YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
129
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI
ISHLAB CHIQISHNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Bobur Muqumov
Toshkent davlat yuridik universiteti
Intellektual mulk huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15649107
Annotatsiya:
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida normativ-huquqiy
hujjatlarni ishlab chiqish jarayonini takomillashtirish hamda tartibga solish ta’sirini baholash
(TSTB) institutini joriy etishning dolzarb jihatlari yoritiladi. Muallif tomonidan TSBning
huquqiy aniqlikni ta’minlash, tadbirkorlik subyektlariga bo‘lgan ortiqcha yuklamalarni
kamaytirish va davlat boshqaruvida ochiqlikni mustahkamlashdagi ahamiyati tahlil qilingan.
Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajriba asosida TSTB mexanizmlarining milliy qonunchilik
normalariga moslashtirilgan shakllari bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
Tartibga solish ta’sirini baholash, normativ-huquqiy hujjatlar, huquqiy
aniqlik, tadbirkorlik muhiti, huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy monitoring, institutsional
islohot, ochiq boshqaruv, xalqaro tajriba.
Insoning huquq va erkinliklarining kafolatlarini yanada kuchaytirishda normativ-
huquqiy hujjatlar salmoqli o‘rin egallaydi.
Bunda, normativ-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi, ularning huquqni qo‘llash
amaliyotida to‘g‘ri talqin qilinishi va noaniqliklarni keltirib chiqarmasligi muhim ahamiyat kasb
etadi.
O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqilayodgan normativ-huquqiy hujjatlarning (NHH)
oqibatlarini chuqur dastlabki tahlil qilish asosida "aqlli tartibga solish" ning innovatsion
yondashuvlari joriy etilmoqda. Jamiyat va xususiy sektor vakillarining qonun ijodkorligi
jarayonida keng va institutsional jihatdan mustahkam ishtirokini ta'minlash ustuvor
yo'nalishlardan biri bo'lib, bu yanada muvozanatli va ijtimoiy yo'naltirilgan huquqiy hujjatlarni
qabul qilishga yordam bermoqda.
Bu borada normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqishda ushbu hujjat
normalari fuqarolarning huquq va erkinliklarini, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda,
xususiy mulkni himoyasini kafolatlashda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tartibga
solish taʼsirini baholash instituti muhim ahamiyat kasb etadi.
Huquqni qo'llash amaliyoti tahlili ayrim davlat organlari NHH loyihalarini ishlab
chiqishda ularning potentsial huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini har tomonlama oldindan
tahlil qilmasdan, shuningdek, ularni amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan xo'jalik yurituvchi
sub'ektlarning ma'muriy va moddiy resurslarini to'g'ri hisobga olmasdan qabul qilinadigan
holatlar mavjudligini ko'rsatadi. Natijada, tegishli hujjatlarda belgilangan maqsadlarga to'liq
erishilmaslik holatlari, bu esa qabul qilingan qarorlarni keyinchalik qayta ko'rib chiqish
zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Bugungi kunda, tartibga solish taʼsirini baholash instituti normativ-huquqiy hujjatlarni
qabul qilish samaradorligini oshirishning muhim vositasiga aylanmoqda. Ushbu institut
ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
130
kelishi mumkin bo‘lgan byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan. O‘zbekiston
Respublikasi uchun ushbu institut nisbatan yangi hisoblanadi.
Taʼkidlash joizki, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha
respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi tashabbusi bilan ishbilarmonlik muhitini yanada
yaxshilash maqsadida O‘zbekistonda tartibga solish taʼsirini baholash tizimini joriy etish
imkoniyatini o‘rganish jarayoni boshlangan.
Bunda, 2006-yilga kelib respublikada tartibga solish taʼsirini baholash tizimini yaratishga
qaratilgan tayyorgarlik boshlangan.
Mamlakatimizda tartibga solish taʼsirini baholash tizimi ishlab chiqilayotgan qonun
hujjatlari loyihalarining hamda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik
faoliyatiga taʼsirini baholashga qaratilgan bo‘lib, uning obyekti sifatida qo‘yidagilarni nazarda
tutuvchi ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihalari hisoblanadi:
- tadbirkorlik subyektlariga yangi cheklovlar va yangi turdagi ruxsat berish tartib-
taomillari, litsenziyalar joriy qilish yoki mavjud cheklov, ruxsat berish tartib-taomillari va
litsenziyalanadigan faoliyat turlarini tadbirkorlik subyektlarining yana-da kengroq doirasiga
tatbiq qilish;
- ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni yoki litsenziyalarni olish uchun qo‘shimcha
talablar va shartlarni joriy etish;
- tadbirkorlik subyektlari tomonidan ancha xarajatlar qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan
talablar (shartlar)ni joriy etish;
- tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar ustav kapitalining eng kam miqdoriga
nisbatan talablarni oshirish;
- tegishli sohadagi tadbirkorlik subyektlarining 30 va undan ortiq foizining huquq va
qonuniy manfaatlariga taʼsir ko‘rsatish;
- tadbirkorlik subyektlarining belgilangan huquqlarini qisqartirish (kamaytirish) yoki
qo‘shimcha majburiyatlar joriy qilishni;
- tadbirkorlik subyektlari uchun yangi turdagi javobgarlik choralarini joriy qilish;
- tadbirkorlik subyektlariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar va
boshqa turdagi imtiyoz, kafolat va preferensiyalarni belgilashni, shuningdek tadbirkorlik
subyektlariga yangi huquqlar berishni nazarda tutuvchi normalar [7].
Quyidagilar ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining va qabul qilingan
normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholashning maqsadlari
hisoblanadi:
muammoni, uni tartibga solishning maqsadi va mavjud yechimini tahlil qilish orqali
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan (vujudga kelgan)
ijobiy va salbiy oqibatlarni aniqlash;
ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasida va qabul qilingan normativ-
huquqiy hujjatda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa
huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, tadbirkorlik subyektlari uchun
ortiqcha maʼmuriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan yoki joriy etishga sharoit
yaratadigan qoidalarni aniqlash;
tadbirkorlik subyektlarida asossiz xarajatlar paydo bo‘lishiga olib keluvchi qoidalarni
aniqlash [1].
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ushbu institut biznes va davlat o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarning shakllantirish uchun muhim ahamiyati ega bo‘lgan tizimdir.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
131
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning ushbu soha yuzasidan ilg‘or ijobiy tajribasi
o‘rganilganda qo‘yidagilar maʼlum bo‘ldi.
Tartibga solish taʼsirini baholash tizimi xorijda XX asrning 80-yillaridan boshlab faol
qo‘llanib kelinmoqda va ushbu tizimga davlat (ochiq) boshqaruvi (Public Administration)
sifatida qaraladi [2].
Ushbu institut vatani Daniya hisoblanadi. O‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab bu yerda
davlat qarorlarining mustaqil baholash shuningdek ushbu qarorlarning fuqarolar hayoti va
biznesga taʼsirini baholashning amalga oshirish boshlangan. 1997 yildan boshlab maʼmuriy
to‘siqlar va ularning iqtisodiyotga taʼsiri to‘g‘risidagi yillik hisobotlar eʼlon qilish tajribasi yo‘lga
qo‘yildi.
Buyuk Britaniyada tartibga solish taʼsirini baholash tartib-taomillari boshlanishi 1985
yilga to‘g‘ri keladi va ushbu tizim “Deregulyatsiya tashabbusi”, deb ataladi.
1998 yilga kelib tartibga solish ko‘lami yanada rivojlandi va kengaydi. Ushbu tartib-
taomillarni amalga oshirish bevosita Buyuk Britaniya hukumati tomonidan amalga oshirilishi
yo‘lga qo‘yildi.
Taʼkidlash joizki, Buyuk Britaniyada har bir vazirlik tizimida tartibga solish taʼsirini
baholash boshqarmasi mavjud.
Buyuk Britaniyada ushbu institutga nisbatan o‘zgacha yondashuv ko‘zga tashlanadi.
Inglizcha yondashuvning asosiy xususiyatlaridan biri shundan iboratki, bu yerda tartibga solish
taʼsirini umumiy baholashdan ko‘ra, eʼtibor xarajatlarni baholashga qaratiladi.
Mamlakatda ushbu sohada doimiy ravishda tajriba almashuvi amalga oshiriladi, Milliy
audit idorasi tomonidan ushbu sohada erishilgan yutuqlarni yillik tahlili olib boriladi [3].
Germaniya tajribasini o‘rganish mobaynida qo‘yidagilar maʼlum bo‘ldi.
Germaniyada ushbu institut juda rivojlangan bo‘lib, amaldagi qonunchilikka ko‘ra xar bir
vazirlik normativ-huquqiy hujjat loyihasining ishlab chiqish bosqichidan boshlab tartibga
solish taʼsirini baholashni amalga oshirishga majbur hisoblanadi.
Tartibga solish tasirini baholash sifati uchun Ichki ishlar, Moliya hamda Iqtisodiyot
vazirliklari masʼul hisoblashishadi.
Germaniyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri - xarajatlarni hisoblash chuqurlashgan
metodologiya asosida olib borilishi hisoblanadi. Ushbu metodologiya bevosita va bilvosita
xarajatlar, soliqlar, ish bilan bandlik, ekologiya va tadbirkorlik faoliyatiga negativ taʼsir
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan qarorlarni aniqlash va bartaraf etish qaratilgan. Ushbu jarayon to‘rt
haftadan bir yilgacha davom etishi mumkin [4].
Yuqorida keltirilgan davlatlarning mazkur sohadagi ilg‘or tajribasi shuni ko‘rsatadiki,
tartibga solish taʼsirini baholash instituti biznesni boshqarishda istiqbolli hisoblanib, davlat
tomonidan ortiqcha boshqarishni istisno etadigan tizimdir.
Ushbu institutning keng joriy etish maʼlum bir qaror qabul qilish jarayonida ushbu qaror
yuzasidan chuqur tahlil o‘tkazishni va ushbu jarayonga biznes hamjamiyatini keng jalb etishni
talab qiladi.
Shuni taʼkidlash joizki, tartibga solish taʼsirini baholash tizimi joriy etish qabul
qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning avtomatik ravishda sifati oshishiga olib kelmaydi.
Tartibga solish taʼsirini baholash tizimi haqiqatdan ham samarali ishlab ketishi uchun
ushbu tizim davlat rivojlanish strategiyasini ajiralmas bir qismi bo‘lishi hamda ushbu jarayonda
biznes hamjamiyatning bevosita ishtiroki taʼminlanishi lozim.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
132
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jacobs S.H. An Overview of Regulatory Impact Analysis in OECD coun-tries. Regulatory
Impact Analysis: Best Practices in OECD countries. Paris. OECD publications. URL:
www.oecd.org/gov/regulatorypolicy/35258828.pdf//
2.
Kirkpatrick C., Parker D. Regulatory Impact Assessment and Regula-tory Governance in
Developing Countries // Public Administration and De-velopment. Vol. 24.
3.
Better Regulation Framework Manual. Practical Guidance for UK Government Officials.
July
2013.
URL:
www.gov.uk/government/uploads/system/uploads/attachment_data/file/211981/bis-13-
1038-better-reg-ulation-framework-manual-guidance-for-officials.pdf.
4.
Хантингтон С. Политический порядок в меняющихся обществах. — М.: Прогресс-
Традиция/
5.
https://www.uz.undp.org/content/uzbekistan/ru/home/presscenter/pressreleases/20
15/05/14/regulatory-impact-assessment-for-modernization-of-lawmaking-and-//