YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
27
MASOFAVIY TA’LIM TUSHUNCHASI VA UNING TA’LIM TIZIMIDAGI
AHAMIYATI
Abduvaxobov Shohruhbek Ikromjon o’g’li
NamDU tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15662564
Annotatsiya:
Ushbu maqolada masofali o‘qitishning nazariy va didaktik asoslari,
masofaviy ta’lim modellari, masofaviy ta’lim tushunchasining ta'lim tizimidagi ahamiyati
haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
masofaviy o‘qitish, masofaviy ta’limni tashkil qilish usullari, masofaviy
o‘qitish tizimi, o‘quv muassasasida masofaviy ta’lim (MT), masofaviy ta’lim modellari.
Аннотация:
В статье рассматриваются теоретические и дидактические основы
дистанционного обучения, модели дистанционного обучения, значение концепции
дистанционного обучения в системе образования.
Ключевые слова
: дистанционное обучение, методы организации дистанционного
обучения, система дистанционного обучения, дистанционное обучение (ДОО) в
образовательном учреждении, модели дистанционного обучения.
Abstract:
This article discusses the theoretical and didactic foundations of distance
learning, distance learning models, and the importance of the concept of distance learning in
the education system.
Keywords:
distance learning, methods of organizing distance learning, distance learning
system, distance learning (DLT) in an educational institution, distance learning models.
Internet texnologiyalarining kirib kelishi hamma sohada bir necha asrlar davomida
o‘zgarmay kelgan holatlarni o‘zgartirib yubordi. Bu odatdagi xat yozishmalari elektron pochta
bilan, kutubxonalar esa web-saytlar bilan almashinishida namoyon bo‘ldi. Endilikda esa ta’lim
tizimida ta’lim olishning an’anaviy shakllari o‘rniga masofaviy ta’lim elementlari kirib keldi.
Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ta’lim jarayoniga kirib
kelishi an’anaviy o‘qitish usullariga qo‘shimcha ravishda yangi o‘qitish shakli - masofaviy
o‘qitish yaratilishiga omil bo‘ldi. Masofaviy ta’limda talaba va o‘qituvchi fazoviy bir-biridan
ajralgan holda o‘zaro maxsus yaratilgan o‘quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va
Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo‘ladilar. Internet
texnologiyasini qo‘llashga asoslangan masofaviy o‘qitish jahon axborot ta’lim tarmog‘iga kirish
imkonini beradi, integratsiya va o‘zaro aloqa tamoyiliga ega bo‘lgan muhim bir turkum yangi
funksiyalarni bajaradi.
Masofaviy o‘qitish barcha ta’lim olish istagi bo‘lganlarga o‘z malakasini uzluksiz oshirish
imkonini yaratadi. Bunday o‘qitish jarayonida talaba interaktiv rejimda mustaqil o‘quv-uslubiy
materiallarni o‘zlashtiradi, nazoratdan o‘tadi, o‘qituvchining bevosita rahbarligida nazorat
ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa “vertikal o‘quv guruhi” talabalari bilan muloqotda
bo‘ladi. Ma’lum sabablarga ko‘ra, ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlarida tahsil olish
imkoniyati bo‘lmagan, masalan, sog‘ligi taqoza etmaydigan, mutaxassicligini o‘zgartirish niyati
bo‘lgan yoki yoshi katta, malakasini oshirish niyati bo‘lgan kishilar uchun masofaviy o‘qitish
qulay o‘qitish shakli hisoblanadi. Masofaviy o‘qitishda turli xil axborot va kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalaniladi, ya’ni har bir texnologiya maqsad va masala mohiyatiga
bog‘liq. Masalan, an’anaviy bosma usuliga asoslangan o‘qitish vositalari (o‘quv qo‘llanma,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
28
darsliklar) talabalarni yangi material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv audio va video
konferensiyalar ma’lum vaqt orasida o‘zaro muloqotda bo‘lishga, elektron pochta to‘g‘ri va
teskari aloqa o‘rnatishga, ya’ni xabarlarni jo‘natish va qabul qilishga mo‘ljallangan. Oldindan
tasmaga muhrlangan videoma’ruzalar talabalarga ma’ruzalarni tinglash va ko‘rish imkonini
bersa, faksimal aloqa, xabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish talabalarga
o‘zaro teskari aloqa orqali o‘qitish imkonini beradi. Yuqoridagilarga asoslanib, ta’lim
jarayonida ayni vaqtda qayta-qayta tilga olinayotgan ayrim terminlar tavsifi va ta’riflarni
keltirib o‘tamiz. Masofaviy o‘qitish – eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o‘qitish
vositalari va formalarini o‘z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va
telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir.
Masofaviy o‘qish – bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya texnologiyalari
va texnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va
ta’lim qonun-qoidalari asosida o‘quv shartsharoitlari va o‘qituvchi bilan muloqotni ta’minlab
berib, o‘quvchidan ko‘proq mustaqil ravishda shug‘ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda
o‘qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo‘lishiga bog‘liq emas.
Masofaviy ta’lim – masofadan turib o‘quv axborotlarini almashuvchi vositalarga
asoslangan, o‘qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet
ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim majmuaidir.
Masofaviy o‘qitish tizimi – masofaviy o‘qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o‘qitish
tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o‘qitish tizimi o‘zining tarkibiy maqsadi,
mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega.
Nima uchun masofaviy ta’lim kerak bo‘lib qoldi? – degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu savolga
javob tariqasida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
- Ta’lim olishda yangi imkoniyatlar (ta’lim olishning arzonligi, vaqt va joyga bog‘liqmasligi
va boshqalar).
- Ta’lim maskanlariga talaba qabul qilish sonining cheklanganligi.
- Ta’lim olishni xohlovchilar sonining oshishi.
- Sifatli axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
- Xalqaro integratsiyaning kuchayishi.
Yuqorida sanab o‘tilgan sharoit va imkoniyatlar masofaviy o‘qitishga ehtiyoj borligini
ko‘rsatadi. Masofaviy o‘qitishning ta’lim tizimida bir-biridan farqlanuvchi model va shakllari
mavjud bo‘lib, ular quyidagi qo‘llanish shartlari bilan farqlanadi:
- geografik shartlar (masalan, mamlakat territoriyasi, markazdan uzoqlikda joylashuvi,
iqlimi);
- mamlakatning axborotlashuvi va kompyuterlashtirish umumiy darajasi;
- kommunikatsiya va transport vositalarining rivojlanish darajasi;
- ta’lim jarayonida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining qo‘llanish
darajasi; - ta’limda qo‘llaniladigan an’analari;
- masofaviy o‘qitish tizimi uchun ilmiy pedagog kadrlar mavjudligi va ularning salohiyati
va boshqalar.
Umuman olganda, masofaviy ta’limning maqsadiga quyidagilar kiradi:
- Mamlakat miqyosidagi barcha hududlar va chet eldagi barcha o‘quvchilar, talabalar,
ta’lim olishni xohlovchilarga birdek ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
29
- Yetakchi universitetlar, akademiyalar, institutlar, tayyorlov markazlari, kadrlarni qayta
tayyorlash muassasalari, malaka oshirish institutlari va boshqa ta’lim muassasalarining ilmiy
va ta’lim berish potensiallaridan foydalanish evaziga ta’lim berishning sifat darajasini oshirish.
- Asosiy ta’lim va asosiy ish faoliyati bilan parallel ravishda qo‘shimcha ta’lim olish
imkoniyatini yaratib berish.
- Ta’lim oluvchilarni ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va ta’lim muhitini
kengaytirish. - Uzluksiz ta’lim imkoniyatlarini yaratish.
- Ta’lim sifatini saqlagan holda yangi prinsipal ta’lim darajasini ta’minlash.
Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, masofaviy ta’lim elementlarini ta’lim
muassasalariga joriy etilishi har tomonlama foyda keltiradi. Oliy ta’lim tizimida bu kompleksni
joriy qilish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari
ta’lim jarayonida (xususan, masofaviy ta’lim jarayonini) qo‘llash asosan ikki xil ko‘rinishda
amalga oshiriladi. Birinchi sharti bu texnik jihozlar bo‘lsa, ikkinchisi sharti esa maxsus dasturiy
ta’minotlar bilan ta’minlanganligidir.
1. Texnik jihozlar bilan ta’minlanganlik: kompyuterlar, tarmoq qo‘rilmalari, yuqori
tezlikdagi internet tarmoqlari,video konferensiya jihozlari va hakazo.
2. Dasturiy ta’minotga: Mavjud qurilmalarni ishlatadigan dasturiy ta’minotlardan tortib
shu soha uchun mo‘ljallangan dasturlar to‘plami kiradi. So‘nggi yillarda G‘arbda ta’lim tizimini
boshqarishda qo‘llanilib kelinayotgan Internet yoki Interanet tarmog‘i orqali elektron
shakldagi ta’lim turini Elearning (elektron ta’lim) atamasi bilan kirib keldi. Elektron ta’limi –
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosidagi ta’limning turli ko‘rinishlarini anglatuvchi
keng tushunchadir. Elearning o‘z ichiga elektron o‘quv kontenetlarni bilim oluvchiga yetkazish
usulidan kelib chiqqan holda guruhlarga ajratish mumkin. YUNЕSKO institutining 2000-yildagi
tahliliy tadqikot materiallarida (“Distance Education for the Information Society: Policies,
Pedagogy and Professional Development”) keltirilgan masofali o‘qitish modellarini keltiramiz:
Birlamchi (Yagonalik) modeli
. Ushbu model tashkiliy tuzilishiga ko‘ra faqat masofali
o‘qitishda va “masofali” talabalar bilan ishlash maqsadida tashkil etiladi. O‘qitish shunday
amalga oshiriladiki, bunda ta’limning kunduzgi shakli zarur bo‘lmaydi. Barcha o‘qitish
masofadan amalga oshiriladi. Ushbu modelda o‘qitishda xududiy markazlar bo‘lib, ularda
talabalar o‘qituvchilardan maslahatlar olishi yoki yakuniy imtihon topshirishlari mumkin.
Bunday oliygohlarda o‘qituvchilarga ham talabalarga ham o‘quv faoliyatining shakl va
uslublarini tanlashda katta erkinlik beriladi. Vaqt va o‘quv jadvallariga qat’iy chegaralar
qo‘yilmaydi. Bunday tamoyilda o‘qitish Ochiq universitetlarda, masalan, Buyuk Britaniyaning
Ochiq universiteti (United Kingdom Open University – http://www. open.ac.uk) da tashkil
etilgan.
Ikkilamchi (Ikkilangan) modeli
. Bunday tizimda oliygoh kunduzgi talabalarni ham,
qisman kunduzgi va qisman masofali dastur asosida o‘qitadi. Har ikkalasida ham dars jadvallari,
o‘qitish dasturlari, imtihonlari va baholash mezonlari bir xil bo‘ladi. Odatda ikkilangan modelni
rivojlantirayotgan oliygoh kunduzgi talabalar soni masofali o‘qiyotgan talabalar sonidan katta
bo‘lgan ana’naviy oliygohlardir. Shuning uchun bir universitetning o‘zida ikki shaklning
birgaligida ko‘proq o‘zlarida katta o‘quv materiallaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan
kunduzgi ta’lim olayotgan talabalar yutadilar. Bunday oliygohlarda masofali kurslar har doim
ham foyda keltirmaydi, ba’zan u qisman kunduzgi talabalarni o‘qitish hisobidan amalga
oshiriladi. Bunday holatlarda asosiy urg‘u tajribaga, pedagogika va uslubiy innovatsiyalar
tadqiqotiga va boshqalarga beriladi. Masofali o‘qitishning bunday modeli Avstraliyaning yangi
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
30
Angliya universiteti (University of New England, Australia – http://www.une.edu.au) da tashkil
etilgan.
Aralash model
. Ushbu model universitet talabalarini masofali o‘qitishning turli
shakllarini, aniqrog‘i shakllarning integratsiyasini nazarda tutadi. Masalan, kunduzgi shaklda
o‘qiyotgan talabalar masofali o‘qitish kurslarining dasturlaridagilarni yoki ushbu
universitetining o‘qituvchisi o‘qiyotgan kunduzgi kurslari bilan parallel ravishda qisman
o‘qiydilar. Shuningdek, bu modelda an’anaviy kurslar doirasida virtual seminarlar, taqdimotlar,
ma’ruzalar ko‘rinishidagi mashg‘ulotlar alohida shakllarining birlashmasi bo‘lishi mumkin.
Universitet axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan qanchalik yuqori
jixozlangan bo‘lsa, shunchalik o‘qitish shakllari turli-tuman bo‘ladi. Integrallashgan bunday
kurslar Yangi Zelandiyadagi Massey universitetida (Massey University, New Zealand –
http://www.massey.ac.nz) tashkil etilgan.
Konsorsium.
Ushbu model ikki universitetni birlashmasidan iborat. Bunda ular o‘quv
materiallari bilan almashadilar yoki ba’zi vazifalarni bo‘lishib oladilar. Masalan, bir universitet
masofali o‘qitish uchun o‘quv materiallar ishlab chiqaradi, boshqasi virtual o‘quv guruhlarini
o‘qituvchilar bilan ta’minlaydi yoki masofali o‘qitish dasturlarini rasmiy akkreditatsiyasini
o‘tkazadi. Bunday hollarda universitet butunlay yoki uning alohida markazlari, fakultetlari,
xatto ta’lim xizmati bozorida ishlayotgan tijorat yoki davlat tashkilotlari hamkor bo‘lishlari
mumkin. Konsorsiumlar faqat qattiy markazlashgan boshqarish va yaratilayotgan ashyolarning
mualliflik hamda material xuquqlarini rioya etish shartlaridagina samarali bo‘ladi. Kanadadagi
Ochiq o‘quv Agentligi (Open Learning Agency, Canada – http://www.ola.bc.ca) konsorsiumga
misol bo‘lishi mumkin.
Franchayzing.
Franchayzing tamoyilida tashkil etilgan masofali o‘qitish modelida
hamkor universitetlar bir – birlariga o‘zlarining masofali kurslarini beradilar. Bunda ta’lim
xizmati bozorida o‘zini ko‘rsatgan qandaydir universitet o‘zida ishlab chiqqan kurslarini
masofali o‘qitishni endigina tashkil qilayotgan va masofali o‘qitish uchun o‘quv ashyolarini
mustaqil ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘lmagan boshqa oliygoh – hamkorlariga o‘qitish
huquqini berishi mumkin. Bunday modelning qiziq tomoni shundaki, talabalar o‘zlarining
universitetida o‘qishga yozilib, konsorsiumga kirgan ilg‘or oliygoh talabasi kabi o‘sha hajmda
va o‘sha sifatda ta’lim xizmatlariga, o‘qishni bitirganlaridan keyin xatto diplomlariga ega
bo‘ladilar. Bunda ilg‘or universitetning barcha atributikalari o‘z kuchini saqlab qoladi.
Franchayzing modeliga misol sifatida Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti qoshidagi Biznes
Maktabi (Open University Business School, Great Britain) va uning Sharqiy Yevropadagi
universitetlari bilan aloqasini olish mumkin.
Validatsiya.
Masofali o‘qitishning juda keng tarqalgan modeli bo‘lib, bunda ta’lim
muassasalari masofali o‘qitish bo‘yicha xizmatlarni barcha hamkorlari teng darajada
bajarishlari haqida kelishuv imzolab oladilar. Ularning biri diplom validatsiyasi, kurs va
dasturlarni akreditatsiyasini qiladi, rasman tan olinadigan diplom va sertifikatlarni berishga
mas’ul bo‘ladi, ilmiy darajalar beradi va xokazo. Bosh oliygoh (davlat akkreditatsiyasiga ega
bo‘lgan taniqli oliygoh) va uning hududlardagi ko‘p sonli filiallari orasidagi munosabatlar ham
shu model asosida tashkil etiladi.
Uzoqlashtirilgan auditoriyalar
. Bu modelda zamonaviy axborot texnologiyasi vositalari
faol foydalaniladi. Qandaydir oliygohda o‘tkazilayotgan o‘quv kurslar, ma’ruzalar yoki
seminarlar talabalar yig‘iladigan uzoqlashtirilgan o‘quv auditoriyalarga sinxron teleko‘rsatuv,
videoanjuman, radioeshittirish ko‘rinishida telekommunikatsiya kanallaridan uzatiladi. Bunda
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
31
bir o‘qituvchi bir vaqtni o‘zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi. Ushbu model
bo‘yicha AQSH ning Viskonsiya universiteti (Wisconsin University, USA) da, shuningdek,
Xitoyning markaziy radio va televedeniye universiteti (China Central Radio and TV University)
da masofali o‘qitish tashkil etilgan.
Loyihalar.
Davlat ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot dasturi doirasida keng qamrovlik loyihani
amalga oshirish uchun mo‘ljallangan masofali o‘qitish modelidan iborat. Ushbu modelda asosiy
ahamiyat o‘quv materiallarini ishlab chiquvchi asosiy mutaxassis xodimlar, masofali kurslarni
olib boruvchi o‘qituvchilar va olimlar yig‘iladigan ilmiy-uslubiy markazga qaratiladi. Markazda
ishlab chiqiladigan masofali kurslar u yoki bu davlat (xudud) ning katta auditoriyasiga
uzatiladi. Bunday o‘qitish vaqtinchali hisoblanib, loyihada mo‘ljallangan ishlar bajarilgandan
yoki tugagandan so‘ng tugatiladi. Bu modelga misol sifatida Afrika va Lotin Amerikasining
rivojlanayotgan davlatlarida turli xalqaro tashkilotlar o‘tkazgan qishloq xo‘jaligi,
agrotexnikaning yangi uslublari, ekologiya bo‘yicha va sh.k. masofali o‘qitish kurslari olish
mumkin.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
E-learning: concepts, trends, applications. Corporation Trust Center by Epignosis LLC
2013.
2.
The pedagogy of the Massive Open Online Course: the UK view. Siân Bayne and Jen Ross,
the University of Edinburgh. The Higher Education Academy, 2013.
3.
Evaluation of Evidence - Based Practices in Online Learning: A MetaAnalysis and Review
of Online Learning Studies. U.S. Department of Education Office of Planning, Evaluation, and
Policy Development Policy and Program Studies Service, 2010.
4.
Arafeh, S. The implications of information and communications technologies for distance
education: Looking toward the future / S. Arafeh. — Arlington, VA: SRI International — Final
Report. — 2004.
5.
Bates, A.W. Distance education in a knowledge-based society / A.W. Bates // A keynote
address in the ICDE Conference on The Metamorphosis of Distance Education in the Third
Millennium — Toluca, Mexico. — 2007.
6.
Bullen, M. Digital Learners in Higher Education: Generation is Not the Issue / M. Bullen, T.
Morgan, A. Qayyum, // Canadian Journal of Learning Technology – 2011 — № 37(1).