YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
119
ONA TILI DARSLARIDA “LOYIHA ISHI”LARINI BAJARISHNING AMALIY
AHAMIYATI
Rahmonov Shahzod Alisher o‘g‘li
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 1-kurs magistranti
Tojiyeva Xolida Baxtiyorovna
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15727777
Maktab ta’limining boshlang‘ich bosqichi o‘quvchilarning asosiy bilim va ko‘nikmalarini
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari tilni
o‘rganish, muloqot madaniyatini shakllantirish va mustaqil fikrlashga o‘rgatishda asosiy rol
o‘ynaydi. Bugungi kunda dars jarayonida interfaol metodlardan foydalanish, shuningdek,
loyiha ishlarini tashkil etish orqali o‘quvchilarning ijodiy va amaliy faoliyatini oshirish dolzarb
masalaga aylanmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ta’lim
tizimini takomillashtirish, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, o‘quvchilarning ijodiy va
mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirishni talab qilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim
bosqichida bu jarayon muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan boshlang‘ich sinflarda
o‘quvchining dunyoqarashi shakllanadi, asosiy bilim va ko‘nikmalari tarkib topadi. Shu
jumladan, ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari orqali o‘quvchilar muloqotga kirishish, o‘z
fikrini bayon qilish, mustaqil o‘qish va matn bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydi.
Bugungi zamonaviy pedagogika amaliyotida o‘quvchilarni faollashtirish, ularni dars
jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish maqsadida turli metodlar, xususan, loyiha
faoliyati keng qo‘llanilmoqda. Loyiha faoliyati bolalarni mustaqil izlanishga, ma’lumot
to‘plashga, ularni tahlil qilishga va o‘z g‘oyalarini amaliyotda ifodalashga o‘rgatadi. Bu esa, o‘z
navbatida, ularning shaxs sifatida shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Maktab ta’limida loyiha usuli hozirgi kunda sinf-dars tizimiga muqobil sifatida
qaralmoqda. Ammo bu borada katta tajribaga ega mamlakatlar mutaxassislari loyiha
asosidagi ta’lim ushbu tizim va boshqa o‘qitish usullarini almashtirmasligi kerakligi haqida
ogohlantirmoqda.
Hozirgi kunda o‘quvchilarga bilim berish, o‘rgangan bilimlarini oshirish va hayotiga
amaliy tatbiq etishda mustaqil va loyiha ishlari uyushtirilmoqda. O‘quvchilar bilim darajasini
hisobga olgan holda asta sekin yuqori sinf materiallari bosqichma bosqich boshlang‘ich
sinflarga olib kirilmoqda. Zamonaviy asrda texnik vositalar bilan darsni yanada qiziqarli qilib
o‘tish, grammatik ta’limiy o‘yinlardan foydalanish va ta’limga joriy etish juda
ommalashmoqda. Ta’lim jarayonida turli xildagi mantiqiy topshiriqlar va interfaol
metodlardan foydalangan holda dars mashg‘ulotlari uyushtirilmoqda.
Ona tili darslarida o‘quvchilarga uzundan uzun grammatik qoidalarni yodlashga majbur
qilmasdan, balki ularda o‘z tilida erkin muloqot qilishi uchun va sof o‘zbek tilida so‘zlashishi
uchun, mustaqil fikralishini, so‘zdan lazzatlana olishini rivojlantirishimiz kerak. Ona tili
fanidan kutilayotgan natija ham shu aslida. Biz o‘quvchilarga ona tili fanini o‘rgatishimiz
boshqa fanlarni o‘rganish uchun “kalit “ vazifasi sanaladi.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida faqatgina bilim berish emas, balki o‘quvchilarni
mustaqil o‘rganishga, fikrlashga va harakatga o‘rgatish asosiy maqsadlardandir. Shu nuqtai
nazardan, loyiha ishlari ta’limda muhim o‘rin tutib, o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini
shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda bu jarayonning
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
120
asoslarini qo‘yish juda muhimdir. Loyiha ishlari zamonaviy ta’limning ajralmas qismi bo‘lib,
o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. U o‘quvchilarda
chuqur bilim olish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, ijodiy yondashuvni rivojlantirishga
xizmat qiladi. Shu boisdan ta’lim jarayonida loyiha ishlariga alohida e’tibor qaratish muhim.
Loyiha ishlari aynan shu maqsadlarga xizmat qiladigan pedagogik vositalardan biridir.
Loyiha uslubining mohiyati -
o‘z loyihalari orqali fikrlash va tashkilotchilikni
rivojlantirish, “ma’lum bir bilimga ega bo‘lishni talab qiladigan muayyan muammolarga
talabalarning qiziqishini rag‘batlantirish va ushbu muammolarni hal qilishni ta’minlaydigan
loyiha faoliyati orqali, olingan bilimlarni amaliy qo‘llash qobiliyatini, refleksiv rivojlantirish
yoki fikrlash jarayonining maqsadini qo‘yadi.
Refleksiv fikrlashning mohiyati -
bu faktlarni abadiy izlash, ularni tahlil qilish, ularning
ishonchliligi haqida mulohaza yuritish, yangi narsalarni o‘rganish, shubhadan chiqish yo‘lini
topish uchun faktlarni mantiqiy qurish va asosli mulohazalarga asoslangan ishonchni
shakllantirishdir. Shubhani hal qilish zarurati doimiy va yo‘naltiruvchi omildir, fikrlar oqimi
betartib ketadi.
Loyiha usuli har doim, birinchidan, qandaydir muammoni hal qilishni nazarda tutsa,
ikkinchidan, natijaga erishishga qaratilgan.
Loyiha usuli
- bu nafaqat aniq amaliy natija shaklida rasmiylashtirilgan ma’lum bir
natijaga erishishni, balki ushbu natijaga erishish jarayonini tashkil qilishni ham
ta’minlaydigan talabalarning uyushgan qidiruv va tadqiqot faoliyati. Zamonaviy pedagogikada
loyiha usuli fanni tizimli o‘qitish o‘rniga emas, balki u bilan birga ta’lim tizimining tarkibiy
qismi sifatida qo‘llaniladi.
Loyiha usuli
-bu yoki boshqa yoʻl bilan ishlab chiqilgan toʻliq real, aniq amaliy natija bilan
yakunlanishi kerak boʻlgan muammoni (texnologiyani) batafsil ishlab chiqish orqali didaktik
maqsadga erishish usulidir... Loyiha usuli “loyiha” tushunchasining mohiyatini tashkil etuvchi
gʻoyaga asoslanadi, uning pragmatik yoʻnaltirilganligi muammoni hal qilish yoʻli bilan amalga
oshirilishi mumkin boʻlgan yoki amalda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan boshqa natijadir haqiqiy
amaliy faoliyat”. “Muammoni hal qilish, bir tomondan, turli usullar va o‘qitish vositalarining
kombinatsiyasidan foydalanishni nazarda tutsa, boshqa tomondan, bilimlarni birlashtirish
zarurati va fan, texnika, texnologiya va ijodiy sohalarning turli sohalari bilimlarini qo‘llash
qobiliyatini nazarda tutadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Guzeev V.V. Taʼlim natijalarini va taʼlim texnologiyasini rejalashtirish. M.: Xalq taʼlimi,
2000. – 198-bet
2.
Qosimova K.Matchonov S.G‘ulomova X.Yo‘ldosheva Sh.Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish
metodikasi.”Bayoz”Toshkent-2022.12-13-bet
3.
Ona tili: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinfi uchun darslik I qism. Kuranov S. –
Toshkent: 2023-y. -88 b.