Авторы

  • Zuxraxon Olimjanova
    Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.105228

Ключевые слова:

SSSR paxta korxonalar markazlashgan boshqaruv Ikkinchi besh yillik reja sanoat tarmoqlari tabiiy resurslar “O‘zbekenergo” energetika sohasi Quvasoy GRES elektr stansiyalar yirik sanoat.

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston SSRda, xususan Farg‘ona vodiysida 1933–1940-yillar oralig‘ida olib borilgan sanoatlashuv siyosati, uning asosiy yo‘nalishlari, erishilgan natijalar va mavjud muammolar yoritiladi. Ikkinchi besh yillik rejasi doirasida respublika paxtachilikka ixtisoslashtirildi, sanoat tarmoqlari, jumladan energetika, to‘qimachilik, oziq-ovqat va mashinasozlik sohalarining rivojlanishi ko‘zda tutilgan edi. Elektr energiyasining markazlashgan tizim orqali taqsimlanishi sanoat ishlab chiqarishini qo‘llab-quvvatladi. Maqolada, shuningdek, besh yillik rejalarning propagandaviy jihatlari va real hayotdagi amaliy samara darajasi tahlil qilinadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

7

FARG‘ONA VODIYSINING SOVET SANOAT TIZIMIDAGI O‘RNI (1933–1940

yillar)

Olimjanova Zuxraxon Rustamjon qizi

Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15655984

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekiston SSRda, xususan Farg‘ona vodiysida 1933–

1940-yillar oralig‘ida olib borilgan sanoatlashuv siyosati, uning asosiy yo‘nalishlari, erishilgan
natijalar va mavjud muammolar yoritiladi. Ikkinchi besh yillik rejasi doirasida respublika
paxtachilikka ixtisoslashtirildi, sanoat tarmoqlari, jumladan energetika, to‘qimachilik, oziq-
ovqat va mashinasozlik sohalarining rivojlanishi ko‘zda tutilgan edi. Elektr energiyasining
markazlashgan tizim orqali taqsimlanishi sanoat ishlab chiqarishini qo‘llab-quvvatladi.
Maqolada, shuningdek, besh yillik rejalarning propagandaviy jihatlari va real hayotdagi amaliy
samara darajasi tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

SSSR, paxta, korxonalar, markazlashgan boshqaruv, Ikkinchi besh yillik reja,

sanoat tarmoqlari, tabiiy resurslar, “O‘zbekenergo”, energetika sohasi, Quvasoy GRES, elektr
stansiyalar, yirik sanoat.

МЕСТО ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ В СОВЕТСКОЙ ПРОМЫШЛЕННОЙ

СИСТЕМЕ (1933–1940гг.)

Олимжанова Зухраxон Рустамжон кизи

Базовый докторант Андижанского государственного университета


Аннотация.

В

статье

рассматривается

политика

индустриализации,

проводившаяся в Узбекской ССР, особенно в Ферганской долине, в 1933-1940 гг., ее
основные направления, достигнутые результаты и существовавшие проблемы. В рамках
второго пятилетнего плана республика специализировалась на хлопководстве,
предусматривалось развитие отраслей промышленности, в том числе энергетической,
текстильной, пищевой, машиностроительной. Распределение электроэнергии по
централизованной системе поддерживало промышленное производство. В статье также
анализируются пропагандистские аспекты пятилетних планов и уровень их
практической эффективности в реальной жизни.

Ключевые слова:

СССР, хлопок, предприятия, централизованное управление,

вторая пятилетка, отрасли промышленности, природные ресурсы, «Узбекэнерго»,
энергетика, Кувасайская ГРЭС, электростанции, крупная промышленность.


1933–1940-yillar oralig‘ida Farg‘ona vodiysi Sovet Ittifoqining umumiy iqtisodiy siyosati

doirasida keskin sanoatlashuv jarayonini boshdan kechirdi. Bu davrda vodiy agrar mintaqadan
sanoatlashayotgan hududga aylana boshladi. SSSRda ikkinchi besh yillik rejaning amalga
oshirilishi bilan og‘ir sanoatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi, bu esa Farg‘ona
vodiysiga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmadi.

Vodiyning sanoatlashuvi, eng avvalo, neft sanoatining rivojlanishi bilan boshlandi.

Farg‘ona shahri va uning atrofida yirik neft konlari ochildi, neftni qayta ishlash zavodlari barpo
etildi. Bu korxonalar nafaqat mahalliy, balki butun Ittifoq miqyosida strategik ahamiyat kasb


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

8

etdi. Neft sanoatining rivojlanishi boshqa sanoat tarmoqlarining ham shakllanishi va
taraqqiyotiga turtki berdi.

Shuningdek, vodiyning yirik shaharlari – Qo‘qon, Andijon va Namangan – to‘qimachilik va

oziq-ovqat sanoati markazlariga aylana boshladi. Bu hududlarda paxtani dastlabki qayta
ishlash, mato ishlab chiqarish, un, moy va konserva mahsulotlarini tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Sanoat korxonalarining qurilishi bilan bir qatorda, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi
zavodlar ham ochildi, bu esa sanoat infratuzilmasini mustahkamladi.

Sanoatning bunday rivojlanishi mehnat bozorida ham o‘zgarishlarni keltirib chiqardi.

Mahalliy aholi korxonalarda ishlashga jalb qilindi, Rossiyaning boshqa hududlaridan muhandis
va texnik mutaxassislar yuborildi. Shu bilan birga, mahalliy kadrlarni tayyorlash maqsadida
texnikumlar ochildi, ishlab chiqarish bilan bog‘liq kasb-hunar kurslari tashkil etildi. Ishchilar
nafaqat kasbiy, balki ideologik jihatdan ham tarbiyalandi.

Bu davrda sanoat ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga oshdi. Farg‘ona vodiysi Sovet

Ittifoqining muhim sanoat markazlaridan biriga aylanish sari harakat qilayotgan edi. Biroq bu
taraqqiyot osonlikcha kechmagan: markazlashgan boshqaruv, rejalashtirishdagi noaniqliklar,
malakali kadrlar yetishmasligi va ayrim hollarda majburiy mehnat kabi omillar sanoatlashuv
jarayonining murakkabligini ko‘rsatdi.

Shunga qaramay, 1940-yillarga kelib Farg‘ona vodiysi sanoat salohiyati sezilarli darajada

ortdi. Sanoat ishlab chiqarishi mintaqaning iqtisodiy hayotida muhim o‘rin egallay boshladi. Bu
jarayonlar keyingi yillarda vodiyning jadal iqtisodiy o‘sishi uchun mustahkam zamin yaratdi.
1933–1940-yillardagi sanoatlashuv Farg‘ona vodiysi tarixida tub burilish davri bo‘lib, uning
bugungi taraqqiyotida asosiy bosqichlardan biri hisoblanadi.

Sovet davlatida ikkinchi besh yillik (1933–1937-yillar) davri sanoat va ilm-fan taraqqiyoti

nuqtai nazaridan muhim bosqich bo‘lib, u mamlakatning barcha xo‘jalik sohalarini zamonaviy
texnik asosda qayta qurish vazifasini oldiga qo‘ydi. Bu yillarda industrializatsiya siyosati
yanada chuqurlashdi va og‘ir sanoat — ayniqsa mashinasozlik, metallurgiya va energetika —
rivojining ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi. Zavodlar, fabrikalar, gidroelektr stansiyalar
barpo etilishi mamlakatni iqtisodiy jihatdan mustahkamlash bilan birga, yangi texnik
tafakkurni shakllantirishga xizmat qildi.

Ikkinchi besh yillik rejasining muhim tarkibiy qismlaridan yana biri – aholini savodxon

qilish va texnik mutaxassislarni tayyorlash masalasi edi. SSSR bo‘ylab ommaviy savodxonlik
harakatlari, bilim yurtlarining ochilishi va sanoat texnikumlarining faoliyati keng ko‘lamda olib
borildi. Bu esa sanoat tarmoqlarida malakali ishchi kuchi bilan ta’minlashga xizmat qildi. Shu
bilan birga, ilm-fanni rivojlantirishga ham katta e’tibor berildi. Ilmiy tadqiqot institutlari
faoliyatini kuchaytirish, yangi ixtirolar va texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq
etish yo‘lga qo‘yildi.

Ikkinchi besh yillik, nafaqat iqtisodiy, balki madaniy va ilmiy taraqqiyotning ham tayanch

davriga aylandi. Bu yillardagi islohotlar va qurilishlar nafaqat Sovet davlatining, balki uning
tarkibidagi hududlar — xususan, O‘zbekiston va Farg‘ona vodiysi kabi mintaqalarning ham
sanoatlashuviga zamin yaratdi. Shu bois bu davr, keyinchalik yuz bergan yirik iqtisodiy
yutuqlarning asosiy tayanch nuqtasi sifatida tarixda muhrlandi.

Ikkinchi besh yillik reja (1933–1937-yillar) doirasida O‘zbekiston Sovet Ittifoqining

iqtisodiy siyosatida muhim o‘rin egalladi. Bu davrda respublika mamlakatning asosiy paxta
yetishtiruvchi bazasiga aylanishi kerakligi yana bir bor e’tirof etildi va shu yo‘nalishdagi
ixtisoslashuv yanada kuchaytirildi. Markaziy hukumatning strategik rejalari asosida


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

9

O‘zbekistonda agrar tarmoqlar, xususan paxtachilik, ipakchilik, bog‘dorchilik va uzumchilik faol
rivojlantirildi. Bu sohaga xizmat qiluvchi sanoat tarmoqlarini, jumladan, to‘qimachilik va oziq-
ovqat sanoatini kengaytirish, agrar mahsulotlarni qayta ishlovchi korxonalarni ko‘paytirish
rejalashtirildi.

Bundan tashqari, mahalliy tabiiy resurslardan unumli foydalanish masalasiga ham

alohida e’tibor qaratildi. Mis, qo‘rg‘oshin, neft kabi foydali qazilmalarni qazib olish, shuningdek,
azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat quvvatlarini shakllantirish mo‘ljallandi.
Energetika, mashinasozlik, kimyo sanoati kabi tarmoqlarni rivojlantirish orqali respublika
sanoat infratuzilmasini mustahkamlash ko‘zda tutilgan edi.

1

[1, b.151] Bularning barchasi

O‘zbekistonni faqat xomashyo yetkazib beruvchi emas, balki ma’lum darajada qayta ishlovchi
va ishlab chiqaruvchi mintaqaga aylantirish yo‘lida tashlangan qadamlar sifatida talqin qilinadi.

Biroq bu rejalarning katta qismi asosan siyosiy-ideologik maqsadlarga xizmat qilgan, real

hayotda esa ularning ko‘pchiligi bajarilishi nihoyatda qiyin bo‘lgan yoki umuman amalga
oshmagan. Rejada ko‘rsatilgan vazifalarning bir qismi imkoniyatlardan ortiqcha talablarga
asoslangan edi, bu esa uni propagandaviy tusdagi rejaga aylantirgan. Amalga oshirilgan
ishlardan ko‘ra, bajarilmagan rejalarning ko‘lami katta bo‘lib, ularning ko‘pchiligi xo‘jalik
yuritishning markazlashgan va qat’iy buyruqbozlik tizimi tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Shu bois ikkinchi besh yillik rejadagi vazifalar o‘z vaqtida ko‘p hollarda targ‘ibotchilik
vositasiga aylantirilgan, amaliyotdan yiroq, siyosiy shiorlar bilan to‘ldirilgan edi. Shuni alohida
ta’kidlash kerakki, besh yillik rejada asossiz va amalda bajarib bo‘lmaydigan vazialar
belgilangan bo‘lib, targ‘ibotchilikdan boshqa narsa emas edi. [2, b.341]

Darhaqiqat, O‘zbekiston SSR bo‘yicha 1933-1937-yillarda og‘ir sanoat bo‘yicha 739,76

million rubllik, yengil sanoat bo‘yicha 298,10 million rubllik ishlarni amalga oshirish ko‘zda
tutilgan bo‘lib, 1937-yilda respublika bo‘yicha bajarilgan ishlar og‘ir sanoat bo‘yicha 48,1 foizni,
yengil sanoat bo‘yicha esa 79,8 foizni tashkil qilgan. [3, Farg‘ona VDA, 1124-fond, 1-ro‘yxat, 8-
ish, 2-varaq.] Ya’ni, og‘ir sanoatni rivojlantirish bo‘yicha rejaning yarmi ham bajarilmagan.

Ikkinchi besh yillik davomida Farg‘ona vodiysida ko‘proq yengil sanoat va oziq-ovqat

sanoatini rivojlantirishga e’tibor qaratildi. Bu davrda Farg‘ona vodiysida sanoat qurilishi
bo‘yicha amalga oshirilgan asosiy natijalar quyidagilar edi:

1931-yilda qurilishi boshlangan Quvasoy GRESini 1935-yilda to‘la qurib ishga tushirilishi

belgilangan. Uning to‘la quvvati 24000 kvt soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga teng bo‘lishi
ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Farg‘ona shahrida ham 1931-yilda elektrostansiya qurilishi
boshlangan, uning quvvati 8000 kvt soat edi. [4, Farg‘ona VDA, 1124-fond, 1-ro‘yxat, 8-ish, 10-
varaq.]

1935-yil oxirida Andijonda Quvasoy GRESidan elektr energiyasi olinishi boshlandi, bu esa

shaharning sanoat ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yishga sezilarli darajada yordam berdi. Shu
bilan bir vaqtda eski elektr stansiyasi ham qayta jihozlandi. Natijada, Andijon elektr
stansiyasida elektr energiyasi ishlab chiqarish 1928-1937-yillarda 568271 kVt soatdan 2 225
800 kVt soatgacha ko‘paydi. [5, Andijon VDA, 372-fond, 1-ro‘yxat, 10-ish, 17-varaq.]

1936-yilda Quvasoy GRESini rekonstruksiya qilishga 12,0 million rubl, Farg‘ona

shahridagi elektrostansiya qurilishiga 7,20 million rubl, Qo‘qon shahridagi elektrostansiya
qurilishiga 370 ming rubl mablag‘ sarflandi. [6, Farg‘ona VDA, 1124-fond, 1-ro‘yxat, 8-ish, 12-
varaq.]


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

10

Namangan shahrida 2 ta elektrostansiya bo‘lib, ularning ishlab chiqarish quvvati 1937-

yilda 1670 kilovatt soatni tashkil qilgan. [7, Farg‘ona VDA, 1124-fond, 1-ro‘yxat, 10-ish, 17-
varaq.]

Umuman, ikkinchi besh yillik davomida respublikada elektr energiyasi ishlab chiqarish

deyarli 3 barobar ko‘paydi. Birinchi besh yillikda elektr stansiyalari quvvatlarining mutlaq
o‘sishi 14,9 ming kilovattni tashkil etgan bo‘lsa, ikkinchi besh yillikda bu ko‘rsatkich 52,5 ming
kilovattga yetdi. 1937-yilda birgina Qodiriya GESi O‘zbekistonning 1913-yildagi barcha elektr
stansiyalariga nisbatan 30 barobar ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqardi. [8,
Социалистическое строительство СССР. Статистический ежегодник. – Москва: ЦУНХУ
Госплана СССР, 1939. – С. 146.]

Ikkinchi besh yillik rejasi doirasida O‘zbekistonda energetika sohasini rivojlantirish

masalasi alohida ahamiyat kasb etdi. Sanoat tarmoqlarining kengayishi, yangi korxonalarning
qurilishi va urbanizatsiya jarayonining jadallashuvi mavjud elektr energiyasi ta’minotini
zamonaviylashtirish va markazlashgan tizim asosida boshqarishni talab qildi. Shu sababli, bu
yillarda respublika bo‘ylab elektr tarmoqlari sezilarli darajada kengaytirildi, bu esa elektr
energiyasidan markazlashgan holda foydalanishni keskin oshirish imkonini berdi.

Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi va uzatuvchi barcha stansiyalar yagona boshqaruv

ostiga — “O‘zbekenergo” tizimiga birlashtirildi. Bu tizimda ikki asosiy energiya tuguni ajralib
turardi: Toshkent energiya tuguni poytaxt va uning atrofidagi hududlarni elektr bilan
ta’minlasa, Farg‘ona energiya tuguni esa Farg‘ona vodiysidagi yirik sanoat shaharlari —
Farg‘ona, Quvasoy, Qizilqiya, Andijon va boshqa tumanlarga xizmat ko‘rsatdi. Bunday
markazlashuv energetika tizimini samarali boshqarish, energiyani tejamkor tarzda taqsimlash
va ishlab chiqarish hajmini yanada oshirishga zamin yaratdi.

1938-yilga kelib, bu tizim orqali respublikada ishlab chiqarilgan jami elektr

energiyasining 65 foizi ta’minlangan edi. Bu ko‘rsatkich nafaqat energetika sohasining texnik
jihatdan rivojlanayotganini anglatadi, balki sanoatlashuv, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash
va aholi farovonligini oshirish borasida muhim poydevor bo‘ldi. Markazlashgan energiya tizimi
yordamida ko‘plab korxonalar uzluksiz elektr ta’minotiga ega bo‘ldi, bu esa ishlab chiqarish
samaradorligini oshirdi va texnologik jarayonlarning barqaror ishlashini ta’minladi. Shu tariqa,
elektr tarmoqlarining rivoji O‘zbekiston iqtisodiyotining umumiy modernizatsiyasida muhim
omil bo‘lib xizmat qildi.

Barcha bu yutuqlarga qaramay, respublika elektr energetikasi xalq xo‘jaligining o‘sib

borayotgan ehtiyojlaridan hamon orqada qolmoqda edi. Uchinchi besh yillikning boshiga kelib
elektr energiyasi taqchilligi kamida 20 ming kVt ni tashkil etdi. Bunday orqada qolishning
asosiy sabablaridan biri birinchi besh yillikda ham, ikkinchi besh yillikda ham elektr
stansiyalari quvvatlarini ishga tushirish rejasining bajarilmaganligi bo‘ldi.

Xulosa qilib aytganda, 1933–1940-yillar davomida O‘zbekiston SSSRda, jumladan

Farg‘ona vodiysi, Sovet Ittifoqining sanoatlashuv siyosati doirasida jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy
o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Bu davrda respublika mamlakatning asosiy paxta yetkazib
beruvchi bazasiga aylantirildi, to‘qimachilik, oziq-ovqat, mashinasozlik, energetika va kimyo
sanoati kabi tarmoqlarni rivojlantirishga harakat qilindi. Elektr tarmoqlarining kengaytirilishi
esa sanoatning barqaror ishlashi va modernizatsiyasida muhim rol o‘ynadi.

Shu bilan birga, besh yillik rejalarda ko‘plab vazifalar real imkoniyatlardan ancha yiroq

bo‘lib, amalda bajarilmay qolgan hollari ham ko‘p uchradi. Rejalar ko‘pincha targ‘ibotga
asoslangan, siyosiy maqsadlarga yo‘naltirilgan edi. Shunga qaramay, bu davr O‘zbekiston


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

11

sanoat taraqqiyotining poydevorini yaratgan muhim bosqich bo‘lib, keyingi yillardagi iqtisodiy
o‘sish uchun zamin hozirladi. Farg‘ona vodiysi esa bu jarayonda yirik sanoat va energetika
markazlaridan biriga aylanishga erishdi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

КПСС в резолюциях и решениях съездов, конференций и пленумов ЦК (1898-1986).

9-е изд., доп. и испр. Том 6. 1933-1937. – Москва: Политиздат, 1985. – С. 151.
2.

O‘zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida.

Tuzuvchilar: M Jo‘rayev, R. Nurullin, S. Kamolov va boshq. – Toshkent: Sharq, 2000. – B. 341.
3.

Farg‘ona VDA, 1124-fond, 1-ro‘yxat, 8-ish, 2-varaq.

4.

Farg‘ona VDA, 1124-fond, 1-ro‘yxat, 8-ish, 10-varaq.

5.

Andijon VDA, 372-fond, 1-ro‘yxat, 10-ish, 17-varaq.

6.

Farg‘ona VDA, 1124-fond, 1-ro‘yxat, 8-ish, 12-varaq.

7.

Farg‘ona VDA, 1124-fond, 1-ro‘yxat, 10-ish, 17-varaq.]

8.

Социалистическое строительство СССР. Статистический ежегодник. – Москва:

ЦУНХУ Госплана СССР, 1939. – С. 146.

Библиографические ссылки

КПСС в резолюциях и решениях съездов, конференций и пленумов ЦК (1898-1986). 9-е изд., доп. и испр. Том 6. 1933-1937. – Москва: Политиздат, 1985. – С. 151.

O‘zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. Tuzuvchilar: M Jo‘rayev, R. Nurullin, S. Kamolov va boshq. – Toshkent: Sharq, 2000. – B. 341.

Farg‘ona VDA, 1124-fond, 1-ro‘yxat, 8-ish, 2-varaq.

Farg‘ona VDA, 1124-fond, 1-ro‘yxat, 8-ish, 10-varaq.

Andijon VDA, 372-fond, 1-ro‘yxat, 10-ish, 17-varaq.

Farg‘ona VDA, 1124-fond, 1-ro‘yxat, 8-ish, 12-varaq.

Farg‘ona VDA, 1124-fond, 1-ro‘yxat, 10-ish, 17-varaq.]

Социалистическое строительство СССР. Статистический ежегодник. – Москва: ЦУНХУ Госплана СССР, 1939. – С. 146.