Авторы

  • Quvonchbek Pulatov
    Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.131157

Ключевые слова:

Jadidchilik sekulyarizm fuqarolik jamiyati ijtimoiy-falsafiy tahlil Yangi O‘zbekiston islohotlar modernizm dunyoviylik.

Аннотация

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida jadidlarning sekulyar qarashlarini chuqur tahlil qilish orqali ularning bugungi davrdagi dolzarbligi va amaliy ahamiyati ochib beriladi. Jadidchilik harakatining ijtimoiy-falsafiy asoslari, uning diniy va dunyoviy tafakkurdagi muvozanatli yondashuvi, hamda ma’rifatparvarlik tamoyillari zamonaviy sekulyar jamiyat qurishdagi konseptual asos sifatida ko‘rib chiqiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

67

YANGI O‘ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATINI MUSTAHKAMLASHDA

JADIDLARNING SEKULYAR QARASHLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING

AHAMIYATI VA ISTIQBOLLARI (IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL)

ВАЖНОСТЬ И ПЕРСПЕКТИВЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ СЕКУЛЯРНЫХ

ВЗГЛЯДОВ ДЖАДИДОВ В УКРЕПЛЕНИИ ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА В

НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ (СОЦИАЛЬНО-ФИЛОСОФСКИЙ АНАЛИЗ)

THE IMPORTANCE AND PROSPECTS OF DEVELOPING THE SECULAR VIEWS

OF THE JADIDS IN STRENGTHENING CIVIL SOCIETY IN NEW UZBEKISTAN (A

SOCIO-PHILOSOPHICAL ANALYSIS)

Quvonchbek Pulatov

Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

e-mail: anvarusha7788@gmail.com

+998945505005

https://doi.org/10.5281/zenodo.16734913

Annotatsiya

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida

jadidlarning sekulyar qarashlarini chuqur tahlil qilish orqali ularning bugungi davrdagi
dolzarbligi va amaliy ahamiyati ochib beriladi. Jadidchilik harakatining ijtimoiy-falsafiy
asoslari, uning diniy va dunyoviy tafakkurdagi muvozanatli yondashuvi, hamda
ma’rifatparvarlik tamoyillari zamonaviy sekulyar jamiyat qurishdagi konseptual asos sifatida
ko‘rib chiqiladi.

Аннотация

В данной статье анализируется актуальность и практическая значимость

секулярных взглядов джадидов в процессе формирования гражданского общества в
Новом Узбекистане. Освещаются социально-философские основы джадидизма, его
сбалансированный подход к религиозному и светскому мышлению, а также
просветительские принципы как концептуальная база для построения современного
секулярного общества.

Abstract

This article explores the relevance and practical significance of the secular views of the

Jadid movement in the formation of civil society in New Uzbekistan. It examines the socio-
philosophical foundations of Jadidism, its balanced approach to religious and secular thinking,
and its enlightenment principles as a conceptual basis for building a modern secular society.

Kalit so‘zlar:

Jadidchilik, sekulyarizm, fuqarolik jamiyati, ijtimoiy-falsafiy tahlil, Yangi

O‘zbekiston, islohotlar, modernizm, dunyoviylik.

Ключевые слова:

джадидизм, секуляризм, гражданское общество, социально-

философский анализ, Новый Узбекистан, реформы, модернизм, светскость.

Keywords:

Jadidism, secularism, civil society, socio-philosophical analysis, New

Uzbekistan, reforms, modernism, secularity.


KIRISH


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

68

Yangi O‘zbekiston bugun o‘z taraqqiyotining muhim bosqichida turibdi. Bu bosqichning

asosiy maqsadlaridan biri – fuqarolik jamiyatining poydevorini mustahkamlash, inson
huquqlari va erkinliklarini kafolatlash, ochiq va adolatli ijtimoiy muhit yaratishdir. Bunday
jarayon, tabiiyki, tarixiy tajribalarga, ayniqsa, milliy uyg‘onishning muhim sahifalaridan biri
bo‘lgan jadidchilik harakati merosiga yangicha nigoh bilan qarashni talab qiladi.

Jadidlar o‘z davrida katta islohotlar yo‘lini boshlab bergan edi. Ular diniy bilim bilan

dunyoviy tafakkurni uyg‘unlashtirishga harakat qilgan, insonning erki, sha’ni va bilimi
qadrlanishi kerakligini uqtirgan. Ularning qarashlari faqat diniy islohotlar bilan cheklanmagan,
balki butun jamiyatni uyg‘otishga, fikrlash tarzini o‘zgartirishga qaratilgan edi. Bu esa ularni
sekulyar tamoyillarga yaqinlashtirdi – ya’ni, davlat va din o‘rtasidagi masofani saqlab, har bir
fuqaroning dunyoqarashiga hurmat bilan yondashish g‘oyasini ilgari surdilar.

Shu sababli, hozirgi sharoitda jadidlarning bu yondashuvini ijtimoiy-falsafiy nuqtai

nazardan chuqurroq o‘rganish, ularni zamonaviy talablarga mos holda talqin qilish juda
muhim. Bu nafaqat tarixiy haqiqatni tiklash, balki fuqarolik jamiyatini barpo etishda boy
madaniy va ma’naviy asosga tayanishga xizmat qiladi

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ushbu maqola ustida ishlash jarayonida jadidchilik harakatining zamiridagi g‘oyalar,

ularning sekulyar pozitsiyasi va bugungi jamiyatga bog‘lanish nuqtalari chuqur o‘rganildi. Bu
jarayon nafaqat tarixiy ma’lumot yig‘ish bilan cheklanib qolmadi, balki har bir manbani
zamonaviy falsafiy mezonlar asosida qayta o‘qish va ularni tahlil qilish zaruratini tug‘dirdi.
Shuning uchun ham tadqiqotda mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy ishlari alohida e’tibor bilan
ko‘rib chiqildi.

Xususan, Adib Xolidning ingliz tilida yozgan mashhur asari —

The Politics of Muslim

Cultural Reform

[4] — ushbu mavzuni tushunishda tayanch manba bo‘ldi. Xolid o‘z

tadqiqotlarida jadidlarning oddiy islohotchilar emas, balki o‘z zamonasining murakkab
mafkuraviy muhitida yo‘l izlagan ziyolilar sifatidagi murakkab tabiatini ochib bergan. U,
xususan, ular qanday qilib islomiy qadriyatlar va zamonaviy dunyoqarash o‘rtasida ko‘prik
qurishga uringanini, madaniy mustaqillik bilan siyosiy o‘zgarishlar o‘rtasidagi nozik
bog‘liqlikni qanday anglaganini tahlil qiladi. Bu yondashuv bizga sekulyarizmni ular uchun
“dinni inkor qilish” emas, balki “dinni mafkuraviy siquvdan chiqarish” tarzida tushunganini
ko‘rsatadi.

Alfrid Hudoyberdiyev [2], B. Karimov [3], A. Rashidov [4] kabi o‘zbek olimlarining

izlanishlari esa jadidchilikni o‘zimizning tarixiy-madaniy kontekstda chuqurroq tushunishga
yordam berdi. Ularning asarlarida jadidchilikni nafaqat siyosiy harakat, balki jamiyat ichidagi
ongli uyg‘onish jarayoni sifatida tahlil qilishga intilish yaqqol seziladi. Ayniqsa, Alfrid
Hudoyberdiyevning sovet davrida shakllangan “Sharqshunoslik” paradigmasi orqali milliy
o‘zlikning qanday buzilganini ko‘rsatgan yondashuvi [2] bugungi muammolarni ildizi bilan
ko‘rishga imkon beradi.

Tadqiqot jarayonida tarixiy manbalarning o‘zi ham befarq qoldirmaydi. Masalan,

Abdurauf Fitratning 1919-yilda Istanbulda chop etilgan

Bayonoti Sayyohi Hindi

asari [3] — bu

nafaqat badiiy yo‘sinda yozilgan risola, balki bir butun millatning o‘zgarishga bo‘lgan ichki
chaqirig‘i sifatida o‘qiladi. Undagi g‘oyalar bugun ham inson erkinligi, mustaqil tafakkur va
zamonaviylik sari intilishga undaydi. Munavvar qori Abdurashidxonovning

Islohoti maktabiya

[6] esa jadidlarning ta’lim borasidagi konkret amaliy rejalarini aks ettiradi. Undagi fikrlar —


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

69

masalan, diniy ta’lim va dunyoviy bilimlar uyg‘unligi — ayni zamonaviy o‘zgarishlar
kontekstida juda dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Bundan tashqari, Shukrullo Rahmatov [7], B. Saidov [9], M. Usmonov [11] singari

olimlarning ilmiy ishlari ham jadidchilikni tarixiy tafakkur tizimining bir bo‘lagi sifatida
baholashda o‘z o‘rniga ega. Ular tomonidan olib borilgan izlanishlar orqali jadidlar
tafakkuridagi uyg‘onish g‘oyalari, zamon bilan hamnafas yashash va xalqni yangilash istagi
chuqurroq ochib beriladi.

Tadqiqot metodologiyasi esa faqat manbalarni to‘plash bilan cheklanmadi. Har bir g‘oya,

har bir manba falsafiy yondashuv bilan o‘qildi — u qanday kontekstda aytilgan, qanday
zamoniy ehtiyojga javob bo‘lgan, qanday ijtimoiy zamin uni shakllantirgan — shularning
barchasiga e’tibor qaratildi. Qiyosiy tahlil usuli orqali esa o‘tmishdagi fikrlarni bugungi
islohotlar bilan solishtirish, zamonaviy kontekstda ularning dolzarbligini baholash imkoni
tug‘ildi.

Shuningdek, zamonaviy davlat konsepsiyalari, konstitutsiyaviy islohotlar, diniy-erkinlik

siyosati va ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar ham alohida tahlil qilindi. Ularning aksariyati jadidlar
ilgari surgan g‘oyalar bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatdi. Bu esa, tarixiy qarashlarning hozirgi
siyosiy-ijtimoiy jarayonlar bilan uzviyligini ko‘rsatadi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, jadidlar faoliyati orqali shakllangan dunyoviylik

tamoyillari – davlat va dinning ajralganligi, ilm-fan va ta’limning erkinligi, shaxs erkinligi va
ijtimoiy mas’uliyat – zamonaviy demokratik jamiyatning asosiy ustunlari hisoblanadi (7; 8).
Masalan, tarixchi R. Salayev jadidlar faoliyatini “mahalliy modernizatsiyaning organik modeli”
sifatida baholaydi, bu esa ularning sekulyar pozitsiyasini endilikda fuqarolik ongini
shakllantirishda model sifatida tadbiq qilish imkonini beradi [9].

Shuningdek, T. Shirinov kabi zamonaviy tadqiqotchilar jadidlarning sekulyar qarashlarini

faqatgini diniy g‘oyalardan voz kechish emas, balki dinning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini qayta
ko‘rib chiqish, uni shaxsiy e’tiqod va axloqiy qadriyatlar darajasiga olib chiqish harakati deb
baholaydi [10].

Bugungi O‘zbekistonda davlat va jamiyatning uyg‘un rivojlanishida sekulyar

tamoyillarning ahamiyati ortib bormoqda. Jadidlar ilgari surgan g‘oyalarni zamonaviy ijtimoiy
islohotlar – xususan, inson huquqlari, so‘z erkinligi, gender tengligi, mustaqil ta’lim tizimi –
bilan uyg‘unlashtirish orqali barqaror fuqarolik jamiyatini shakllantirish imkoniyati kengayadi
(11).

Yoshlar ongida tanqidiy tafakkur, ijtimoiy mas’uliyat va erkin fuqarolik pozitsiyasini

shakllantirishda jadidlarning qarashlarini yangicha falsafiy yondashuvlar asosida qayta tahlil
qilish muhimdir. Bu borada A. Turaev ta’kidlaganidek, “sekulyar tafakkur nafaqat
dunyoviylikni, balki jamiyatda murosaga asoslangan ko‘p qirralilikni ham anglatadi” [12].

Xulosa qilib aytganda, jadidchilik merosi sekulyar g‘oyalar orqali nafaqat ijtimoiy adolat

va taraqqiyotga intilish, balki zamonaviy fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun kontseptual
asos bo‘lib xizmat qiladi. Uni falsafiy, siyosiy va huquqiy kontekstda qayta tahlil qilish orqali
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ma’naviy-ilmiy yo‘nalishini chuqurlashtirish mumkin

NATIJALAR TAHLILI

Jadidlar o‘z davrida ilgari surgan sekulyar fikrlar zamirida chuqur bir tushuncha —

adolatli jamiyat, ma’rifatga tayanilgan taraqqiyot va shaxs erkinligini ta’minlash istagi yotardi.
Ularning bu qarashlari bugungi Yangi O‘zbekiston qurayotgan fuqarolik jamiyati bilan ko‘p


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

70

jihatdan mushtarak. Bugun xalqimiz ongida shakllanayotgan ochiqlik, tanlov erkinligi va
dunyoviy qarashlar asosidagi taraqqiyot g‘oyalari, aslida, jadidlarning orzulari edi.

Jadidlar dinni rad etmagan, aksincha, uni axloqiy va ma’naviy tarbiyaning muhim manbai

deb ko‘rishgan. Ammo ular dinning siyosiy boshqaruvga aralashmasligini, davlat ishlarining
diniy idoralar ta’sirisiz yuritilishini muhim deb bilganlar. Bu esa ularga xos yondashuv — dini
hurmat qilgan holda, uni siyosatdan ajratish g‘oyasini yuzaga chiqargan.

Jadidchilikdagi sekulyar qarashlar ayniqsa ta’lim borasida o‘z ifodasini topdi. Ular

an’anaviy diniy ta’limga qaram bo‘lmagan, zamonaviy fan-texnika yutuqlarini o‘rgatadigan
maktablar ochishga harakat qilishdi. Bu orqali ilm-fan taraqqiyotining asosiy quvvati —
tanqidiy fikrlash va erkin o‘ylashni yoymoqchi bo‘lishdi.

Bugungi Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarga qarasak, jadidlar ilgari surgan

fikrlar bilan uzviy bog‘liqlikni ko‘rish mumkin. Din va davlatning alohida yuritilishi, dunyoviy
ta’limga ustuvorlik berilishi, fuqarolik faolligini qo‘llab-quvvatlash — bularning barchasi o‘z
ildizini jadidlar davrida urilgan g‘oyalardan topadi.

XULOSA

Jadidchilik harakatini faqat tarix sahifalarida qolgan hodisa deb emas, balki hozirgi

jamiyatimizni rivojlantirishda muhim ijtimoiy va ma’naviy asos sifatida ko‘rish mumkin.
Ularning sekulyar qarashlari, ya’ni dinni siyosatdan ajratib, uni ko‘proq ma’naviy va axloqiy
qadriyat sifatida qadrlashi, bugungi islohotlarga hamohangdir.

Agar biz jadidlarning ushbu qarashlarini chuqur o‘rganib, hozirgi zamon ehtiyojlariga

moslab tatbiq etsak, Yangi O‘zbekistonning fuqarolik jamiyatini yanada mustahkam va
barqaror qiladigan poydevorni yaratishimiz mumkin. Ayniqsa, bu g‘oyalar yoshlarning
mustaqil fikrlashi, axloqiy yetuk bo‘lib voyaga yetishi va jamiyatdagi o‘z o‘rnini anglab
yashashida katta o‘rin tutadi. Jadidlarning merosi – bu o‘tmish emas, balki kelajak uchun kuchli
ilhom manbai hisoblanadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Халид, А. Политика культурной реформы среди мусульман Российской империи. М.:

Книга-Х, 2011.
2.

Karimov, B. Jadidchilik va mustaqillik g‘oyalari. – Toshkent: Ma’naviyat, 1997.

3.

Hudoyberdiyev, A. Jadidchilik harakati va uning ijtimoiy-falsafiy mazmuni. – Toshkent:

O‘zR FA Falsafa instituti, 2014.
4.

Rashidov, A. Sekulyarizm va din: Markaziy Osiyodagi ijtimoiy o‘zgarishlar. – Samarqand:

Ilm Ziyo, 2020.
5.

Годин, С. Секуляризм и государство. Политология, 2015, №1.

6.

Шониязов, Р. Узбекистан в поисках модернизации. – Ташкент: Фан, 2012

7.

Абдуллаев А. Жадидлар ва секуляризм: фалсафий таҳлил // Ўзбекистонда илмий

тадқиқотлар. – Тошкент: Фан, 2020. – №2. – Б. 45–52.
8.

Саидов

А.Х.

Ўзбекистонда

фуқаролик

жамиятининг

шаклланишида

секулярликнинг аҳамияти // Ҳуқуқ ва демократия. – 2019. – №3. – Б. 21–27.
9.

Салаев Р. Жадидчилик – маҳаллий модернизациянинг органик модели сифатида //

Ижтимоий фанлар. – 2021. – №4. – Б. 33–39.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

71

10.

Ширинов Т. Жадидлар меросида дин ва жамият муносабати: янги таҳлиллар //

Фалсафа ва ҳаёт. – 2022. – №1. – Б. 18–24.
11.

Бобожонов И. Жадидчилик ғояларининг замонавий ислоҳотлар билан уйғунлиги

// Янги Ўзбекистонда ижтимоий фанлар. – 2023. – №2. – Б. 55–60.
12.

Тураев А. Секуляр тафаккур ва мурувватли жамият концепцияси // Ўзбекистон

фалсафаси. – 2021. – №3. – Б. 29–34.

Библиографические ссылки

Халид, А. Политика культурной реформы среди мусульман Российской империи. М.: Книга-Х, 2011.

Karimov, B. Jadidchilik va mustaqillik g‘oyalari. – Toshkent: Ma’naviyat, 1997.

Hudoyberdiyev, A. Jadidchilik harakati va uning ijtimoiy-falsafiy mazmuni. – Toshkent: O‘zR FA Falsafa instituti, 2014.

Rashidov, A. Sekulyarizm va din: Markaziy Osiyodagi ijtimoiy o‘zgarishlar. – Samarqand: Ilm Ziyo, 2020.

Годин, С. Секуляризм и государство. Политология, 2015, №1.

Шониязов, Р. Узбекистан в поисках модернизации. – Ташкент: Фан, 2012

Абдуллаев А. Жадидлар ва секуляризм: фалсафий таҳлил // Ўзбекистонда илмий тадқиқотлар. – Тошкент: Фан, 2020. – №2. – Б. 45–52.

Саидов А.Х. Ўзбекистонда фуқаролик жамиятининг шаклланишида секулярликнинг аҳамияти // Ҳуқуқ ва демократия. – 2019. – №3. – Б. 21–27.

Салаев Р. Жадидчилик – маҳаллий модернизациянинг органик модели сифатида // Ижтимоий фанлар. – 2021. – №4. – Б. 33–39.

Ширинов Т. Жадидлар меросида дин ва жамият муносабати: янги таҳлиллар // Фалсафа ва ҳаёт. – 2022. – №1. – Б. 18–24.

Бобожонов И. Жадидчилик ғояларининг замонавий ислоҳотлар билан уйғунлиги // Янги Ўзбекистонда ижтимоий фанлар. – 2023. – №2. – Б. 55–60.

Тураев А. Секуляр тафаккур ва мурувватли жамият концепцияси // Ўзбекистон фалсафаси. – 2021. – №3. – Б. 29–34.