Авторы

  • Sarvinoz Turg’unova
    Alfraganus Universiteti Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.134155

Ключевые слова:

O'smirlik oila muhiti axloqiy tarbiya ajralish ota-ona roli muloqot madaniyati shaxs shakllanishi mustaqillik oilaviy nizolar bolalar ruhiyati farzand dunyo qarash.

Аннотация

Ushbu maqolada oiladagi muhit o'smirlik davrdagi farzandning axloqiy shakllanishigia ko;rsatadigan ta'siri yoritilgan. Oiladagi muloqot, mehr-oqibat, ota-onaning roli axloqiy qarashlari, xulq-atvori va o'zini anglash jarayonlariga bevosita ta'sir qilishi tahlil qilingan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

4

O’SMIRINING AXLOQIY SHAKLLANISHIGA OILA MUHITNING TA’SIRI

Turg’unova Sarvinoz Fazliddin qizi

Alfraganus Universiteti Pedagogika va psixologiya

yo‘nalishi 3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16750202

Annotatsiya

: Ushbu maqolada oiladagi muhit o'smirlik davrdagi farzandning axloqiy

shakllanishigia ko;rsatadigan ta'siri yoritilgan. Oiladagi muloqot, mehr-oqibat, ota-onaning roli
axloqiy qarashlari, xulq-atvori va o'zini anglash jarayonlariga bevosita ta'sir qilishi tahlil
qilingan.

Kalit so’zlar:

O'smirlik, oila muhiti, axloqiy tarbiya, ajralish, ota-ona roli muloqot

madaniyati, shaxs shakllanishi, mustaqillik, oilaviy nizolar, bolalar ruhiyati, farzand, dunyo
qarash.

Аннотация:

В данной статье рассматривается влияние семейной среды на

нравственное формирование ребёнка в подростковом возрасте. Анализируется
непосредственное влияние общения, привязанности и роли родителей в семье на
нравственные взгляды, поведение и процессы самосознания.

Ключевые слова:

Подростковый возраст, семейная среда, нравственное

воспитание, развод, родительская роль, культура общения, формирование личности,
самостоятельность,

семейные

конфликты,

детская

психология,

ребёнок,

мировоззрение

.

Annotation:

This article discusses the impact of the family environment on the moral

formation of a child during adolescence. The direct impact of communication, affection, and the
role of parents in the family on moral views, behavior, and self-awareness processes is
analyzed.

Keywords:

Adolescence, family environment, moral education, divorce, parental role,

culture of communication, personality formation, independence, family conflicts, child
psychology, child, worldview.

Oila kichik ijtimoiy guruh sifatida doimo o‘z a’zolariga o‘zaro muloqot va o‘zaro tushunish

vazifalarini qo‘yadi. Busiz oila mustahkam bo‘la olmaydi. Oilaning ichki barqarorligiga xizmat
qiluvchi iqtisodiy funksiya «oila - jamiyat» tizimida ham amal qiladi hamda oila o‘zining shu
vazifasi tufayli jamiyatga katta iqtisodiy foyda keltiradi. Chunki inson resursi jamiyat va davlat
uchun zarur ekan, bol tarbiyasi, bolani iqtisodiy ta’minlash borasida oila davlat funksiyasining
sezilarli qismini o‘z zimmasiga olishi, oilaning barqaror bo‘lishi, avvalo, davlat manfaatlariga
mosdir. Ma’lumki, oila a’zolarining salomatligini mustahkamlash, dam olishini tashkil etish, oila
a’zolarining bo‘sh vaqtlarini o‘tkazishni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Oilaning o‘z
a’zolari ma’naviy-psixologik himoyalanganligini ta’minlashdagi roli beqiyosdir [1]. Chunki
inson o‘z oilasida.va o‘z yaqinlari qurshovida oladigan xotirjamlik, erkinlikni hech bir narsa
bilan almashtira olmaydi. Shu ma’noda oilaning rekreativ funksiyasi uni mustahkamlikka olib
boruvchi eng asosiy yo‘ldir. Oilaning nazorat funksiyasi oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlami boshqarish tizimini, shuningdek, birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada
yetakchilik va obro‘ni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.

Oila muhitining o’smir axloqiga ta’siri quyidagi jihatlardan iborat bo’lib, axloqiy

qadriyatlarning asosiy manbai sifatida oila ya’ni oila a’zolari o’smirga yaxshi va yomonni
farqlash, axloqiy me’yorlarga rioya qilishni o’rgatadi. Shuningdek, oila tarbiyasida adolat,


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

5

halollik, hurmat, mehr-oqibat kabi axloqiy fazilatlar singdiriladi. Oila muhitida tarbiya olgan
o’smir jamiyatda to’g’ri, odobli va mas’uliyatli shaxs bo’lib yetishadi.

Kishilar orasidagi asosiy munosabatlar o‘zaro muloqotlarga kirishish, ya’ni so‘z, imo-

ishora, xatti-harakatlar orqali bir-biriga ta’sir o‘tkazishga asoslanadi. Oila inson hayotiy
faoliyatining o‘zagi sifatida ekan, aynan oiladagi muloqot va munosabatlarning keyingi xatti-
harakatlari va boshqa insonlar bilan o‘zaro kirishadigan munosabatlarining mazmunini
belgilab beradi. Aytish mumkinki, har bir shaxs oiladan boshlab insonlararo ijtimoiy
munosabatlarga kirishishning boshlang‘ich maktabin o‘taydi. Hozirgi kunda insoniyat
o‘rtasidagi barcha munosabatlar (insonlararo munosabatlardan tortib, to davlatlararo
munosabatlargacha) nihoyat darajada murakkablashib, o‘zaro muloqot va ommaviy axborot
vositalari yordamida yanada taranglashtirilgan murakkab bir davrga to‘g‘ri kelmoqda. Bu holat
oila ichki hayotiga ham xosdir. Insonlar har daqiqada kirishadigan muloqot va aloqalaming
nihoyatda jadallashuvi, axborotlashgan tizimlaming misli ko‘rilmagan darajada ortishi,
turmush tarzidagi o‘ta asabiy holat, hayot intensivligidan kelib chiqadigan emotsional
zo‘riqishlar oilaning o‘mini yanada oshiradi. Jumladan, jamiyatdagi o‘ta murakkab
jarayonlardan toliqqan insonlar uchun oila ishonchli boshpana, o‘zini har tamonlama erkin
sezadigan boshpana hisoblanadi. Shuningdek, oilaning o‘zi jamiyatdagi munosabatlaming
ta’sirida bo‘lganligi sababli o‘z a’zolariga, ulaming o‘zaro munosabatlariga nisbatan o‘ta nozik
muloqot madaniyatini talab etadi.

Ayrim sotsiolog olimlar (U.M.Sverdlov,V.A.Ryasensov, V.P.Kluchnikov) inson zotini

davom ettirish, bolalami tarbiyalash va xo‘jalik funksiyalarini farqlab ko‘rsatadilar;
S.D.Laptenok xo‘jalik-maishiy, aholi sonini qayta tiklash, tarbiyaviy va oila a’zolari dam olishi,
ya’ni hordiq chiqarishini tashkil etish; N.G.Yurkevich esa ma’naviy muloqot, seksual, bolalami
dunyoga keltirish, tarbiya jarayonidagi hamkorlik, uy xo‘jaligini yuritish uchun zarur vositalami
ta’minlash, dam olishni tashkil qilish, o‘zaro moddiy va ma’naviy qo‘llab-quwatlash;
A.G.Xarchev - aholi sonini qayta tiklash, ijtimoiylashuv, xo‘jalik, iste’mol va dam olishni tashkil
qilish funksiyalarini farqlab ko‘rsatadilar. M.R.Bo‘riyevaning fikriga ko‘ra oila funksiyasi uch
yo‘nalishdan iborat, jumladan, oilaning demokratik vazifasi, oilaning ijtimoiy vazifasi va
oilaning iqtisodiy vazifasi. Oilaning reproduktiv funksiyasi tufayli uning davomiyligi,
to‘laqonligi ta’minlanadi va bu oila barqarorligida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, insonlaming
kichik guruhi va jamiyatning muhim sotsial instituti sifatidagi mavjudligi tarbiyaviy funksiya
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Oilada er-xotinning ajralishi, ya’ni nikohning bekor etilishi
birinchi navbatda oilaning tarkibiga ta’sir etadi, ya’ni oila to‘la oiladan tugal bo‘lmagan oilaga
aylanadi. Oilada farzandlar tug‘ilishi ma’lum darajada kamayadi. Bu esa o‘z navbatida, oilani
davom ettiruvchi avlod yaratilishiga, farzand tarbiyasining bekamu ko‘st bo‘lishiga oilaning
demografik rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi.

Oila mustahkamligiga ta’sir etuvchi quyidagi omillar mavjud:
1) Farzand;
2) Nikoh subyektlarining o‘zaro mos kelishlari:
a) ijtimoiy mos kelish; b) psixologik mos kelish;
3) Nikoh yoshi;
4) Oilada ayol va erkakning o‘mi;
5) Xarakterlaming to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligi;
6) Davlat tomonidan oilalami ijtimoiy himoyalash;
7) Oilada huquqning o‘mi;


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

6

8) Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar (qaynona, qayinsingillar, ovsinlar);
9) Oila a’zolarining (subyektlarining) sotsial xulqatvori (masalan, narkotik moddalami

iste’mol qilishi, alkogolizm);

10) Asossiz yoki asosli rashk;
11) Er yoki xotinning kasallikka chalinishi;
12) Oiladagi moddiy yetishmovchilik;
13) Oilada qariyalarning borligi;
14) Nikoh subyektlarining ma’lumotlilik darajasi. [2]. Bu esa o‘z navbatida bolalar

tarbiyasiga, jumladan, ijtimoiy faol shaxsni tarbiyasiga salbiy ta’sir etadi. Albatta, ajralish oila
beqarorligining eng oxirgi ayanchli ko‘rinishi bo‘lib, shu oila a’zolarining shaxs sifatida
shakllanishiga ta’sir etadi. «Ijtimoiy fikr» Markazida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovlar natijasiga
ko‘ra, o‘zbekistonliklarning mutlaq ko‘pchiligi (94,8%) ajralishlarga nisbatan salbiy
munosabatda. Buni tushunsa bo‘ladi. So‘rovda fuqarolarimizning ajralishlarga nisbatan salbiy
munosabati sabablari ham yuzaga chiqdi. Bular: oilaning barbod bo‘lishi (34,2%), bolalaming
yetim bo‘lib qolishlari (33,8%), ajralishlaming bolalar ruhiyatiga, ta’lim olishlariga va
tarbiyasiga salbiy tasir ko‘rsatadi. Bu holatdagi noxushlik bor oilalarda istaymizmi yo‘qmi
shaxsning tarbiyalanish jarayonida ma’lum bir og‘ishlarga olib keladi. Natijada shaxs
psixikasidagi ma’lum g‘alayonlar ta’sirida o‘z nuqtai nazarini to‘g‘ri ifodalash va qaror qabul
qilish jarayonida ikkilanishlarga olib kelishi mumkin. Bunga albatta tashqi muhit va shaxsning
irodasi, o‘zini tutabilishi, fikrlash qobilyati kabi bir qator omillaming holati katta ahamiyatga
ega. Tassavvur qilaylik, bir oilada surinkali kelishmovchilik natijasida oila buzildi. Buzilgan
oilada albatta kattalarga nisbatan bolalar ko'proq jabir ko‘radilar, ya’ni yoki otaning, yoki
onaning mehridan mahrum bo‘ladilar. Bu holatda hammamizga ma’lumki farzand tarbiyasiga
e’tibor susayganligi sababli, ya’ni yo otaning, yo onaning tarbiya jarayonida ta’siri yo‘qligi,
farzandning tarbiya jarayonida bo‘shliq bo‘lishiga olib keladi. Farzandning shaxsiy faoliyatidagi
bu bo‘shliq, farzandning har xil oqimlarga, guruhlarga yoki boshqa yomon yo‘llarga kirib
ketishiga sabab bo‘ladi. Ota-ona farzandining bunday nomaqbul yo‘lga kirganidan ozgina
bo‘lsa-da, yuragi achishadi, lekin endi bu kech bo‘lganligini, farzandining ko‘ngli singanligini,
uni qaytib tiklash mushkul ekanligini tushinib yetishmaydi, aks holda ajralishmagan bo‘lar edi.
Biz o‘z manfaatimizni emas, balki farzandlar» oldidagi burchimizni, jamiyat va ona yurt oldidagi
burchijhizni ustin qo‘ymog‘imiz darkor.

O‘smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, nuqtai nazar, pozitsiya, o‘zligirini anglash, baholash

va hokazolar shakllanadigan davr hisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi bola kattalaming
ko'rsatmalari yoki o‘zining tasodifiy, ixtiyorsiz orzuistaklari bilan harakat kilsa, o ‘smir o‘z
faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtai nazari asosida tashkil qila boshlaydi.
O‘smir shaxsining tarkib topishida axioq o‘ziga xos, ong alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda
o‘quvchilaming axloqiy tushunchalami o‘zlashtirishi va ularni turmushga tatbiq etishi muhim
rol o‘ynaydi. Umuminsoniy xislatlami shakllantirish jarayoni, o‘quvchidagi ishonch, aqida,
nuqtai nazaming qaramaqarshiliklariga duch keladi.O‘smir shaxsini tarkib toptirishda uning
atrofmuhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Chunki
o‘smirda muayyan narsalarga munosabat shakllangan bo‘ladi. Ijtimoiy turmushni kuzatish,
undagi inson uchun zarur ko‘nikmalami egallash.kattalar xulq-atvorini tahlil qilish
imkoniyatini yaratadi. Natijada favqulodda holatlarga - katta yoshdagi odamlariiing tutgan yo‘li
va uslubini baholash ko‘nikmasi tarkib topa boshlaydi. O‘smir xulq-atvorini baholashda
(rag‘batlantirish yoki jazolashda) kattalaming qat’iyatliligi, prinsipialligi sinchkov o‘quvchi


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

7

tomonidan tahlil qilinadi va qo‘llangan tadbiming to‘g ‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi yana bir marta
tekshiriladi. Shuning uchun rag‘batlantirish va jazolash usulari oqilona, o‘z vaqtida qo‘llanishi
kerak. Psixologik adabiyotlarda mehnat bilan jazolash o‘smir psixologiyasida keskin o‘zgarish
yasashi ifodalangan. Ma’lumki, hamma o‘quvchilarga mehnatning qahramonlik, yaratuvchilik
ekanligi uqtirib kelinadi.Favqulodda mehnatdan jazo sifatida foydalanish ularga mutlaqo
yomon ta’sir etadi. Psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, o‘smirIaming ko'pchiligi
qat’iyatlilik, kamtarlik, mag'rurlik, samimiylik, mehribonlik, dilkashlik, adolatlilik kabi m
a’naviy, axloqiy tushunchalami to‘g‘ri anglaydilar. Ulaming turmush tajribasida fan asoslarini
egallashi natijasida barqaror e’tiqod va ilmiy dunyoqarash, tarkib topadi, shular zamirida
axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi. O 'smirlam ing ideallari, negizida orzu, maqsad va ulami
ro‘yobga chiqarish rejalari namoyon bo‘la boshlaydi. Muayyan kasbga mayl va qiziqish tug‘iladi.
Orzu-istaklar rang-barangligi bilan bir-biri dan keskin ajralib turadi. O‘smirlar mulohazasini
tadqiq qihsh ularda ahloqiy tushunchalar baravar tarkib topmasligini ko‘rsatdi. A.I.Maliovanov
o‘smirlami to‘rtta guruhga ajratadi: 1) xatti-harakatda o‘zlari anglagan, ijobiy qoidalarga
tayanib ish tutadigan, so‘zi bilan ishi mos o ‘smirlar; 2) axloqiy tushunchalari qiliqlariga mos
keladigan o‘smirlar; 3) xatti-harakatlari axloqiy normalar haqidagi bilimlari bilan ajralib
turadigan shu bilimlarga mos harakat qiimaydigan o4smirlar; 4) o'zlari biladigan axloqiy
talablar bilan, kundalik xulq-atvoming aloqasini tushunmaydigai o'smirlar. Ilmiy tadqiqotlar va
hayot tajribalari ayrim axloqiy tushunchalami noto’g’ri tushunib, shaxsning ba’zi fazilatlarini
noto'g^i baholab, mustaqillikka intiladigan, o‘z irodasini namoyish qilishga harakat qiladigan
o‘smirlar o‘zlarida salbiy sifatlami o ‘stirishga urinishini ko‘rsatdi. Hatto ular o‘zlarida
shakllangan ijobiy xislatlarni yo‘qotishga ham harakat qiladilar. 0 ‘qituvchi va ota-onalaming
asosiy vazifasi ulaming noto‘g‘ri qarashlariga zarba berish va o‘smirlaming adashishlariga yo‘l
qo‘ymaslikdir. O‘smir o‘g‘il-qizlar shaxsining kamol topishida o ‘zini anglash muhim
ahamiyatga ega. Chunki o‘zini anglash jarayonida o‘ziga baho berish mayli va istagi o‘zini
boshqa shaxslar bilan taqqoslash, o ‘ziga bino qo'yish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Bular esa
o‘smiming psixik dunyosiga, aqliy faoliyatiga, tevarak-atrofga munosabatining shakllanishiga
ta’sir qiladi. O‘smirlarda o‘zini anglashning rivojlanishi shaxsiy xulq-atvorini tushunishdan
boshlanib, axloqiy fazilatini, xarakterini, aqliy imkoniyat va qobiliyatini bilish bilan
yakunlanadi. O‘smirda o‘zini anglash rivojlanishi uchun sinf jamoasi va oila a’zolarining
faoliyati muhim ahamiyatga ega. Uning xatti-harakati, o‘z kuchiga, mayliga, yoshiga loyiq
ijtimoiy munosabatlari, muayyan muhitda o‘z o‘mini topishga intilishi o‘zini anglashining
takomillashuviga puxta zamin yaratadi. O‘smirlarda o‘zini anglash yangi bosqichga ko‘tarilgach,
ular o‘ziga xos axloqiy namunani tanlaydilar. O‘quvchi o‘ziga namuna bo‘lgan shaxsning xulq-
atvori bilan o‘zining xatti-harakatini solishtiradi va o‘zining ijobiy yoki salbiy jihatlarini anglab
yetadi. Natijada unda o‘zini o‘zi tarbiyalashga bog'liq yana bir muhim xislat vujudga keladi.
O‘smir o‘zini o‘zi tarbiyalashda kitob qahramonlaridan, kinofilm ishtirokchilaridan o‘mak olib,
goho ularga taqlid qilib, butun iroda kuchi va xarakter xislatlarini ishga solib, har xil
xususiyatlami egallashga intiladi va bu yo‘lda uchraydigan to‘siq hamda qiyinchiliklami
yengadi. O‘smirlik yoshida psixologik jihatdan eng muhim xislat - voyaga yetish yoki kattalik
hissining paydo bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Kattalik hissi ijtimoiy-axloqiy sohada, aqliy
faoliyatda, qiziqishda, munosabatda, ko‘ngil ochish jarayonida, xulq-atvoming tashqi
shakllarida o‘z ifodasini topadi. O'smir o‘z kuchi va quvvati, chidamliligi ortayotganini, bilim
saviyasi kengayayotganini anglay boshlaydi. Bulaming barchasi unda kattalik hissini
rivojlantiradi. Unda g‘ashga tegadigan rahbarlikdan, o‘rinsiz homiylikdan, ortiqcha nazoratdan,


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

8

zeriktiradigan g‘amxo‘rlikdan xoli bo'sh istagi vujudga keladi. Mazkur jarayon o‘z navbatida
kattalar bilan munosabat va muloqotda noxush kechinmalami paydo qiladi. Sinf jamoasi va oila
a’zolari o‘rtasidagi munosabatlami o‘zgartirishgina kattalar bilan o‘smirlar orasidagi
“anglashilmovchilik g‘ovi”ni yo‘qotadi. O’smirlar bilan munosabatda ulaming mustaqilligi,
faolligi,tashabbuskorligi, o‘zini boshqarishini hisobga olib, ortiqcha homiylik, g‘am xo‘rlik
qilmaslik ijobiy samaralar beradi [3].

Xulosa qilib aytganda, oila muhitining ahamiyati o‘smir axloqining shakllanishida hal

qiluvchi omil hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar, ota-ona tarbiyasi, ularning axloqiy me’yorlari
va oiladagi umumiy muhit o‘smirning axloqiy fazilatlarini rivojlantirishda asosiy rol o‘ynaydi.
Yaxshi tashkil etilgan, mehr-muhabbat va tarbiya bilan boyitilgan oila o‘smirga to‘g‘ri axloqiy
qadriyatlarni o‘zlashtirishga yordam beradi. Aksincha, nizoli, beparvo yoki qattiq oilaviy
muhitda o‘smirda noto‘g‘ri xulq va axloqiy muammolar yuzaga kelishi mumkin.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

E.G' G'oziev. Ontogenez psixologiyasi Toshkent “NIF MSH” 2020. 360 b.

2.

I.Alqarov, R.Mamatqulova, X.Norqulov. Shaxs va Oila psixologiyasining pedagogikasi.

Toshkent – 2009. 125 b.
3.

Jumayev, N.Z. Ontogenez psixologiyasi. O'quv qo'llanma / N.Z. Jumayev .-Buxoro:

“Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona, 2022.-252 b.

Библиографические ссылки

E.G' G'oziev. Ontogenez psixologiyasi Toshkent “NIF MSH” 2020. 360 b.

I.Alqarov, R.Mamatqulova, X.Norqulov. Shaxs va Oila psixologiyasining pedagogikasi. Toshkent – 2009. 125 b.

Jumayev, N.Z. Ontogenez psixologiyasi. O'quv qo'llanma / N.Z. Jumayev .-Buxoro: “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona, 2022.-252 b.