Авторы

  • Islom Maxmudov
    Guliston davlat universiteti 1-kurs tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.115441

Ключевые слова:

kishmish mayiz objo‘sh shtabel soyaki sabza bedona zarsimon sabza shig‘oniy girmiyon.

Аннотация

Uzumni soyaki usulda quritish juda samarali va tabiiy usul hisoblanadi. Ushbu jarayon uzumning shirinligini, ta'mini va sifatini yaxshi saqlashga yordam beradi. Shu bilan birga, quritish jarayonining harorat va namlikni nazorat qilish muhim, chunki bu mahsulotning sifatini ta'sir qilishi mumkin. Soyaki usulda quritish nafaqat uzumning sifatiga, balki uning saqlanish muddati va iste'molchilarga yetkazilishiga ham bevosita ta'sir qiladi. Ushbu maqolada uzumni soyaki usulda quritishning texnologik jarayoni haqida so‘z yuritiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

120

UZUMNI SOYAKI USULDA QURITISHNING TEXNOLOGIK JARAYONI VA

MAHSULOT SIFATIGA TA'SIRI

Maxmudov Islom Rustam o‘g‘li

Guliston davlat universiteti 1-kurs tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15804733

Annotatsiya:

Uzumni soyaki usulda quritish juda samarali va tabiiy usul hisoblanadi.

Ushbu jarayon uzumning shirinligini, ta'mini va sifatini yaxshi saqlashga yordam beradi. Shu
bilan birga, quritish jarayonining harorat va namlikni nazorat qilish muhim, chunki bu
mahsulotning sifatini ta'sir qilishi mumkin. Soyaki usulda quritish nafaqat uzumning sifatiga,
balki uning saqlanish muddati va iste'molchilarga yetkazilishiga ham bevosita ta'sir qiladi.
Ushbu maqolada uzumni soyaki usulda quritishning texnologik jarayoni haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

kishmish, mayiz, objo‘sh, shtabel, soyaki, sabza, bedona, zarsimon sabza,

shig‘oniy, girmiyon.

O‘zbekistonda uzum quritishning bir nechta texnologik uslublari mavjuddir. Ular

uzumzorlarga yaqin kichkina quritish maydonchalarida, uzumzor qator oralarida, plenka va
matolar ostida quritish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Shunday sxemalarda ochiq havoda,
quyoshda va soya joyda bostirma tagidagi maxsus xonalarda, turli tuzilishdagi sun’iy
uskunalarda quritiladi. Meva quritadigan maydon kattaligi mahsulot turiga, miqdoriga hamda
hududning ob-havo sharoitiga bog‘liq. Yuqori temperaturali va nisbiy namligi past bo‘lgan
xududlarda kichikroq maydon, past temperaturali va nisbiy namligi yuqori bo‘lgan xududlarda
katta quritish maydoni talab qilinadi. O‘rtacha 1 m

2

quritish maydonga 12-16 kg uzum yoyiladi.

Oltingugurt SO

2

tutatish uchun 27-30 m

2

(3,5x3,5x2,5 m) hajmda kamera bo‘lishi lozim. Sig‘imi

300-400 litr bo‘lgan qozonli o‘choq bo‘lishi kerak. Qaynoq suv bilan uzumni objush qilish uchun
(blanshirovka), soya joyda quritish uchun ayvoncha xonalar, mahsulot va inventarlar, 5-6 ming
dona taxtadan qilingan 90x60 sm va 60x80 sm savatlarni saqlash uchun omborlar kerak bo‘ladi.

Respublikada mayiz quritish bo‘yicha Samarqand viloyati 1-o‘rinni egallaydi. Viloyatda

yiliga 7-10 ming tonna mayiz quritiladi. Uzumdan 2 xil mahsulot, ya’ni kishmish va mayiz
olinadi. Kishmish urug‘siz uzumdan, mayiz urug‘li uzumdan tayyorlanadi. Quritiladigan eng
yaxshi navlar quyidagilardir: urug‘siz navlardan - Oq kishmish, Qora kishmish, Askari, Bedona,
Lo‘nda kishmish, Xishrav kishmish. Urug‘li navlardan - Kattaqo‘rg‘on, Sultoniy, Qora janjal,
Shtruangur - Rizamat,Qorakaltak, Oqkaltak, Aleksandr muskati. Kishmish navli uzumlardagi
qand moddasi 23- 25% ga, mayizbop navlari esa 22-23% ga yetganda uziladi. Qand moddasi
yetarli bo‘lmagan taqdirda xom ashyodan kam mayiz tushadi, uning xaridorgirlik qimmati
pasayadi, natijada quruq mahsulot ishlab chiqarish xo‘jalik uchun foydali bo‘lmay, balki zarar
keltiradi. Uzumning navi va quritish usuliga qarab quruq mahsulotning quyidagi xillari
ishlabchiqariladi: - bedona – ishqor eritmasi va oltingugurt angidridi ishlatilmay, oftobda
Oqkishmishdan quritilgan mayiz; - sabza – qaynoq ishqor eritmasiga botirib olib, oftobda
quritilgan mayiz; - zarsimon sabza – avvalo ishqor eritmasiga botirib olib va oltingugurt
angidridibilan dudlab, so‘ngra shtabelda quritilgan Oq kishmish; - soyaki – maxsus xonalarda
Oq kishmishdan soyaki qilib quritiladi. Bunda ishqorgabotirilmaydi, oltingugurt bilan
dudlanmaydi; - shig‘oniy – Qora kishmishdan quritilgan mayiz; - girmiyon – Kattaqo‘rg‘on,
Sultoni, Nimrang kabi yirik g‘ujumli uzum navlaridan tayyorlanadi. Quritishdan avval uzum
qaynoq ishqorga botirib olinadi, keyin ochiq joyga yoyib qo‘yiladi;


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

121

“Shtabel” usulida quritish. Bu usul oq, qaxrabo, sariq, yashil va och pushti rangli

uzumlardan yuqori sifatli quritilgan mahsulot olishni ta’minlaydi. Bu usulda quyidagi
jarayonlar bajariladi: blanshirovkadan keyin mahsulotni oltingugurt angidridi bilan tutatiladi
yoki oltingugurtli (sulfidli) kislotaga botiriladi. Oltingugurt angidridini sarfi 1 kg uzumga 0,6-
0,8 g. Tutatish davomiyligi tiniq rangli uzumlar uchun 60-90 daqiqa. Hamma ishlovlardan keyin
patnislar uzumi bilan bir qator qilib joylashtiriladi va 2-3 kunduzgi quritishdan keyin 15-16
patnis ustma-ust (shtabelga) joylashtiriladi. 4-5 sutkadan keyin uzum boshlari ag‘dariladi va
patnislar o‘rni almashtiriladi. Quritish davomiyligi ob-havo sharoitiga qarab 14 dan 24
sutkagacha boradi.

XULOSA.

Mayiz ishlab chiqarish dunyoning qator mamlakatlarida ishlab chiqarilishi bilan birga

mamlakatimizda ham asosiy tarmoqlardan biriga aylanib ulgurgan. Shu kabilarni hisobga olib,
Eng muhimi quruq iqlimli mintaqalarda bir necha uzum navlari hosilidan turli xildagi mayizlar
tayyorlash texnologiyalari yaratilib, amalda qo‘llanilib kelinayotkanligi. Mayiz uzumdan
tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari orasida tarkibida eng tabiiy qand miqdori yuqori bo‘lgan,
to‘yimli, transportirovkasi yuqori bo‘lgan quruq mahsulot hisoblanadi. Mayiz ishlab chiqarish
dunyoning qator mamlakatlarida ishlab chiqarilishi bilan birga mamlakatimizda ham asosiy
tarmoqlardan biriga aylanib ulgurgan. Soyaki usulda yuqori sifatli mayiz tayyorlash usullari va
texnologiyalarini takomillashtirish ustida izlanishlar olib borilmoqda.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-sonli Farmoni. 2022 yil 28 yanvar.
2.

Buriev Kh.Ch., Yenileev N.Sh. and b. Methodology of calculations and phenological

observations in experiments with fruit and berry plants. – T., 2014. – 2-51 p.
3.

Vitkovskogo V.L. Study of grape varieties (methodical instructions).–

4.

Leningrad.–1988.–S. 58

5.

Dospeshov B.A. Methodology of field experiments. – M.: Agropromizdat. - 1985. – S. 311-

320.
6.

Temurov Sh. Texts of the report “Viticulture” Tashkent –2004.–45-50-p

Библиографические ссылки

-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-sonli Farmoni. 2022 yil 28 yanvar.

Buriev Kh.Ch., Yenileev N.Sh. and b. Methodology of calculations and phenological observations in experiments with fruit and berry plants. – T., 2014. – 2-51 p.

Vitkovskogo V.L. Study of grape varieties (methodical instructions).–

Leningrad.–1988.–S. 58

Dospeshov B.A. Methodology of field experiments. – M.: Agropromizdat. - 1985. – S. 311-320.

Temurov Sh. Texts of the report “Viticulture” Tashkent –2004.–45-50-p