YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
110
MAKTABLARDA KVANT FIZIKASI ASOSLARINI O‘RGATISHNING PEDAGOGIK
ASOSLARI
Axmatova Sanobar Ro’zimurot qizi
Qo’qon shahar “Institute school” maktabi fizika fani o’qituvchisi
axmatovasanobar94@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16829791
Annotatsiya:
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida kvant fizikasi asoslarini
o‘qitishning zamonaviy pedagogik yondashuvlari, metodik asoslari hamda bu yo‘nalishdagi
dolzarb muammolar yoritilgan. An’anaviy va innovatsion ta’lim texnologiyalarining
integratsiyasi orqali o‘quvchilarda nazariy bilim bilan birga amaliy tafakkurni shakllantirish
yo‘llari tahlil qilinadi. Kvant fizikasi tushunchalarining murakkabligiga qaramay, ularni oddiy,
bosqichma-bosqich, tushunarli va interaktiv usullar bilan o‘rgatish samaradorligi isbotlangan.
Tadqiqotda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, ilg‘or xorijiy tajribalar va STEAM yondashuvi
asosida kvant fizikasi o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi, o‘quv materiallarini tanlash va
baholash mezonlari kabi jihatlar ham ko‘rib chiqiladi. Mazkur maqola o‘qituvchilarga yangi
metodik yondashuvlarni ishlab chiqishda nazariy asos va amaliy yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
kvant fizikasi, maktab ta’limi, pedagogik asoslar, interaktiv metodlar,
STEAM, o‘quv motivatsiyasi, zamonaviy ta’lim, fizikaviy tafakkur, o‘quvchi faolligi, metodika,
raqamli ta’lim, fizik tushunchalar, innovatsion yondashuvlar, kasbiy rivojlanish, fanlararo
integratsiya.
PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF TEACHING THE BASICS OF QUANTUM
PHYSICS IN SCHOOLS
ABSTRACT:
This article explores the pedagogical foundations and modern approaches to
teaching the basics of quantum physics in general secondary schools. It analyzes how the
integration of traditional and innovative educational technologies can develop students'
theoretical understanding and practical thinking. Despite the complexity of quantum concepts,
the study demonstrates the effectiveness of step-by-step, interactive, and comprehensible
teaching methods. The research also examines student age characteristics, international best
practices, and the application of the STEAM approach in teacher preparation, content selection,
and assessment. This article serves as both a theoretical framework and practical guide for
educators seeking to implement innovative methods in quantum physics education at the
school level.
Keywords:
quantum physics, school education, pedagogical foundations, interactive
methods, STEAM, learning motivation, modern education, scientific thinking, student
engagement, methodology, digital education, physics concepts, innovative approaches,
professional development, interdisciplinary integration.
ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПРЕПОДАВАНИЯ ОСНОВ КВАНТОВОЙ
ФИЗИКИ В ШКОЛАХ
АННОТАЦИЯ:
В данной статье рассматриваются педагогические основы и
современные
подходы
к
преподаванию
основ
квантовой
физики
в
общеобразовательных школах. Проанализированы пути формирования теоретических
знаний и практического мышления учащихся через интеграцию традиционных и
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
111
инновационных образовательных технологий. Несмотря на сложность понятий
квантовой физики, доказана эффективность их пошагового, интерактивного и
доступного преподавания. В исследовании также учитываются возрастные особенности
школьников, передовой зарубежный опыт и применение STEAM-подхода в подготовке
учителей, выборе учебного контента и критериях оценки. Статья может служить
теоретической базой и практическим руководством для педагогов, внедряющих
инновационные методы преподавания квантовой физики в школе.
Ключевые слова:
квантовая физика, школьное образование, педагогические
основы, интерактивные методы, STEAM, учебная мотивация, современное образование,
физическое мышление, активность учащихся, методика, цифровое обучение,
физические понятия, инновационные подходы, профессиональное развитие,
междисциплинарная интеграция.
KIRISH.
XXI asrda fizika fanining eng yirik yutuqlaridan biri bo‘lgan kvant nazariyasi
nafaqat nazariy ilm-fan, balki texnologiya va zamonaviy hayotga bevosita ta’sir qilmoqda. Kvant
kompyuterlar, kvant kriptografiya, nanoelektronika kabi sohalar aynan ushbu nazariyaga
asoslanadi. Shu bois, maktab fizika ta’limi tizimida kvant fizika asoslarini o‘rgatish dolzarb
masala hisoblanadi.
Afsuski, amaliyotda bu mavzu ko‘pincha soddalashtirilgan tarzda yoki yuzaki ko‘rinishda
o‘tiladi. Bu esa o‘quvchilarda noto‘g‘ri tasavvurlar paydo bo‘lishiga, fanlararo tafakkurning
shakllanmasligiga olib keladi. Ushbu maqolada kvant fizikasi asoslarini umumta’lim
maktablarida qanday qilib qiziqarli, tushunarli va samarali o‘rgatish mumkinligi o‘rganiladi.
Kvant fizikasini maktab darsligida o‘qitishning dolzarbligi.
Kvant fizikasini
umumta’lim maktablarining yuqori sinf darsliklarida o‘rgatish masalasi zamonaviy fizika
ta’limining eng dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Quyida bu dolzarblikning asosiy jihatlari
yoritib beriladi:
1. Zamonaviy texnologiyalar asosini tashkil etadi.
Bugungi kunda kvant fizikasining
nazariy asoslari quyidagi ilg‘or texnologiyalarning poydevorini tashkil etadi: Kvant
kompyuterlar, yadro magnit-rezonans tomografiyasi, lazer texnologiyalari, nanoelektronika,
kvant kriptografiya va boshqa ko’plab sohalarni o’z ichiga oladi. Shu sababli, o‘quvchilarni
ushbu sohaga erta bosqichda tayyorlash zamon talabi hisoblanadi.
2. O‘quvchilarda ilmiy tafakkurni shakllantiradi.
Kvant fizikasining asosiy
tushunchalari: ehtimollik tabiatiga ega hodisalar, deterministik emas, balki statistik
tavsiflangan tizimlar, klassik fizikadan farqli noaniqliklar, bu tushunchalar o‘quvchilarning
tanqidiy va analitik fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maktabda kvant tushunchalari
bilan tanishgan o‘quvchi murakkab masalalarni chuqur tahlil qilishga qodir bo‘ladi.
3. Fanlararo yondashuvni kuchaytiradi.
Kvant fizikasining o‘rganilishi matematika
(ehtimollik nazariyasi, to‘lqin tenglamalari), informatika (algoritmlar, kvant kodlash), kimyo
(atom orbitallari) kabi boshqa fanlar bilan integratsion aloqalarni kuchaytiradi. Bu esa STEAM
(Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) ta’lim yondashuvi talablariga to‘la mos
keladi.
4. O‘quvchilarning fanga qiziqishini oshiradi.
Kvant olami odatdagi kundalik
tasavvurga sig‘maydigan, noodatiy hodisalar bilan to‘la: elektronning bir vaqtning o‘zida bir
nechta holatda bo‘lishi (superpozitsiya), zarrachaning joylashuvini to‘g‘ri aniqlab bo‘lmasligi
(noaniqlik printsipi), fotonning to‘lqin ham, zarracha ham bo‘lishi. Bunday g‘ayrioddiy
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
112
hodisalar o‘quvchilar uchun qiziqarli va jalb qiluvchi bo‘lib, fanlarni chuqurroq o‘rganishga
undaydi.
5. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun muhim.
Yaqin kelajakda kvant
texnologiyalari global iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga kirib boradi. Shu bois, kvant
fizikasini maktab bosqichida o‘rgatish orqali raqobatbardosh mutaxassislarning ilk
tayyorgarlik bosqichi boshlangan bo‘ladi.
Kvant fizikasi – zamonaviy ilm-fanning tayanch poydevoridir. Maktab darajasida ushbu
soha bilan tanishish o‘quvchilarda ilmiy tafakkurni rivojlantirish, abstrakt tushunchalarni
anglash qobiliyatini shakllantirish, zamonaviy texnologiyalarga nisbatan qiziqishni
kuchaytirish imkonini beradi. Dunyo amaliyotida (Finlyandiya, Yaponiya, AQSh) kvant fizikasi
tushunchalari 10–11-sinflardan boshlab bosqichma-bosqich kiritilmoqda. Bu yondashuv
o‘quvchilarda ilg‘or fan-texnika yutuqlarini anglashga yordam bermoqda. Kvant fizikasini
maktabda o‘rgatish — bu o‘quvchilarga XXI asr ilm-fani va texnologiyalari haqida tushuncha
berishning kalitidir. Ammo bugungi kunda maktablarda kvant fizikasini o‘rgatishda
uchraydigan ayrim muammolardan ko’z yumib bo’lmaydi. Masalan kvant fizikasida
uchraydigan tushunchalarning murakkabligi, laboratoriya tajribalarining yetishmasligi, kvant
hodisalarini ko‘rgazmali tushuntirish imkoniyati cheklanganligi, o‘quvchilar tayyorgarligining
pastligi, nazariy asoslar yetarli darajada shakllanmaganligi, o‘qituvchilarning tayyorgarlik
darajasidagi muammolar, kvant fizikasi bo‘yicha chuqur bilim va metodikaga ega o‘qituvchilar
soni cheklanganligi kabi bir qator yechimini kutayotgan muammolar mavjud bo’lib, ularni
bartaraf etish uchun quyidagi zamonaviy yondashuvlar muhim:
a) Interaktiv simulyatsiyalar: PhET, Quantum Composer, QSim kabi onlayn
platformalarda kvant tajribalarini vizual ko‘rsatish mumkin.Masalan, Fotoeffekt simulyatsiyasi
orqali nurning chastotasi va elektronlarning chiqish tezligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuzatishi
o’quvchilarda ancha yuqori qiziqish uyg’otadi.
b) Hikoyalashtirish.Kvant fizikasining tarixiy rivoji (Masalan: Plankning kashfiyoti,
Eynshteynning fotoeffekt izohi) orqali tushunchalarni kontekstda o‘rgatish. Mashhur olimlar
hayoti, tajribalar va tarixiy voqealar orqali o‘quvchilarning e’tiborini jalb qilishga yordam
beradi.
c) Modulli o‘qitish. Kvant fizikasini kichik modullarga ajratib, bosqichma-bosqich
o‘rgatish o‘quvchilarda har bir modulda mavzuni to‘liq tushunib, keyingisiga o‘tish
imkoniyatini, har modul yakunida mini test, loyiha ishlari olinishi ulatning individual
o‘zlashtirish sur’atiga moslashishga va baholash imkoniyatini beradi.
d) Fanlararo integratsiya (STEAM yondashuvi). Matematika (logarifmlar, ehtimollik),
informatika (kvant kompyuterlar), tarix (kvant mexanikasi tarixi), kimyo (atom orbitallari)
bilan bog‘lab o‘qitish orqali yanada keng qamrovli tushuncha berish, darslarni infografikalar va
3D animatsiyalar yordamida tushuntirish. O‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib, tajriba
asosida topshiriqlar berish, O‘quvchida keng tafakkur shakllanishiga, kvant fizikasini real
kontekstda tushunishiga, fanlar o‘rtasidagi aloqadorlikni ko‘rish ko‘nikmasi rivojlanishiga
yordam beradi. Mazkur yo‘nalishdagi metodik yangiliklar, interaktiv vositalar va didaktik
yondashuvlar yordamida maktab fizika kursini zamonaviylashtirish mumkin. Muhimi, kvant
fizikasi asoslari murakkablikdan yiroq, tushunarli, mantiqiy va qiziqarli shaklda berilishi kerak.
e) Zamonaviy texnologiyalar bilan bevosita bog‘liqlik. O‘quvchilar hayotda ishlatiladigan
quyidagi texnologiyalar: Lazerlar (CD/DVD, jarrohlik lazerlari), kvant kompyuterlar, MRI
(magnit-rezonans tomografiya), GPS tizimlarining aniqligi (relativistik effektlar bilan bog‘liq)
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
113
kvant fizikasi asosida ishlashini bilsa unda fan hayotga tatbiq etilayotgan real kuch sifatida
ko‘rinadi, bu esa o‘quvchi ongida motivatsiyani kuchaytiradi.
Kvant mexanikasi murakkab va nazariy jihatdan chuqur fan bo‘lsa-da, zamonaviy
pedagogik yondashuvlar yordamida uni maktabda: qiziqarli, interaktiv, oddiy va tushunarli
shaklda o‘rgatish o‘quvchilarning fanga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirishi,
ularni kelajak kvant texnologiyalariga tayyorlash mumkin.
Kvant fizikasini o‘rgatish – raqobatbardosh kadrlar tayyorlash omili sifatida.
Zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar rivojlanayotgan bugungi davrda xalqaro miqyosda
raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash – har bir davlat ta’lim siyosatining asosiy
yo‘nalishlaridan biridir. Bunda kvant fizikasini maktab bosqichidanoq o‘rgatish o‘quvchilarda
chuqur ilmiy tafakkur, muhandislik asoslariga qiziqish, innovatsion texnologiyalarni anglash
qobiliyatini shakllantiradi.
Kelajak texnologiyalarining asosi — kvant fizikasida.
Dunyodagi eng ilg‘or
texnologiyalar, jumladan:Kvant kompyuterlar, kvant kriptografiya,nanoelektronika, lazer
texnologiyalari, MRI kabi tibbiy qurilmalar, sun’iy intellektning kvant algoritmlari barchasi
kvant nazariyasi asosida ishlaydi. Demak, bu texnologiyalarni yaratish, boshqarish va
rivojlantirish uchun kvant fizikasini bilgan yosh avlod zarur.
Global mehnat bozorida talab yuqori.
Jahon mehnat bozorida aynan kvant sohasiga
ixtisoslashgan mutaxassislarga ehtiyoj ortib bormoqda. Masalan:
o
Google, IBM, Microsoft — kvant muhandislar izlaydi
o
Yevropa Ittifoqi va AQShda — kvant texnologiyalari bo‘yicha maxsus grantlar ajratiladi
o
Xitoy, Yaponiya — kvant ilmiy markazlarini ochmoqda
Bu esa O‘zbekiston uchun ham zamonaviy kadrlar tayyorlashda globallashgan mehnat
bozoriga moslashish zaruratini bildiradi.
Kvant tafakkur – tizimli fikrlash demak. Kvant fizikasi abstrakt tafakkur, noaniqlik bilan
ishlash, matematik modellashtirish, eksperimental tahlil, tanqidiy va innovatsion
yondashuvlarni rivojlantiradi. Bunday yondashuvga ega bo‘lgan o‘quvchi nafaqat fizika, balki
IT (dasturlash, sun’iy intellekt)
Biofizika
Muhandislik
Kiberxavfsizlik
sohalarida ham raqobatbardosh va moslashuvchan mutaxassisga aylanishi mumkin.
Startap va innovatsion g‘oyalar uchun zamin.
Kvantga asoslangan sensorlar, lazer
texnologiyasi, kvant xavfsizlik tizimlari, tibbiy diagnostika uskunalari kabi yo‘nalishlar yoshlar
startaplari uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi. Agar o‘quvchi kvant tafakkurini maktabdayoq
egallasa, u startap va ixtirochilik yo‘liga tayyorlanadi. Bugun raqobat neft yoki gazda emas, balki
ilmiy tafakkurli yosh avlodga ega bo‘lishda!
Kvant fizikasini o‘rgatish orqali maktab bitiruvchisi olim bo‘lishi, innovator bo‘lishi, IT
yoki biofizika sohasiga kirib boradi, startap yaratuvchisi bo‘ladi, harbiy texnologiyalarni
tushunadi. Bu esa mamlakatga ilm-fan asosida kuchli raqobat qudratini beradi.
Maqola tahlillaridan kelib chiqib quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Kvant fizikasi dasturga integratsiya qilinishi zarur, biroq bu jarayon bosqichma-
bosqich, o‘quvchining yoshi va bilim saviyasiga mos tarzda amalga oshirilishi kerak.
2. Interaktiv vositalar, virtual laboratoriyalar va soddalashtirilgan modellar yordamida
kvant hodisalari tushunarli qilib o‘rgatilishi mumkin.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
114
3. O‘qituvchilarning malakasini oshirish, ular uchun maxsus metodik qo‘llanmalar,
simulyatsiyalar, grafik animatsiyalar va o‘quv materiallarini tayyorlash muhim ahamiyatga ega.
4. O‘quvchilarning qiziqishini uyg‘otish uchun real hayotdagi misollar (masalan, GPS
texnologiyasi, MRI apparatlari, kvant kompyuterlar) orqali mavzular hayot bilan bog‘lanishi
kerak.
Kvant fizikasi bugungi kunda nafaqat fundamental ilmiy yo‘nalish, balki kundalik hayotga
kirib kelayotgan texnologiyalar asosidir. Maktab darsliklarida ushbu soha asoslarini o‘rgatish
o‘quvchilarga zamonaviy ilm-fan va texnik taraqqiyot yo‘nalishlarini anglash, yangi fikr yuritish
ko‘nikmalarini shakllantirish, fanlararo bilimlarni uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Bu esa,
ta’lim tizimining mazmunini chuqurlashtirish va yangilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kvant fizikasi — bugungi kunda texnologik taraqqiyotning asosi bo‘lgan eng muhim va
murakkab yo‘nalishlardan biridir. Uni maktab bosqichida o‘rgatish — o‘quvchilarda nafaqat
ilmiy tafakkurni, balki kritik fikrlash, ehtimollik asosida fikr yuritish, ilmiy dunyoqarashni
shakllantirish imkonini beradi. Mazkur maqolada kvant fizikasi maktabda o‘qitilishidagi
muammolar, ularni yengish bo‘yicha taklif etilgan yechimlar va didaktik yondashuvlar ko‘rib
chiqildi.
Xulosa.
Kvant fizikasini maktabda bosqichma-bosqich, tushunarli va motivatsion uslubda
o‘rgatish o‘quvchini zamonaviy fanga tayyorlaydi, innovatsion tafakkur egasiga aylantiradi,
global bozor talablariga mos kadr yetishtiradi, milliy raqobatbardoshlikni oshiradi. Ya’ni bu –
raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashning poydevoridir. Bu esa O‘zbekistonning
kelajakdagi ilmiy salohiyatiga zamin yaratadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Абдусаттаров Қ., Хамидов А. Физика фанини ўқитиш методикаси. – Тошкент:
“Ўқитувчи”, 2016. – 288 б.
2.
Назаров Ж.Н. Квант физикаси асослари. – Тошкент: “Fan va texnologiya”, 2014. – 214
б.
3.
Маҳкамов О.Р. Физик таълимда инновацион педагогик технологиялар. – Тошкент:
“Иқтисод-молия”, 2020. – 192 б.
4.
Сергеев И.Н. Методика преподавания физики. Современные подходы. – Москва:
Просвещение, 2021. – 320 с.
5.
. X. Abdullayev. “Zamonaviy fizika asoslari”, Toshkent, 2019.
6.
Hasanov O. (2023). "Fizika va astronomiya ta’limida innovatsion yondashuvlar",
Innovatsion ta’lim, Toshkent.
7.
Mustafoyev O. (2024). "Sun’iy intellektni fizika darslarida qo‘llash", BuxDU Ilmiy jurnali.
8.
Ergasheva M. (2023). "Fizika ta’limida STEAM yondashuvi", In-Academy.
9.
“Quantum Physics in School Education” – European Physical Society Report, 2021.
10.
Maktab fizika o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma, TDPU, 2023.