Авторы

  • Soxiba Usmanova
    Jizzax Politexnika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.130090

Ключевые слова:

sifatli xizmat ko‘rsatish mehmonxona brendi xodimlarni tayyorlash atrof-muhit barqarorligi sifat standartlari standartlarni rag’batlantirish.

Аннотация

Mehmonxona va mehmondo‘stlik sanoatida sifat nazorati, doimiy xizmat ko‘rsatish, ijobiy brend obro‘si, mehmonlarning xizmatdan qoniqishi daromadlilikni saqlash uchun zarurdir. Sifatni ta’minlash bo‘yicha qat’iy qoidalarga rioya qiladigan mehmonxonalar, mehmonlarning kutilmalarini o‘rniga keltirishi yoki kutilganidan ham a’lo takliflar orqali ijobiy sharhlarni olishi mumkin. Bu brend obro‘si va mehmonlarning  sifatli xizmatdan qoniqishi uchun standartni belgilaydi, natijada  turistik tashkilot uchun ko‘proq foyda keltiradi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

61

TURIZM SANOATIDA SIFATNI TA’MINLASH STANDARTLARINING

AHAMIYATI

Soxiba Sokibayevna Usmanova

Jizzax Politexnika instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.16672457

ANNOTATSIYA:

Mehmonxona va mehmondo‘stlik sanoatida sifat nazorati, doimiy xizmat

ko‘rsatish, ijobiy brend obro‘si, mehmonlarning xizmatdan qoniqishi daromadlilikni saqlash
uchun zarurdir. Sifatni ta’minlash bo‘yicha qat’iy qoidalarga rioya qiladigan mehmonxonalar,
mehmonlarning kutilmalarini o‘rniga keltirishi yoki kutilganidan ham a’lo takliflar orqali ijobiy
sharhlarni olishi mumkin. Bu brend obro‘si va mehmonlarning sifatli xizmatdan qoniqishi
uchun standartni belgilaydi, natijada turistik tashkilot uchun ko‘proq foyda keltiradi.

KALIT SO‘ZLAR:

sifatli xizmat ko‘rsatish, mehmonxona brendi, xodimlarni tayyorlash,

atrof-muhit barqarorligi, sifat standartlari, standartlarni rag’batlantirish.


Xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlash va mehmonxonalarda standartlarni joriy qilishning

ko‘plab afzalliklari bor. Madomiki mijozlar mehmonxona xizmatlarining yuqori standartlariga
ishonsa, ular yuqori qiymatli narxlarni to‘lashga tayyor bo‘ladilar. Sifatni ta’minlash - bu
kompaniya o‘z mahsuloti yoki xizmatlarini belgilangan standartlarga muvofiqligini ta’minlash
uchun amal qiladigan protseduralar va tadbirlarni anglatadi. Mehmonxona sanoatida bu,
mehmonlarning turli ehtiyojlari va afzalliklariga javob beradigan yuqori sifatli xizmatlarni
taqdim etish majburiyatini o‘z ichiga oladi. Sifatni ta’minlashga e’tibor qaratish orqali
mehmonxonalar o‘zlarining xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishlari, mehmonlar
taassurotlarini yaxshilashlari va pirovardida ularning biznes muvaffaqiyatlariga doimiy ta’sir
ko‘rsatishlari mumkin. Mehmonxona sanoatida sifatni ta’minlashning ahamiyatini  oshirib
bo‘lmaydi. Mehmonxonalar nafaqat dam olish joylari, balki, ular dam olish, qulaylik va
unutilmas tajribalarni izlayotgan sayohatchilar uchun manzillardir. Sifat kafolati ajoyib
tajribalarni taqdim etishi, atrofida aylanadigan mehmonga yo‘naltirilgan yondashuvdan
boshlanadi. Brendning nazorat ro‘yxatidan tashqariga chiqishi tufayli, mehmonxona xodimlari
fikr-mulohazalar va imtiyozlarni tahlil qilish orqali mehmonlarning kutganlaridan yuqori
takliflarni berishlari mumkin. Har bir mehmon noyob ekanligini tushunib, shaxsiylashtirilgan
va ehtiyotkorlik bilan sifatli xizmat ko‘rsatish yondashuvi orqali standartlar darajasini
oshirishi va doimiy ravishda mijozlarda ijobiy taassurot qoldirishi mumkin. Sifat kafolati
mijozlarning sodiqligini o‘rnatishning muhim omilidir. Doimiy sifatli xizmat ko‘rsatish
mehmonxona biznesi va brendi uchun samaradorlikning muvozanatlashuvini ta’minlashi
mumkin. Mehmonlar uchun ijobiy imtiyozli tavsiyalar va takroriy tashriflarga erishish,
mehmonxona biznesining uzoq muddatli muvaffaqiyatini ta’minlashda kuchli vosita bo‘lishi
mumkin. Mehmonxonalar brendi va obro‘sini saqlab qolish hozirgi davrda, raqamli industriya
asrida ijtimoiy tarmoqlardagi onlayn sharhlar va telekommunikatsiyaning qo‘nimsiz
axborotlari tufayli bir muncha murakkablashdi, bu borada axborotlar osonlik bilan almashinadi
va tekshiriladi. Sifatni ta’minlash bir qator muhim komponentlar va standartlarni o‘z ichiga
oladi va ularni, funktsional va texnik jihatlarga ajratish mumkin. Funktsional sifat xodimlarning
xatti-harakati, munosabati va shaxslararo ko‘nikmalariga e’tibor qaratib, xizmat ko‘rsatish
qanday amalga oshirilishini anglatadi. U xushmuomalalik, sezgirlik va hamdardlik kabi
elementlarni qamrab oladi – tolerantlik sifatlarini o‘zida biriktira olgan sabrli xodimlar


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

62

mehmonlarda ijobiy taassurot qoldira oladilar. Boshqa tomondan mehmondo‘stlik sanoatining
ahamiyatli taraflaridan yana biri, texnik sifat, xizmat ko‘rsatishning aniq jihatlari, shu jumladan
eng kichikdan, eng yirikkacha mavjud jihozlar, uskunalar va operatsion tizimlarni monitoring
qila olish jarayonlari bilan bog’liq. Bu esa, xonalar tozaligi, oziq-ovqat sifati, taomlarning
zararlanmaganligi va ro‘yxatdan o‘tish tartiblarining samaradorligi kabi sohalarni qamrab
oladi. Keling, mehmondo‘stlik sanoatida raqobatbardosh ustunlikni saqlab qolish uchun
qo‘llaniladigan muhim funktsional va texnik standartlarni ko‘rib chiqamiz. Jumladan:

Mehmonlarga xizmat ko‘rsatish; salomlashish shakllari, muammolarni hal qilish tartib-

qoidalari va shaxsiylashtirilgan xizmat ko‘rsatish. Masalan, siz xodimlardan mehmonlarga ism-
sharifi bilan yoki an’anaviy tarzda xonim yoki janob deb murojaat qilishingizni taklif etishingiz
mumkin va vaqtni qisqartirish uchun, so‘rovlarga 15 daqiqa ichida javob berishlarini
so‘rashingiz mumkin.

Tozalik va gigiena talablari; barcha hududlar, jumladan, xol, mehmonlar xonalari va

jamoat joylari uchun tozalash tartib-qoidalari, tozalik xizmatini ko‘rsatish chastotalari va
monitoring o‘tkazish jadvali roʻyxatlari. Standartlar har kuni xona xizmatini ko‘rsatish
tarkibiga hammomlarni chuqur tozalashni va haftalik matrasni aylantirishni, choyshablarni
kunlik almashtirishni o‘z ichiga olishi mumkin.

Ob’ektga texnik xizmat ko‘rsatish; muntazam tekshirish jadvallari, profilaktika tartib-

qoidalari va ta’mirlash uchun qisqa javob vaqtlari muhim ahamiyatga ega.

Oziq-ovqat xavfsizligi va sifati; oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tayyorlash va taqdim

etishni tekshirish uchun sog’liqni saqlash qoidalariga muvofiqlashtirish.

Xavfsizlik va favqulotda choralari; favqulodda choralar va tartib-qoidalar, xavfsizlik

talablari va xodimlarni xavqulotda xolatlar va xavfsizlik choralariga o‘qitish, masalan, 24/7
xavfsizlik xodimlarining mavjudligi va ularni oylik yong’inga qarshi mashqlariga yo‘naltirish.

Texnologik; maksimal internet tezligi, Wi-Fi tarmoqlariga ulanish va xona ichidagi

ko‘ngilochar tizimlar uchun cheklangan muammolarni ishonchli hal qilish va
foydalanuvchilarni qulay texnologik imkoniyatlar bilan ta’ minlash.

Atrof-muhit barqarorligi; energiya samaradorligi maqsadlariga erishish, maishiy

chiqindilarni boshqarish, yashil hudud tartib-qoidalariga rioya etish va barqaror resurslar
manbai siyosatini amalga oshirish.

Xodimlarni qayta tayyorlash, o‘qitish va xizmat standartlari; barcha mutaxassis va

xodimlar uchun zarur bo‘lgan o‘quv dasturlarini, sertifikatlash talablarini, faoliyat
ko‘rsatkichlarini va choraklik ish faoliyatini baholashni aniqlash jarayonini tizimlashtirish.

XULOSA

Sifat kafolati va yuqori standartlar mehmondo‘stlik sanoatida muvaffaqiyat kalitidir.

Sifatni ta’minlash bo‘yicha mutaxassis menejer bo‘lish yo‘li oson emas. Ish beruvchilarga yuqori
standartlarga rioya qilishda yordam berish uchun intiluvchan mutaxassislar sanoatning turli
jabhalarida mohir bo‘lishlari kerak. Atrof-muhit muammolari, chiqindilarni boshqarish va
axloqiy mulohazalar global ongimizda birinchi o‘rinda turadigan, dunyoda barqaror turizm,
sayohat sanoatida o‘zgarishlar uchun hal qiluvchi kuch sifatida paydo bo‘ldi. Bu borada ekzotik,
tog’, cho‘l, dengiz va ko‘llar bo‘ylab sayohat yo‘nalishlari va hayajonli sarguzashtlarni jozibali
tashkil etishdan tashqari, sayohatchilar va mehmonxona biznesi vakillari, sayyoramizga, atrof-
muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish va mahalliy hamjamiyatlarning ekologiyani muxofaza qilish
tadbirlariga ijobiy hissa qo‘shish yo‘llarini tobora ko‘proq izlamoqda.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

63

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

https://operandio.com/quality-assurance-in-hospitality

2.

https://id.Elsevier.com

3.

M.E.Axmatova, Mehmondo‘stlik va turizm faniga kirish / [Matn]: o‘quv qo‘llanma /

Buxoro : “BUXORO DETERMINANTI” MCHJning Kamolot nashriyoti, 2024. - 176 b
4.

Meliqo'ziyev, A. (2024). The Role of Paralinguistics in Enhancing Communication

Effectiveness. Engineering problems and innovations, 2(Spec. 1).
5.

O‘zbekistonda turizm sohasining barqarorligi va rivojlanish bosqichlari tahlili US

Soqibaevna Iqtisodiyot va zamonaviy texnologiya 3 (04), 179-182.

Библиографические ссылки

M.E.Axmatova, Mehmondo‘stlik va turizm faniga kirish / [Matn]: o‘quv qo‘llanma / Buxoro : “BUXORO DETERMINANTI” MCHJning Kamolot nashriyoti, 2024. - 176 b

Meliqo'ziyev, A. (2024). The Role of Paralinguistics in Enhancing Communication Effectiveness. Engineering problems and innovations, 2(Spec. 1).

O‘zbekistonda turizm sohasining barqarorligi va rivojlanish bosqichlari tahlili US Soqibaevna Iqtisodiyot va zamonaviy texnologiya 3 (04), 179-182.