YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
140
FRAZEOLOGIZM VA PAREMALAR HAMDA ANTROPONIMLARNING
LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
Nigora Raxmatullayeva
Universitiy of Business and Science
Nodavlat oily ta’lim muassasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15734464
Annotatsiya:
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi barqaror birikmalar ularning turlari semantik
strukturasi component tahlil qilinadi. Frazemalar, maqol, matallarning milliy-madaniy
bo‘yoqdorlik masalasi yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
leksema, semantik struktura, frazema, frazeologik birikma, paremalar.
Абстрактный:
В статье анализируются устойчивые соединения в узбекском языке, их типы,
семантическая структура и компоненты. Обсуждается вопрос национально-культурной
окраски идиом, пословиц и поговорок.
Ключевые слова:
лексема, семантическая структура, фразема, фразеологическое
сочетание, паремы.
Abstract:
This article analyzes the types of stable compounds in the Uzbek language, their semantic
structure, components. The issue of the national-cultural coloring of phraseology, proverbs,
sayings is highlighted.
Keywords:
lexeme, semantic structure, phraseology, phraseological combination,
paremas.
Ikki va undan ortiq so`zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga
tayyor olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo`lgan til birliklari
barqaror birikmalar
deyiladi.
Barqaror birikmalar sirasiga frazeologizmlar, maqol va matallar, aforizmlar kiritiladi.
Ulr ham milliy mohiyatga ega lingvomadaniy birliklardir.
Ikki va undan ortiq so`zning barqaror munosabatidan tashkil topgan, ma`nosi odatda bir
so`zga, ba`zan so`z birikmasi, gapga teng keladigan, nutqqa tayyor holda olib kiritiluvchi,
ko`chma ma`noli barqaror (turg`un) birikma
ibora
yoki
frazeologizm
deyiladi. Masalan,
1. U
ilonning yog`ni yalagan
odam. 2. Biz-ning orzularimiz ko`p edi, ammo
peshonamizga
yozilgani
shu bo`ldi.3. Ikkala do`st
gapni bir joyga qo`yib
ish boshlashdi.
Bu gaplarda
ilonning
yog`ini yalagan
(
mug`ombir
),
peshonamizga yozilgani
(
taqdir, qismat
),
gapni bir joyga qo`ymoq
(
ahdlashmoq, kelishmoq
) frazologizmlari qo`llangan.
Frazeologizmlar tilshunoslikda
frazema, frazeologik birikma, ibora
deb ham ataladi.
1
O‘zbek tilida to‘y uzvli frazeologizmlar ham mavjud:
to‘ydan ilgari nog‘ora qoqmoq,
to‘ydan oldin nog‘ora chalmoq
kabi.
To‘ydan ilgari nog‘ora qoqmoq
frazeologizmi
“ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa
haqida hovliqmalik bilan vaqtidan oldin gapirib yurmoq ”
ma’nosini anglatadi/ Mazkur ibora
to‘ydan oldin nog‘ora chalmoq
variantida ham qo‘llanadi
. Masalan,
To‘ydan ilgari nog‘ora
chalma,
xotin, hali o‘g‘ling uylanadigan bo‘lgani yo‘q. Avval o‘qishini bitirsin, ishi tayin bo‘lsin.
(P.Qodirov. Uch ildiz)
1
Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi. – Toshkent, 2019. – B.118.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
141
To‘ydan ilgari nog‘ora qoqmoq
frazeologizmi ga
p odadan oldin chang ko‘tarmoq
frazeologik birligi sinonim bo‘ladi.
Maqol va matallar ham lingvomadaniy birliklardir. Maqol, matal va aforizmlar
paremalar
deb ham yuritiladi.
Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, alohida ritmik-melodik xususiyatlarga ega,
xalq donishmandligi mahsuli bo`lgan barqaror birikmalar
maqol
sanaladi.
2
O‘zbek tilida to‘y
uzuvli va to‘y konsepti bilan bog‘liq maqol va matallar ham mavjud.
To‘y
etnografizmi o‘zbek
tilida quyidagi ma’nolarda qo‘llanadi:
O‘zbek lingvomadaniyatida to‘y marosimi shunchalar chuqur o‘rin olganki, bu xalq
og‘zaki ijodida ham yorqin kuzatiladi. O‘zbek tilida to‘y qo‘shiqlari, ya’ni laparlar, yor-yor bilan
bir qatorda paremalar ham yaratilgan.
“To‘ydan oldin nog‘ora qoqma”, “To‘yga borsang, to‘yib bor”, “To‘yga borsang, to‘yib bor,
To‘rqa to‘ning kiyib bor”, “To‘y oshi – to‘polon oshi”, “To‘yning boshi – boshlanguncha”, “Qo‘y
semizi – qo‘ychidan, To‘y tamizi – to‘ychidan”, “To‘y kimniki – tegishliniki”, “To‘y – Xudoning
xazinasi”, “To‘y ustiga to‘y bo‘lsin, Balo-qazo yo‘q bo‘lsin”
kabi.
3
Bu maqollar va ularning
variantlarida o‘zbek xalqiga xos to‘y bilan bog‘liq ezgu an’analar, urf-odatlar, xususan,
yaqinlarga, qarindoshlarga duo qilib to‘y qilishni tilash, to‘yning ezgulik, to‘kinlik, tinchlik,
hamjihatlik, yaqinlik, o‘yin-kulgu, xursandchilik, mehmondo‘stlik ramzi sifatida talqin qilinishi
ularning haqqiqiy lingvomadaniy birlik ekanligidan dalolat beradi.
To‘y
uzuvli paremalarning har biri alohida mazmunga ega, biroq ularning barchasida to‘y
bilan bog‘liq masalalargina emas, sabr-toqat, saxovat, elga hurmat, himmat, nafsnitiyish,
kamtarlik bilan axloq-odobga doir pand-u o‘gitlar ham o‘rin olgan.
“To‘yga borsang, to‘yib bor, `yomonliging qo‘yib bor”
maqoli
“Jamoat yig‘iladigan joylariga,
jumladan to‘yga, mehmondorchilikka “alaqay-shalaqay” bo‘lib borma, durustroq kiyimingni kiyib
bor: jamoat yig‘ilgan joyda yomonlik qilma, nihoyatda odob saqla, to‘y-ziyofatda ovqatni
ochko‘zlardek orqa-o‘nginga qaramay yema”
deb nasihat qilganda aytiladi.
4
“To‘yga borsang,
to‘yib bor, To‘rqa to‘ning kiyib bor”
maqoli ham xuddi shu mazmunga ega. Maqoldagi dialectal
to‘rqaso‘zi to‘n, ya’ni shoyi matodan tikilgan to‘n ma’nosida qo‘llangan.
“To‘yga borsang, to‘yib bor, Bo‘z xaltangni qo‘yib bor”, “To‘y oshi – to‘polon
oshi”
maqollarida esa
“to‘y oshi va boshqa pishiriqlar ko‘pchilikka mo‘ljallangan. Mehmonlar
ko‘payib ketsa, kamroq suzilishi, nimadir yetishmay qolishi mumkin, bundan gina qilma,
o‘pkalama, xafa bo‘lma/ Totib ko‘rsang ham to‘ygandek bo‘lasan”
deyiladi.
Xalqimizning “
To‘yga borsang, burun bor, `Burunborsang, o‘rinbor”
maqolida
“Chaqirilgan
joyga, yig‘inga aytilgan vaqtda kechikmasdan yoki sal ertaroq bor, juda erta yoki kech borib to‘y
egasini xijolatga qo‘yma”
degan g‘oya ilgari suriladi.
“To‘yda so‘z ber baxshiga, Xaridor bo‘l yaxshiga” maqolida esa
“to‘y va boshqa yig‘inlarda
gapirishi lozim bo‘lgan kishilarga so‘z ber, yoshi kata nuroniy otaxon va onaxonlarning pand-u
o‘gitlarini eshit, tingla, kamroq gapir, yaxshilarga ergash, ularning ibratli fazilat hamda
xislatlarini o‘rgan, tarbiya, saboqol”
deganibratlihayotsabog‘iberiladi.
“To‘yning boshi – boshlanguncha”, “Qo‘y semizi – qo‘ychidan, To‘y tamizi – to‘ychidan”, “To‘y
kimniki – tegishliniki”, “To‘y – Xudoning xazinasi”, “To‘y ustiga to‘y bo‘lsin, Balo-qazo yo‘q bo‘lsin”
2
Uluqov N. O’shaqo‘llanma, 118-b.
3
Qarang. Шомақсудов Ш., Шораҳимов Ш. Маънолар махзани. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси,
2001. – Б.344-345.
4
Qarang. Шомақсудов Ш., Шораҳимов Ш. Ўша асар, 344-б.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
142
kabi maqollarda to‘y ezgu, muqaddas udum, marosim ekanligi, u boshlansa, albatta, qarindosh-
urug‘, yor-u birodar, qo‘ni-qo‘shni qaram turmasligi va ularning yotdami, ko‘magi bilan o‘tib
ketishi aytiladi hamda to‘y bahonasida balo-qazolarni daf bo‘lishini istab duo qilinadi.
O‘zbek tilida to‘y marosimi bilan bog‘liq antroponimlar ham yuzaga kelgan.
Qarindosh-urug‘lar, xususan, farzandning ota-onasining amma-xolasi, tog‘asi, aka-uka,
opa-singillar yoki boshqa yaqinlari, qo‘ni-qo‘shnilar to‘yi arafasida va aynan to‘yi kuni tug‘ilgan
farzandlarga yaxshi, ezgu niyatlar bilan
To‘ybegim, To‘ybek, To‘ybeka, To‘yberdi, To‘ybibi,
To‘ybobo, To‘yoy, To‘ybuvi, To‘ybo‘ldi, To‘ygul, To‘yjon (to‘ykunitug‘ilgan, jondekaziz, suyukli
bola), To‘yzoda (to‘yqizi, to‘ykunitug‘ilganqiz), To‘ykeldi (to‘ykunidunyogakelgan bola),
To‘yko‘rar (ulg‘ayib, to‘ylar ko‘rsin yoki to‘y kuni tug‘ilgan bola), To‘yli // To‘yliboy (to‘y kuni
tug‘ilgan bola yoki sog‘ ulg‘ayib to‘ylar ko‘rsin), To‘y maqsad (to‘y kuni erishilga norzu, masad),
Toymirza (to‘y kuni tug‘ilgan o‘g‘li mirzalardek kelishimli, o‘qishimli yigit bo‘lsin), To‘ymurod
(to‘y kuni erishilgan orzu, masad yoki (to‘y kuni tug‘ilgan o‘g‘il ulg‘ayib murodu maqsadiga
yetsin),To‘ymuhammad ((to‘y kuni tug‘ilgan bolani Muhammad (sav) panohida asrasin),
To‘ynazar, To‘yniyoz, To‘ypo‘lat, To‘ysuluv, To‘ytemir, To‘ytirak, To‘yturdi, To‘yxon, To‘yxo‘ja,
To‘ychi, To‘ychiniso, To‘ychiqul, To‘yqiz, To‘yqul
va boshqa 40 dan ziyodi smlar ko‘pu chraydi.
5
Tahlillardan ko‘rinadiki, o‘zbek xalqiga xos
to‘y
uzuvli va u bilan bog‘liq maqollar hamda
kishi ismlarida xalqimizga xos bolajonlik, mehmondo‘stlik, elparvarlik, saxovatpeshalik va
halollikka chorlov kuzatiladi. Mazkur maqollar ana shunday o‘zbek xalqiga xos urf-odatlar,
marosimlar bilan bog‘liq axloq-odob qoidalarni, yashash tarzini, lisoniy-madaniy axborotlarni
ifodalashi lingvomadaniy mohiyat kasb etadi. Yuqoridagi maqollar bugungi kunda ham o‘z
mazmun-mohiyatini yo‘qotmagan. Ularda qatidagi ibratli pand-u o‘gitlar ayanan bugungi
yoshlarga mehmondorchilik, jamoat joylarida yurish-turish, ommaviy-madaniy, rasmiy
tadbirlarga qatnashish odobidan saboq beradi va bu asrlar davomida bardavom etadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi. – Toshkent, 2019. – B.118.
2.
Uluqov N. O’shaqo‘llanma, 118-b.
3.
Шомақсудов Ш., Шораҳимов Ш. Маънолар махзани. – Тошкент:
4.
Ўзбекистон
миллий
энциклопедияси.–Тошкент:
Ўзбекистон
миллий
энциклопедияси, 2000. – 1-ж.
5.
Шомақсудов Ш., Шораҳимов Ш. Ўша асар, 344-б.
6.
Бегматов Э. Ўзбек исмлари. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 1998.
– Б.432-434.
5
Бегматов Э. Ўзбек исмлари. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 1998. – Б.432-434.