YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
61
KASBIY KOMPETENSIYA TUSHUNCHASINING XALQARO VA MILLIY TALQINI
Babaniyazov Utkirbek Taxirovich
Nukus davlat pedagogika institute tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15671971
Annotatsiya.
Mazkur maqolada kasbiy kompetensiya tushunchasining mazmun-
mohiyati, uning xalqaro va milliy talqinlari o‘rganiladi.
Kalit so’zlar:
Kompetensiya, kasbiy kompetensiya,
kasbiy ta’lim sohasi, pedagogik
hodisa, amaliy ko‘nikma.
Аннотация.
В данной статье исследуется сущность понятия профессиональной
компетенции, его международное и национальное толкование.
Ключевые слова:
Компетентность, профессиональная компетентность, сфера
профессионального образования, педагогический феномен, практический навык.
Annotation.
This article will study the essence of the concept of professional
competence, its international and national interpretations.
Key words:
Competence, professional competence, field of professional education,
pedagogical phenomenon, practical skills.
“Kompetensiya”
atamasi muayyan muammo va masala, hodisa borasida shaxsning bilim,
tajriba, mutasaddilikka ega bo‘lishni o‘zida ifoda etadi. Ilmiy tadqiqotlarda kompetensiya
pedagogik hodisa sifatida XX asrning 70-yillaridan e’tiboran tadqiq etila boshlandi.
Xususan bu borada Amerika tadqiqotchilaridan
Dj.Raven, L.Stross, Dj.Morenolarning
fikricha, kompetentlik – “shaxsning ixtisosligi bo‘yicha aniq faoliyatni bajarishda zarur
bo‘ladigan qobilyatlar majmui, malakalarning namoyon bo‘lishi, mas’uliyat hissining
mujassamlashuvi natijasida paydo bo‘ladigan tafakkur turi” deb tavsifladilar.
Rus olimlaridan esa asosan
S.T.Vershlovskiy va Yu.N.Kulyutkinlar kompetentlikni
shaxs tavsifi bo‘yicha o‘rgangan bo‘lsalar, V.Yu.Krichevskiy, A.V.Xutorskiy – shaxs faoliyatidagi
maqsadlarni amalga oshirish ko‘rsatkichlarini tadbiq etadilar.
Bundan tashqari, rus olimlaridan L.N.Zaxarova, V.V.Sokolova, V.M.Sokolovlarning
fikricha kasbiy kompetensiya ostida amaliy masalalarni samarali yechish qobiliyatini
tushunish rivojlanayotgan shaxsni ijtimoiylashtirish, ichki sharoitlarni ta’minlash, rivojlanishi
tufayli shaxsning jamiyatga faol qo‘shilishi qadriyat yo‘nalishlari, tabiat, jamiyat, ma’naviy
yo‘nalish odamlar tajribasi, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish ijtimoiy jihatdan kerakli yoki
hech bo‘lmaganda maqbul bo‘lgan faoliyat o‘zini anglash tavsiya etiladi [1].
I.A.Kolesnikovaning fikricha, haqiqiy kasbiy ta’lim sohasi muntazam ravishda idrok etish
qobiliyati bilan ajralib turuvchi pedagogik jarayon hisoblanadi va unda muntazam ravishda
harakat qilish natijasida kasbiy kompetensiya shakillanib rivojlanib boradi [2].
A.V.Xutorskiyning ta’kidlashicha, “kompetensiya - bu shaxsga tegishli kompetensiyaga
egalik qilish sifati, bu o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxsiy sifatlar (bilimlari, qobiliyatlari,
ko‘nikmalari, faoliyat usullari) ob’ektlar va jarayonlarning ma’lum doirasiga nisbatan zarur
bo‘lgan to‘plamni o‘z ichiga oladi, ularga nisbatan yuqori sifatli ishlab chiqarish faoliyati
uchun zarur bo‘ladi” [3].
N.L.Goncharova biroz boshqacha ta’rifni quyidagicha izohlaydi: “kompetensiya bu oddiy
bilim, ko‘nikma va malakalarning yig‘indisi emas, bu biroz boshqacha semantik qator
tushunchasidir, eng umumiy shaklda kompetensiya kognitiv (bilim), operatsion (usullarni)
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
62
birlashtiradi. Faoliyat va faoliyatni amalga oshirishga tayyorlik va aksiologik (ma’lum
qadriyatlarning mavjudligi) jihatlari” [2].
Milliy pedagogikada kompetensiya atamasi XX asrning 90-yillarida paydo bo‘ldi.
Respublikamiz olimlaridan M.Ochilov bu borada “kompetentlik – bilim asosida, ishning
ko‘zini bilib, faoliyat yuritishdir”, - degan fikrni bildiradi.
U.Inoyatov kompetentlikni – bilim va metodlarni vaziyatga qarab moslashtirish qobilyati
sifatida tadbiq etadi va bu faoliyatda tanqidiy mushoxada yuritish, to‘g‘ri qaror qabul qila
olish, sohta dalillarni asosli ravishda inkor etish, samarali natijalarni amaliyotda qo‘llay olish
qobilyati sifatida tavsiflaydi.
Ma’lumki, bugungi kunda turli axborot va innovatsion texnologiyalardan xabardor
bo‘lish va ularni o‘z faoliyatida qo‘llay olish, ommaviy axborot vositalari(OAV), internet
tarmoqlarida taqdim qilinayotgan ma’lumotlar, roliklar, reklamalarni taxlil qila olish, ularga
baho berish va tanqidiy yondashish, butun umri davomida o‘z bilimlarini kengaytirishi, kasbiy
ko‘nikma va malakalarini oshirishga bo‘lgan ishtiyoqi, shaxsiy va jamoadagi nufuzini
rivojlantirib borish uchun o‘qituvchidan muloqotning og‘zaki va yozma nutq normalariga
rioya qilish, kommunikativlik, muloqatmandlik, krishimlilik, jamoada o‘zga insonlar bilan
hamkorlik aloqalarini tashkil qilish, jamiyatda o‘zga tillarni o‘rganish va shu asosda jahon fan
va madaniyati, san’atidan xabardor bo‘lish malakalarini takomillashtirib borishni talab etiladi.
O‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi o‘quv jarayonida shakllanishi kerak, chunki bu
innovatsion ta’lim jarayonida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish, o‘quvchilarni bilimlarni
o‘zlashtirish jarayonlarini xavfsiz va qulay sharoitlarda tashkil etish uchun zarur bo‘lgan ichki
shaxsiy xususiyatlar majmuasidir. O‘qituvchi faoliyatining barcha tarkibiy qismlarini amalga
oshirish kerak, chunki o‘qituvchi pedagogik, texnik va texnologik, ilmiy, nazariy va ijtimoiy-
psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. O‘qituvchida ushbu tayyorgarlikka mos
kompetensiyalarni mavjudligi nafaqat o‘qitish va ta’lim jarayonining mahoratli pedagogi
bo‘lishiga, balki ta’lim sifatini ta’minlashda shaxsan samarali ishtirok etishga imkon beradi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkin, zikr etilgan kompetensiyalarni shakllantirish inson
hayotining barcha bosqichlarida sodir bo‘ladigan murakkab va uzoq jarayondir: o‘rta
ta’limdan tortib to kasbiy faoliyatgacha. Oliy ta’lim tizimi o‘quv jarayonida bo‘lajak
o‘qituvchilar kasbiy kompetensiyasini shakillantirishning pedagogik shart-sharoitlari esa
ushbu kompetensiyalardan ularning kasbiy faoliyatlarida uzluksiz foydalanish ko‘nikmalarini
shakillantirishga yo‘naltirilgan uslubiy ta’minotda namoyon bo‘ladi.
Zamonaviy o‘qituvchining kompetensiyasi – o‘z mutaxassisligi va ixtisosligi doirasida
bilim ko‘nikma, malakaga ega bo‘lishi bidan belgilanadi va shaxsiy qadriyatlari, sifatlari,
kvalifikatsiyasining namoyon bo‘lishida ifodalanadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Зинченко В.П., Мунипов В.М. Основы эргономики. - М.: 2001. -356 с.
2.
Ананьев Б.Г. Человек как предмет познания — (Серия «Мастера психологии») —
СПб.: Питер, 2001. — 288 с.
3.
Хуторской, А.В. Развитие одарённости школьников. Методика продуктивного
обучения. Пособие для учителя –М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2000. – 320 с.