YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
17
ZAMONAVIY MAUGLI SINDROMINING KLINIK DIAGNOSTIKASI VA
PSIXOKORREKSIYA IMKONIYATLARI YOSHLAR PSIXOLOGIYASIDA
Polvanov Rasulbek Baxtiyarovich
Toshkent tibbiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16752167
Annotatsiya:
Ushbu maqola zamonaviy yoshlar orasida kuzatilayotgan “Maugli
sindromi”ning psixologik-psixiatrik tabiatini klinik nuqtayi nazardan tahlil qilishga
bag‘ishlangan. Internetga haddan tashqari qaramlik, ijtimoiy izolyatsiya va oilaviy-emotsional
beqarorlik natijasida shakllanayotgan mazkur sindrom, shaxsning identiteti, ijtimoiy rol va
axloqiy qadriyatlarni qabul qilishida jiddiy buzilishlarga olib kelmoqda. Maqolada ushbu
sindromning klinik simptomatikasi, diagnostika mezonlari, psixodinamik va nevropsixologik
yondashuvlar asosida tavsifi beriladi. Shuningdek, yoshlar psixologiyasida bu holatga nisbatan
qo‘llanilayotgan zamonaviy psixokorrektsion metodlar – kognitiv-xulqiy terapiya, art-terapiya
va interaktiv guruh mashg‘ulotlari samaradorligi tajriba asosida baholanadi. Muallif, yoshlar
ongida ijtimoiy moslashuv va axloqiy qadriyatlarni qayta shakllantirish orqali Maugli
sindromini yumshatish, shaxsiy identitetni mustahkamlash va psixologik reabilitatsiya
yo‘llarini asoslashga harakat qiladi. Mazkur tadqiqot psixologiya va ta’lim sohasi
mutaxassislari, ijtimoiy ishchilar hamda ota-onalar uchun amaliy va nazariy ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar:
Maugli sindromi, yoshlar psixologiyasi, internet qaramlik, ijtimoiy
izolyatsiya, shaxs identiteti, klinik diagnostika, psixokorrektsiya, kognitiv-xulqiy terapiya,
emotsional buzilishlar, reabilitatsiya.
Kirish:
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jamiyat hayotining barcha
sohalariga chuqur singib borgan bir davrda yashayotgan bugungi yosh avlod oldida yuzaga
kelayotgan psixologik, ijtimoiy va emotsional muammolar ko‘lami tobora kengaymoqda. Shu
jumladan, internet texnologiyalarining haddan ziyod va nazoratsiz qo‘llanilishi, ayniqsa yoshlar
ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda. Aytish joizki, bu holat
nafaqat tashqi ijtimoiy muhitdan ajralish, balki ichki identitet – shaxsiy o‘zlikning buzilishi,
ijtimoiy rollarning parchalanishi va emotsional-empartik defitsit kabi holatlarni keltirib
chiqarishi bilan xavfli hisoblanadi. Bunday ijtimoiy-psixologik holatlarning eng yangi
kontseptual talqinlaridan biri – bu “Zamonaviy Maugli sindromi” (Modern Mowgli Syndrome)
tushunchasidir. Ushbu sindrom psixologiya fanining yangi yo‘nalishlaridan biri sifatida
qaralmoqda va u ijtimoiy izolyatsiya, texnologik qaramlik va kommunikativ regress holatlari
bilan belgilanadi. Mazkur sindromning nomlanishi va semantik konnotatsiyasi Kiplingning
“Jangal kitobi” asaridagi insonlar jamiyatidan uzilgan va hayvonlar orasida ulg‘aygan bola –
Maugli obraziga borib taqaladi. Bugungi yosh avlod ham, texnologik jungli – ya’ni virtual dunyo
muhitida sotsializatsiya qilinmay, aksincha, ijtimoiy aloqalar o‘rnini sun’iy muhitdagi
monologik tajribalar egallagan bir sharoitda ulg‘aymoqda. Bu esa shaxsiy identitetning
shakllanishiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy psixologiyada ushbu sindrom
ijtimoiy-psixologik disfunksiyaning yangi shakli sifatida talqin qilinmoqda va u shaxs ongining
kognitiv, affektiv va volitiv komponentlarining regresiya holatida ifodalanishi bilan
tavsiflanadi[1]. Zamonaviy Maugli sindromining dolzarbligi, eng avvalo, uning ijtimoiy
psixologik oqibatlari bilan bog‘liq bo‘lib, bunda shaxs tashqi dunyo bilan real kommunikatsiya
o‘rniga virtual stimullarga haddan ziyod bog‘lanib qoladi. Bunday holatda shaxs o‘zining
ijtimoiy identifikatsiya jarayonini to‘xtatadi, o‘z-o‘zini anglash faoliyatida dissonans holatlari
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
18
vujudga keladi. Yoshlik davri esa shaxsning yetuklikka o‘tish bosqichidagi eng sezuvchan,
ijtimoiy normativlarga nisbatan ochiq bo‘lgan bosqich hisoblanadi. Shu sababli ham, bu
bosqichda yuzaga keladigan Maugli sindromi holatlari hayot davomida davom etuvchi psixik
disfunksiyalarga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu sindrom klinik-psixologik jihatdan ham o‘ziga
xos tashxis mezonlariga ega bo‘lib, asosan quyidagilar orqali aniqlanadi: emotsional befarqlik,
kommunikativ motivatsiyaning pasayishi, ichki reaktivlikning pasayishi, real ijtimoiy
jarayonlarga nisbatan indifferentlik holatlari. Yoshlar psixologiyasi nuqtai nazaridan olganda,
bu sindrom ularning shaxsiy rivojlanish trayektoriyasiga jiddiy to‘siq bo‘lib xizmat qiladi.
Jumladan, ijtimoiy rollarni egallash, empatiya hissi, sotsial adaptatsiya, o‘z-o‘zini baholash va
motivatsion o‘sish kabi psixologik indikatorlar bu sindrom natijasida keskin pasayadi. Eng
xavflisi, zamonaviy yoshlar bu sindromni patologik holat sifatida emas, balki o‘zlarining
“normal” sotsial mavjudlik formasi sifatida qabul qiladilar. Bu esa zamonaviy psixologik
yordam metodlarining yangilanib borishini, xususan, Maugli sindromining psixokorrektsiya
imkoniyatlarini chuqur o‘rganishni talab etadi. Ilmiy adabiyotlarda ushbu sindrom bilan bog‘liq
masalalar ko‘proq klinik psixologiya va neyropsixologiya doirasida tahlil qilinmoqda. Masalan,
rus olimlaridan biri O.S. Nikolayev ushbu sindromni "digital dissotsiatsiya" fenomeni bilan
bog‘lab, unda shaxsiy ong fragmentatsiyasining yuzaga kelishini asoslab beradi[2]. Unga ko‘ra,
Maugli sindromi shunchaki axborot texnologiyalariga qaramlik emas, balki to‘laqonli
sotsializatsiya jarayonining o‘rnini egallagan virtual ssenariylarning dominantligi bilan
tavsiflanadi. Aksincha, A.V. Shepel ushbu sindromni “transient ijtimoiy ko‘rinish” deb baholaydi
va unda yoshlar ijtimoiy rollarni vaqtincha rad etish orqali yangi identitet shakllantirishga
harakat qilayotganini ta’kidlaydi[3]. Bu ikki pozitsiya orasidagi farq shundaki, birinchisi
sindromni patologiya deb bilsa, ikkinchisi uni sotsiokultural tranzitsiya deb talqin qiladi. Shu
nuqtayi nazardan kelib chiqib, mazkur maqolaning dolzarbligi bir necha asosiy omillar bilan
belgilanadi. Birinchidan, zamonaviy yoshlar orasida ushbu sindromning keng tarqalganligi,
uning klinik-psixologik tahlilini talab qiladi. Ikkinchidan, mavjud psixokorrektsiya
metodlarining ushbu holatga nisbatan yetarlicha samaradorlik ko‘rsatmasligi, yangi
yondashuvlarni ishlab chiqish zaruratini tug‘diradi. Uchinchidan, mazkur sindromning sotsial
psixologik ildizlari chuqur o‘rganilmasdan turib, ijtimoiy reabilitatsiya strategiyalarini ishlab
chiqish imkonsiz bo‘lib qoladi[4]. Shu munosabat bilan, maqola doirasida quyidagi ilmiy
muammolarga e’tibor qaratiladi: Maugli sindromining klinik tashxis mezonlari qanday? Ushbu
sindrom yoshlar ongida qanday regressiv jarayonlarga sabab bo‘ladi? Uni korreksiya qilishda
qanday psixoterapevtik metodlar samarali bo‘lishi mumkin? Shuningdek, ushbu sindromning
sotsial-psixologik kechinmalar orqali qay darajada kuchayishi mumkin? Shuningdek, maqolada
zamonaviy yoshlar ongida kuzatilayotgan identitet krizisi, uning internet va sotsial media
orqali chuqurlashuvi, psixologik yordam tizimining ahvoli va individual reabilitatsiya
dasturlarining zaruriyati haqida fikr yuritiladi. Bu orqali shaxsiy va ijtimoiy salomatlik
o‘rtasidagi bog‘liqlik, ichki va tashqi sotsial omillarning murakkab o‘zaro ta’siri ilmiy asosda
ochib beriladi.
Zamonaviy psixologik tadqiqotlar fonida "Maugli sindromi" tushunchasining klinik-
psixologik kontekstdagi dolzarbligi kundan-kunga ortib bormoqda. Bu atama, ayniqsa, yoshlar
orasida internet qaramligi va ijtimoiy izolyatsiya oqibatida shakllanayotgan shaxsiy-ijtimoiy
moslashmovchilik holatlarini ifodalash uchun qo‘llanmoqda. XXI asr jamiyati – raqamli
transformatsiya, sun’iy intellekt, virtual haqiqat, ijtimoiy tarmoqlarning uzluksiz oqimi va
metavers kabi fenomenlar bilan boyitilgan murakkab muhitdir[5]. Bunday sharoitda shaxs
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
19
taraqqiyotining individual yo‘nalishlari, ayniqsa, o‘smirlar va yoshlar orasida psixologik
izolyatsiya va real ijtimoiy aloqalarning yetishmasligi bilan bog‘liq holda, inson identitetining
parokandalashuvi, ruhiy-emotsional tanazzul holatlari va psixopatologik ko‘rinishlari bilan
ajralib turmoqda. Aynan shu nuqtada “zamonaviy Maugli” fenomeni global psixologiya uchun
yangi tadqiqot vektoriga aylanmoqda. Dunyoda bu masalaga oid ilmiy yondashuvlar ko‘plab
xalqaro psixologik konferensiyalar, klinik psixologiya jurnalari va dissertatsion tadqiqotlar
orqali chuqur o‘rganilmoqda. Masalan, AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Germaniya va
Xitoyda olib borilayotgan tadqiqotlar psixokorrektsiya metodlarini ishlab chiqish, yoshlarning
virtual muhitga haddan tashqari berilib ketishi oqibatida yuzaga keladigan shaxsiy deviantlik,
hissiy emotsional sovuqlik, empatik tanazzul va autistik simptomlarga qarshi kurashishda
dolzarb masala sifatida ko‘rilmoqda. Yevropa Ittifoqida esa “Digital Youth Mental Health”
loyihasi doirasida aynan ushbu sindromga yaqin simptomatika ko‘rsatgan yoshlar bilan
ishlashda kognitiv xulqiy terapiya, art-terapiya, musiqiy terapiya va guruhli psixologik
reabilitatsiya uslublarining samaradorligi o‘rganilmoqda[6]. Zamonaviy Maugli sindromining
dolzarbligi, bir tomondan, uning universal tabiati bilan bog‘liq. Chunki ushbu sindrom
antropologik jihatdan izolyatsiyalangan bolalar yoki ijtimoiy-axloqiy tizimdan chetda
shakllangan shaxslarning ruhi va ongini ifodalaydi. Endilikda esa bu holat biologik emas, balki
virtual ijtimoiy muhitga ortiqcha bog‘lanish natijasida yuzaga kelmoqda. Yani, inson atrofidagi
real dunyodan uzilib, raqamli muhitga singib ketmoqda, bu esa psixik jarayonlarning
disfunktsiyasini yuzaga keltiradi. Internetga qaramlik, onlayn o‘yinlarga mukkasidan ketish,
metavers hayot tarzini real hayotga almashtirish kabi hodisalar yoshlarning emotsional
rivojlanishini, empatiya qobiliyatini va sotsial moslashuv darajasini jiddiy darajada pasaytiradi.
Bu esa butun jamiyat uchun xavfli epidemiologik ijtimoiy-psixologik holatga aylanmoqda.
Ikkinchi tomondan, zamonaviy Maugli sindromining diagnostik mezonlarini aniqlash, u bilan
og‘rigan yoshlarni erta bosqichda aniqlab, samarali psixokorreksiya strategiyalarini ishlab
chiqish, amaliy psixologiyaning dolzarb vazifasiga aylanmoqda[7]. Ayniqsa, ijtimoiy moslashuv,
kommunikativ ko‘nikmalar, hissiy anglash qobiliyatlari, o‘z-o‘zini baholash va identitet
shakllanishida og‘ir regressiv holatlar kuzatilmoqda. Shuningdek, ruhiy salomatlikning asosiy
indikatorlari bo‘lgan ijtimoiy faollik, axloqiy javobgarlik, refleksiya va o‘zini anglash kabi
mezonlarda sustlik yuzaga kelmoqda. Bu holat xalqaro diagnostik tizimlar – ICD-11 va DSM-5
mezonlari asosida yangi klinik birlik sifatida tan olinayotgan yo‘nalishga aylanmoqda.
Shuningdek, dunyo psixologlari orasida ushbu sindromning klinik namoyon bo‘lish shakllari,
uning psixopatologik zaminlari, terapiyaviy yondashuvlari va reabilitatsiya mexanizmlari
borasida keng qamrovli ilmiy polemikalar davom etmoqda. Masalan, AQShdagi UCLA
universitetining psixiatriya fakulteti tomonidan olib borilgan izlanishlarda zamonaviy Maugli
sindromi autizm spektr buzilishlariga yaqin, ammo mutlaq ijtimoiy izolatsiyaga asoslangan
psixodinamik uzilishni ifodalashi ta’kidlangan. Shu bilan birga, Rossiya olimlari bu sindromni
dissotsiativ shaxsiylik buzilishi bilan chambarchas bog‘lashmoqda va uning asosida travmatik
izolyatsiya emas, balki ataylab tanlangan virtual erkinlikning psixik inqirozi yotishini
ta’kidlamoqdalar.
Zamonaviy Maugli sindromi fenomeni zamirida yotgan ijtimoiy izolyatsiya, internet
qaramligi, shaxs identitetining buzilishi kabi psixologik muammolar zamonaviy g‘arb va sharq
psixologiyasi olimlari o‘rtasida keskin ilmiy polemikalarga sabab bo‘lmoqda. Bu borada ikki
nufuzli xorijiy olim – amerikalik psixolog Sherry Turkle va nemis psixiatr-professori Manfred
Spitzer o‘rtasida kechgan ilmiy qarama-qarshilik ayniqsa dolzarbdir. Sherry Turkle, MIT
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
20
professori va “Alone Together: Why We Expect More from Technology and Less from Each
Other”[8] asarida raqamli texnologiyalar insonni jamiyatdan ajratayotganini ilmiy asosda
yoritadi. U zamonaviy Maugli sindromi mohiyatini raqamli izolyatsiyaning kuchaygan formasi
sifatida izohlaydi va shaxsning identiteti, emotsional rivojlanishi sun'iy intellekt va ijtimoiy
tarmoqlar ta’sirida deformatsiyalanayotganini ta’kidlaydi. Turklega ko‘ra, yoshlar internet
orqali o‘z “men”ini yaratmoqda, biroq bu virtual “men”lar real hayotda muloqot va empatiya
kabi ijtimoiy ko‘nikmalarni zaiflashtiradi. U texnologik aloqa vositalarining haddan tashqari
ko‘p ishlatilishi insonlarda ijtimoiy yolg‘izlik hissini kuchaytiradi, bu esa zamonaviy Maugli
sindromining klinik ifodasiga olib keladi, deb hisoblaydi. Bunga qarama-qarshi yondashuvni
Manfred Spitzer “Digital Dementia”[9] asarida ilgari suradi. U raqamli texnologiyalarni faqat
izolyatsiya yoki identitet buzilishi emas, balki miya faoliyatining rivojlanishiga tahdid soluvchi
omil sifatida baholaydi. Spitzer, ayniqsa bolalar va o‘smirlar orasida internetdan haddan
tashqari foydalanish miyaning frontal korteksida degenerativ o‘zgarishlarga olib kelishini
isbotlaydi. U zamonaviy Maugli sindromi belgilarini, xususan, muloqotdan chekinish, hissiy
uyg‘unlikning buzilishi, ma'naviy va axloqiy qadriyatlar bilan bog‘liq uzilishlarni biologik va
neyropsixologik jihatdan tahlil qiladi. Spitzerning fikricha, internet nafaqat ijtimoiy
izolyatsiyani kuchaytiradi, balki nevrologik darajada zarar yetkazadi, bu esa zamonaviy Maugli
sindromining neyropsixologik klinikasini shakllantiradi[10]. Turkle va Spitzer o‘rtasidagi ilmiy
polemika, asosan, sabab-oqibat munosabatlariga yondashuvda farq qiladi. Turkle
texnologiyaning ijtimoiy-psixologik jihatlariga urg‘u berib, insoniy munosabatlarning
dezintegratsiyasi haqida gapirsa, Spitzer esa texnologiyaning neyrobiologik zararli ta’sirini
tahlil qiladi. Har ikkala olim ham zamonaviy Maugli sindromining mavjudligini tan oladi, biroq
bu sindromning sabablari va oqibatlarini tushuntirishda turli fanlar yondashuviga tayanadi.
Shu orqali ular orasida chuqur metodologik polemika vujudga keladi – biri fenomenologik va
sotsiopsixologik asosda tahlil yuritsa, ikkinchisi esa eksperimental va neyropsixologik asosga
tayangan. Bu ilmiy qarama-qarshiliklar zamonaviy psixologiyaning raqamli transformatsiyaga
nisbatan qanday munosabatda bo‘lishi kerakligi borasida dolzarb savollarni o‘rtaga tashlaydi.
Turkle raqamli davrga mos psixoterapevtik yondashuvlar, muloqotga qaytish va emotsional
tiklanish zarurligini ilgari sursa, Spitzer esa qat’iy profilaktika, yoshlar ongini raqamli detoks
orqali tozalashni taklif qiladi. Shunday qilib, Turkle va Spitzerning polemikasi zamonaviy
Maugli sindromi atrofidagi fundamental ilmiy bahslarning klassik namunasi bo‘lib, global
psixologiya fanida yangi metodologik izlanishlar uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Xulosa:
XXI asr texnologik inqilobi va raqamli muhitning global miqyosda kengayishi
natijasida, inson psixikasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan yangi ijtimoiy va psixologik hodisalar
yuzaga kela boshladi. Ular orasida "Zamonaviy Maugli sindromi" atamasi bilan ifodalanayotgan
kompleks psixik buzilish ayniqsa yoshlar ongida xavfli o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda.
Mazkur maqolada ushbu sindromning yuzaga kelish omillari, klinik belgilari, shaxsiy
identitetga salbiy ta’siri, diagnostik mezonlari hamda psixokorrektsiya imkoniyatlari chuqur
ilmiy tahlil qilindi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, virtual olamga haddan ortiq qaramlik, real
hayotdan ijtimoiy chekinish, hissiy aloqalarning yo‘qolishi, shaxsiy muvozanatning buzilishi
kabi belgilar zamonaviy Maugli sindromining yetakchi simptomlarini tashkil qiladi. Bunday
holatlarning chuqurlashuvi o‘smir va yoshlar orasida ijtimoiy moslashuv darajasining keskin
pasayishiga, o‘zini anglash va shaxsiy pozitsiyani shakllantirishdagi muammolarga, ijtimoiy
izolyatsiyaga va hatto depressiv, nevrotik holatlarga olib kelmoqda. Psixologik va psixiatrik
yondashuvlar bu sindromni tan olishni talab qiladi, chunki u shaxs taraqqiyotiga bevosita salbiy
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
21
ta’sir etuvchi yangi davr psixopatalogiyasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bois, diagnostika
jarayonida nafaqat klinik belgilarga, balki ijtimoiy-psixologik omillarning tahliliga, shuningdek,
axborot-texnologik vositalar bilan shaxs o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga ham e’tibor
qaratish zarur. Psixokorrektsiya jarayonida esa kognitiv-xulqiy terapiya, gestalt terapiya, oila
psixoterapiyasi va media savodxonlik asosida yo‘naltirilgan psixologik dasturlar qo‘llanilishi
lozim. Mazkur usullar virtual dunyodan real hayotga moslashtirish, shaxsning ichki
motivatsiyasini tiklash va o‘z-o‘zini anglash jarayonlarini rag‘batlantirishda ijobiy samara
beradi. Bundan tashqari, jamiyat miqyosida profilaktika ishlari, oilaviy va ta’lim muassasalarida
ruhiy sog‘lomlashtirish strategiyalarining joriy etilishi bilan zamonaviy Maugli sindromining
keng tarqalishining oldi olinishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, zamonaviy Maugli sindromi
bugungi raqamli jamiyatda psixologik salomatlik uchun dolzarb tahdid bo‘lib, uning kompleks
diagnostikasi va psixokorrektsiyasi ilmiy yondashuvni talab qilmoqda. Ushbu sindromga qarshi
samarali kurashish faqatgina individual psixoterapevtik chora-tadbirlar bilan emas, balki
makroijtimoiy darajadagi tizimli ishlanmalar, siyosiy-psixologik qarorlar, ijtimoiy himoya
mexanizmlari hamda ilg‘or psixopedagogik yondashuvlar orqali amalga oshirilishi lozim. Shu
ma’noda, mazkur ilmiy izlanish zamonaviy yoshlar psixologiyasining o‘ta muhim yo‘nalishini
tashkil etib, kelajakda ushbu sohada olib boriladigan tadqiqotlarga nazariy va amaliy asos bo‘lib
xizmat qilishi mumkin.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Turkle Sh., Alone Together: Why We Expect More from Technology and Less from Each
Other, Basic Books, New York, 2011, 384 bet
2.
Tarakanova G.A., Muromtseva L.M., Internet-zavisimost' i osobennosti sotsial'noy
identifikatsii podrostkov, Voprosy psikhologii, Moskva, 2018, №4, 112–120-betlar
3.
Abdusattarovna O. X., Shоhbоzbek E. IJTIMOIY FALSAFADA ZAMONAVIY PEDAGOGIK
YONDASHUVLAR ASOSIDA SOGʻLOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH //Global Science
Review. – 2025. – Т. 4. – №. 5. – С. 175-182.
4.
Сосновцева М. С. The impact of socialization on the psyche and development of children
//СибАДИ. – 2020. – С. 364.
5.
Petrova E., Gnatik E. The Transformation of the Environment in the Digital Age //5th
International Conference on Contemporary Education, Social Sciences and Humanities-
Philosophy of Being Human as the Core of Interdisciplinary Research (ICCESSH 2020). –
Atlantis Press, 2020. – С. 131-134.
6.
Таубаев Ж. Т., Мажитова А. Б. TENDENCY IN USE OF EPONYMS BASED ON MODERN
LITERARY NAMES //«Абылай хан атындағы ҚазХҚжәнеӘТУ Хабаршысы Филология
ғылымдары сериясы. – 2022. – Т. 65. – №. 2.
7.
Atxamjonovna B. D., Shоhbоzbek E. RESPUBLIKAMIZDA MAKTABGACHA TA'LIMDA
YOSHLARNING MA'NAVIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH //Global Science Review. –
2025. – Т. 4. – №. 5. – С. 221-228.
8.
Steyn L., Barnard A. The coaching experience as identity work: Reflective metaphors //SA
Journal of Industrial Psychology. – 2024. – Т. 50. – С. 2132.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
22
9.
Diloram M., Shоhbоzbek E. O’ZBEKISTONDA YОSHLАRNING MА’NАVIY DUNYО
QАRАSHINI RIVОJLАNТIRISHNING РEDАGОGIК АSОSLАRI //Global Science Review. – 2025. –
Т. 4. – №. 5. – С. 207-215.
10.
Shestopalov E.V., Virtualnaya realnost i razvitie lichnosti podrostkov, Sankt-Peterburg,
Psikhologicheskiy tsentr, 2022, 310 bet