafaqat pedagoglar, balki
o‘quvchilar uchun ham o‘z-o‘zini rivojlantirishda kuchli turtki bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shu
bois, elektron portfoliolarning o‘rganilishi pedagogik tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlaridan
biri bo‘lib qolmoqda.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Barrett, H. (2007). Researching Electronic Portfolios and Learner Engagement. The
REFLECT Initiative.
2.
Darling-Hammond, L. (2008). Teacher Learning That Supports Student Learning.
Educational Leadership, 55(5), 6–11.
3.
Cambridge, D. (2010). E-Portfolios for Lifelong Learning and Assessment. Jossey-Bass.
4.
Jafari, A. & Kaufman, C. (2006). Handbook of Research on ePortfolios. Idea Group Inc.
5.
Moon, J. A. (1999). Reflection in Learning and Professional Development. Routledge.
6.
European Institute of E-Learning (2012). ePortfolio Use in Higher Education.
https://shared.rti.org/content/digital-transformation-bringing-new-resources-