Авторы

  • Nadira Ilyasova
    UzDJTU xodimi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.115443

Ключевые слова:

Transsendentalizm shaxsiy erkinlik mafkuraviy uyg‘onishlar ruhiy kamolot usuli jaded individualizm

Аннотация

Transsendentalizm va Jadidchilik harakatlarida faoliyat yuritgan yozuvchi va mutafakkirlar ijodida ko‘plab umumiyliklar mavjud. Ularning asarlari orqali inson erkinligi, axloqiy yuksalish, ma’rifatparvarlik va jamiyat islohoti kabi g‘oyalar ilgari surilgan. Quyida har ikki harakat vakillarining o‘zaro qiyoslangan adiblari va ularning ijodiy o‘xshash jihatlari keltirilgan.Transsendentalizm va Jadidchilik harakatlari o‘z davrida jamiyatga yangicha qarash olib kelgan, erkin fikr, ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida xizmat qilgan harakatlardir. Ularning har biri o‘z hududi va tarixiy sharoitidan kelib chiqqan bo‘lsa-da, ichki erkinlik, o‘zgarish, va o‘zini anglash g‘oyalari orqali uyg‘unlashadi. Bugungi kunda bu harakatlar zamonaviy jamiyat rivojiga zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

113

TRANSSENDENTALIZM VA JADIDLAR HARAKATINING QIYOSIY TAHLILI

Ilyasova Nadira Dosmurat qizi

UzDJTU xodimi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15798650

Annotatsiya.

Transsendentalizm va Jadidchilik harakatlarida faoliyat yuritgan yozuvchi

va mutafakkirlar ijodida ko‘plab umumiyliklar mavjud. Ularning asarlari orqali inson erkinligi,
axloqiy yuksalish, ma’rifatparvarlik va jamiyat islohoti kabi g‘oyalar ilgari surilgan. Quyida har
ikki harakat vakillarining o‘zaro qiyoslangan adiblari va ularning ijodiy o‘xshash jihatlari
keltirilgan.Transsendentalizm va Jadidchilik harakatlari o‘z davrida jamiyatga yangicha
qarash olib kelgan, erkin fikr, ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida xizmat qilgan harakatlardir.
Ularning har biri o‘z hududi va tarixiy sharoitidan kelib chiqqan bo‘lsa-da, ichki erkinlik,
o‘zgarish, va o‘zini anglash g‘oyalari orqali uyg‘unlashadi. Bugungi kunda bu harakatlar
zamonaviy jamiyat rivojiga zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.

Kalit so‘zlar:

Transsendentalizm, shaxsiy erkinlik, mafkuraviy uyg‘onishlar, ruhiy

kamolot, usuli jaded, individualizm


Jahon adabiyotshunosligida XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Turkistondagi ma'rifatchilik

va jadidchilik harakati muhim ahamiyat kasb etgani tufayli adabiy-estetik muammolarni
ma'rifatchilik kontekstida ochib berish va anglash zarurati filologiya sohasida ham jiddiy
masalalarni kun tartibiga chiqarmoqda. Ana shu ilmiy va adabiy ehtiyojdan kelib chiqib,
o'zbek ma'rifatchiligini jahon ma'rifatchiligi bilan goyaviy estetik tamoyilaridan kelib chiqgan
holda qiyoslash, undagi ijodkor shaxsi va jamiyat taraqqiyoti qonunlariga munosabati,
ijtimoiy-axloqiy islohotlar va evrilishlarning badiiy adabiyotdagi in'ikosi kabi ilmiy
muammolar bugungi adbiyotshunoslikning dolzarb masalalaridan biridir.

Dunyo adabiyotshunosligida Amerika va o'zbek ma'rifatchilik adabiyotining umumiy

muammolarini, jadid adabiyotining vujudga kelish omillari, xorijiy manbalari va taraqqiyot
tamoyillarini o'rganishga e'tibor qaratmoqda. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, G'arbiy
Yevropa va o'zbek ma'rifatchiligi haqidagi qarashlar yangilandi, o'zbek adabiyotini jahondagi
ilgor g'oyalar bilan qiyosiy o'rganish kun tartibiga chiqdi.

XX asr boshlarida badiiy adabiyotda yangicha yashash tarzini vujudga keltirish usullarini

izlagan, istibdod sharoitida o'z taqdirini o'zi belgilash yo'lida kurashga kirishgan jadidlarning
faoliyatini ko'rsatuvchi ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj tug'ildi. Globallashuv jarayoni ta'sirida
G'arbiy Yevropa va o'zbek ma'rifatchiligini ushbu davr talablari darajasida tahlil va talqin
qilish zaruriyati tug'ildi hamda transsendentalizm va jadidlar harakatlari,ma'rifatchilik
adabiyotida yaratilgan badiiy matnlarni umuminsoniy, jahoniy, adabiy ma'nolar xazinasi
asnosida o'rganish imkoniyati vujudga keldi Mamlakatimiz Prezidentining "Bugun jonajon
O'zbekistonimiz Milliy ishdan milliy vuksalish saris degan ustuvor g'oya asosida o'z
taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil qadam qo'ymoqda»

1

degan so'zlari bevosita

adabiyotshunoslikka ham tegishli bo'lib, milliy adabiyotshunoslik oldidagi ana shu yuksak
talablardan kelib chiqib ushu tadqiqot oldiga ilmiy vazifalar qo'yildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PO-3271-sonli "Kitob

mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish,kitob mutolaasi va kitobxonlik
madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi

1

Mirziyoyev Sh. M. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Toshkent Uzbekiston, 2018- B. 42


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

114

to'g'risida", 2018 yil 5 apreldagi PQ-3652-sonli "O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida", 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-
sonli "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha
chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlarining talablari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa
me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot
ma'lum darajada xizmat qiladi. Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining
ustuvor yo'nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalari
rivojlanishining. Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy,
madaniy, ma'naviy-ma'rifiy rivojlantirishda innovatsion g'oyalar tizimini shakllantirish va
ularni amalga oshirish yo'llari" ustuvor yo'nalishiga mos ravishda amalga oshirilgan.

Jahon va o'zbek adabiyotshunosligida G'arb va Sharq adabiyotlari bilan o'zbek

adabiyotini qiyosiy o'rganishga bag'ishlangan ishlar talaygina. Biroq XIX asr oxiri XX asr
boshlarida Turkistondagi adabiy jarayon va ma'rifatchilik harakati bilan bog'liq adabiyotlarni
qiyosiy o'rganish orqali G'arbiy Yevropa ma'rifatchiligi bilan o'zbek jadid adabiyoti
masalalarini qiyosiy o'rganish ishlari etarlicha tadqiq ob'ektiga aylanmagan. Istiqlol yillarida
bu borada ulkan ishlar qilindi, jadid adiblarining xotirasi va ijodiy merosi tiklandi, asosiy
asarlari nashr etildi. Xususan, O.Sharafiddinov, N.Karimov, B.Qosimov, H.Boltaboev,
U.Dolimov, Sh.Rizaev, B.Karimov, D.Quronov, LG'aniev, N.Afoqova, U.Saidov, U.Jo'raqulov,
M.Umarova kabi o'zbek olimlari

2

E.Olvortt, A. Xolid, L.Baldauf, T. Xo'ja o'g'li kabi xorijiy

olimlarning kitob, risola va ilmiy maqolalarida

3

Yevropa va Sharq o'lkalarida turli davrlarda

kechgan ma'rifatchilik adabiyoti bilan jadid adabiyoti o'rtasida mavjud parallellarni
o'tkazishga harakat qilingan.O.Sharafiddinov, N.Karimov va B.Qosimov maqola va
tadqiqotlarida oʻzbek jadid adabiyotining Is’xoqxon To’ra Ibrat,Behbudiy. A. Avloniy, Fitrat,
A.Qodiriy, Cho'lpon namoyondalari ijodi haqida umumiy tanishtiruv maqolalari berilgan
bo'lsa, H.Boltaboyev Fitrat va uning zamondoshlari ijodini XX asr jahon adabiy kontekstida
o'rgandi; prof. U.Dolímov oʻzbek jadidchiligining eng faol sohasi bo'lgan jadid maktablaridagi
fanlar, ularni noʻqitish metodikasi masalalari bilan shug'ullandi. Sh.Rizayev jadid
dramaturgiyasi, B.Karimov jadid nasri va N.Afoqova jadid she'riyati masalalari bilan jiddiy
shug'ullandi. D.Quronov diqqat-e'tiborni Cho'lponning nasriy asarlariga qaratdi
O'zbek adabiyotshunosligida bu sohadagi eng muhim vazifalardan biri G'arb va Sharq
adabiyotlarini o'zaro uyg'unlikda o'rganish, xususan, ma'rifatchilik davri talqini masalasida
adabiy aloqalar va o'zaro ta'sirning rolini ko'rsatishdan iborat.Shuning bilan birga amerika va

2

- Шарафиддинов О. Чўлпонии англаш Тошкент Езувчи, 1994 (А Қодирий, Чўлпон, Ойбек) Тошкент MUMTOZ SO'Z, 2019 486.

Каримов Н. Уч буюк сиймо 257 6. Қосимов Б. Уйгонган миллат маърифати Тошкент Маънавият, 2011-320 б. Болтабоев Х. ХХ
аср бошлари ўзбек адабиётшунослиги ва Фитратнинг илмий мероси Филол. Фанлари доктори дисс автореф Тошкент. 1996
52 6. Фитрат ва жадидчилик Тошкент: Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашр., 2007.-215 6. Долимов У Миллий уйгоница
педагогикаси Тошкент Ношир. 2012384 6. Ризаев III Ўзбек жадид драматургиясининг шаклланиш манбалари Филол.
фанлари номзоди дисс. автореферати Т. 1995. 28 6. Қуронов Д. Чўлпон насри поэтикаси Тошкент. "Шарк" НМАК, 2004. - 280
6, Ғаниев И. Фитрат ва фитратшунослик Тошкент Фан 2005 299 6. Фитрат драмалари поэтикаси Тошкент Фан, 2005 300 6..
Афоқова Н. Жадид адабиети ва адабиетшунослиги библиографияси Тошкент. Академнашр, 2012. 299 б. Афокова Н. Жадид
шеърияти поэтикаси Тошкент: Фан, 2005 112 6., Саидов У. Шарк ва Ғарб маданиятлар туташган манзиллар. Тошкент 2007-
204 в. Жўрақулов У. Ҳудудсиз жилва Тошкент: Фан, 2006-356 6. Умарова М.Ю. Ингли ва ўзбек адабнетида ижодкор шахс ва
кахрамон муаммоси (ХІХ-ХХ аср бошлари адабиети мисолида.) Тошкент, 2022-1736.. Усмонова С. Ўзбек ва инглиз
романларида аёл рухияти тасвири. Ф ф бўйича фалсафа докт. дисс. 2021-172 6

3

Allworth E. The modern Uzbeks from the fourteenth century to the present a cultural history Stanford Hoove Institution Press,

Stanford University, 1990.-B. 53-54, Xolid A O'zbekiston tavalludi Akademnashr. 2022-21 6. Балдауф И ХХ аср ўзбек адабиетига
чизгилар Тошкент Маънавият, 2011 45 6. T Kocaogl Turkistondagi jadidchilik va inqiloblar 1900-1924 (Usmon Xo'ja xotirasiga
armug'on). Haarlem, Gollandiya SOT 2001-B 18-19.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

115

o'zbek ma'rifatchilik adabiyotini ilmiy muammo sifatida o'rganish orqali muayyan davr
adabiy merosining badiiy poetik ko'lamini belgilashga erishish mumkin. XIX asrning ikkinchi
yarmi va XX asr boshlarida dunyo bo‘ylab ijtimoiy, madaniy va mafkuraviy uyg‘onishlar
yuzaga keldi. AQShda Transsendentalizm harakati paydo bo‘lib, inson erkinligi, tabiiy hayot va
ichki ruhiy kamolot g‘oyalarini ilgari surdi. Shu bilan bir paytda, Markaziy Osiyoda, xususan
Turkiston hududida, Jadidchilik harakati shakllanib, islohot, ilm-ma’rifat va milliy uyg‘onish
g‘oyalarini targ‘ib qildi. Ushbu maqolada mazkur ikki harakatning umumiyliklari va farqlari
qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Transsendentalizm XIX asrning birinchi yarmida Amerikada,
ayniqsa Massachusetts shtatida shakllangan falsafiy va adabiy oqimdir. Bu harakatning
yetakchi namoyandalari Ralph Waldo Emerson, Henry David Thoreau kabi ziyolilar edi.
Harakat quyidagi g‘oyalarga asoslangan:

- Inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik
- Ichki intuitsiya orqali haqiqatni anglash
- Shaxsiy erkinlik va mustaqillik
- Tashqi diniy institutlardan ko‘ra ichki ruhiyatning ustuvorligi
Jadidchilik harakati XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Rossiya imperiyasi tarkibidagi

musulmon xalqlari, xususan, o‘zbek ziyolilari orasida yuzaga keldi. Is’hoqxon To‘ra Ibrat,
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi jadidlar:

- Yangi usulda (usuli jadid) maktablar ochdilar
- Ilm-fan va dunyoviy bilimlarni targ‘ib qildilar
- Ijtimoiy islohotlar, ayollar huquqi, siyosiy faollik haqida yozdilar
- Din va madaniyatni uyg‘unlashtirishga harakat qildilar
1. Ma’rifat va ichki o‘zgarish – Har ikkala harakat ham insonning ichki dunyosini

tarbiyalashga urg‘u bergan.

2. Erkin fikrlash – Transsendentalistlar ham, jadidlar ham mavjud an’anaviy qarashlarga

qarshi chiqqanlar.

3. Adabiyot orqali targ‘ibot – Har ikkisi ham adabiyot va publitsistika orqali o‘z

g‘oyalarini tarqatgan.

- Transsendentalizm AQShda, jadidchilik esa Rossiya imperiyasi tarkibidagi musulmon

jamiyatida yuzaga kelgan.

- Transsendentalizm ko‘proq falsafiy-ruhoniy yo‘nalishga ega bo‘lsa, jadidchilik ijtimoiy-

ma’rifiy va siyosiy yo‘nalishga ega.

- Transsendentalizmda diniy institutlardan mustaqillik g‘oyasi ustuvor bo‘lsa,

jadidchilikda islomiy qadriyatlar bilan uyg‘unlik muhim.

Transsendentalizm harakati namoyandalari:
-Ralph Waldo Emerson (may 25,1803-april27,1882)
-Henry David Thoreau (July 12-1817,may 6,1862)
-Margaret Fuller( may 23,1810-July 19,1850)
- Bronson Alcott (november 29,1799-march 4,1888)
Jadidchilik harakati namoyandalari:
-Is’hoqxon To‘ra Ibrat (1862-1937)
-Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919)
- Abdulla Avloniy (1878-1934)
- Munavvar Qori Abdurashidxonov (1878-1931)
- Abdurauf Fitrat(1886-1938)


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

116

Transsendentalizm va Jadidchilik harakatlarida faoliyat yuritgan yozuvchi va

mutafakkirlar ijodida ko‘plab umumiyliklar mavjud. Ularning asarlari orqali inson erkinligi,
axloqiy yuksalish, ma’rifatparvarlik va jamiyat islohoti kabi g‘oyalar ilgari surilgan. Quyida har
ikki harakat vakillarining o‘zaro qiyoslangan adiblari va ularning ijodiy o‘xshash jihatlari
keltirilgan.

Transsendentalist

adibi

Jadidchilik adibi

Ijodiy o‘xshashliklar

Ralph Waldo

Emerson

Is’hoqxon To‘ra Ibrat

Ma’rifat, mustaqil tafakkur, ruhiy

kamolot va jamiyatni uyg‘otish haqida

yozganlar.

Henry David

Thoreau

Mahmudxo‘ja

Behbudiy

Erkinlik, siyosiy ong, fuqarolik

mas’uliyati va ijtimoiy adolat

g‘oyalarini ilgari surganlar.

Margaret Fuller

Zuhra Fayziyeva

Ayollar huquqi, ta’lim-tarbiyada ayol

o‘rni va ijtimoiy tenglik haqida

yozganlar.

Bronson Alcott

Munavvar qori

Abdurashidxonov

Ta’lim sohasida islohotchi sifatida

faoliyat yuritgan, yangi maktab tizimi

tarafdori bo‘lganlar.

Walt Whitman

Abdulla Avloniy

Insonparvarlik, vatanparvarlik, axloqiy

tarbiya va xalq madaniyatini

yoritganlar.


Transsendentalizm va Jadidchilik harakati — G‘arb va Sharq tafakkurining XIX–XX

asrlarda shakllangan ikki muhim ma’naviy-falsafiy oqimidir. Ular turli tarixiy, madaniy va
ijtimoiy sharoitlarda yuzaga kelgan bo‘lsa-da, insonning ruhiy uyg‘onishi, axloqiy poklanishi,
ilm-ma’rifat orqali yuksalishi va jamiyat taraqqiyotiga faol hissa qo‘shishi zarurligini asosiy
maqsad qilib olgan. Ushbu harakatlarning asosiy vakillari — Ralph Waldo Emerson
(transsendentalizm) va Is’hoqxon To‘ra Ibrat (jadidchilik) — bu g‘oyalarni o‘z asarlari orqali
mustahkamlab, o‘z xalqlarining intellektual va ma’naviy uyg‘onishiga beqiyos hissa qo‘shgan
mutafakkirlardir.

Transsendentalizm, xususan Emerson ijodida, inson shaxsining mustaqilligi, tabiiy

dunyo bilan uyg‘unligi, ichki ruhiy dunyoni kashf etish va “Men”ni anglash kabi g‘oyalar ilgari
surilgan. Self-Reliance (O‘ziga tayanish) essesi orqali Emerson har bir kishini mustaqil fikr
yuritishga, jamiyat bosimi va an’anaviy stereotiplarga bo‘ysunmaslikka chaqiradi. Bu oqim o‘z
mohiyatiga ko‘ra, diniy institutlardan mustaqil, lekin ruhiyatga tayanadi; falsafa va adabiyotni
birlashtirgan holda, insonni makon va zamon chegarasidan yuksakda tasavvur etadi.
Jadidchilik harakati esa, Markaziy Osiyodagi musulmon xalqlarning milliy-ma’naviy
uyg‘onishiga xizmat qilgan yirik ijtimoiy-ma’rifiy harakatdir. Is’hoqxon To‘ra Ibrat bu
harakatning peshqadam vakili sifatida o‘z asarlarida, xususan Risolai Ibratda, xalqni
jaholatdan xalos etish, ilmga rag‘batlantirish, zamonaviy tafakkur va yangicha o‘qitish tizimiga
o‘tish zarurligini ilgari surgan. U diniy g‘oyalarni milliy o‘zlik va zamonaviy fanlar bilan
uyg‘unlashtirishga intilgan.

Transsendentalizm va Jadidchilik harakatining qiyosiy tahlili ularning quyidagi umumiy

va farqli jihatlarini ko‘rsatdi. Har ikkisi ham shaxsiy yuksalish, o‘zligini anglash va ma’naviy


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

117

uyg‘onishni maqsad qiladi. Ilm-ma’rifat, axloqiy kamolot va o‘z fikriga ega bo‘lish g‘oyalari
ustuvor o‘rinda turadi. Jamiyatni isloh qilish uchun avvalo individni yuksaltirish zarurligi
ta’kidlanadi. O‘z asarlari orqali xalqni uyg‘otish, ongini o‘zgartirishga xizmat qilgan.
Transsendentalizm falsafiy va individualistik xarakterga ega bo‘lsa, jadidchilik ijtimoiy-
ma’rifiy va kollektiv yondashuvni o‘zida mujassamlashtirgan.

Emersonning yondashuvi diniy institutlardan mustaqil bo‘lib, tabiat va ruh orqali ilohiy

haqiqatga yetishishni ko‘zlasa, Ibrat an’anaviy diniy asoslarni saqlagan holda yangilikni ilgari
surgan. Transsendentalizm erkin, falsafiy tafakkurga asoslangan bo‘lsa, jadidchilik ijtimoiy-
huquqiy kontekstda shakllangan harakat sifatida millat va ummat taqdiri uchun mas’uliyat
hissini kuchliroq aks ettiradi.

Yakuniy xulosa sifatida aytish mumkinki, transsendentalizm va jadidchilik harakatlari

insoniyat tarixida erkin fikr, ruhiy uyg‘onish va ma’naviy taraqqiyot yo‘lida tutgan o‘rni
beqiyosdir. Ralph Waldo Emerson va Is’hoqxon To‘ra Ibrat bu yo‘lda o‘z xalqlari tafakkurida
chuqur iz qoldirgan. Ularning qarashlari bugungi global dunyoda ham insonning ichki
dunyosi, shaxsiy erkinligi va ilm-ma’rifat yo‘lida intilishi uchun dolzarbligini yo‘qotmagan.
Ushbu qiyosiy tahlil G‘arb va Sharq tafakkuri o‘rtasidagi bog‘liqlik, ijobiy o‘zaro ta’sir va
insoniyat taraqqiyotidagi umumiy maqsadlarni ko‘rsatadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mirziyoyev Sh. M. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Toshkent Uzbekiston, 2018-

2.

Шарафиддинов О. Чўлпонии англаш Тошкент Езувчи, 1994 (А Қодирий, Чўлпон,

Ойбек) Тошкент MUMTOZ SO'Z, 2019
3.

Қосимов Б. Уйгонган миллат маърифати Тошкент Маънавият, 2011.

4.

Болтабоев Х. ХХ аср бошлари ўзбек адабиётшунослиги ва Фитратнинг илмий

мероси Филол. Фанлари доктори дисс автореф Тошкент. 1996 .
5.

Фитрат ва жадидчилик Тошкент: Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашр., 2007.

6.

Долимов У Миллий уйгоница педагогикаси Тошкент Ношир. 2012.

7.

Ризаев III Ўзбек жадид драматургиясининг шаклланиш манбалари Филол.

фанлари номзоди дисс. автореферати Т. 1995.
8.

Қуронов Д. Чўлпон насри поэтикаси Тошкент. "Шарк" НМАК, 2004

9.

Усмонова С. Ўзбек ва инглиз романларида аёл рухияти тасвири. Ф ф бўйича

фалсафа докт. дисс. 2021
10.

Allworth E. The modern Uzbeks from the fourteenth century to the present a cultural

history Stanford Hoove Institution Press, Stanford University, 1990.
11.

Xolid A O'zbekiston tavalludi Akademnashr. 2022.

12.

Балдауф И ХХ аср ўзбек адабиетига чизгилар Тошкент Маънавият, 2011.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh. M. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Toshkent Uzbekiston, 2018-

Шарафиддинов О. Чўлпонии англаш Тошкент Езувчи, 1994 (А Қодирий, Чўлпон, Ойбек) Тошкент MUMTOZ SO'Z, 2019

Қосимов Б. Уйгонган миллат маърифати Тошкент Маънавият, 2011.

Болтабоев Х. ХХ аср бошлари ўзбек адабиётшунослиги ва Фитратнинг илмий мероси Филол. Фанлари доктори дисс автореф Тошкент. 1996 .

Фитрат ва жадидчилик Тошкент: Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашр., 2007.

Долимов У Миллий уйгоница педагогикаси Тошкент Ношир. 2012.

Ризаев III Ўзбек жадид драматургиясининг шаклланиш манбалари Филол. фанлари номзоди дисс. автореферати Т. 1995.

Қуронов Д. Чўлпон насри поэтикаси Тошкент. "Шарк" НМАК, 2004

Усмонова С. Ўзбек ва инглиз романларида аёл рухияти тасвири. Ф ф бўйича фалсафа докт. дисс. 2021

Allworth E. The modern Uzbeks from the fourteenth century to the present a cultural history Stanford Hoove Institution Press, Stanford University, 1990.

Xolid A O'zbekiston tavalludi Akademnashr. 2022.

Балдауф И ХХ аср ўзбек адабиетига чизгилар Тошкент Маънавият, 2011.