YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
26
TADBIRKORLIK FAOLIYATINI SOLIQQA TORTISH MEXANIZMINI
TAKOMILLASHTIRISH AFZALLIKLARI
Murodov Nuriddin Nemat o‘g‘li
Navoiy Konchilik va texnalogiyalar universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15745202
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish mexanizmi va uni
takomillashtirishning afzalliklari haqida so‘z yuritildi.
Kalit sozlar:
Tadbirkorlik faoliyati, soliq tizimi, soliq tizimini takomillashtirish, iqtisodiy
barqarorlikni ta’minlash, soliqqa tortish rejimlari, soliq imtiyozlari.
Soliq tizimini takomillashtirishning bosh maqsadi iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish va
soliq yukini pasaytirishdir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, soliq qonunchiligiga kiritilgan
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar tadbirkorlik sub’ektlari uchun bir qator qulayliklar yaratgan.
Shuning uchun, O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ishlab
chiqilgan soliq siyosati asosida quyidagi yo‘nalishlar amalga oshirilmoqda:
soliq yukini pasaytirish: Tadbirkorlarga o‘zlarining ishlab topgan mablag‘lariga erkin va
mustaqil ravishda egalik qilish imkoniyatini berish uchun soliq yukini bosqichma-bosqich
kamaytirish. Bu, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga biznesni kengaytirish va o‘z
faoliyatini samarali tashkil etish imkonini beradi. Bu jarayonning asosiy maqsadi
tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning iqtisodiy faolligini rag‘batlantirishdir.
byudjetning barqarorligini ta’minlash: Soliq siyosatining boshqa bir muhim yo‘nalishi -
bilvosita soliqlarni ko‘paytirish orqali davlat byudjetining daromad qismidagi barqarorlikni
ta’minlashdir. Bu soliqlarni to‘lashda ortiqcha yukni kamaytirib, aholi va tadbirkorlar uchun
qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
soliqlarni birxillashtirish va mexanizmlarni soddalashtirish: Soliq tizimini yanada
soddalashtirish va soliqlar sonini kamaytirish, shuningdek, ularni hisoblash va to‘lash
mexanizmlarini soddalashtirish doimiy ravishda amalga oshirilmoqda. Bu ishlar soliq
to‘lovchilarga o‘z soliq majburiyatlarini osonroq va tez bajarish imkonini beradi, bu esa soliq
yig‘imining oshishiga olib keladi.
tabiiy resurslardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish: Qaytadan tiklanmaydigan tabiiy, er
va suv resurslarini ehtiyotkorlik bilan ishlatish ham soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan
biridir. Bunday resurslar orqali soliq to‘lovlarini takomillashtirish va tabiiy boyliklarni yanada
samarali boshqarish, ekologik barqarorlikni saqlashga yordam beradi.
Soliq siyosatining belgilangan yo‘nalishlarini amalga oshirishda tadbirkorlik
sub’ektlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish o‘ziga xos muhim ahamiyat kasb
etadi. Ushbu jarayonni chuqur tahlil qilish uchun har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida
yondashuvlarni ko‘rib chiqish zarur.
Birinchi navbatda, aholining daromadlarini rasmiylashtirish masalasi iqtisodiy
barqarorlikni ta’minlash va jamiyatning moliyaviy salohiyatini oshirishda katta o‘rin tutadi.
Aholi daromadlarining rasmiy ro‘yxatdan o‘tishi nafaqat ularning moliyaviy huquqlarini
kafolatlaydi, balki davlat byudjetining barqaror daromad manbalarini shakllantirishga ham
xizmat qiladi. SHu maqsadda, aholining real daromadlarini oshirish orqali ularning xarid
qobiliyatini ko‘paytirishga qaratilgan islohotlar bevosita iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi. Bu
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
27
yo‘nalishda, ikkinchi darajali bo‘lgan bevosita soliqlar, xususan, jismoniy shaxslar daromadiga
solinadigan soliq yukining pasaytirilishi katta ahamiyatga ega.
Jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solishni samarali tashkil etish ijtimoiy
muvozanatni saqlashda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Chunki bu turdagi soliqlar bevosita
aholi turmush darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ham daromad solig‘ini hisoblashda
qo‘llaniladigan soliq shkala doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda. Ushbu shkalaning
zamonaviylashtirilishi soliq tizimining adolatli va shaffof bo‘lishini ta’minlaydi, bu esa aholi
orasida ijobiy qabul qilinadi.
Daromad solig‘i bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar faqatgina ijtimoiy ahamiyatga ega emas,
balki iqtisodiy rivojlanishning ham muhim bir bo‘g‘ini sifatida namoyon bo‘ladi. Misol uchun,
aholining daromadlariga soliq solish tizimida soliq yukining pasaytirilishi, bir tomondan,
aholining ixtiyorida ko‘proq mablag‘ qolishiga imkon yaratadi. Bu mablag‘lar esa iqtisodiyotda
iste’molni oshiradi, bozor talabini kuchaytiradi va natijada ishlab chiqarish hajmi
kengayishiga olib keladi.
Soliq tizimini takomillashtirish jarayonida asosiy e’tibor bilvosita soliqlarga qaratiladi.
Chunki bu turdagi soliqlar tovarlar, xizmatlar yoki ishlarga narx orqali ustama sifatida
qo‘shiladi va oxir-oqibat iste’molchi tomonidan qoplanadi. Ushbu xususiyat bilvosita
soliqlarning ishlab chiqaruvchi korxonalarning moliyaviy holatiga bevosita ta’sir qilmasligini
ta’minlaydi va ular uchun iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qilmaydi.
Shuningdek, bilvosita soliqlar bevosita soliqlarni kamaytirish sharoitida davlat
byudjetining daromad qismini barqaror saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Byudjetni to‘ldirishda
ulardan tushadigan mablag‘ning o‘rni sezilarli darajada ortib boradi. Bu soliqlarning to‘lanishi
iste’mol hajmi bilan bog‘liq bo‘lib, ular iqtisodiy jarayonlarning faolligi darajasiga mos
ravishda tushumlar ta’minlaydi.
Bundan tashqari, bilvosita soliqlarni samarali boshqarish soliq tizimining soddaligini
ta’minlash, resurslarni oqilona ishlatish va davlat moliyaviy barqarorligini oshirish uchun
imkon yaratadi. Shu sababli, bilvosita soliqlar iqtisodiyotning barcha darajalarida muhim
moliyaviy vosita sifatida qabul qilinadi. Bu holat nafaqat davlat manfaatlarini himoya qiladi,
balki iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi.
Kelgusida tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish
uchun asosiy vazifalar quyidagicha ko‘rinish oladi:
•
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun soliq yukini izchil ravishda kamaytirish;
•
Soliq to‘lovchilar o‘rtasida bir xil sharoit yaratish maqsadida tanlangan yoki asossiz soliq
imtiyozlarini bartaraf etish va soliq qoidalarini tenglashtirish;
•
Ish haqi fondiga nisbatan soliq yukini kamaytirish orqali korxonalarga qo‘shimcha
imkoniyatlar yaratish;
•
Tabiiy resurslarni samarali boshqarishni ta’minlovchi soliq mexanizmlarini
rivojlantirish;
•
Ayrim soliqlar bo‘yicha hisoblash va to‘lash tartibini, shuningdek, soliqqa tortish
bazalarini unifikatsiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi amaliy qadamlar qo‘yilishi lozim:
•
Yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq yukini bosqichma-bosqich
kamaytirishni davom ettirish. Bu jarayonda, ayniqsa, jismoniy shaxslarning daromadlarini
soliqqa tortish chegaralarini kengaytirish va soliq stavkalarini qayta ko‘rib chiqish muhimdir;
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
28
Soliq bazasi o‘xshash bo‘lgan turdagi soliqlarni birlashtirish orqali soliq tizimini yanada
soddalashtirish;
Yuridik shaxs maqomi mavjud bo‘lmagan tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan
soliqlarni bosqichma-bosqich bekor qilish va ularning daromadlarini umumiy tartibda soliqqa
tortish tizimiga o‘tkazish;
Soliq yukini adolatli taqsimlashni ta’minlash maqsadida soliq imtiyozlarini qayta ko‘rib
chiqish va optimallashtirish;
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni er uchastkalarining normativ
qiymati asosida yagona soliq tizimiga asta-sekinlik bilan o‘tkazish.
Yuqoridagi chora-tadbirlar soliq tizimining shaffofligini oshirishga, iqtisodiyotning
rivojlanishiga rag‘batlantiruvchi omil bo‘lishga, shuningdek, davlat byudjeti daromadlarini
barqarorlashtirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Kichik biznes sub’ektlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish jarayonida,
avvalo, ularning aniq mezonlarini belgilash muhim rol o‘ynaydi. Bu esa, o‘z navbatida, soliqqa
tortish tizimining samaradorligini oshirish va adolatli yondashuvni ta’minlashga xizmat qiladi.
Ta’kidlash joizki, dunyoning ko‘plab davlatlarida keng qo‘llanilib kelinayotgan maxsus
soliqqa tortish rejimlari respublikamizda ham moslashtirilgan holda joriy etildi va bugungi
kunda o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Xususan, kichik korxonalar uchun yagona soliq
tizimining amaliyoti rivojlanishning muhim omiliga aylangan. Ushbu tizimning tatbiqi
natijasida kichik biznes sub’ektlarini rivojlantirish, xususiy sektor daromadlarini
qonuniylashtirish va fuqarolar orasida tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish uchun qulay
shart-sharoitlar yaratildi.Mazkur yondashuvning afzalligi shundaki, u nafaqat kichik
korxonalarga moliyaviy yukni kamaytirish imkonini beradi, balki ular uchun oson va sodda
soliqqa tortish mexanizmini shakllantirib, iqtisodiy faollikni rag‘batlantiradi. SHu bilan birga,
aholining tadbirkorlik faoliyatida ishtirokini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va
iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishda samarali vositaga aylandi. Shunday qilib, kichik
korxonalarni soliqqa tortishda maxsus rejimlarni qo‘llash orqali davlat nafaqat biznes
muhitini qo‘llab-quvvatlamoqda, balki iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun mustahkam
poydevor yaratmoqda.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi.
2018 y.
2.
O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respudlikasida tadbirkorlik to’g’risida»
qonunidan
3.
Usmonov S. N, Dadaboyev Y. Tadbirkorlik asoslari. Farg’ona nashriyoti. 2000-y.