YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
142
O’RTA MAKTABDA O’ZGARMAS TOK QONUNLARIGA OID TAJRIBALAR
QO’YISH METODIKASI
KO’CHAROVA SEVARA URAL QIZI
Termiz davlat pedagogika institutining talabasi
Tabiiy va aniq fanlar fakulteti: Fizik ava astronomiya yo’nalishi talabasi
E-mail: sevarakocharova9@gmail.com
Tel: +998 94 155 12 25
https://doi.org/10.5281/zenodo.16908456
Annotatsiya:
Ushbu maqoladan yozishimdan maqsad umumiy o'rta ta'lim maktablarida
fizika fani mavzularidan elektr tokiga oid mavzularni alohida yondashuv bilan o'qitilishi
maqsadga muvofiqdir. Maqolamning maqsadi shundaki, hozirda maktabda berilayotgan
materiallarga o'zgartirishlar kiritmagan holda mavzular mohiyatini ochib berishga qaratilgan
qo'shimcha bilimlarni fanlararo aloqadorlik asosida innovatsion usullardan foydalanib elektrga
doir materiallar va misollar bilan ko'rsatib berishdir. Berilayotgan materiallar o'qituvchining
mahorati, mashg'ulotni o'tkazish metodikasiga, bilimlarni o'quvchilarga etkazishda
foydalanayotgan usulning mazmun mohiyatini to'liq anglab dars davomida vaqtdan unumli
foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda o'quvchilarning qanchalik bilim va axborotga
ega ekanligini bilib olish zarur bo'ladi. Buning uchun o'qitishning interfaol: "B-B-B",
"Muammoli o'qitish", "Tushunchalar tah lili", "Venn diagrammasi", "FSMU" texnologiyasi va
boshqa usullardan foydalanish mumkin.
Kalit so’zlar
:O’rta maktab, o’zgarmas tok qonunlari, metodlar, o’zgarmas tok qonunlar
oid tajribalar, o’qituvchi malakasi, kreativ metodlar, o’zgarmas tok qonunlariga chizmalar.
Аннотация:
Цель данной статьи — подчеркнуть необходимость преподавания
предметов по электрическому току в средних школах отдельно от предметов по физике.
Цель моей статьи – представить дополнительные знания, направленные на раскрытие
сути тем, не внося никаких изменений в материалы, преподаваемые в настоящее время
в школах, используя инновационные методы, основанные на межпредметных связях и
используя материалы и примеры, связанные с электричеством. Особенно важно
эффективно использовать время урока, полностью осознавая содержание
предоставленных материалов, мастерство преподавателя, методику проведения урока,
а также используемый способ передачи знаний учащимся. В этом случае необходимо
выяснить, каким объемом знаний и информации обладают учащиеся. Для этого могут
быть использованы интерактивные методы обучения: «B-B-B», «Проблемное обучение»,
«Концептуальный анализ», «Диаграмма Венна», технология «FSMU» и другие.
Ключевые слова:
Высшая школа, законы постоянного тока, методы,
эксперименты по законам постоянного тока, квалификация учителей, творческие
методы, рисунки по законам постоянного тока.
Abstract
: The purpose of this article is to teach topics related to electricity in general
secondary schools from physics subjects with a separate approach. The purpose of my article
is to present additional knowledge aimed at revealing the essence of the topics without making
changes to the materials currently being given in school, using innovative methods based on
interdisciplinary connections, using materials and examples related to electricity. The
materials provided are of particular importance in the skill of the teacher, the methodology of
conducting the lesson, and the effective use of time during the lesson, fully understanding the
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
143
essence of the content of the method used to convey knowledge to students. In this case, it is
necessary to find out how much knowledge and information the students have. For this,
interactive teaching methods can be used: "B-B-B", "Problem-based teaching", "Conceptual
analysis", "Venn diagram", "FSMU" technology and other methods.
Keywords:
High school, laws of constant current, methods, experiments on laws of
constant current, teacher qualifications, creative methods, drawings on laws of constant
current.
Kirish:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-sonli
“Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limining davlat ta’lim standarti hamda
umumiy o‘rta ta’limining fizika fani bo‘yicha malaka talablari asosida tuzilgan. Maskur uslubiy
qo‘llanma “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida fizika fanidan ko‘rgazma - tajriba va
laboratoriya ishlari”ni bajarish uchun kerakli asbob-uskunalarni tanlab, ulardan amaliy
mashg‘ulot sifatida foydalanish uchun tayyorlandi. Qo‘llanmada yangi tahrirdagi
optimallashtirilgan, uzviylashtirilgan dаvlаt ta’lim stаndаrti sharhlari va o‘quv dasturlarida
keltirilgan ko‘rgazma, tajriba, va laboratoriya ishlari namoyish talablariga to‘liq mos keladi.
Fizika sohasidagi hozirgi texnika va texnologiya rivojlanishi, nanotexnologiya, nanomateriallar,
o‘tao‘tkazuvchi materiallar va muqobil elekrt energiyasidan foydalanish kabilarni etiborga
olmasdan bo‘lmaydi. Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda bir nechta ko‘rgazma 4 – tajribalarni
qo‘shimcha o‘rganish va ta’lim oluvchilarni hozirgi yangi texnologiyalar bilan tanishtirish
maqsadida kiritilgan. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilar olgan nazariy bilim, ko‘nikma,
malakalarini va o‘tilgan darslarni mustahkamlashga yordam beradi. Fizikа fаnidаn umumiy
o‘rta ta’lim muassasalari VIII-sinf elektr bo‘limi uchun uzviylashtirilgan Dаvlаt ta’lim stаndаrti
sharhlari va o‘quv dasturlarida lаbоrаtоriya ishi va namoyish tajribalari minimal talab sifatida
berilgаn. Qo‘llanmada etarli darajada laboratoriya ishlari va 50 dan ortiq namoyish tajribalar
keltirilgan. Qo‘llаnmаdа lаbоrаtоriya ishlаri va ko‘rgazma - namoyish tajribalarning tаvsifi
quyidаgi tаrtibdа berilgаn: kerakli аsbоb vа uskunalar, ishdan maqsad, ishning bаjаrish tаrtibi,
sаvоl vа tоpshiriqlаr. Bu esа o‘quvchigа dаrslik vа qo‘llаnmаlаrgа murоjааt ilmаsdаn amaliy
mashg‘ulotlarni bаjаrish imkоnini berаdi. Xuddi shuningdek fizika sohasidagi muammolardan
o‘tao‘tkazuvchi materiallarning magnit xossalarini, laboratoriya va namoyish tajribalarini
bajarishda manbaa sifatida quyosh panellaridan foydalanish kabi yangi namoyish qurilmalari
berilgan. O‘quvchilаr mаshg‘ulоtdаn so‘ng оlingаn nаtijаlаrni vа хаtоliklаrni hisоblаb chiqаdi;
ishni bаjаrishdа kerаk bo‘lsа rаsmlаr, chizmаlаr chizаdi vа хаtоlikni hisоbgа оlgаn hоldа
nаtijаni yozib qo‘yadi. Ba’zidа lаbоrаtоriya dаftаrigа fizikа аsbоblаrining teхnik tаvsiflаri
hаqidа ham ma’lumоtlаrni yozib qo‘yish mаqsаdgа muvоfiqdir. Laboratoriya ishlarini bajarish
jarayonida o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar va tasviyalar. 1. O‘quvchilar texnika xavfsizligi
bilan tanish bo‘lishlari kerak. Bu o‘qituvchi tomonidan daftar tashkil qilinib o‘quvchilarni
imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 2. O‘quvchi navbatdagi amaliy mashg‘ulot darsida
qaysi laboratoriya ishini bajarish lozimligini o‘qituvchi ularga bir hafta oldin ma’lum qiladi. Bu
vaqt oralig‘ida o‘quvchining vazifasi belgilangan ishning nazariyasini o‘zlashtirishi, tengishli
asbob-uskunalar va ishni bajarish tartibi bilan tanishib chiqishi kerak. 3. Laboratoriya ishlari
uchun maxsus hisobot daftari tutib, bu hisobot daftarida laboratoriya ishlarini qanday
bajarganligi, olgan natijalari to‘g‘risida hisobotni tartibli qilib yozib borishlari kerak. 4.
O‘qituvchi o‘quvchilarni laboratoriya ishini bajara olish imkoniyatiga ega ekanligiga ishonch
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
144
hosil qilgandan keyingina, ularga ishni bajarishga ruxsat berishi kerak. 5. Agar laboratoriya
ishlarini soni o‘quvchilari sonidan kam bo‘lsa, o‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, laboratoriya
ishini bajarishi kerak. 6. Agar laboratoriya ishi bir nusxada bo‘lsa, unda vaqtga qarab ishni
o‘quvchilar navbatma -navbat bajarishlari talab qilinadi. 7. Har bir o‘quvchi yil davomida
hamma laboratoriya ishlarini bajarishlari shart. 8. O‘qituvchi laboratoriya mashg‘ulotlarida faol
va namunali qatnashgan o‘quvchilarni yakuniy nazoratlardan ozod qilinishlari ham mumkin.
Metodning kelib chiqish tarixi kishilarning amaliy faoliyatiga borib taqaladi. Biror ishni bajarish
Metodini egallagan kishi shu ishni boshqalarga nisbatan oson, tez va so`z bajara oladi. Metodni
egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun koʻp vaqt va kuch sarflaydi. Metod oʻz mazmuni
jihatidan amaliy yoki nazariy shaklda boʻlishi mumkin. Insonning amaliy faoliyatiga oid
Metodlar ham voqelikka xos boʻlgan qonuniyatlarni anglab yetish, bilib olishga borib taqaladi.
Metodlar haqidagi taʼlimot fanda metodologiya deb ataladi. Inson dastlab atrofdagi narsa va
hodisalarni kuzatish, ularni bir-biriga taqqoslash, oʻxshatish, farq qilish asosida voqelik haqida
bilimlarini toʻplab borgan. Voqelik haqidagi fanlar rivojlanishi bilan fanlarda qoʻllanadigan yoʻl-
yoʻriqlar, Metodlar ham takomillashib borgan. Fanning amaliy (empirik) va nazariy Metodlari
vujudga keldi. Oʻrta Osiyo olimlaridan Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa fan
Metodlarini rivojlantirganlar. Xorazmiy olimlarni uchga boʻlib, ularning bir qismi ilmiy
kashfiyotlarni ochishda qo`llaniladigan yoʻl-yoʻriq va usullarni ishlab chiqib boshqa olimlarning
ilmiy izlanishlarini osonlashtiradi, deb yozganida, aynan shu Metodlarni ishlab chiquvchi
olimlarni nazarda tutgan.Yaqin davr Yevropa faylasuf olimlari ham Metod taraqqiyotiga
salmoqli hissa qoʻshishdi. F. Bekon, G. Galiley, R. Dekart, G. Leybnits singari faylasuflar Metodlar
haqida maxsus asarlar ham yozishdi.Hozirgi zamon fanlarida koʻplab umumiy, xususiy ilmiy
Metodlar qoʻllanadi. Ayniqsa, keyingi asrda modellashtirish va matematik Metodlarning yangi
shakllari rivojlandi, kibernetik modellashtirish va kompyuter modellashtirish Metodlari
jamiyatning qariyb barcha sohalarida keng miqyosda qoʻllanilmoqda.
Oʻzgarmas tok— tok
kuchi va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmaydigan elektr toki. Oʻzgarmas tok oʻzgarmas elektr
yurituvchi kuch taʼsirida oʻtkazgichdan yasalgan berk zanjirda vujudga kelishi mumkin.
Agar elektr zanjiri tarmoqlanmagan boʻlsa, uning hamma qismlaridan oʻtayotgan tok kuchi bir
xil boʻladi. Oʻzgarmas tokning asosiy qonunlari Om qonuni va Joul — Lens qonunidan iborat.
Ishtirok etayotgan qarshiliklar va elektr yurituvchi kuchlardan foydalanib, zanjir
tarmoqlarining har biridan oqayotgan tok kuchi va yoʻnalishi Kirxgof qoidalari asosida
hisoblanadi. Oʻzgarmas tokdan turli sanoat tarmoqlarida, mas, elektrometallurgiya, transport,
aloqa, avtomatika va boshqalarlarda foydalaniladi. O’tkazgichning ko’ndalang kesim yuzasidan
vaqt birligi ichida oqib o’tgan zaryad miqdoriga son jihatidan teng bo’lgan skalyar kattalikka
tok kuchi deyiladi. Bu ta’rifga ko’ra Δt vaqt ichida o’tkazgichning ko’ngdalang kesim yuzasidan
Δq zaryad o’tgan bo’lsa, tok kuchi. Agar tok kuchining moduli va yo’nalishi vaqt o’tishi bilan
o’zgarmasa, bunday tok o’zgarmas elektr toki deyiladi. Agat o’tkazgich orqali kontsentratsiyasi
n bo’lgan e zaryadli elektronlar, U- o’rtacha tartibli harakat tezligi bilan harakatlanayotgan
bo’lsa, zaryadlarning silindi ichidagi xarakatlanish vaqti quyidagicha aniqlanadi. Zamonaviy
ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf
etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy
bilimlarni o`quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va
malakalarni hosil qilish, shuningdek, o`quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan
egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik
mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
145
“FIKRIY HUJUM” METODI
Mazkur metod o‘quvchilarning mashg‘ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta’minlash, ularni
erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil fikrlash inertsiyasidan ozod etish, muayyan
mazvu yuzasidan rang-barang g‘oyalarni to‘plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish
jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo‘lgan fikrlarni yengishga o‘rganish uchun xizmat
qiladi.
“Fikriy hujum” metodining asosiy tamoyili va sharti mashg‘ulotning har bir ishtirokchisi
tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday
luqma va hazil-mutoyibalarni rag‘batlantirishdan iboratdir. Bundan ko‘zlangan maqsad
o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida
ushbu metoddan foydalanish o‘qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko‘lamining
kengligiga bog‘liq bo‘ladi.
“Fikriy hujum” metodidan foydalanish chog‘ida o‘quvchilarning soni 10-15 nafardan
oshmasligi maqsadga muvofiqdir.
“YALPIY FIKRIY HUJUM” METODI
Metod o‘quvchilar tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun sharoit
yaratib berishga xizmat qiladi. Har bir 5 yoki 6 nafar o‘quvchilarni o‘z ichiga olgan guruhlarga
15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar
belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida guruh a’zolaridan biri axdorot beradi.
Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi) o‘qituvchi
va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg‘ulot
yakunida o‘qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi
va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mashg‘ulot jarayonida guruhlar a’zolarining
faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko‘ra baholab boriladi.
“FIKRLARNING SHIDDATLI HUJUMI” METODI
Metodning mohiyati quyidagidan iborat:
— jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir o‘quvchining
shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish;
— o‘quvchilarda ma’lum jamoa tomonidan bildirilgan fikrga qarshi g‘oyani ilgari
surish layoqatini yuzaga keltirishdan iborat.
“Fikrlarning shiddatli hujumi” metodidan foydalanishga asoslangan mashg‘ulot quyidagi
bosqichlarda tashkil etiladi:
1-bosqich: Ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan o‘quvchilarni o‘zida biriktirilgan hamda
son jihatdan teng bo‘lgan kichik guruhlarni shakllantirish;
2-bosqich: Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar mohiyatidan
kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash;
3-bosqich: Guruhlar tomonidan muayyan g‘oyalarning ishlab chiqilishi (topshiriqlar hal
etilishi);
4-bosqich: Topshiriqlarning yechimlarini muhokama etish, ularni to‘g‘ri hal etilganligiga
ko‘ra turkumlarga ajratish;
5-bosqich: Topshiriqlarning yechimlarini qayta turkumlashtirish, ya’ni ularning to‘g‘riligi,
yechimni topish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va ravshan bayoni etilishi kabi
mezonlar asosida baholash;
6-bosqich: Dastlabki bosqichlarda topshiriqlarning yechimlari yuzasidan bildirilgan
muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida yagona xulosaga kelish.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
146
Metodni qo‘llash jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi:
— o‘quvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta o‘zlashtirilishiga erishish;
— vaqtni iqtisod qilish;
— har bir o‘quvchini faollikka undash;
— ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirish.
“6x6x6” METODI
“6x6x6” metodi yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar o‘quvchini muayyan faoliyatga
jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir
a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. Bu metod asosida
tashkil etilayotgan mashg‘ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o‘qituvchi
tomonidan o‘rtaga tashlangan muammoni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga
yetgach o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida
avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo‘ladi. Yangidan shakllangan guruh a’zolari o‘z
jamoadoshlariga guruhi tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon
etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.
“6x6x6” metodining afzallik jihatlari quyidagilardir:
— guruhlarning har bir a’zosining faol bo‘lishiga undaydi;
— ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi;
— guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko‘nikmalarini hosil qiladi;
— ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o‘z fikrini himoya
qilishga o‘rgatadi.
Eng muhimi, mashg‘ulot ishtirokchilarining har bir qisqa vaqt (20 daqiqa) mobaynida
ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat olib boradi.
Ushbu metodni 5, 6, 7 va 8 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lgan bir necha guruhlarda qo‘llash
mumkin. Biroq yirik guruhlar o‘rtasida “6x6x6” metodi qo‘llanilganda vaqtni ko‘paytirishga
to‘g‘ri keladi. Chunki bunday mashg‘ulotlarda munozara uchun ham, axborot berish uchun
birmuncha ko‘p vaqt talab etiladi. So‘z yuritilayotgan metod qo‘llanilayotganda
mashg‘ulotlarda quruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzuni qilish imkoniyati mavjud.
“6x6x6” metodidan ta’lim jarayonida foydalanish o‘qituvchidan faollik, pedagogik
mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo‘lishni
talab etadi. Guruhlarning to‘g‘ri shakllantirmasligi topshiriq yoki vazifalarning to‘g‘ri hal
etilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu metod yordamida mashg‘ulotlar quyidagi tartibda
tashkil etiladi:
1.
O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo‘yib chiqadi.
2.
O‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo‘linadi. O‘quvchilarni guruhlaga
bo‘lishda har o‘rindiqni nomlab, nomlangan varaqchalarni olganlar o‘z o‘rinlariga
joylashadilar.
3.
O‘quvchilar joylashib olganlaridan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulot mavzusini e’lon qiladi va
guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Ma’lum vaqt belgilanib, munozara jarayoni
tashkil etiladi.
4.
O‘qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o‘rinlarda guruh a’zolariga
maslahatlar beradi, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi hamda guruhlar tomonidan berilgan
topshiriqlarning to‘g‘ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng guruhlardan
munozaralarni yakunlashlarini so‘raydi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
147
Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o‘qituvchi guruhlarni qaytadan
shakllantiradi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan
vakil bo‘ladi. Yangidan shakllangan guruh a’zolari o‘z jamaodoshlariga guruhi tomonidan
muammo yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni
birgalikda muhokama qiladilar.
“
AQLIY HUJUM” METODI
Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng
qo‘llaniladigan metod sanalib, u mashg‘ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har
tomonlama fikr yuritish hamda o‘z tasavvurlari va g‘oyalaridan ijobiy foydalanish borasida
ma’lum ko‘nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag‘batlantiradi. Bu metod yordamida
tashkil etilgan mashg‘ulotlar jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original
yechimlarni tanlash imkoniyati tug‘iladi. “Aqliy hujum” metodi tanlab olingan mavzular
doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash va ularga muqobil bo‘lgan g‘oyalarni tanlash uchun
sharoit yaratadi.
Metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
— o‘quvchilarning o‘zlarini erkin his etish uchun sharoit yaratib berish;
— g‘oyalarni yozib borish uchun yozuv taxtasi yoki varaqlarni tayyorlab qo‘yish;
— muammo (yoki mavzu)ni aniqlash;
— mashg‘ulot jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan shartlarni belgilash;
— bildirilayotgan g‘oyalarning ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish
va ularni yozib olish;
— qog‘oz varaqlari g‘oya (yoki fikr)lar bilan to‘lgandan so‘ng ularni yozuv taxtasiga
osib qo‘yish;
— bildirilgan fikrlarni yangi g‘oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash;
— boshqalar tomonidan bildirilgan g‘oya (yoki fikr)lar ustidan kulish, kinoyali
sharhlarning bildirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
— yangi g‘oyalar bildirilish davom etayotgan ekan, muammoning yagona yechimini
e’lon qilishga shoshilmaslik.
Shuningdek:
— o‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan har qanday g‘oya baholanmaydi;
— o‘quvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlarini ilgari surishlari uchun qulay
muhit yaratiladi;
— g‘oyalarning turlicha va ko‘p miqdorda bo‘lishiga ahamiyat qaratiladi.
— boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni yodda saqlash, ularga tayangan holda yangi
fikrlarni bildirish, bildirilgan fikrlar asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning
o‘quvchilar tomonidan sodir etilishiga erishiladi.
Dars jarayonida “Aqliy hujum” metodidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish talab
etiladi:
1.
O‘quvchilarni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ularning mantiqiy fikrlarni
bildirishlariga erishish.
2.
Har bir o‘quvchi tomonidan bildirilayotgan fikrlar rag‘batlantirilib boriladi. Bildirilgan
fikrlar orasidan eng maqbullari tanlab olinadi. Fikrlarning rag‘batlantirilishi navbatdagi yangi
fikrlarning tug‘lishiga olib keladi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
148
3.
Har bir o‘quvchi o‘zining shaxsiy fikrlariga asoslanishi va ularni o‘zgartirishi mumkin.
Avval bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o‘zgartirish ilmiy
asoslangan fikrlarning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar faoliyatini standart talablar asosida nazorat qilish, ular
tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularning fikrlari baholanib
borilsa, o‘quvchilar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda yangi
fikrlar ilgari surilmaydi. Metodni qo‘llashdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarni muammo
bo‘yicha keng fikr yuritishga undash ekanligini yodda tutgan holda ularning faoliyatini baholab
borishdan voz kechish maqsadga muvofiqdir.
“KLASTER” METODI
Klaster (g‘uncha, bog‘lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli
bo‘lib, u o‘quvchilarga ixtiyoriy muammolar xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarni
bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar
o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.
“Klaster” metodi aniq ob’ektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish
inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod
muayyan mavzuning o‘quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar
fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Stil g‘oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan “Klaster” metodi puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib,
undan o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosidan tashkil etiladigan mashg‘ulot
jarayonida foydalanish mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar va
o‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa
ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini
yaratadi.
“Klaster” metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi:
1.
Nimaniki o‘ylagan bo‘lsangiz, shuni qog‘ozga yozing. Fikringizning sifati to‘g‘risida o‘ylab
o‘tirmay, ularni shunchaki yozib boring.
2.
Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to‘xtamang. Agar ma’lum muddat
biror bir g‘oyani o‘ylay olmasangiz, u holda qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang.
Bu harakatni yangi g‘oya tug‘ulguncha davom ettiring.
3.
Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang.
4.
Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda
mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni, bog‘liqlikni ko‘rsatishga harakat qiling.
G‘oyalar yig‘indisining sifati va ular o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatishni cheklamang.
“
QARORLAR SHAJARASI” METODI
“Qarorlar shalarasi” metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir qadar murakkab
mavzularni o‘zlashtirib, ma’lum masalalarni har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular
yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha
xulosalar orasidan eng maqbul hamda to‘g‘risini topishga yo‘naltirilgan texnik yondashuvdir.
Ushbu metod, shuningdek, avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini
yana bir bora tahlil etish va uni mukammal tushunishga xizmat qiladi.
Guruh yoki sinf o‘quvchilari ishtirokida qo‘llaniladigan “Qarorlar shalarasi” bir necha o‘n
nafar o‘quvchilarning bilimlari darajasini aniqlash, ularning fikrlarini jamlash va baholash
imkonini beradi. Ta’lim jarayonida mazkur metodning qo‘llanilishi muayyan muammo
yuzasidan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish)da o‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
149
har bir variant, ularning maqbul hamda no maqbul jihatlarini mufassal tahlil etish imkoniyatini
yaratadi. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar muammo 1-g’oya+2- g’oya +3- g’oya qaror tizimi
faoliyat olib borishadi.
“Qarorlar shalarasi” metodi quyidagi shartlar asosida qo‘llaniladi:
1.
O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin munozara, tahlil uchunmazvuga oid biror
muammoni belgilaydi. Guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosaalarni yozish uchun plakatlar
tayyorlaydi.
2.
O‘qituvchio‘quvchilarni 4 yoki 6 nafar kishilardan iborat guruhlarga ajratadi.
Muammoning hal etilishi, u borada eng maqbul qarorning qabul qilinishi uchun muayyan vaqt
belgilanadi.
3.
Qarorni qabul qilinish jarayonida guruhlarning har a’zosi tomonidan bildirilayotgan
variantlarning maqbullik hamda nomaqbullik darajalari batafsil muhokama qilinadi. Har bir
variantning afzallik va noafzallik jihatlari yozib boriladi. Bildirilgan variantlar asosida
muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiluvchi usul xususida guruh a’zolari bir to‘xtamga kelib
oladilar.
4.
Munozara uchun ajratilgan vaqt nihoyasiga yetgach, har bir guruh a’zolari o‘z guruhi
qarori borasida axborot beradilar. Zarur hollarda o‘qituvchi rahbarligida barcha o‘quvchilar
bildirilgan xulosa (qaror)larni bir-biri bilan qiyoslaydilar.
Muammo yuzasidan bildirilgan xulosa (qaror)lar borasida savollar tug‘ilgudek bo‘lsa,
ularga javoblar qaytarilib beriladi, noaniqliklarga aniqlik kiritiladi. Agarda barcha guruhlar
tomonidan muammo yuzasidan bir xil qarorga kelingan bo‘lsa, o‘qituvchi buning sababini
izohlaydi.
“Qarorlar shalarasi” metodining o‘ziga xos jihati shundan iboratki, bu bevosita ma’lum
loyiha asosida qo‘llaniladi. Mazkur loyiha quyidagi ko‘rinishga ega:
Xulosa qilib aytganda Fan, texnika va texnologiyalar doimiy taraqqiy etayotgan hozirgi
kunda fizika fani va uning asoslarini o'rganishda, qonuniyatlarini yanada kengroq tushunish,
ularni mustaqil o'rganish va amaliyotda qo'llay bilish muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki,
fizika fani keng ko'lamda jadal rivojlanayotgan, murakkablashib borayotgan fan-texnika va
texnologiyalarning asosidir. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida fizika fani mavzularidan elektr
tokiga oid mavzularni alohida yondashuv bilan o'qitilishi maqsadga muvofiqdir. Berilayotgan
materiallar o'qituvchining mahorati, mashg'ulotni o'tkazish metodikasiga, bilimlarni
o'quvchilarga etkazishda foydalanayotgan usulning mazmun mohiyatini to'liq anglab dars
davomida vaqtdan unumli foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Xabibullaev P.Q. va boshqalar. Fizika 8-sinf. Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun darslik.
-T.: "O'qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019. 173 b.
2.
Raximov N., Rasulov R. Nanofizika va nanoelektronika asoslari. Namangan, 2012. 104 b.
3.
Raximov A. Elektrotexnika va elektronika asoslari. -T.: O'qituvchi, 1988. 255 b.
4.
M.D. Jo‘raev "Fizika o'qilish metodikasi (umumiy masalalar)" T.. TDPU., 2015. 5. Sh.M.
Mirziyoyev. ―Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz‖
Toshkent-O‘zbekiston‖-2016y 56 bet
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
150
5.
Sh.M. Mirziyoyev. ―Tanqidiy taxlil qatiy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak‖ Toshkent-O‘zbekiston‖-2017y 56 bet
6.
Sh.M. Mirziyoyev. ―Buyuk kelajagimizni maed va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz‖
Toshkent-O‘zbekiston‖-2017y 488 bet
7.
Sh.M. Mirziyoyev. ―Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta‘minlash yurt taraqqiyoti
va xalq farovonligining garovi‖ Toshkent-O‘zbekiston‖-2017y 48 bet