YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
96
“O‘TLOQI BO‘Z TUPROQLARDA G‘O‘ZA VA SOYA INTERCROPPING
TIZIMINING HOSILDORLIKKA TA’SIRI”
O.T.Malikova
“ISMITI” tayanch doktorant
E.N.Malikov
“TIQXMMI” MTU assistent
Q.N.Sultonov
“TIQXMMI” MTU talaba
https://doi.org/10.5281/zenodo.15679678
Annotatsiya:
Ushubu maqolada Toshkent viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida
g‘o‘za va soya ekinlarini hamkorlikda yetishtirish bo‘yicha olib borilgan dala tajribalari
natijalari bayon etilgan. Tadqiqot davomida bir mavsumda bir maydonda ikki turdagi ekin –
g‘o‘za va don-dukkakli soya – birgalikda yetishtirildi va ularning o‘sishi, fenologik rivojlanishi,
hosildorligi, tuproqning agrofizik va suv-fizik xossalariga ta’siri o‘rganildi. Tajriba natijalariga
ko‘ra, g‘o‘za va soya ekinlarini birgalikda yetishtirish orqali 1 gektar maydondan 20,9 s/ga
paxta va 18,2 s/ga soya doni olishga erishildi. Bu usul yer resurslaridan samarali foydalanish,
hosildorlikni oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega ekani ko‘rsatildi. Shuningdek, xorijiy
(ayniqsa Xitoy) tajribasi bilan solishtirma tahlillar keltirilib, hamkor ekish texnologiyalarining
afzalliklari asoslab berildi.
Kalit so‘zlar:
G‘o‘za-soya, intercropping, sug‘orish samaradorligi, dala tajribasi,
hosildorlik, yer unumdorligi, o‘tloqi-bo‘z tuproq, suv tejash, qo‘shma ekinlar, agrotexnologiya.
Kirish:
Hozirgi kunda mamlakat aholisini oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlash, ichki
bozirlarimizni sifatli va arzon qishloq xo‘jiligi maxsulotlari bilan boyitish, mamlakatning
eksport saloxiyatini oshirish qishloq xo‘jaligi xodimlari, dehqon va fermer xo‘jaligi rahbarlari
hamda olimlarimiz oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
Bebaho boyligimiz bo‘lmish sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish, ularning
unumdorligini hamda meliorativ holatini saqlash va muntazam ravishda yaxshilab borish,
sug‘orish suvlaridan foydalanish samaradorligini oshirish soha mutaxassislarini yanada
ko‘proq izlanishlar olib borishlariga turtki bo‘lmoqda.
Sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanishda bir mavsumda bir maydondan ikki va
undan ortiq hosil yetishtirish muhim ahamiyatga egadir.
Bu borada olimlarimiz tomonidan ham bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari amalga
oshirilgan, ya’ni, birdaniga bir vaqtda bitta yerning o‘zida ikki xil ekin ekib parvarishlab,
ulardan yuqori va sifatli hosil olish, shu bilan birga tuproq unumdorligini saqlab qolish va
muntazam
oshirib
borish,
sug‘oriladigan
maydonlarning
meliorativ
holatini
barqarorlashtirish, qo‘shimcha ravishda oziq-ovqat maxsulotlari yetishtirish, shu yo‘l bilan
paxtachilik fermer xo‘jaliklarida yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini
oshirish, fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash maqsadida olib borilgan
ilmiy-tadqiqot ishlari bozor islohotlari davrida fermerlarimiz uchun katta imkoniyatlarni
yaratishga xizmat qiladi.
Izlanish uslublari:
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan masalalarni yechimini topish maqsadida
biz Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumanidagi “Mamatkarim Dilshodjon” fermer
xo‘jaligining o‘rta va og‘ir qumoqli o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida birinchi marotaba
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
97
gidrogel qo‘llab, don-dukkakli (soya) ekinini g‘o‘za bilan hamkorlikda ekib yetishtirishning
tuproq unumdorligini oshirish hamda mavsumiy suv sarflariga ta’siri o‘rganilib, qo‘llanilgan
tadbirlarning paxta hosildorligi, yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini
oshirish, aholini oziq-ovqat maxsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, atrof-muhitning
ekologo-meliorativ holati yomonlashuvini oldini olish, qishloq xo‘jaligi maxsulotlari
yetishtirish ko‘lamini kengaytirish, xo‘jalikning iqtisodiy samaradorligini oshirishga
qaratilgan masalalarni ilmiy yechimini topishga qaratilgan vazifalar amalga oshirildi.
Bu borada horijiy mamlakatlarda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida
amalga oshirilgan ilmiy izlanishlarning natijalariga nazar tashlasak.
Xitoyda g‘o‘za bilan hamkor ekinlarni birgalikda ekishning bir necha usullari mavjud
bo‘lib, bulardan bug‘doy, sholi yoki raps kabi ekinlar g‘o‘za bilan hamkorlikda ekiladi. Ayniqsa
bu usullar Xitoyning janubiy viloyatlarida keng qo‘llanilib, yuqori hosil olinmoqda. Ayrim
viloyatlarda bug‘doydan 30 ts/ga va 10,5 ts/ga paxta tolasi (30-31 ts/ga paxta), g‘o‘za raps
bilan birgalikda ekilganda 11,2- 15,0 ts/ga raps urug‘i, shuningdek 7,5 ts/ga paxta tolasi (22-
23 ts/ga paxta) olishga erishilgan (O. Valovik 1989).
Xitoyda hamkor ekish texnologiyasi hisobiga yiliga qo‘shimcha ravishda 9,78 mln. tonna
don, 150 ming tonna paxta tolasi yetishtiriladi (Li Veymin 1990).
Slelland C. K. (1940) ma’lumotiga ko‘ra makkajo‘xori turli dukkakli ekinlar bilan birga
ekilganda hosildorlik kamayadi, hosildorlikning kamayishi dukkakli ekin turiga ham bog‘liq.
Ammo, paxta hosili makkajo‘xori va dukkakli ekinlar birgalikda o‘stirilgandan keyin
ekilganda yuqori bo‘ladi.
Bundan kelib chiqadiki, g‘o‘za bilan don-dukkakli ekinlarni hamkorlikda yetishtirish
qo‘shimcha daromad manbai bo‘libgina qolmay, balki, sug‘oriladigan maydonlarning
unumdorligini oshirish va meliorativ holatini yaxshilashga ham sezilarli darajada ta’sir qiladi.
Xukumatimiz tomonidan ham bugungi kunda qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini ishlab
chiqarish ko‘lamini kengaytirish, ichki bozorlarimizni oziq-ovqat maxsulotlari bilan boyitish,
aholi turmush darajasini yaxshilash, yer va suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish,
mamlakatni eksport salohiyatini oshirish borasida qator Qaror va Davlat dasturlari ishlab
chiqildi.
Bizning asosiy maqsadimiz, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining
“O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” gi 2012 yil 22 oktyabrdagi PF-4478 – sonli Farmoni ijrosini ta’minlashga
qaratilgan vazifalarga ko‘ra aynan sug‘oriladigan yerlarning unumdorligini oshirish,
meliorativ holatini yaxshilash va o‘z navbatida qo‘shimcha daromad olish, xo‘jalikning
iqtisodiy salohiyatini yaxshilashdan iboratdir.
Olingan natijalar:
G’o‘za bilan birga ekib yetishtirilgan don-dukkakli ekinlar tuproqning
agrofizik, suv-fizik hamda agrokimyoviy xossalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligini yetishtirilgan
paxta hosili ko‘rsatkichlaridan aniqlab olish mumkin.
Tajribamizning nazorat variantida g‘o‘za ko‘chat qalinligi 119 mingdan to 123 ming
tagachani tashkil etgan bo‘lsa, g‘o‘za+soya birgalikda yetishtirilgan variantimizda esa yanada
ko‘proq, ya’ni soya bilan birga 122 ming tadan 128 ming tagacha bo‘lganligi, ya’ni, 51-53 ming
tup soya va 71-75 ming tup g‘o‘za borligi aniqlandi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
98
Tajribaning nazorat variantida 1 sentyabr holatiga ko‘saklar soni 14,8 hamda ochilgan
ko‘saklar soni 4,5 donani tashkil etgan bo‘lsa, g‘o‘za+soya birga ekib yetishtirilgan
variantimizda esa 10,2 va 4,4 donani tashkil etdi. Ya’ni, g‘o‘za+soya birga ekib yetishtirilgan
variantdan 0,1 va 0,1 donaga kam bo‘lgan. Ushbu muddatga kelib soya o‘simligining asosiy
poya balandligi 108,6 sm ni, dukkaklar soni 104,7 donani tashkil etdi.
1-jadval
G’o‘za va don-dukkakli ekinlarning o‘sib rivojlanishi
Variantla
r
O‘simlik
barglari
soni,
dona
Asosiy poya balandligi, sm
Hosil shohlari
soni, dona
Ko‘sak va
dukkaklar soni,
dona
Hosil
-
dorli
k,
ts/ga
1.06
1.06
1.07 1.08 1.09
1.07
1.08
1.08
1.09
G’o‘za
(naz.
i/ch)
3,3
8,7
39,3 79,8 97,8
5,8
12,3
7,3
14,8
28,6
G’o‘za+
3,1
7,9
39,5 80,4 98,6
5,9
12,4
7,7
14,9
20,9
soya
2,4
11,2
48,6 89,5
108,
6
9,6
17,2
91,2
104,7
18,2
Paxta hosildorligini hisob-kitoblari shuni ko‘rsatadiki, nazorat variantida paxta
hosildorligi o‘rtacha 28,6 ts/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, g‘o‘za+soya birga ekib yetishtirilgan
variantda 20,9 ts/ga ni tashkil etgan. Bu esa nazorat variantiga nisbatan 7,7 ts/ga kam hosil
olinganligini ko‘rsatadi. Bunga sabab esa ko‘chat sonini kamligi deb izoh berishimiz mumkin.
Biroq, eng e’tiborli tomoni shundaki, dukkakli ekinlar g‘o‘za bilan birga ekib yetishtirilganda
g‘o‘za hamkor ekinsiz parvarishlangan variantga nisbatan paxta hosildorligida sezilarli
darajada o‘zgarish bo‘lsada, qo‘shimcha ravishda 18,2 ts/ga soya doni yetishtirishga erishildi.
Dukkakli ekinlarning doni oqsilga boyligi bilan ajralib turadi. Ushbu ekinlarning doni nafaqat
oziq-ovqat sanoatida, balki, moy ishlab chiqarish, qandolatchilik shuningdek, chorva va
parrandachilikda ham to‘yimli bo‘lgan oqsilga boy o‘simlikdir.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
99
1-rasm: Tajriba dalasi, g‘o‘za+soya
2-rasm: Tajriba dalasida fenologik kuzatuv
jarayoni
3-rasm:Dalaning umumiy ko‘rinishi
4-rasm:G’o‘za+soya ekini
Tavsiyalar:
Toshkent viloyati sharoitida sug‘oriladigan yer va suvdan foydalanish
samaradorligini oshirish, tuproq unumdorligini saqlab qolish va muntazam oshirib borish,
paxta hosildorligini jiddiy kamaytirmagan holda, yuqori rentabellikka erishish hamda
xo‘jalikning iqtisodiy samaradorligini ko‘tarish maqsadida, 60-12-1 g‘o‘za ekish sxemasida
60-25
*
-1 sxemada (25
*
ikkita uya g‘o‘za+bitta soya) g‘o‘za+soya ekinlarini birgalikda ekib,
sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-75-65% tartibda 1-3-0 tizimda sug‘orib
yetishtirish tavsiya etiladi. Bunda vegetatsiya davri davomida sug‘orish suvlaridan
foydalanish samaradorligi 8,3% ga, sug‘oriladigan maydonlardan foydalanish samaradorligi
28-43% ga ortishiga erishiladi.
Xulosalar:
Bir gektar sug‘oriladigan maydonda g‘o‘za agrotexnikasiga asoslangan holda
qo‘shimcha ravishda katta miqdorda harajatlar qilmasdan ikki xil ekin yetishtirish, tuproq
unumdorligi saqlab qolish va muntazam oshirib borish, tuproqning meliorativ holatini
barqarorlashtirish, eng asosiysi sug‘oriladigan yer va suvdan samarali foydalanish hamda
qo‘shimcha daromad olish maqsadida: dukkakli soya ekini g‘o‘za bilan birga ekib
yetishtirilganda g‘o‘zadan -7,7 ts/ga kam paxta hosili olinsada, qo‘shimcha ravishda 18,2 ts/ga
soya doni yetishtirishga erishiladi.
G‘o‘za+soya birga yetishtirilganda paxta hosilini yetishtirish bilan birga qo‘shimcha
ravishda soya donini sotish hisobiga 12,740 ming so‘m shartli sof foyda olishga erishiladi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
100
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sarimsaqov M.M., Axmedjonov D.G‘. Takroriy ekinlarning tuproq unumdorligi va paxta
hosildorligiga ta’siri // Tuproq unumdorligini oshirish, g‘o‘za majmuidagi ekinlarni
parvarishlashda manba tejovchi agrotexnologiyalarni joriy etishning ahamiyati. – Toshkent,
2012. – B. 35–39.
2.
Axmedov M.T., Jabborov I.U. Qishloq xo‘jaligida takroriy ekinlar agrotexnologiyasi. –
Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. – 148 b.
3.
Juraev R.K., G‘ulomov A.K. Sug‘oriladigan yerlar unumdorligini oshirishda dukkakli
ekinlarning ahamiyati // Melioratsiya va irrigatsiya muammolari. – 2020. – №4(18). – B. 19–
24.
4.
Li Veymin. Intercropping systems in southern China: agronomic and economic impact. –
Beijing: Agricultural Press, 1990. – 96 p.
5.
FAO.
Integrated
Crop
Management:
Intercropping
Systems.
URL:
https://www.fao.org/in-action/integrated-crop-management/en/ (murojaat qilingan sana:
15.06.2025).
6.
Agrouz. Soya yetishtirish texnologiyasi va agroiqtisodiy ko‘rsatkichlari. URL:
https://agrouz.uz/soya-yetishtirish (murojaat qilingan sana: 15.06.2025).
7.
AgroMarket. G‘o‘za bilan birga ekiladigan dukkakli ekinlar – innovatsion agroyechimlar.
URL: https://www.agromarket.uz/post/intercropping-tizimi (murojaat qilingan sana:
15.06.2025).