YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
4
INGLIZ TILIDAGI IDIOMALAR VA ULARNING TILNI BOYITISHDAGI MUHIM
O‘RNI
Boboqulova Moʻtabar Xolmirzo qizi
Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti
Filologiya va tillarni oʻqitish (Ingliz tili) 1-bosqich talabasi
Mardonova Raʼno Ochildiyevna
Ilmiy rahbar: Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti
Ingliz tili oʻqitish metodikasi kafedra oʻqituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15655854
Annotatsiya:
Ushbu maqola ingliz tilidagi idiomalar haqida bo‘lib, ularning tilni boyitish,
shuningdek, nutqni yanada ifodali qilishdagi muhim jihatlariga e’tibor qaratilgan. Koʻpincha
idiomalar muayyan tilning madaniyati,tarixi yoki xalq og‘zaki ijodi orqali namoyon boʻladi.
Maqolada idiomalarning kelib chiqishi, kundalik muloqotdagi roli va tilni rivojlantirishdagi
o‘rni batafsil tahlil qilinadi
Abstract:
This article is about idioms in English, focusing on their important role in enriching the
language, as well as making speech more expressive. Idioms are often expressed through the
culture, history, or folklore of a particular language. The article provides a detailed analysis of
the types of idioms, their origin, role in everyday communication, and their role in language
development.
Kalit soʻzlar:
Ingliz tilidagi idiomalar, til boyligi, nutq ifodadorligi, og‘zaki nutq amaliyoti, lingvistik
birliklar,frazeologik iboralar,tarixiy kelib chiqish, madaniy kontekst, til o‘rganish usullari,
interaktiv o‘qitish
Key words:
Idioms in English, language richness, expressiveness of speech, oral speech practice,
linguistic units, phraseological expressions, historical origin, cultural context, language
learning methods, interactive teaching.
Kirish
Til har bir xalq madaniyatining eng muhim qismi bo‘lib,uning qanchalik soʻzga boyligi va
ifodali shakllarga ega ekanligi nutqdagi turli xil lingvistik birliklar orqali namoyon bo‘ladi.
Ingliz tilidagi idiomalar ham ana shunday lingvistik birliklardan biri bo‘lib,ular so‘zma-so‘z
tarjima qilishdan farqli, figurativ va madaniy ma’noga ega boʻlgan iboralardir. Idiomalar
nafaqat nutqni jonlantiradi, balki tilni oʻrganish jarayonida yangi madaniy va ijtimoiy
kontekstlarni tushunishga yordam beradi. Ushbu maqolada ingliz tilidagi idiomalarning
turlari,ularning kelib chiqishi,kundalik muloqotdagi o‘rni va tilni boyitishdagi ahamiyati haqida
so‘z yuritiladi.
Ingliz tilida idioma tushunchasi taʼrifi va namunalar
Idioma maʼlum bir xalq, millat yoki etnik guruh tomonidan o‘zaro muloqotda
foydalaniladigan til birligi hisoblanadi. U so‘zlashuv va yozuv orqali fikr
almashish,maʼlumotlarni uzatish,madaniyatni saqlash va avloddan avlodga o‘tkazishda asosiy
vositadir. Ular birdan ortiq soʻzlardan iborat boʻlib, ingliz tilini oʻrganuvchilar ularni toʻgʻridan
toʻgʻri tarjima qilishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelishadi. Chunki ularning umumiy
maʼnosi uning tarkibidagi soʻzlarning lugʻaviy maʼnosidan anchagina farq qiladi. Masalan,
"a
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
5
piece of cake "
iborasi soʻzma-soʻz tarjima qilinganda
"bir boʻlak tort"
degan maʼnoni
bildiradi. Lekin ingliz tilida soʻzlashuv jarayonida iborani bunday shaklda tarjima qilish
mantiqqa zid hisoblanadi. Aslida uning asl maʼnosi
"bajarish uchun oson, sodda ,murakkab
emas"
. Shu sababli idiomalarni nutq jarayonida qoʻllashda juda ehtiyot boʻlish kerak. Shu bilan
birgalikda ularni ishlatishdan avval ularning tub maʼnosini ingliz tilidagi onlayn tarjima
platformalari, idiomalarning izohi va taʼrifi toʻliq yoritib berilgan elektron kitoblardan
foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi.
Idiomalarning kelib chiqishi tarixi va ildizlari
Inglizcha idiomalarning koʻpchiligi tarixiy voqealar, adabiy manbalar hamda xalq og‘zaki
ijodining umumiy mahsuli sanaladi. Ular biror xalqning til va madaniyatining chambarchas
bog‘liqligini ko‘rsatib beradi. Iboralarning ayrimlari diniy manbalardan,jumladan,
Injil
kitobining maxsus boʻlimlarida taʼkidlangan boʻlsa,boshqalari teatr,dengizchilik,urushlar yoki
kundalik hayotdagi real voqea va hodisalar asosida yuzaga kelgan. Masalan,
“to turn a blind
eye” (ko‘rmaslikka olish)
iborasini
Ammer, C. (2013)
taʼriflagan. Ushbu ibora ingliz admirali
Horatio Nelson
bilan bog‘liq tarixiy voqeaga borib taqaladi. Rivoyatlarga ko‘ra,u bir jang
vaqtida dushmanga qarshi hujum qilish buyrug‘ini rad etish uchun ko‘zidan jarohat olgan
tarafiga durbini tutib, “ko‘rmayapman” degan edi. Shuning bois ushbu ibora hozirda "biror
muammoni atayin e'tiborsiz qoldirish" ma'nosida keng qoʻllanmoqda. Ushbu maʼlumotga
qoʻshimcha tarzda qadimiy
Gretsiya
davlatida
"spill the beans"(sirni fosh etib qoʻymoq)
iborasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘sha paytda fuqarolar oʻzlari maʼqul koʻrgan
qonunlarga ovoz berish maqsadida loviya donalaridan foydalanishgan. Ovoz beruvchilardan
biri tasodifan oʻsha donalarni to‘kib yuborsa, yashirin natijalar fosh bo‘lgan. Bugungi kunda bu
ibora "sirni ochib qo‘yish" ma’nosini anglatib kelmoqda.
Inglizcha Idiomalarning ogʻzaki nutq amaliyoti fanini boyitishdagi samarali roli
Koʻpchilik Ingliz tili oʻquv kurslarida ogʻzaki nutq amaliyoti fanidan yuqori ballni olish
uchun eng qulay usul bu shu tilga oid boʻlgan idiomalar yaʼni iboralardan foydalanish ekanligi
aytiladi. Chunki idiomalar tilning tabiiyligi, ravonligi va mahalliy aholi uchun yanada tushunarli
boʻlishini taʼminlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, soʻzlovchining bu tilni qanchalik
darajada bilish qobilyatini ham koʻrsatib bera oladi. Taʼlimda, xususan, ogʻzaki nutq amaliyoti
darslarida idiomalarni oʻrganish oʻzaro interaktiv usullar yaʼni oʻyin-kulgu yoki kichik-kichik
mashgʻulotlar orqali amalga oshirilsa bu ingliz tilini oʻrganuvchilarnig yodda saqlashida va oʻz
nutqida bayon etishida juda foydali usuldir. Shuningdek, idiomalardan foydalanish
o‘quvchilarda nafaqat til ko‘nikmalarini, balki madaniy tafakkurni ham rivojlantiradi. Chunki
har bir idioma o‘ziga xos tarixiy yoki madaniy ma’noga ega bo‘lib, uni to‘g‘ri qo‘llash til
egasining fikrlash tarzini tushunishga yordam beradi. Shu bois, og‘zaki nutq amaliyoti fanida
idiomalarning faol qo‘llanilishi o‘rganuvchining tilga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va muloqotga
ishonch bilan kirishish uchun undovchi omil boʻla oladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, ingliz tilidagi idiomalar nafaqat tilni bilish qobiliyatini oshirishda,
balki kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda ham samarali omil sanaladi. Idiomalar
tilning figurativ va madaniy qatlamlarini o‘zida aks ettirgan bo‘lib, ularni o‘zlashtirish til
o‘rganuvchilarning so‘z boyligi, nutq ifodaliligi va madaniy tafakkurini shakllantirishda muhim
vosita bo‘lib xizmat qiladi. Idiomalarning kelib chiqishi, ularning kontekstual qo‘llanilishi va
og‘zaki nutq amaliyotidagi roli mazkur maqolada tahlil qilindi. Tadqiqot davomida
aniqlanishicha, idiomalarning o‘rganilishi va o‘qitilishi interaktiv yondashuvlar asosida olib
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
6
borilganda,o‘quvchilarning tilga bo‘lgan qiziqishi ortib, til materiallarini eslab qolish
koʻnikmasi asta-sekin oʻsib boradi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Cambridge University Press. (2020). Cambridge Idioms Dictionary (2nd ed.). Cambridge
University Press. Ingliz tilidagi idiomalar ma’nosi, ishlatilish konteksti va misollar haqida.
2.
McCarthy, M., & O'Dell, F. (2017). English Idioms in Use: Intermediate. Cambridge
University Press. Idiomalarni o‘rganishga mo‘ljallangan mashhur qo‘llanma.
3.
Seidl, J., & McMordie, W. (2002). English Idioms and How to Use Them (5th ed.). Oxford
University Press. Idiomalarning kelib chiqishi va foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumot.
4.
Oxford Learner’s Dictionaries. (n.d.). Idiom definitions and usage. Retrieved from
https://www.oxfordlearnersdictionaries.com “a piece of cake”, “turn a blind eye”, “spill the
beans” kabi idiomalar ma’nosi va ularning kontekstdagi ishlatilishi.
5.
Ammer, C. (2013). The American Heritage Dictionary of Idioms. Houghton Mifflin
Harcourt. Idiomalar tarixiy kelib chiqishi va madaniy ildizlari haqida izohlar.