YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
83
ABDULLA ORIPOV ASARLARIDA ALISHER NAVOIY TALQINI
Raxmonova Surayyo
Mustaqil izlanuvchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15779288
Annotatsiya.
O‘zbek xalqining buyuk shoiri Abdulla Oripov o‘z ijodida milliy qadryatlar,
tarixiy siymolar va ma’naviyatimizni chuqur ifoda etgan adiblardan biridir.
U Alisher Navoiy siymosiga katta ehtirom bilan yondoshgan va uni faqat adib emas,
balki butun bir millatning ma’naviy ustuni sifatida tasvirlagan. Abdulla Oripovning ‘‘Hazrat
Navoiyga ‘‘deb nomlanga she’ri eng yorqin namunadir. Bu she’rda u Navoiy siymosini ilohiy
darajada ulug‘laydi:
Kimki sening do‘sting bo‘lsa, o‘zi do‘stlarg‘a do‘st,
Kimki dushman bo‘lsasenga, xalq aro yovg ‘a yov.
Kalit so’zlar:
iste’dod, milliy iftixor, millat ruhi, benazir siymo, timsol, fonomen.
Bu misralarda Navoiyga do‘st bo‘lish–ma’naviyatga, adolatga, xalqparvarlikka sodiq
bo‘lish belgisi sifatida talqin etiladi. Shoir Navoiy g‘oyalarini o ‘z davrida ham dolzarb deb
biladi va uni yosh avlodga namuna sifatida ko‘rsatadi.
Abdulla Oripovning birinchi to‘plami 1965 yilda “Mitti yulduz” nomi bilan bosilib
chiqqan. Bu va “Shoirning tug’ilishi” to‘plamidagi talabalik davrida yozilgan ba’zi ilk
she’rlarida mavhumlik alomatlari va bahsli, ziddiyatli fikrlar va tahrirtalab o‘rinlar uchraydi.
Biroq ular jiddiy g’oyaviy nuqson deb emas, balki ijodiy izlanish va o‘sish yo‘lidagi tadrijiy
qiyinchiliklar tarzida qabul qilinishi to‘griroq bo‘ladi. Zero, Abdulla Oripov – tug‘ma iste‘dod
egasi, juda noyob uchraydigan o‘ziga xos talant sohibidir. Yosh shoirning 1966 yili nashr
etilgan “Ko‘zlarim yo‘lingda” asarida muallifning muxtasar kirish so‘zi berilgan. Bu
muqaddima ko‘p jihatdan diqqatga sazovor, shu bois uni quyida keltirib o‘tamiz: “Do‘stlarim!
Shunday paytlar bo‘ladiki, kishi o‘z bog‘idagi gullardan ko‘ngildagiday dastalanmagan bo‘lsa-
da, yor-birodarlariga taqdim etishni xohlab qoladi. Lekin ushbu to‘plamdagi she‘rlar hali gul
bilan taqqoslagudek emas. Demak, hali guldasta tashbehining o‘zi ushbu kitob uchun
nojoizdir. Kamolga yetmagan misralar, faromush fikrlar ko‘p. Bu gaplarni kamtarlikka
yo‘ymaslik kerak. Chunki dunyodagi eng qattiqqol kitobxon –vaqt ham borki, u bilan yuzma-
yuz kelish nihoyatda og‘ir va iztiroblidir”. Bu shoir uchun bir umr muqaddas tuyg’u va asosiy
mezon bo‘lib qoladi. Yetuk yozuvchilarning mukammal asarlari mazmunini ko‘zdan kechirish
shundan dalolat beradiki, milliylik va internatsionallik adabiyotning muhim va ajralmas
xususiyati sifatida shakllanadi va rivojlanadi. Masalan, Erkin Vohidovning “O‘zbegim”
qasidasi va Abdulla Oripovning “O‘zbekiston” she’rlarida milliy iftixor tuyg’ulari bilan birga
baynalmilallik va umumin soniylik g‘oyalari ham yorqin ifodalanadi. Abdulla Oripov
she’rlaridagi falsafiy teranlik, ma’nolarning sepqatlamliligi, insonga va xalqqa o‘zligini
anglatish, ona tilini himoya qilish uning ijodida Alisher Navoiy an’analarining jonlanishiday
taassurot uyg’otadi. Bu tabiiy holdir. O‘zbek tilimiz va adabiyotimizni dunyo miqyosida
tarannum etgan, xalqimiz ma‘naviyati rivojiga benihoya kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan va
endilikda yanada yuksak qadrlanayotgan benazir siymo-bu, shubhasiz, Navoiydir. U nafaqat
o‘zbek xalqi, balki butun turkiy olamning betimsol shoir va mutafakkiri sifatida jahon badiiy-
estetik tafakkuri rivoji va renessans tarixida eng yuksak mavqeni egallagan general san’atkor.
Bu tarixiy haqiqatni A. Oripov sovet davrida ko‘plab sherlarida katta bir faxr va teranlik bilan
baralla ayta olgani ham uning yuksak poetik mahorati va jasoratini ko‘rsatadi:
Besh asrki nazmiy saroyni
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
84
Titratadi zanjirband bir sher,
Temur tig’i etmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher...(4-bet)
Nafaqat navqiron Abdulla Oripov ijodida, balki 60-yillar she’riyatida muhim bir voqea
bo‘lgan bu zalvorli she’rda ifodalangan g‘oyat chuqur va keng mazmun va tuyg‘ularni har bir
kitobxon o‘z saviyasi darajasida tushunadi va o‘zicha talqin etadi. Masalan.
“Temur tig’i
yetmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher”
misralarini ba’zi o‘quvchilar “Buyuk Sohibqiron Amir
Temur bobomiz ham egallay olmagan joylar, ya’ni olis mamlakatlarni ham Alisher Navoiy o‘z
qalami bilan, buyuk asarlari bilan zabt etgan” degan mazmunda tushunadilar. Bunday talqin
ham xato bo‘lmaydi. Ammo yuqoridagi satrlarning mazmunini faqat ko‘p davlatlarning
xududlarini egallab olgan deyishdan ko‘ra ham, eng avvalo. Navoiy o‘z she’rlari va dostonlari
bilan ko‘plab millat va xalqlarning qalbiga yo‘l topa oldi va ularning ham mehr-e’tiborini
qozondi deb tushunsak, to‘g‘riroq bo‘lsa kerak. Zero, hazrat Navoiyning o‘zlari ham:
Olibmen taxti farmonimg‘a oson,
Cherik yubormay Xitodin to Xuroson...
Xuroson demakim, Sherozu Tabrez,
Ko‘ngul bermish so‘zumga turk jon ham,
Ne yolg‘uz turk, balkim turkmon ham...
deb, faxrlanishida ham so‘z, ya’ni yaratgan durdona asarlarini va ularning jahonshumul
shuhrat topishini nazarda tutadi. Darhaqiqat, Navoiy ijodi va estetikasidan oziqlanib, unga
e’tiqod qo‘ygan yuzlab shoirlar kabi A.Oripov ham adabiyotga, ijodkor shaxsiyati va burchiga
juda katta mas’uliyat bilan yondashgan. U Navoiy ijodi, buyuk siymosiga ko‘p bora murojaat
qilgan va ul zotning ijodkor shaxsi va burchi, badiiy til va so‘z san’ati sohasidagi teran
qarashlari va adabiy saboqlaridan ishonchli va mo‘tabar manba sifatida ijodkorona
foydalangan, ulardan ma’naviy-ruhiy madad olgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, Abdulla
Oripov ijodida Navoiy an’analari shu qadar katta o‘rin tutadiki, bu alohida o‘rganiladigan
mavzu bo‘lib sanaladi. Turli g‘oyalar, obrazlar, badiiy yondashuvlar, baholar o‘xshashligi,
davomiyligi, Navoiyning g‘azallariga yozilgan ayrim muxammaslar, arba’in an’ana larini
davom ettirgan “Hikmat sadolari” turkumi va boshqa ko‘plab misollar shoir o‘zining daho
salafi an’analariga jiddiy yondashganini, ammo unga taqlid qilmaganini ko‘rsatadi. Shu bilan
birga Abdulla Oripov tabiati va she’riyatiga xos bo‘lgan otashinlik, yuksak hissiyotini jilovlab,
kutilmagan fikrlarni favqulodda yorqin ifodalovchi sarkash satrlar bitish xislatlari ma’lum
darajada benazir ijodkor shoh Mashrabni ham ma’lum darajada eslatganday bo‘ladi,
nazarimizda. . .. ...Haqiqatan ham, Abdulla Oripov ijodida o‘zbek she’riyatining Rabg‘uziydan,
Navoiy, Bobur va Mashrabdan, Cho‘lponu G‘afur G‘ulomgacha ko‘p asrlik an’ana lari, badiiy
yutuqlari mujassamlashgan desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.. Uning bahor, Navro‘z,
tabiat haqidagi she’rlari Navoiyning va Rabg‘uziyning “Kun hamalga kirdi ersa, keldi olam
Navro‘zi” g‘azali an’analarini davom ettiradi. Hatto ularga shaklan va mazmunan o‘zaro yaqin
misralar ham ko‘plab uchraydi.
Vatanga muhabbat bular uchun, shubhasiz, muqaddas tuyg‘u edi.
Abdulla Oripov ijodida vatanparvarlik tuyg‘usi, Vatan uchun kurash – eng oliy insoniy
tuyg‘u, tengsiz fazilat hamdir. “Munojotni tinglab” she’rida hali Abdulla Oripov fenomeni
shakllanishi davom etayotgan bir vaqtda g‘amgin kuydan his qilayotgan tuyg‘ularni, dardni
kosmik, fazoviy vaqt va jahoniy dard bilan mushtarak ifodalashda u yana ham yuksakroqqa
ko‘tariladi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
85
…
Eshilib, to‘lg‘anib, ingranadi kuy,
Qaylardan kelmoqda bu ohu faryod .
Kim u yig‘layotgan Navoiymikin
Va yo may kuychisi Xayyommikin, dod!(106-bet)
Ingranayotgan kuyda asrlar g‘amini, Navoiy yig‘isiyu Xayyom dod-faryodini eshita olish
uchun qalb qanchalik nozik, sezgir , dardkash va uyg‘oq bo‘lmog‘i kerak. Qalb vaqt va
makonda cheklanmasdan, samoviy xilqatda parvoz etmog‘i lozim.
Abdulla Oripov, shuningdek, o‘zining ‘‘Navoiy haqida doston yozmoqchiman’’degan
fikrlarini ham bildirgan. U Navoiy merosini o‘rganish ,uni asrlar osha yashatish o‘zbek
ziyolilarining muqaddas burchi ekanini ko ‘p bora ta’kidlagan.
Abdulla Oripov uchun Navoiy-bu timsol, bu g ‘oya, bu xalq. Uning asarlarida Navoiy
shunchaki tarixiy shaxs emas, balki millat ruhining abadiy belgisi sifatida talqin qilinadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdulla Oripov. Munojoot. Toshkent. 1991.
2.
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar.1-8-jildlar. T.2001-2016.
3.
Abdulla Oripov. Ehtiyoj farzandi. T.1988.
4.
Abdulla Oripov.Tanlangan asarlar. To‘rt jildlik. -T., G”.G’ulom nomli Adabiyot va san’at
nashriyoti, 2002.
5.
Abdulla Oripov. Yillar armoni.- T.: G’.G’ulom nomidagi nashriyot. 1986.
6.
Haj daftari. T.: 1992.
7.
Abdulla Oripov. Shoirning tug’ilishi. 2021.
8.
Abdulla Oripov zamondoshlari xotirasida. T.2021.