YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
78
JISMONIY TARBIYA ORQALI JAMIYATDA SOG‘LOM MUHIT YARATISH
Yakupov Rozimbay
https://doi.org/10.5281/zenodo.16737214
Annotatsiya:
Ushbu tezisda jismoniy tarbiya faoliyatining jamiyatdagi sog‘lom muhitni
shakllantirishdagi o‘rni, uning ijtimoiy, jismoniy va ma’naviy-ma’rifiy jihatdan ta’siri tahlil
etiladi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda jismoniy tarbiyaning tarbiyaviy va
madaniy imkoniyatlari yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
Jismoniy tarbiya, sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom jamiyat, ijtimoiy muhit,
yoshlarda barkamollik, sport va tarbiya.
Dolzarbligi:
Zamonaviy jamiyatning barqaror rivojlanishi, fuqarolarning jismoniy va
ruhiy sog‘lig‘i, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish bilan bevosita bog‘liqdir. Bugungi globallashuv
va texnologik taraqqiyot sharoitida insonlar hayot tarzining ko‘proq passivlashuvi,
harakatsizlik, stress, zararli odatlarning ko‘payishi jiddiy ijtimoiy muammo sifatida e’tirof
etilmoqda. Aynan shu nuqtai nazardan jismoniy tarbiyaning roli va ahamiyati jamiyatda
sog‘lom muhitni shakllantirishda o‘ta dolzarb masala bo‘lib chiqmoqda.
Jismoniy tarbiya orqali nafaqat inson organizmi mustahkamlanadi, balki ijtimoiy fazilatlar
-irodaviy sifatlar, intizom, mas’uliyat, sog‘lom raqobat, hamkorlik, sog‘lom hayotga ongli
munosabat kabi qadriyatlar ham rivojlanadi. Bu esa o‘z navbatida jamiyatda ijtimoiy sog‘lomlik,
barqarorlik va ma’naviy yuksalishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida “Sog‘lom turmush tarzi” va “Sportni
ommalashtirish” bo‘yicha davlat siyosati faol amalga oshirilmoqda. Prezident tashabbusi bilan
jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan e’tibor ortib, aholini sportga jalb qilish, bolalar va yoshlar
orasida harakat faolligini oshirish orqali sog‘lom jamiyat barpo etish maqsad qilib qo‘yilgan. Bu
holat mazkur mavzuning nafaqat ilmiy-pedagogik, balki ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan
ham dolzarb ekanligini tasdiqlaydi. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining 2020-yil 24-
yanvаrdаgi PF-5924-sоn “O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа jismоniy tаrbiya vа spоrtni yanаdа
tаkоmillаshtirish vа оmmаlаshtirish chоrа-tiаdbirlаri to‘g‘risidа”gi Fаrmоni, 2021-yil 5-
nоyabrdаgi PQ-5280-sоn “Spоrt-tа’lim muаssаslаri fаоliyatini 2025 yilgаchа rivоjlаntirish
dаsturi to‘g‘risidа”, 2022-yil 3-nоyabrdаgi PQ-414-sоn “Jismоniy tаrbiya vа spоrt sоhаsidа
kаdrlаrni tаyyorlаsh hаmdа ilmiy tаdqiqоtlаr tizimini yanаdа tаkоmillаshtirish chоrа-
tаdbirlаri to‘g‘risidа”gi Qаrоrlаri hаmdа bоshqа mе’yoriy-huquqiy hujjаtlаrdа bеlgilаngаn
strаtеgik vаzifаlаrgа mеtоdоlik yondаshuv sifаtidа аsоslаnildi.
Shu bois, jismoniy tarbiya vositalari orqali sog‘lom muhit yaratish mexanizmlarini chuqur
o‘rganish, uni amaliyotga tatbiq etish va samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar
ishlab chiqish zamonaviy pedagogika va sotsiologiyaning muhim vazifasiga aylangan.
Tadqiqot maqsadi:
Jismoniy tarbiya orqali jamiyatda sog‘lom muhit yaratish bo‘yicha
taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot vazifasi:
Zamonaviy jamiyatda jismoniy tarbiyaning dolzarbligi va ijtimoiy
zarurat sifatida qaralishini tahlil qilish
Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi:
Zamonaviy jamiyatda sog‘lom hayot
tarzi va faol fuqarolik pozitsiyasi bilan yashashga intilish har qachongidan ham muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayonda jismoniy tarbiya vositasi orqali jismonan sog‘lom, ruhiy
barqaror, irodali va maqsadli insonlarni shakllantirish ijtimoiy taraqqiyotning muhim sharti
sifatida qaralmoqda.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
79
Tadqiqot jarayonida yoshlar, pedagoglar, ota-onalar va sog‘liqni saqlash sohasidagi
mutaxassislar o‘rtasida so‘rovnoma va suhbatlar o‘tkazildi. Maqsad – zamonaviy jamiyatda
jismoniy tarbiyaga bo‘lgan munosabat, uni sog‘lom muhit shakllantiruvchi ijtimoiy vosita
sifatida baholash va mavjud muammolarni aniqlashdan iborat bo‘ldi.
So‘rovnomada ishtirok etganlar:
150 nafar 18–30 yoshli yoshlar;
30 nafar maktab va bog‘cha pedagoglari;
20 nafar sport murabbiylari;
25 nafar ota-ona;
10 nafar sog‘liqni saqlash sohasi vakillari.
№
Savol mazmuni
Ha / Rozi (%)
Yo‘q / Qarshi (%)
1
Jismoniy tarbiya sog‘lom turmush
tarzini shakllantiradi deb
hisoblaysizmi?
92%
8%
2 Sport tadbirlari jamiyatda birdamlikni
mustahkamlaydi deb o‘ylaysizmi?
85%
15%
3
Maktab va bog‘chalarda jismoniy
tarbiya mashg‘ulotlari yetarli deb
hisoblaysizmi?
43%
57%
Olingan natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, zamonaviy jamiyatda jismoniy tarbiya ijtimoiy
zarurat darajasiga ko‘tarilmoqda. So‘rovda ishtirok etganlarning aksariyati jismoniy faollikni
sog‘lom hayotning ajralmas qismi deb hisoblashadi. Ayniqsa, sport tadbirlari va jismoniy
tarbiya orqali yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, ijtimoiy faollik, jamoaviylik, mas’uliyat va
irodaviy sifatlar shakllanishi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, amaliyotdagi mavjud kamchiliklar ham aniqlandi. Jumladan:
-maktab va bog‘chalarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining sifati va mazmuni
ko‘pchilikni qoniqtirmaydi;
-ayrim hududlarda sport infratuzilmasining yetarli emasligi (ochiq sport maydonchalari,
murabbiylar yetishmasligi) sog‘lom muhit shakllanishiga to‘siq bo‘layotgan omillar sifatida
qayd etildi;
-ota-onalar o‘rtasida jismoniy faollikni targ‘ib qilish darajasi pastligi ham jismoniy
tarbiyaning ta’sir doirasini cheklamoqda.
Shu asosda jismoniy tarbiyaning nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy funksiyasi kuchayib
borayotganini ko‘rish mumkin. Bu jarayon jamiyatda sog‘lom turmush tarzini joriy etish,
ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash va fuqarolarning umumiy madaniy saviyasini oshirishga
xizmat qiladi.
Xulosa:
Zamonaviy jamiyatda jismoniy tarbiya nafaqat individual sog‘likni
mustahkamlash vositasi sifatida, balki ijtimoiy barqarorlik va sog‘lom muhitni
shakllantirishning muhim omili sifatida e’tirof etilmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki,
jismoniy tarbiyaning jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar orasida ijtimoiy
faollik va birdamlikni oshirish, shuningdek, salbiy ijtimoiy holatlardan himoya qilishdagi roli
tobora kuchayib bormoqda.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
80
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-dekabrdagi PF-5109-son Farmoni
“Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy madaniyatni rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”.
2.
Xasanova, R. (2022). Maktabgacha yoshdagi bolalarda muvozanat va koordinatsiyani
rivojlantirishning pedagogik asoslari.
Ilmiy-amaliy pedagogika jurnali, 2(6), 38–42.
3.
Mahkamova, M. X. (2019). Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida harakat ko‘nikmalarini
shakllantirish metodikasi
. Pedagogik mahorat jurnali
, 3, 45–49.
4.
Sobirova, L., Astankulova, D., & Raxmonova, M. (2024). Oʻquv-mashgʻulot bosqichidagi
badiiy gimnastikachilarning mashgʻulot jarayonlarida ishlab chiqilgan metodikalarni qoʻllash
texnologiyasi. Sport ilm-fanining dolzarb muammolari, 2(4), 80-84.
5.
Kizi, A. D. F. (2024). THE STRUCTURE AND CONTENT OF PSYCHOMOTOR SKILLS OF
YOUNG RHYTHMIC GYMNASTS. International Journal of Pedagogics, 4(08), 53-56.