YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
139
SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH TURIZMI BILAN SHUG‘ULLANUVCHILARNING
UZLUKSIZ YURISH METODIKASI
Abdurazzaxov Abdurasul Abdurazzaxovich
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti oʻqituvchisi
Chirchiq shahri
Email: abdurazzaxovabdurasul874@gmail.com
+99899-088-70-90
https://doi.org/10.5281/zenodo.16900868
Annotatsiya.
Maqolada sport-sog‘lomlashtirish turizmi doirasida uzluksiz yurish
mashg‘ulotlarining metodik asoslari va salomatlikka ta’siri yoritilgan. Yurish davomiyligi,
intensivligi va yo‘nalishining sog‘lomlashtiruvchi samaradorlikka ta’siri eksperimental jihatdan
tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari uzluksiz yurishning jismoniy faollikni oshirish va sog‘liqni
mustahkamlashdagi samarali vosita ekanligini tasdiqlaydi.
Kalit so‘zlar:
Sport-sog‘lomlashtirish turizmi, uzluksiz yurish, metodika, jismoniy faollik,
sog‘lom turmush tarzi, yurak-qon tomir tizimi, nafas olish tizimi, sog‘lomlashtiruvchi
mashg‘ulotlar, ekologik turizm.
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-2025-yillarda turizm sohasini
rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq turizm faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy bazani
takomillashtirish, turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, xalqaro me’yor va
standartlarni hisobga olish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, maqbul va qulay turizm
muhitini yaratish, transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yo‘nalishlarni
kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish, turizm bozorining turli segmentlariga
yo‘naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish, hamda turizm faoliyati
subyektlarining faolligini rag‘batlantirishni ta’minlovchi ichki turizmni rivojlantirish kabi
vazifalar belgilangan.
Bugungi kunda sport-sog‘lomlashtirish turizmi inson salomatligini mustahkamlash,
jismoniy faollikni oshirish va dam olishni samarali tashkil etish vositasi sifatida keng
ommalashmoqda. Ayniqsa, yurish (piyoda yurish) sog‘lomlashtirish turizmining asosiy
shakllaridan biri hisoblanadi. Uzluksiz yurishning to‘g‘ri metodikasi yurish mashg‘ulotlarining
samaradorligini oshirib, yurak-qon tomir, nafas olish, tayanch-harakat tizimi faoliyatini
yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi.
Ushbu maqolada sport-sog‘lomlashtirish turizmi bilan
shug‘ullanuvchilar uchun uzluksiz yurish metodikasining nazariy asoslari, amaliy jihatlari va
sog‘liq uchun foydali jihatlari ilmiy asosda yoritiladi.
Tadqiqot maqsadi: -
Sport-sog‘lomlashtirish turizmi bilan shug‘ullanuvchilarning
jismoniy va ruhiy holatini yaxshilashda uzluksiz yurish mashg‘ulotlarining metodik asoslarini
ishlab chiqish, ularning samaradorligini baholash va amaliy qo‘llash yo‘llarini aniqlash.
Tadqiqot vazifasi -
Uzluksiz yurishning sport-sog‘lomlashtirish turizmida
sog‘lomlashtiruvchi ahamiyatini nazariy jihatdan asoslash, Yurish mashg‘ulotlarining optimal
davomiyligi, intensivligi va yo‘nalishini aniqlovchi metodik tavsiyalar ishlab chiqish, Tajriba
asosida yurish mashg‘ulotlarining jismoniy va psixofiziologik holatga ta’sirini baholash.
Yurish — eng tabiiy, xavfsiz va har kim uchun mavjud bo‘lgan jismoniy faoliyat turi
hisoblanadi. Sog‘lomlashtirish turizmida yurish asosan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Oddiy piyoda yurish
(tenglikdagi yo‘llarda, tabiatda sayr qilish);
Nordik yurish
(maxsus tayoqlar bilan yurish);
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
140
Tez yurish
(ma'lum yurish tezligida yurish);
Marshrutli yurish
(belgilangan yo‘nalishda uzoq masofaga yurish).
Uzluksiz yurishning afzalliklari:
Yurak va qon tomir tizimini mustahkamlaydi;
Metabolizmni faollashtiradi;
Mushak va bo‘g‘imlar faoliyatini yaxshilaydi;
Stressni kamaytiradi va ruhiy holatni barqarorlashtiradi.
O‘zbekistonda talabalarni sport-sog‘lomlashtirish turizmi, xususan, uzluksiz yurish
mashg‘ulotlariga jalb etish orqali ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash, irodasini kuchaytirish va
ruhiy-emotsional barqarorligini ta’minlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Uzluksiz yurish —
tabiiy harakat turi sifatida yurak-qon tomir tizimi, nafas olish faoliyati va mushaklar tizimining
faoliyatini yaxshilaydi, bu esa sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismidir. Bugungi kunda
ko‘plab davlatlar sport-sog‘lomlashtirish turizmini strategik rivojlanish yo‘nalishi sifatida
qarab, bu yo‘nalishga katta e’tibor qaratmoqda. O‘zbekistonning boy tabiiy resurslari, xilma-xil
landshaftlari va ekologik toza hududlari talabalarning faol sayr va yurish mashg‘ulotlarini
tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Uzluksiz yurish mashg‘ulotlarini metodik
asosda tashkil etish orqali talabalarning jismoniy faolligi, sog‘lig‘i va hayotiy energiyasi oshadi.
Shuningdek, bunday faoliyat turlariga jalb etishdan oldin ishtirokchilarni tibbiy nazoratdan
o‘tkazish, mashg‘ulotlarni madaniy va tarixiy obyektlarga sayrlar bilan uyg‘unlashtirish tavsiya
etiladi. Bu esa sog‘lomlashtirish bilan birga ma’naviy va madaniy tarbiyani ham ta’minlaydi.
Uzluksiz yurish mashg‘ulotlari talabalarni sayohatlarga jismoniy va maxsus
tayyorlashning muhim bosqichidir. Bu jarayon nafaqat chaqqonlik, chidamlilik, kuch,
egiluvchanlik va tezlik kabi jismoniy fazilatlarni rivojlantiradi, balki harakat ko‘nikmalari va
muvofiqligini shakllantiradi. Shuningdek, yurish davomida talabalar o‘zaro hamkorlik,
jamoaviylik, mardlik, mas’uliyat va axloqiy-irodaviy sifatlarni o‘zlashtiradi. Uzluksiz yurish
mashg‘ulotlari oldindan rejalashtirilgan yo‘nalish, davomiylik, ob-havo va ishtirokchilarning
tayyorgarlik darajasiga mos tarzda tashkil etilishi lozim. Sayr davomida shaxsiy va jamoat
gigiyenasi, ekologik madaniyat, xavfsizlik va oziqlanish talablari to‘liq rioya etilishi zarur.
Mashg‘ulotlar natijadorligini baholash va ishtirokchilarning holatini kuzatib borish uchun
aloqa vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Xulosa.
Sport-sog‘lomlashtirish turizmi doirasida uzluksiz yurish mashg‘ulotlarini ilmiy
asosda tashkil etish talabalar sog‘lig‘ini mustahkamlash, jismoniy faolligini oshirish va ruhiy
holatini barqarorlashtirishda samarali vosita hisoblanadi. To‘g‘ri tanlangan yurish yo‘nalishi,
davomiyligi va intensivligi, shuningdek, ekologik va gigiyenik talablarning bajarilishi ushbu
metodikaning samaradorligini oshiradi. Uzluksiz yurish – sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish va yoshlar orasida sport turizmini rivojlantirishda muhim amaliy ahamiyatga
ega.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son Turizm
infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
141
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-2025-yillarda Turizm sohasini
rivojlantirish Konsepsiyasi.
3.
O‘zbekist Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-aprelda qabul
qilingan Senat tomonidan 2019-yil 21-iyunda ma’qullangan turizm to‘g’risidagi qonunini.
4.
V.Sh.Raximov. A.Q.Demenov., F.B.Iminova “Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish
turizmi”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent 2022.
5.
T.Xoldarov “Turizm”.(Sayyoxlik):
Oʻquv qoʻllanma Toshkent 2022-yil–164 bet
6.
E.Yu.Daurenov, A.K.Masharipov, M.I.Idrisov, Sport - sog‘lomlashtirish turizmi O‘quv
qo‘llanma Chirchiq – 2022.
7.
E.Yu.Daurenov. Turizm darslik. Toshkent 2021 y 220 bet.
8.
V.Sh.Raximov. “Oliy ta’lim tizimida sport-sog‘lomlashtirish turizm kadrlarini
tayyorlashning ijtimoiy pedagogik muammolari”. Pedagogika ilmiy nazariy va metodik jurnal.
Toshkent №5/2021 105-109 betlar
9.
R.A.Rasulov, S.K.To‘xtasinov Sport-sog‘lomlashtirish turizmi asoslari. Toshkent: O‘zDJTI,
2022.
10.
Q.M.Nazarov, U.Abdurahmonov Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar metodikasi. –
Toshkent, 2021.