YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
42
TABIIY FANLARGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA
LOYIHALASHTIRISH ASOSIDA O‘QITISH
Qalandarova Nazokat Ibrogimovna
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning
Matematika fani o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16759315
Kalit so‘zlar:
tabiiy fanlar, loyiha asosida o‘qitish, innovatsion metodika,
ixtisoslashtirilgan maktab, ta’lim, kompetensiya, tadqiqot faoliyati.
Annotatsiya:
Mazkur tezisda tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarda
loyihalashtirish asosida o‘qitishning zamonaviy ta’limdagi o‘rni, metodik jihatlari va
o‘quvchilar kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil etiladi. Loyihaviy yondashuv
o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, izlanishga bo‘lgan qiziqishi va innovatsion salohiyatini
kuchaytirishga xizmat qiladi.
В данной тезисной работе проводится анализ роли проектного обучения в
процессе преподавания естественно-научных дисциплин в специализированных
школах, его методических основ и значения в формировании ключевых компетенций
учащихся. Проектный подход способствует развитию у школьников навыков
самостоятельного мышления, повышает интерес к исследовательской деятельности, а
также формирует инновационный потенциал, необходимый для успешной реализации
в учебной и практической деятельности.
This thesis analyzes the role of project-based learning in teaching natural sciences at
specialized schools, its methodological foundations, and its importance in developing students'
key competencies. The project-based approach enhances students’ independent thinking skills,
fosters their interest in research activities, and strengthens their innovative potential, thus
preparing them for academic and practical success.
Kirish:
Bugungi kunda O‘zbekiston ta’lim tizimi xalqaro standartlarga mos ravishda
yangilanib borayotgan bir vaqtda, ixtisoslashtirilgan maktablarda zamonaviy, natijaga
yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalardan foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ayniqsa, tabiiy fanlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan ta’lim berilayotgan muassasalarda loyiha
asosida o‘qitish uslubi yuqori samaradorlikka ega bo‘lib, o‘quvchilarni faol o‘rganuvchiga
aylantirishda muhim vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Asosiy qism:
Loyihalashtirish asosida o‘qitish — bu o‘quvchilarning amaliyotga
yo‘naltirilgan, muammoni hal etishga asoslangan, mustaqil izlanishga chorlovchi faoliyatini
tashkil qilishga qaratilgan metodik yondashuvdir. Ushbu uslubda o‘quvchi bilim oluvchi emas,
balki faol ijodkor, tadqiqotchi sifatida ishtirok etadi. Ayniqsa, fizika, kimyo, biologiya va
geografiya fanlarida real hayotdagi muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va echimini
topish orqali fanga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada ortadi.
Loyihaviy ta’limning afzalliklari:
O‘quvchi markazga qo‘yiladi va o‘zi bilim izlaydi;
Fanlararo bog‘liqlik yuzaga keladi (interdisiplinarlik);
Amaliy ishlar orqali nazariy bilim mustahkamlanadi;
O‘quvchilar o‘z fikrini asoslashga, muloqot qilishga o‘rganadi;
Ilmiy izlanishlar va tadqiqotga asoslangan yondashuv shakllanadi.
Tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarda bu yondashuv ayniqsa foydali, chunki:
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
43
1.
Laboratoriya, kompyuter texnologiyalari va boshqa zamonaviy vositalar mavjud;
2.
O‘quvchilarda ilmga bo‘lgan ichki qiziqish kuchli;
3.
Bunday maktablarda o‘quvchilarning olimpiadalarga tayyorlanish jarayonida loyiha
yondashuvi ayni muddaodir.
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarda
loyihalashtirish asosida o‘qitish — bu nafaqat yangi pedagogik metod, balki o‘quvchilarning
mustaqil fikrlash, kreativlik, muloqot va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantiradigan
zamonaviy strategiyadir. Ayni paytda bu yondashuv ixtisoslashtirilgan maktablarda amaliyotga
samarali joriy etilmoqda va o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. O‘quvchilarning tabiiy
fanlarga bo‘lgan qiziqishi, ilmiy izlanishga intilishi va real hayotiy muammolarga ilmiy
asoslangan yechim topish ko‘nikmalari sezilarli darajada oshmoqda. Bunday yondashuv
kelajak avlodni raqobatbardosh, innovatsion fikrlaydigan, ilm-fan yutuqlariga tayangan holda
qaror qabul qila oladigan shaxs sifatida tarbiyalaydi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4310-son qarori, 2019 yil 14-may –
“Iqtisoslashtirilgan maktablarni ri vojlantirish va ularning faoliyatini takomillashtirish
to‘g‘risida”.
2.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. (2020 yil 23 sentabr, yangi
tahrirda).
3.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-oktabrdagi 610-sonli qarori
– “Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom”.
4.
Abduqodirov A., Yo‘ldoshev A. va boshq. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.
– Toshkent: TDPU, 2022.
5.
Inoyatov A. A., Usmonboeva M. S. Ta’limda loyihaviy yondashuvning metodik asoslari. –
Toshkent: Fan, 2021.
6.
Sharipova N. Sh. Tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar. – Samarqand, 2020.
7.
Jonboeva M. B. Loyihalashtirish asosida ta’lim: nazariya va amaliyot. – Ilm-fan va
taraqqiyot, 2022, №1.
8.
Larionova E.M. Proektnaya deyatel'nost' v obrazovanii: teoriya i praktika. – Moskva:
Prosveshchenie, 2020.
9.
Bell, S. (2010).
Project-Based Learning for the 21st Century: Skills for the Future.
The
Clearing House, 83(2), 39–43.
10.
Thomas, J. W. (2000).
A Review of Research on Project-Based Learning.
The Autodesk
Foundation.