YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
88
5-7-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN TASVIRIY SAN’AT MASHG‘ULOTLARIDA
ZAMONAVIY VIZUAL VOSITALARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Hamidova Dildora Muxiddin qizi
Navoiy Davlat Universiteti
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”
ta’lim yo‘nalishi 2 “E” guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15779306
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada 5-7-sinf o‘quvchilari uchun tasviriy san’at
mashg‘ulotlarida zamonaviy vizual vositalardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Ta’lim jarayonida multimedia, interaktiv texnologiyalar, virtual reallik va animatsiya
elementlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarda badiiy tafakkur, estetik did va ijodiy
salohiyatni rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. SHuningdek, zamonaviy vositalardan
foydalanishning metodik yondashuvlari hamda amaliy samaralari bo‘yicha takliflar berilgan.
KALIT SO‘ZLAR:
Tasviriy san’at, vizual vositalar, zamonaviy texnologiyalar, 5-7-sinf,
badiiy ta’lim, estetik tarbiya, multimedia, ta’lim metodikasi.
Bugungi kunda ta’lim sohasida yuz berayotgan global o‘zgarishlar, jumladan, raqamli
texnologiyalarning jadal rivojlanishi va zamonaviy vositalarning ta’lim jarayoniga joriy etilishi
bevosita tasviriy san’at ta’limida ham yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Ayniqsa, 5-7-
sinf yoshdagi o‘quvchilar uchun vizual vositalar orqali bilim berish jarayoni nafaqat nazariy,
balki amaliy jihatdan ham yuqori samara berayotgani ilmiy va metodik tadqiqotlarda
isbotlangan.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek – “Yoshlarimizni ertaga
jamiyatning yetuk va zamonaviy fikrlaydigan a’zolari qilib tarbiyalashni istasak, ularni bugun
yetarlicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlashimiz shart”
1
.
Bu fikrdan kelib chiqib, maktab ta’limida, xususan, badiiy ta’lim sohasida zamonaviy
vizual vositalardan samarali foydalanish muhim vazifalardan biriga aylandi. Zamonaviy
dunyoda tasviriy san’at nafaqat san’atshunoslik fani, balki umumiy vizual tafakkurni
shakllantiruvchi asosiy fanlardan biriga aylanmoqda.
Mazkur maqola zamonaviy vizual vositalar (interaktiv doskalar, multimediali
prezentatsiyalar, virtual reallik vositalari, grafik planshetlar va boshqalar)ning tasviriy san’at
darslaridagi o‘rni va ahamiyatini 5-7-sinflar misolida tahlil qiladi. Shu orqali o‘quvchilarda
estetik didni shakllantirish, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish va san’atga bo‘lgan qiziqishni
oshirish masalalariga yechim taklif etiladi.
Shuni aytish joizki, 5-7-sinflarda tasviriy san’at mashg‘ulotlarida zamonaviy vizual
vositalardan foydalanishga oid tadqiqotlar so‘nggi yillarda ko‘payib borayotgan bo‘lsa-da,
ushbu yo‘nalishda ilmiy-metodik ishlar hanuz yetarlicha to‘liq ishlab chiqilmagan. Ayniqsa,
maktab bosqichida badiiy ta’limda raqamli texnologiyalar, interaktiv metodlar va animatsiya
imkoniyatlarini amaliy ravishda joriy etishning metodologik asoslari hali ham to‘liq
shakllanmagan.
Xalqaro darajada bu borada AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Finlyandiya kabi
davlatlarda o‘quvchilarning vizual fikrlashini rivojlantirishda AR/VR texnologiyalar, Adobe
Creative Cloud dasturlari, interaktiv planshetlar keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, Janubiy Koreya
1
Sh.Mirziyoev, 2023 yil, Xalq ta’limi tizimiga bag‘ishlangan yig‘ilishdan
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
89
maktablarida “Digital Art Lab”lar tashkil qilinib, yoshlarda ijodiy tafakkurni texnologik
muhitda rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekistonda esa 2022-2023 yillar davomida xalq ta’limi, san’at va madaniyat
sohalaridagi bir qator islohotlar, jumladan:
– “2021-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xalq ta’limi tizimini rivojlantirish
konsepsiyasi”;
– “Ma’naviy-ma’rifiy sohani yanada rivojlantirishga oid Prezident qarori” (2023);
– “Maktab ta’limida raqamli texnologiyalarni joriy etish dasturi" (2022) kabi hujjatlarda
bevosita umumiy o‘rta ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim vositalaridan keng foydalanish
belgilangan bo‘lsa-da, aynan tasviriy san’at darslaridagi amaliyot bu sohadagi tadqiqotlarning
dolzarbligini ko‘rsatmoqda.
Shu sababli mazkur maqolada tasviriy san’at ta’limida zamonaviy vizual vositalardan
foydalanishning imkoniyatlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi.
Mazkur tadqiqotimizning ilmiy ahamiyati shundaki, u 5-7-sinf o‘quvchilarida estetik
ta’lim va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan zamonaviy vizual
vositalarni tasviriy san’at mashg‘ulotlariga integratsiya qilishning ilmiy-nazariy asoslarini
belgilaydi. Maqolada zamonaviy texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, ularning
psixologik-pedagogik ta’siri hamda metodik yondashuvlar ilmiy tahlil qilinadi.
Amaliy jihatdan esa, mazkur tadqiqot:
– tasviriy san’at o‘qituvchilariga innovatsion ta’lim vositalaridan samarali foydalanish
bo‘yicha metodik tavsiyalar beradi;
– 5-7-sinflar uchun dars ishlanmalari, mashg‘ulotlarda multimedia, interaktiv doskalar,
grafik planshetlar va boshqa vositalardan foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini shakllantiradi;
– pedagogik amaliyotda tasviriy san’atni faqat an’anaviy usullar orqali emas, balki
raqamli muhitda ham o‘qitish imkoniyatlarini ochib beradi;
– o‘quvchi shaxsiyatidagi badiiy did, mustaqil ijod, vizual tafakkur kabi qobiliyatlarni
shakllantirishda zamonaviy vizual vositalarning ta’sirini nazariy va tajribaviy jihatdan asoslab
beradi.
Bu maqola shuningdek, pedagoglar, ta’lim metodistlari va tasviriy san’at o‘qituvchilari
uchun zamonaviy metodik qo‘llanma vazifasini bajarishi mumkin. Shu orqali maktabda badiiy
ta’limning sifatini oshirish va zamonaviy talablarga moslashtirish imkoni yaratiladi.
Zamonaviy vizual vositalar xususida hamda tushuncha va turlari borasida qo‘yidagilarni
aytib o‘tish zarur.
Zamonaviy ta’limda vizual (ko‘rgazmali) vositalar ta’lim oluvchining bilimni qabul qilish,
tasavvur qilish va idrok etish jarayonida asosiy rol o‘ynaydi. Tasviriy san’at darslarida bu
vositalar nafaqat nazariy ma’lumotni yetkazish, balki o‘quvchining badiiy tafakkurini
faollashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda foydalanish imkoni bor
vizual vositalarni sanab o‘tamiz:
–
multimediali slayd-prezentatsiyalar (PowerPoint, Canva, Prezi);
– i
nteraktiv doskalar va elektron darsliklar;
– m
obil ilovalar (SketchBook, Procreate, ArtRage, Adobe Fresco);
–
AR (Augmented Reality) va VR (Virtual Reality) texnologiyalari;
– g
rafik planshetlar va stiluslar;
– a
nimatsiya va video-ta’lim vositalari (YouTube Edu, National Geographic Kids,
TED-Ed) va h.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
90
Dars jarayonida vizual vositalarni qo‘llashning afzalliklari borasida fikr yuritadigan
bo‘lsak avvalo:
–
estetik did va zavq uyg‘otadigan tomonlari –
rangi, harakati, ovozi orqali o‘quvchini
diqqat bilan darsga jalb qiladi;
– abstrakt tushunchalarni vizuallashtiradigan tomonlari –
masalan, kompozitsya,
proporsiya, nur va soya, perspektiva;
– mustahkamlash va ijodiy faoliyatga undaydigan tomonlari –
o‘quvchi nafaqat
kuzatuvchi, balki faol yaratuvchiga aylanadi.
– Ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradigan tomonlari –
virtual muhitda eskizlar,
rasmlar, modellar yaratish orqali.
Bir darsning misolida buni ko‘rish mumkin: Mavzu “Hayvonlar dunyosi” 6-sinflar uchun.
Darsga kirishda
–
interaktiv taqdimot orqali turli hayvonlarning shakllari va rangi
namoyish etiladi.
Amaliy qismda
– Procreate ilovasida planshet yordamida hayvonlar eskizi chiziladi.
Muhokamada
– o‘quvchilar o‘z ishlarini ekranda ko‘rsatish orqali fikr bildirishni
o‘rganishadi.
Natija –
o‘quvchi multimediali muhitda mustaqil ijod qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
Pedagogik yondashuv – ta’lim jarayonida Kembridj metodikasi, Blum taksonomiyasi,
STEAM yondashuvi (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) kabi konsepsiyalar
vizual vositalarni joriy etishda muhim asos bo‘ladi. Tasviriy san’at fani orqali o‘quvchida
nafaqat ijodkorlik, balki muammo yechish, tanqidiy fikrlash, hamkorlikda ishlash ko‘nikmalari
shakllanadi.
Tadqiqotimiz yuzasidan muhokama va munozaralar.
Zamonaviy vizual vositalardan foydalanish 5-7-sinf o‘quvchilari uchun tasviriy san’at
mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishda muhim o‘rin tutadi. Ammo ulardan to‘liq va maqsadli
foydalanish faqatgina texnik vositalarning mavjudligi bilan emas, balki pedagogning metodik
savodxonligi va kreativ yondashuviga ham bog‘liq.
Buni afzalliklarini qo‘yidagilarda ko‘rish mumkin bo‘ladi:
– vizual vositalar orqali o‘quvchilardagi
estetik idrok, badiiy zavq va kompozitsion
tafakkur
rivojlanadi;
– o‘quvchilarda
mustaqil ijodiy fikrlash, zamonaviy vositalar bilan ishlash, raqamli
san’at asoslarini o‘rganish
imkoni yaratiladi;
– darslar
jonli, interaktiv va ilhomlantiruvchi
muhitda o‘tadi;
– o‘quvchi
faol sub’ekt
sifatida dars jarayonida ishtirok etadi, bu esa motivatsiyani
kuchaytiradi.
Shuni ham aytish kerak-ki, bu borada muammolarning mavjudligi, ular qo‘yidagilar:
– barcha ta’lim muassasalarida
texnik jihozlar va internet imkoniyatlari yetarli
emas
;
– ayrim o‘qituvchilarda
grafik planshetlar, AR/VR texnologiyalari bilan ishlashga
oid ko‘nikmalar
yo‘q;
– o‘quv dasturlarida vizual vositalarni qo‘llash bo‘yicha
metodik tavsiyalar yetarli
emas
;
– zamonaviy vositalarga ortiqcha bog‘lanish
an’anaviy rassomlik va klassik
uslublarning orqa planga chiqishiga
olib kelishi mumkin.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
91
Ba’zi pedagoglar zamonaviy vositalarni tasviriy san’atga joriy etishni yaratilish
jarayoniga aralashish sifatida baholaydi. Ammo bu vositalarning maqsadi –
an’anaviy
usullarni yo‘q qilish emas
, balki ularni
buyuk muvaffaqiyat bilan to‘ldirish
dir. Masalan,
qo‘l bilan chizilgan eskizni planshetda ranglash, yoki jonli tabiat namunalarini 3D formatda
ko‘rsatish orqali o‘quvchilarga zamonaviy dunyo ko‘zgusini ochish mumkin.
Olib borgan tadqiqot ishimiz natijasida qo‘yidagicha xulosa va takliflarni tavsiya etamiz.
Mazkur tadqiqotda 5-7-sinf o‘quvchilari uchun tasviriy san’at darslarida zamonaviy vizual
vositalardan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari tahlil qilindi. Ta’lim
jarayoniga multimedia, grafik planshetlar, interaktiv dasturlar va AR/VR texnologiyalarini
joriy etish:
– o‘quvchilarda estetik did va badiiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi;
– ijodiy mustaqillikni oshiradi;
– ta’lim jarayonini interfaol va qiziqarli qiladi;
– san’atni zamonaviy hayot bilan uyg‘un holda anglash imkonini yaratadi.
Shu bilan birga, ushbu imkoniyatlarni amaliyotga to‘liq joriy etish uchun hali ham
muayyan muammo va to‘siqlar mavjud. Ular orasida moddiy-texnik baza yetishmasligi,
o‘qituvchilarning raqamli ko‘nikmalari zaifligi va metodik materiallarning yetarli emasligi
kabi omillar bor.
Takliflarlarimiz:
1. Maktablarda vizual texnologiyalar bilan jihozlangan maxsus “Badiiy laboratoriyalar”
tashkil etish zarur;
2. Tasviriy san’at o‘qituvchilari uchun raqamli vositalar bo‘yicha qayta tayyorlash
kurslarini joriy etish lozim;
3. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarga zamonaviy vizual vositalardan foydalanish bo‘yicha
aniq tavsiyalarni kiritish darkor;
4. O‘quvchilarning yosh psixologiyasi va vizual idrok xususiyatlariga mos metodik
usullarni ishlab chiqish kerak;
5. Hududlardagi imkoniyatlardan kelib chiqib, bosqichma-bosqich loyihaviy darslar joriy
etish joiz.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Мирзиёев Ш.М. “Янги Ўзбекистон – янги таълим сифати демакдир”. – Т.:
Ўзбекистон, 2023.
2.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 6 апрелдаги ПҚ-5050-сонли
қарори: “Санъат ва маданият соҳасини 2021-2025 йилларда ривожлантириш
концепцияси”.
3.
“Ўзбекистон Республикасида умумий ўрта таълим тизимини 2021-2026 йилларда
ривожлантириш концепцияси”. – Тошкент: Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Таълим
сифати назорати давлат инспекцияси, 2021.
4.
Шавдиров С. А. Подготовка будущих учителей к исследовательской деятельности
//Педагогическое образование и наука. – 2017. – №. 2. – С. 109-110.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
92
5.
Ibraimov X., Shovdirov S. Theoretical Principles of The Formation of Study Competencies
Regarding Art Literacy in Students //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B10. – С.
192-198.
6.
Shavdirov S. A. Selection Criteria of Training Methods in Design Fine Arts Lessons
//Eastern European Scientific Journal. – 2017. – №. 1.
7.
Шавдиров
С.
А.
Ўқувчиларда
тасвирий
саводхонликка
оид
ўқув
компетенцияларини
шакллантиришнинг
педагогик-психологик
жиҳатлари
//Современное образование (Узбекистан). – 2017. – №. 6. – С. 15-21.
8.
Shovdirov S. Analyzing the sources and consequences of atmospheric pollution: A case
study of the Navoi region //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2024. – Т. 587. – С.
02016.
9.
Shovdirov S. A. TASVIRIY SAN’ATNI O ‘QITISHDA O ‘QUVCHILARNING SOHAGA OID
O‘QUV KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI //Inter education & global
study. – 2024. – №. 1. – С. 8-14.
10.
Shavdirov S. Method of organization of classes in higher education institutions using
flipped classroom technology //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2025. – Т.
3268. – №. 1.
11.
Шавдиров
С.
А.
ОСОБЕННОСТИ
ПОДБОРА
ЦВЕТА
В
ОБУЧЕНИИ
ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМУ И ПРИКЛАДНОМУ ИСКУССТВУ //INTERNATIONAL SCIENTIFIC
REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION. –
2018. – С. 84-85.
12.
Shovdirov S. A. TEACHING STUDENTS TO LOGICAL AND ABSTRACT THINKING IN THE
FORMATION OF COMPETENCES ABOUT PICTURE LITERACY //JOURNAL OF ARTS AND
HUMANITIES. – 2023. – Т. 6. – №. 5. – С. 40-44.
13.
Sulaymonov A., Shovdirov S. UMUMINSONIY VA MILLIY BADIIY QADRIYATLAR
INTЕGRATSIYASI ASOSIDA TASVIRIY SAN’AT TA’LIMI SIFATINI OSHIRISH //Inter education
& global study. – 2023. – №. 4. – С. 8-11.
14.
Baymetov B. B., Shovdirov S. A. Methods of Organizing Practical and Theoretical Classes
for Students in The Process of Teaching Fine Arts //International Journal on Integrated
Education. – 2023. – Т. 4. – №. 3. – С. 60-66.
15.
Guljamol M. SEMANTICS OF PATTERNS IN CARVINGS IN TRADITIONAL APPLIED ART
AND THEIR SYMBOLIC AND EXPRESSIVE FEATURES //Journal of Academic Research and
Trends in Educational Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 3. – С. 191-197