YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
52
RAQAMLI JAMIYATDA YOSHLARNING AXLOQIY QIYOFASINI
SHAKLLANTIRISH IJTIMOIY TAMOYILLARI
O‘ktamova Dilfuza O‘ktamovna
Navoiy davlat universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasining
Ijtimoiy falsafa yo`nalishi 1-kurs tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.16760024
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli jamiyat sharoitida yoshlarning axloqiy qiyofasini
shakllantirish jarayoni hamda bu jarayonda amal qilinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy tamoyillar
tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarning tezkor rivojlanishi natijasida yuzaga kelayotgan
ma’naviy-ahloqiy muammolar, yoshlarning qadriyat tanlovidagi ziddiyatlar, virtual va real
hayot o‘rtasidagi tafovutlar tahlil etiladi. SHuningdek, ta’lim-tarbiyada axloqiy qadriyatlarni
integratsiyalash, oilaning tarbiyaviy roli, davlat va jamiyat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-
quvvatlash choralari hamda raqamli axloq tamoyillarini shakllantirish zaruriyati asoslab
berilgan. Maqolada kompleks yondashuv zarurligi ta’kidlanib, raqamli jamiyatda yoshlarni
barkamol shaxs sifatida tarbiyalashga qaratilgan tavsiyalar ilgari surilgan.
Kalit so‘zlar:
raqamli jamiyat, ahloqiy qiyofa, yoshlar tarbiyasi, ijtimoiy tamoyillar,
raqamli axloq, netika, mediasavodxonlik, milliy qadriyatlar, tanqidiy fikrlash, mas’uliyatli
fuqarolik.
Zamonaviy texnologik taraqqiyot inson hayotining barcha jabhalariga chuqur ta’sir
ko‘rsatmoqda. Xususan, axborot-kommunikatsiya vositalari hayotimizga tobora chuqurroq
kirib borar ekan, raqamli jamiyat tushunchasi shakllanib bormoqda. Ushbu jamiyatda ayniqsa
yosh avlodning dunyoqarashi, ahloqiy qiyofasi va qadriyat tizimi sezilarli darajada o‘zgarishga
yuz tutmoqda. SHu sababli, bugungi kunda raqamli muhitda yoshlarni ma’naviy-ahloqiy
jihatdan barkamol shaxslar sifatida tarbiyalash dolzarb vazifaga aylangan.
YOshlarning axloqiy qiyofasini shakllantirishda raqamli texnologiyalarning ijobiy va
salbiy jihatlarini to‘g‘ri anglash muhimdir. Raqamli muhit virtual va real hayot o‘rtasidagi
chegaralarni yo‘qqa chiqarayotgani, ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar ongiga bevosita ta’sir
qilayotgani bois, ularning ahloqiy qarashlari, qadriyat tanlovlari ham o‘zgarishga yuz tutmoqda.
Turli madaniyatlardan kirib kelayotgan g‘oyalar esa milliy qadriyatlar bilan to‘qnash kelib,
yoshlarda ma’naviy izlanish va ziddiyatli holatlarni keltirib chiqarmoqda.
SHu o‘rinda yoshlarning axloqiy qiyofasini shakllantirishda quyidagi ijtimoiy tamoyillar
alohida ahamiyat kasb etadi:
Birinchidan, ta’lim-tarbiyada axloqiy qadriyatlarni integratsiyalash zarur. Bu o‘quv
dasturlarida tanqidiy fikrlash, raqamli savodxonlik, axborotni tahlil qilish ko‘nikmalarini
rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. SHu bilan birga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni
uyg‘unlashtirib, yoshlarning tarixiy, madaniy va diniy merosni chuqur anglashi ta’minlanishi
lozim.
Ikkinchidan, oila tarbiyasining o‘rni mustahkamlanishi kerak. Ota-onalarning raqamli
dunyo xatarlarini bilishi, farzandlar bilan muloqot qilish madaniyatini shakllantirishi hamda
oilada halollik, hurmat, sabr, mehr kabi ahloqiy fazilatlarni kundalik hayotda namoyon etishi
yosh shaxs kamolotida muhim o‘rin tutadi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
53
Uchinchidan, davlat va jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimlari yo‘lga qo‘yilishi
lozim. Jumladan, mediasavodxonlikka oid dasturlar orqali yoshlar noto‘g‘ri axborot, yolg‘on va
manipulyatsiyalardan himoyalanishi, axborotning ishonchliligini baholay olishi zarur.
SHuningdek, yoshlarni ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok ettirish ularning jamiyat oldidagi
mas’uliyatini oshiradi.
To‘rtinchidan, raqamli axloq, ya’ni netika tamoyillarini keng targ‘ib qilish bugungi
kunning talabidir. Internet muhitida hurmat, madaniyat, plagiatga qarshi kurashish,
kiberzo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha aniq tushunchalar berilishi, yoshlarning virtual
muhitda ham mas’uliyatli fuqarolar sifatida harakat qilishi uchun sharoit yaratilishi zarur.
Xulosa qilib aytganda, raqamli jamiyatda yoshlarning axloqiy qiyofasini shakllantirish bir
yoqlama emas, balki kompleks va tizimli yondashuvni talab etadi. Bu jarayonda ta’lim tizimi,
oila, jamiyat va davlat organlari o‘zaro hamkorlikda harakat qilishi lozim. Faqat shunda biz
yoshlarni raqamli dunyoda mas’uliyatli, vijdonli va insonparvar shaxslar sifatida voyaga
etkazish imkoniga ega bo‘lamiz.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Tulyaev A. Vertual olamning axloqiy muammolari. – Toshkent, 2021.
2.
SHermuxamedov S. Falsafa fani yangilanishining ba’zi muammolari. – Toshkent, 1996.
3.
YAxshilikovich, Y. J. Information and communication technologies as the main
philosophical attribute of an informed society. – 2020.
4.
Muhammadiev N. Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. – Toshkent, 2018.
5.
Toffler, A. (1980). The Third Wave. Bantam Books.
6.
Bell, D. (1973). The Coming of Post-Industrial Society. Basic Books.
7.
Castells, M. (2000). The Rise of the Network Society. Blackwell.
8.
Beniger, J. (1986). The Control Revolution: Technological and economic Origins of the
Information Society. Harvard University Press.
9.
Fuchs, C. (2017). Social Media: A Critical Introduction. SAGE.