Авторы

  • Mashxura Ergasheva
    Toshkent amaliy fanlar universiteti, O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi, 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.112841

Ключевые слова:

leksikologiya lug‘at yon daftarchasi ona tili darsligi lug‘at so‘zlar o‘quvchi so‘z boyligi metodika amaliy yondashuv.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek tilining leksik boyligini o‘rganish va boyitish jarayonida maktab o‘quvchilarining lug‘at yon daftarchasi tutishlari o‘rni, shuningdek, 5–11-sinf ona tili darsliklaridagi lug‘at so‘zlardan foydalanishning til o‘rgatishdagi metodik ahamiyati tahlil etiladi. Maqolada amaliy misollar orqali o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda lug‘at daftarchasining samarali vosita sifatida xizmat qilishi asoslab beriladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

20

ONA TILI DARSLIKLARIDAGI LUG‘AT SO‘ZLARDAN FOYDALANISH: MAKTAB

O‘QUVCHILARIDA LEKSIK FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH VOSITASI

SIFATIDA

Ergasheva Mashxura Nuriddin qizi

Toshkent amaliy fanlar universiteti,

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi, 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15717902

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘zbek tilining leksik boyligini o‘rganish va boyitish

jarayonida maktab o‘quvchilarining lug‘at yon daftarchasi tutishlari o‘rni, shuningdek, 5–11-
sinf ona tili darsliklaridagi lug‘at so‘zlardan foydalanishning til o‘rgatishdagi metodik ahamiyati
tahlil etiladi. Maqolada amaliy misollar orqali o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishda lug‘at
daftarchasining samarali vosita sifatida xizmat qilishi asoslab beriladi.

Kalit so‘zlar:

leksikologiya, lug‘at yon daftarchasi, ona tili darsligi, lug‘at so‘zlar, o‘quvchi

so‘z boyligi, metodika, amaliy yondashuv.

Abstract:

This article analyzes the role of keeping a dictionary notebook for

schoolchildren in the process of studying and enriching the lexical wealth of the Uzbek
language, as well as the methodological significance of using dictionary words in native
language textbooks for grades 5–11 in language teaching. The article substantiates the fact that
the dictionary notebook serves as an effective tool in increasing students' vocabulary through
practical examples.

Key words:

lexicology, dictionary notebook, native language textbook, vocabulary words,

student vocabulary, methodology, practical approach.

Bugungi ta’lim tizimida o‘quvchilarning til boyligini oshirish, ularda lingvistik tafakkurni

shakllantirish hamda kontekstda so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llash malakasini rivojlantirish dolzarb
vazifa sanaladi. Shu nuqtayi nazardan, bizda shunday savol tug‘ilishi mumkin: “Nega
o‘quvchi,talabada boshqa chet tillarini o‘rganish jarayonida hamisha yangi so`zlar uchun lug‘at
daftarchasi bo‘ladi-yu,o‘zbek tilini o‘rganayotganda bu usulni qo‘llashmaydi?!Bu jarayonda
lug‘at so‘zlaridan to‘g‘ri foydalanish va ularni tizimli o‘rganish, ayniqsa, yangilangan darsliklar
asosida yuritiladigan lug‘at yon daftarchasi muhim metodik vosita bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbek tilining leksik boyligi haqida bilim berishda faqatgina so‘zning izohini o‘rganish

emas, balki uning kontekstdagi qo‘llanilishi, uslubiy ranglari va ma’no o‘zgarishlarini ham
tushunish zarur.Yangi o‘quv dasturlari asosida ishlab chiqilgan 5–11-sinf ona tili darsliklarida
o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirishga xizmat qiladigan lug‘at so‘zlariga alohida e’tibor
qaratilgan. Bu darsliklarda so‘zlar nafaqat leksik ma’nosi bilan, balki matn kontekstidagi
vazifasi, semantik yuklamasi orqali ham ochib beriladi. Shunday vaziyatda lug‘at yon
daftarchasi – har bir o‘quvchi uchun mustaqil til o‘rganish vositasiga aylanadi.Tilshunos olimlar
fikricha, so‘zning ma’no imkoniyatlarini chuqur anglash uning matndagi kontekstual vazifasini
o‘rganish orqali yuzaga chiqadi. Bu holat o‘quvchining nutqiy kompetensiyasini
shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shunday ekan, lug‘at so‘zlarini chuqur tahlil qilish, ularni
amaliy nutqga tatbiq etish va bularni o‘quv jarayonida tizimli tarzda yoritish — hozirgi o‘zbek
tilshunosligining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Lug‘at yon daftarchasi til o‘rganayotgan
shaxsning o‘zlashtirgan yangi so‘zlarini, ularning ma’nolarini, sinonim va antonimlarini, so‘z
birikmalardagi ishlatilishini qayd etib boradigan shaxsiy yon daftarchasidir. Nafaqat boshqa
millat vakili,balki o`zbek tili vakillari,ayniqsa bu ishni yoshlardan boshlash darkor.Bu vosita


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

21

nafaqat eslab qolishga, balki boshqa soha vakillari uchun ham so‘zlarni kontekstda qo‘llashga,
stilistik ma’nolarni tushunishlariga yordam beradi.

Yangi darsliklar metodik jihatdan mukammallashtirilgan bo‘lib, har bir mavzu oxirida

o‘quvchilar uchun mustaqil ishlashga mo‘ljallangan “Lug‘at ishi” topshiriqlari berilgan.

1

Bu

topshiriqlar o‘quvchini faollashtiradi, mustaqil izlanishga undaydi.10-sinf darsligida matn
asosida quyidagi so`zlar ketma-ketligi berilgan: xuruj, ongosti, g`ayriixtiyoriy, proyektor, kadr,
bestseller.

2

O‘qituvchi o`quvchiga ushbu so`zlarni lug‘at daftariga qayd qildirib,shu asosda o‘quvchiga

turli xil topshiriqlar berishi mumkin.Masalan:

Ushbu so‘zlar o‘rniga yana qanday so‘zlardan foydalanishimiz mumkin;
Quyidagi so‘zlar yordamida 1daqiqalik matn tuzing va uni og‘zaki bayon qiling;
Berilgan so‘zlar darslikda qanday ma’no anglatib kelgan va “O‘zbek tilining izohli

lug‘ati”da qanday ma’no anglatmoqda?

10-sinf darsligidan misol:
Shuningdek darslikda neologizm so`zlar ham taqdim etilgan: lokatsiya, fleshka, onlayn,

oflayn, bodikamera, xeshteg, skaner, skrinshot, parol, masterklass, QR-kod, sayt, chellenj,
startap, yuzer, trening va h.k.

3

Ushbu so`zlarni lug‘at daftarga qayd qildirib,ularga o`zlari

qanday so‘z taklif qilsalar,shu so‘zni yozishlarini va mashq daftarga shu asnoda esse
yozishlarini topshiriq qilish maqsadga muvofiq bo`ladi.

11-sinf darsligida keltirilgan tibbiyot tilida qo`llanuvchi so‘zlar “yumshoq ifodalar” va

ochiq ma`nosi

4

ko`rinishida jadvalda so‘zlar keltirilgan.O‘quvchiga yana shunga o‘xshash

so‘zlarni topib,matn tuzishlarini va bu matndan yodlarida eslab qolishlari uchun qiziqarli
o‘yinlar topib kelishlarini yoki videomatn va audiomatn shaklida tayyorlanib kelishlarini
topshiriq qilish mumkin.

O‘qutuvchi quyidagi ko`rinishda nostandart testlar ham tuzib,dars jarayonlarida qo‘llashi

mumkin:

Quyida keltirilgan so`zlarni izohi bilan moslashtiring(ikkitasi ortiqcha)
1. Ijtimoiy ong
2. Integratsiya
3. Tahliliy tafakkur
4. Ekotizim
5. Virtual haqiqat
6. Insonparvarlik
7. Multimadialik
8. Ma’rifatparvarlik
9. Dialog madaniyati
10. Axborot maydoni

A. Turli millat va sohalar o‘rtasidagi
uyg‘unlashuv jarayoni
B. Internet va media orqali shakllangan
axborotlar fazosi
C. Har bir insonni qadrlovchi va hurmat
qiluvchi yondashuv
D. Ekologik muvozanatni tashkil etuvchi tizim
E. Bilimni jamiyatga yoyish, o‘rgatishga intilish
F. Qiyosiy, sababli tahlil qilish qobiliyati
G. Inson va texnika munosabati bilan bog‘liq
soha

1

B.Mengliyev,Sh.Abdurahim,K.Mavlonova,M.Siddiqov,S.Atoyeva.10-sinf ona tili darsligi.Toshkent-2022,222 bet.

2

B.Mengliyev,Sh.Abdurahim,K.Mavlonova,M.Siddiqov,S.Atoyeva.10-sinf ona tili darsligi.Toshkent-2022,45.1-

mashq,154-bet.

3

B.Mengliyev,Sh.Abdurahim,K.Mavlonova,M.Siddiqov,S.Atoyeva.10-sinf ona tili darsligi.Toshkent-2022,106-bet.

4

N.M.Mahmudov,Y.R.Odilov,G.Sh.Ziyodullayeva.11-sinf ona tili darsligi II qism.Toshkent: “O‘zbekiston” 2018, 9.1-

topshiriq,34-bet.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

22

H.

Jamoada,

jamiyatda

shakllanuvchi

dunyoqarashlar majmuasi
I. Suhbat, muloqot yuritish qoidalariga amal
qilish
J. Yangi texnologiyalar asosida ko‘p turdagi
axborot vositalaridan foydalanish
K. Haqiqatni yolg‘ondan ajratib turuvchi bilish
mezoni
L. Kompyuter va raqamli texnologiyalar
yordamida yaratilgan sun’iy muhit

Ushbu so‘zlar o`rnida yana qanday so‘zlar qo`llash mumkin edi?
Darslikda keltirilgan matnlardan ham foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi.
10-sinf darsligidan olingan “Gender tengligi”matnida: “

Turkiylarning qadim

tasavvurlaridan nishona berguvchi Umay ona, Ayoz momo, Momoqaldiroq, Chir ine (ona yer) kabi

kult

lar ham bizning tariximizda ayolga-yaratuvchiga bo'lgan munosabatdan darak

beradi”

5

.

Lug‘atdan ushbu so`z

(kult)

ning ma’nosini toping va matnda qanday ma’noda

qo‘llanganini aniqlang.

Javob:__________________________________________________
O‘qituvchilar yuqoridagi metodlardan,testlardan foydalanishsa, o‘quvchilar yodida

yanada yaxshiroq qolishiga yordam beradi va natijada o‘quvchini darsga yanada qiziqishi
ortib,so`zlarni lug‘at daftarchasiga kiritib boradi.Shu tarzda lug‘at so‘zlarini izohlash va ularni
o‘z matnida ishlatish orqali o‘quvchi til boyligini mustahkamlab boradi.

O‘quvchi yangi so‘zlarni o‘z daftarchasiga yozish, ularni takrorlash, eslab qolish

jarayonida xotira, tafakkur, assotsiatsiya va idrok faol ishtirok etadi. Bu psixolingvistik
jarayonlar orqali tilning aktiv va passiv lug‘aviy bazasi kengayadi.

Metodik jihatdan, lug‘at daftarchasidan:
diktant, matn tuzish,
so‘z o‘yinlari,
ibora yasalishi,
so‘z turkumlarini aniqlash kabi topshiriqlarda foydalanish mumkin.
Masalan, 11-sinf darsligida berilgan Sh.Rahmatullayevning “O`zbek tilining izohli

frazeologik lug’ati”dan olingan: “Ko‘zining paxtasi chiqmoq”

6

iborasidan foydalanib, quyidagi

jumla tuzish mumkin:

Komiljon bu voqeadan qattiq ta`sirlanganidan, ko‘zining paxtasi chiqib keta yozdi.

Bu orqali o‘quvchi nafaqat so‘z ma’nosini, balki uning ijtimoiy vazifasini ham o‘zlashtiradi.
Lug‘at yon daftarchasini yuritish – o‘zbek tilining leksik boyligini egallashda samarali va

mustahkam vositadir. Ayniqsa, 10–11-sinflar uchun mo‘ljallangan yangi ona tili darsliklarida
berilgan lug‘at so‘zlari bilan ishlash o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini, so‘z boyligini, ifoda
uslubini rivojlantiradi. Shu bois, tilshunoslikning leksikologiya bo‘limida bu jarayon ilmiy-
metodik jihatdan chuqur tahlil qilinmog‘i zarur.

5

B.Mengliyev,Sh.Abdurahim,K.Mavlonova,M.Siddiqov,S.Atoyeva.10-sinf ona tili darsligi.Toshkent-2022,55-bet.

6

Sh.Rahmatullayev.O ‘zbek tili frazeologik lug’ati.Toshkent: “G`afur G’ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy

uyi”2022.252-bet.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

23

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

B.Mengliyev, Sh.Abdurahim, K.Mavlonova, M.Siddiqov, S.Atoyeva.10-sinf ona tili darsligi.

Toshkent-2022, 222 bet.
2.

B.Mengliyev,Sh.Toshmirzayeva,S.Atoyeva,S.Majidova.11-sinf ona tili darsligi I qism.

Toshkent: “O‘qituvchi”,2020, 110 bet.
3.

N.M.Mahmudov,Y.R.Odilov,G.Sh.Ziyodullayeva.11-sinf ona tili darsligi II qism.Toshkent:

“O‘zbekiston”-2018, 94 bet.
4.

Sh.Rahmatullayev.O ‘zbek tili frazeologik lug’ati.Toshkent: “G`afur G’ulom nomidagi

nashriyot matbaa ijodiy uyi”2022, 635 bet.

Библиографические ссылки

B.Mengliyev, Sh.Abdurahim, K.Mavlonova, M.Siddiqov, S.Atoyeva.10-sinf ona tili darsligi. Toshkent-2022, 222 bet.

B.Mengliyev,Sh.Toshmirzayeva,S.Atoyeva,S.Majidova.11-sinf ona tili darsligi I qism. Toshkent: “O‘qituvchi”,2020, 110 bet.

N.M.Mahmudov,Y.R.Odilov,G.Sh.Ziyodullayeva.11-sinf ona tili darsligi II qism.Toshkent: “O‘zbekiston”-2018, 94 bet.

Sh.Rahmatullayev.O ‘zbek tili frazeologik lug’ati.Toshkent: “G`afur G’ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi”2022, 635 bet.