Авторы

  • Janat Uzaqbaeva
    Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti pedagogika mutaxassisligi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.112819

Ключевые слова:

Interfaol metodlar ta’lim samaradorligi tarbiya fani videotopishmoq muammoli vaziyat didaktik imkoniyatlar o‘quvchi faolligi pedagogik yondashuv.

Аннотация

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanishning dolzarbligi va samaradorligi haqida fikr yuritiladi. Xususan, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish, ijtimoiy va axloqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda interfaol metodlarning o‘rni alohida ta’kidlanadi. Tarbiya fanida qo‘llaniladigan “Videotopishmoq” va “Muammoli vaziyat” kabi metodlar misolida talabalarning mavzuni chuqur o‘zlashtirishlari, faol ishtirok etishlari va real hayotiy vaziyatlarga mos qarorlar chiqarish qobiliyatlari shakllanishi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, maqolada mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan interfaol metodlarning afzalliklari, didaktik imkoniyatlari va qo‘llash shartlari tahlil etiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

125

TA’LIM JARAYONIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING

SAMARADORLIGI VA TARBIYA FANIDAGI QO‘LLANILISHI

Uzaqbaeva Janat Teǹelbaevna

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

pedagogika mutaxassisligi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15729874

Annotatsiya

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanishning dolzarbligi va

samaradorligi haqida fikr yuritiladi. Xususan, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, o‘z-o‘zini
nazorat qilish, ijtimoiy va axloqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda interfaol metodlarning o‘rni
alohida ta’kidlanadi. Tarbiya fanida qo‘llaniladigan “Videotopishmoq” va “Muammoli vaziyat”
kabi metodlar misolida talabalarning mavzuni chuqur o‘zlashtirishlari, faol ishtirok etishlari va
real hayotiy vaziyatlarga mos qarorlar chiqarish qobiliyatlari shakllanishi ko‘rsatib beriladi.
Shuningdek, maqolada mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan interfaol metodlarning afzalliklari,
didaktik imkoniyatlari va qo‘llash shartlari tahlil etiladi.

Kalit so‘zlar.

Interfaol metodlar, ta’lim samaradorligi, tarbiya fani, videotopishmoq,

muammoli vaziyat, didaktik imkoniyatlar, o‘quvchi faolligi, pedagogik yondashuv.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В УЧЕБНОМ ПРОЦЕССЕ

И ИХ ЭФФЕКТИВНОСТЬ В ПРЕПОДАВАНИИ ВОСПИТАНИЯ

Узакбаева Жанат Тенелбаевна

Магистрант по специальности педагогика Нукусского государственного

педагогического института имени Ажинияза.

Аннотация.

В данной статье рассматривается актуальность и эффективность

использования интерактивных методов в учебном процессе. Особое внимание
уделяется роли интерактивных методов в развитии у обучающихся навыков
самостоятельного мышления, самоконтроля, а также социальных и нравственных
качеств. На примере методов «Видео-загадка» и «Проблемная ситуация», применяемых
в преподавании дисциплины воспитания, показано, как у студентов формируются
умения глубоко усваивать тему, активно участвовать в процессе обучения и принимать
решения в соответствии с реальными жизненными ситуациями. Также в статье
анализируются преимущества, дидактические возможности и условия применения
интерактивных методов на занятиях.

Ключевые слова:

интерактивные методы, эффективность обучения, дисциплина

воспитания, видео-загадка, проблемная ситуация, дидактические возможности,
активность обучающихся, педагогический подход.

THE EFFECTIVENESS OF USING INTERACTIVE METHODS IN THE

EDUCATIONAL PROCESS AND THEIR APPLICATION IN THE SUBJECT OF

EDUCATION

Janat Tenelbaevna Uzakhbaeva

Master's Student in Pedagogy, Ajiniyaz Nukus State Pedagogical Institute.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

126

Abstract.

This article discusses the relevance and effectiveness of using interactive

methods in the educational process. In particular, it emphasizes the role of interactive methods
in developing students’ independent thinking, self-control, and social and moral skills. Through
the examples of methods such as “Video Puzzle” and “Problem Situation,” used in the teaching
of the subject "Education," the article illustrates how students can deeply comprehend topics,
actively participate, and develop the ability to make decisions appropriate to real-life
situations. Furthermore, the advantages, didactic possibilities, and conditions for applying
interactive methods during lessons are analyzed.

Keywords:

interactive methods, educational effectiveness, education subject, video

puzzle, problem situation, didactic possibilities, student activity, pedagogical approach.

Kirish.

Bugungi tezkor zamonda ta’lim samaradorligini oshrishning eng maqbul yo‘li –

mashg‘ulatlarni interfaol usullar yordamida tashkil etish eng dolzarb masalalarining biri
bo‘lmoqda. Interfaollik eng avvalo, ijtimoiy subyektlarning suhbat (dialog), o‘zaro hamkorlikka
asoslangan harakat, faolliyatini olib borishlarini ifodalaydi. Ta’lim jarayonida interfaol
metodlardan foydalanish o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o‘z-o‘zini
nazorat qila olish, boshqarish, samorali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, fikrlarini
tinglash va tushunish, mustaqil va tanqidiy fikrlarni yuzaga chiqarish, fikrlarini ravon va erkin
bayon eta olish kabi ko‘nikmalarni yuzaga chiqaradi. Eng muhimi, o‘qituvchi va o‘quvchi
o‘rtasida o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarni tashkil etish, yo‘naltirish, boshqarish,
nazorat va tahlil qilish kabi imkoniyatlarni beradi.

Interfaol metodlarni quyidagicha ajratishimiz mumkin:
• Boshqarilgan muhokamalar:
Talabalar o‘rtasida ijtimoiy munosabatlar o‘rnatilib, turli masalalarda fikr almashish

imkoniyati yaratiladi.

Beyinstorming. Yangi g‘oyalar va fikrlarni o‘rgatishda samarali usul bo‘lib, talabalar

jamoaviy ravishda yechimlar izlaydi.

Rol o‘ynash. Talabalar turli rollarda ishtirok etib, haqiqiy hayotdagi muammolarni

yechishda amaliy ko‘nlikmalarni o‘rganadilar.

Loyihalar asosida o‘qitish. Asosan, talabalar mustaqil ravishda biron loyiha ishlab

chiqishadi va jamoaviy tarzda ish olib boradi.

Simulyatsiyalar va o‘yinlar. Bu usul orqali o‘qitish, o‘quvchilarga amaliy tajriba

orttirishga yordam beradi.

Interfaol metodlarning tarbiya fanida qo‘llanishi va afzalliklari
Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanishda eng avvalo o‘qituvchining

metodlardan oqilona foydalana olishi juda ahamiyatlidir.

Fanlar nazarida qaraydigan bo‘lsak, har bir fanga mos ravishda tuzilgan interfaol

metodlar bor.

Shu jumladan, tarbiya fanini o‘qitish jarayonida talabalarga nafaqat bilim, balki ijtimoiy

va axloqiy qobiliyatlarini ham rivojlantirish muhim hisoblanadi.

Quyida bir necha interfaol usullar, ularning mahiyati, qo‘llanish shartlari, didaktik

imkoniyatlari mahıyati, qo‘llanish shartlari, didaktik imkoniyatlarni ko’rsatilib, bu metodlardan
tarbiya fanida qo’llansaq o’tilgan mavzu talaba-oquvchilar uchun tushunarli bo’lib, o‘qituvchi
o‘z maqsadiga yeta oladi. Shu metod va usullar haqida so‘z yuritsak:


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

127

“Videotopishmoq” usuli. Biz hozirgi paytda har taraflama rivojlanayotgan jamiyatda

yashayapmiz. Qaysi sohani olib qaramaylik axborot vositalarisiz ularni tasavvur qila olmaymiz.
Shu jumladan pedagogik faoliyatda ham turli axborot vositalari yordamida ta’lim jarayonini
tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Videotafshirish” usuli ham hozirgi ta’lim
sohasiga yaratilgan usullardan b5lib, quyidagi harakatlar orqali amalga 5shiriladi:

-O‘quvchilarga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi

e‘zohlarsiz bir necha videolavha namoyish e‘tiladi:

-O‘quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganligini izohlaydilar;
-Jarayonning mohiyatini tahlil etadilar;
Trener-o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob beradilar, videotofishmoqning

javobini topish orqali o‘quvchilar o‘rganiladigan yangi mavzu haqida tasavvurlarga ega bo‘ladi.

“Muomali vazyat” usuli
Bu metod nomining o‘zi o‘quvchini qiziqtirib o‘ziga e’tiborni jalb etadi. Asosan bu usulda

fanga oid muammoli vaziyat so‘z etiladi va o‘z yechimini topadilar. Bu metodning o‘z bosqichlari
bo‘lib, ular quyidagicha:

1.Pedagog mavzu bo‘yicha muammoli vazıyatni tanlaydi, maqsat va vazifalarni aniqlaydi.
2. Pedagog o‘quvchilarga topshiriqning maqsad, vazifalari,shartlari bilan tanishtirib

ularni kichik guruqlarga ajiratadi.

3.Guruqlar berilgan muoammoli vaziyatni o’rganadilar. Kelib chiqish saboblarini

aniqlaydilar va har bir guruh o’z taqdimotini bayon etib, bir xil fikrlar jamlanadi.

4.Metod oxirida guruhlar pedagog bilan birgalikda muommoli vaziyatni yechish

yo’llarning eng maqbul variantlarini tanlab oladi. O’quvchilar o’z variantlari va fikrlarini taklif
etadi.

Talim sohasida songi paytlari eng qiziqarli va 5zining samarali natijasi bilan malum

bolgan usullardan yana biri bu “Qororlar shajarasi” usulidir. Bu usul orqali o’quvchilarning
bilimlar natijasini aniqlash, ularning fikrlarini jamlash va baholash imkanini beradi. Talim
jarayonida mazkur usulning q5llanilishi muayyon muammo yuzasidan oqilona qaror qabul
qilishda o’quvchilar tomonidan bildirilayotgan har bir variyant ularning maqbul hamda
namaqbul jihatlarini batafsil tahlil etish imkaniyatini yaratadi.

Interfaol metodlarning o‘qituvchiga va o‘quvchiga bolgan tasiri:
Interfaol metodlar o‘qituvchilardan ko‘proq tayorgarlik va ijodkorlik talab qiladi.

O‘qituvchi interfaol metod va usullarni qo‘llash orqali, darsning samaradorligini oshiradi va
o‘quvchilarni yanada izlanishga yo‘naltiradi. Shuningdek, o‘qituvchi va o‘qutuvchilik
qobiliyatlarini yanada va o‘quvchilar bilan muloqotda oztozlik malakasini oshiradi.

Xulosa.

Ta’lim fanida interfaol metodlar ta’lim jarayonini yanada samarali va qiziqarli

qilib o‘tishga yordam beradi. Bu metodlar talabalar o‘rasida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlarini
shakllantirishda, mustaqil fikrlashni rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. O‘qituvchilar esa
interfoal metodlarni qollash orqali 5z pedagogik malakalarini oshiradi. Shuning uchun,
interfoal metodlarning tarbiya fanida qollanilishi talabalar va o‘qituvchilar uchun ham
samarali va foydalidir.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

128

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Islomov Z.I. Pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020.

2.

Xodjayev N.X. Ta’limda interfaol metodlar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019.

3.

Jabborov Q.T. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2021.

4.

Normatova D. Oliy ta’limda interfaol metodlar. – Samarqand, 2018.

5.

Qurbonova M.M. Ta’lim jarayonida o‘qitish metodlari. – Andijon: AndMII nashriyoti, 2022.

Библиографические ссылки

Islomov Z.I. Pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020.

Xodjayev N.X. Ta’limda interfaol metodlar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2019.

Jabborov Q.T. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2021.

Normatova D. Oliy ta’limda interfaol metodlar. – Samarqand, 2018.

Qurbonova M.M. Ta’lim jarayonida o‘qitish metodlari. – Andijon: AndMII nashriyoti, 2022.