YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
44
YURT OZODLIGI – XALQ BAXTI
Toshboyeva Dilshoda Ochilboy qizi
Karimov Muhammadjon To‘lqin o‘g‘li
Toshkent davlat agrar unuversiteti Meva-sabzavotchilik va
uzumchilik fakulteti 1-bosqich talabalari
Durxo‘jayev Shavkat Fayzullayevich
Toshkent davlat agrar universiteti Issiqxona o‘jaligini tashkil etish kafedrasi
q.x.f.f.d.(PhD) dotsent
Toshboyevadilshoda4@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16759529
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligiga
bag‘ishlangan holda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, mustaqillik sharofati
bilan erishilgan yutuqlar va yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yoshlar tutayotgan o‘rni yoritilgan.
Istiqlolning ahamiyati, xalqimiz uchun erkinlik va barqarorlikning qadri tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar.
Mustaqillik, istiqlol, yangi O‘zbekiston, taraqqiyot, yoshlik, vatanparvarlik,
ozodlik.
Аннотация:
В данной статье освещаются достижения, достигнутые за 34 года
независимости Республики Узбекистан, проводимые реформы и особое внимание,
уделяемое молодежи в развитии Новой Узбекистана. Также рассматривается значение
независимости, свободы и стабильности для узбекского народа.
Ключевые слова:
Независимость, суверенитет, Новый Узбекистан, прогресс,
молодежь, патриотизм, свобода.
Abstract:
This article is dedicated to the 34th anniversary of the independence of the
Republic of Uzbekistan. It highlights the reforms implemented in the country, the achievements
gained through independence, and the crucial role of youth in the development of New
Uzbekistan. The significance of freedom and national stability is also discussed.
Keywords.
Independence, sovereignty, New Uzbekistan, development, youth, patriotism,
freedom.
Kirish.
1991-yil 1-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Bu
sana xalqimiz uchun erkinlik, o‘zligini tiklash, yangi taraqqiyot sari yo‘l ochilishining boshlandi.
Har bir yil – istiqlol tarixida yangi sahifa, yangi bosqichdir. Bugun, 34 yil davomida yurtimizda
amalga oshirilgan o‘zgarishlarga nazar solar ekanmiz, mustaqillik qanday ulug‘ ne’mat ekanini
yanada chuqur anglaymiz.
Asosiy qism.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatda barcha sohalarda tub
islohotlar boshlandi. Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalar yangi yo‘nalishda rivojlana
boshladi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda “Yangi O‘zbekiston – yangi taraqqiyot bosqichi” tamoyili
asosida olib borilayotgan islohotlar, xalqparvarlik siyosati, yoshlarga qaratilgan e’tibor eng
muhim ustuvor yo‘nalishlardan bo‘ldi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan,
texnologiyalar sohasida ko‘plab yangiliklar, erkinliklar yaratildi. Yurtimiz dunyo miqyosida o‘z
o‘rnini topmoqda. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik, xorijiy sarmoyalar jalb etilishi –
bularning barchasi mustaqillik sharofatidir.
Yosh avlod uchun imkoniyatlar kengaymoqda:
stipendiyalar, xorijiy oliygohlarga kirish imtiyozlari, grantlar, ilmiy loyihalarni qo‘llab-
quvvatlash – bular O‘zbekistonning ertangi kunini yorqin bo‘lishiga xizmat qilmoqda. Har bir
yosh o‘z orzusi sari intilish uchun zarur imkoniyatlarga ega.
Yurt bayrog‘i, gerbi, madhiyasi,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
45
milliy valyutasi, Konstitutsiyasi – bular milliy davlatchiligimizning timsolidir. Ularning barchasi
mustaqillik mevasidir.
Xulosa
Mustaqillik – bu shunchaki tarixiy sana emas, balki xalqimizning erkin hayotga bo‘lgan
intilishi, orzularining ro‘yobidir. Uni asrab-avaylash, yanada mustahkamlash biz – bugungi
avlodning muqaddas burchidir. Har bir yosh yurtdosh yurt ravnaqi uchun fidokorona mehnat
qilishi, Vatan manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yishi zarur. Mustaqillik – bu bizning
baxtimiz, faxrimiz va eng aziz ne’matimizdir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: Adolat, 2022.
2.
Shavkat Mirziyoyev. “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” – Toshkent: Uzbekistan, 2023.
3.
“Mustaqillik – taraqqiyot asosi” maqolalar to‘plami. – Toshkent: Ma’naviyat, 2021.
4.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (www.uza.uz)
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti – www.prezident.uz