YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
27
LUQMON BO‘RIXONNING “IMOM MOTURUDIY” ROMANI HAQIDA BA’ZI
MULOHAZALAR
Imomova Sevinchbonu Tulkinovna
Toshkent Kimyo xalqoro universiteti
Samarqand filiali 2-kurs talabasi
Ilmiy rahbar. Professor:
Nasirov A.N.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16916880
O‘zbekiston zamini asrlar davomida ko‘plab buyuk allomalarni yetishtirgan muqaddas
maskandir. Ular orasida ilohiyot, kalom va tafsir ilmlarining mashhur namoyandasi, Imom Abu
Mansur Moturidiy alohida o‘rin egallaydi. Uning boy ilmiy merosi nafaqat O‘rta asr musulmon
dunyosida, balki bugungi kunda ham islom tafakkuri, aqidaparastlikka qarshi ilmiy
yondashuvning asosi sifatida baholanishi bejiz emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Mashhur mutafakkir va ilohiyotshunos Imom Abu Mansur
Moturidiy tavalludining 1150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi farmon imzolanganliig
ham bevosita ilm-fan, din va ma’naviyat uyg‘unligining ifodasi sifatida katta e’tiborga loyiqdir
[1].
Har bir xalqning ma’naviy yuksalishida, tarixiy xotirasi va mustahkam madaniy
poydevoriga asoslangan adabiyot muhim o‘rin egallaydi. O‘zbek adabiyotining boy an’analari,
jumladan, tarixiy shaxslar hayoti va faoliyatini yoritishga qaratilgan badiiy asarlar ushbu
yo‘nalishda alohida ahamiyatga ega. Tarixiy romanlar — o‘tmishni badiiy mushohada etish,
tarixiy shaxslarni yangi yondashuvlar bilan ochib berish, ularning ma’naviy merosini xalq
ongiga singdirishda beqiyos vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ana shunday tarixiy-badiiy yondashuv
orqali Luqmon Bo‘rixon tomonidan yaratilgan
"Imom Moturidiy"
romani ham hozirgi zamon
adabiyotida o‘ziga xos uslub va falsafiy yuklama bilan ajralib turadi.
Tarixiy shaxslar timsolida milliy o‘zlik, iymon, tafakkur va sabr-matonat singari ma’naviy
qadriyatlarning mujassam bo‘lishi adibning yozuvchilik mahoratini, tarixiy haqiqatga bo‘lgan
sadoqatini, eng muhimi, badiiy obraz yaratish san’atidagi o‘ziga xoslikni ko‘rsatadi.
"Imom
Moturidiy"
romanida muallif nafaqat buyuk mutakallimning hayoti va ilmiy faoliyatini qalamga
olgan, balki uning atrofidagi muhit, davr ruhi, zamon ziddiyatlari, mafkuraviy kurashlar, din va
dunyoqarash masalalarini chuqur badiiy idrok asosida tasvirlagan. Ayniqsa, roman
qahramonlarining ichki kechinmalari, psixologik portretlari, ularning qarama-qarshi
xarakterlari orqali adib o‘zining chuqur badiiy tahlil va xarakter yaratish mahoratini namoyon
etgan.
O‘zbek adabiyotida tarixiy mavzularga murojaat qilish, o‘tmishni anglash va uni badiiy
talqin qilish orqali bugungi kun ruhiyatini aks ettirish tendensiyasi keng tarqalgan. Ushbu
tendensiyaning yorqin namunalaridan biri sifatida Luqmon Bo‘rixon qalamiga mansub “Imom
Moturidiy” romanini alohida ta’kidlash mumkin. Asarda muqaddas ilm yo‘lida fidokorona
yashagan Imom Moturidiyning hayoti, ilmiy merosi va zamonasi badiiy obrazlar orqali
yoritilgan. Avvalo, Imom Moturidiy shaxsining islom ilm-fanidagi o‘rni va merosi bilan bog‘liq
bo‘lsa, ikkinchidan, bunday tarixiy shaxsiyatlar hayotini badiiy talqin etish orqali bugungi yosh
avlodda tarixiy ongni shakllantirishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir. Bu borada
adabiyotning, ayniqsa, tarixiy roman janridagi asarlarning o‘rni beqiyosdir. “Imom Moturidiy”
romani esa ana shu ma’naviy-ma’rifiy jarayonda muhim manba bo‘lib xizmat qila oladi. Shu bois
ushbu roman asosida yaratilgan obrazlar tahlili, ularning jamiyatdagi o‘rni, badiiy haqiqat
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
28
darajasini o‘rganish nafaqat adabiyotshunoslik uchun, balki ma’naviyat targ‘ibotchilari uchun
ham zaruratga aylangan.
Bugungi globallashuv davrida insoniyat ijtimoiy hayotida yuz berayotgan yangilanishlar,
o‘zgarishlar badiiy adabiyotda aks etishi bilan bir qatorda, o‘sha jamiyat ma’naviyatini
yuksaltirishga ham xizmat qilishi lozimligini davrning o‘zi taqozo qilmoqda. Yuksak
umumbashariy g‘oyalar targ‘ib qilingan jahon adabiyoti xazinasidan o‘rin olgan asarlar
kitobxon badiiy didini o‘stirish bilan bir qatorda, dunyoqarashi, badiiy tafakkuri yuksalishiga
ham yordam beradi. Ana shulardan kelib chiqib, bunday asarlar yozgan mahoratli adiblar
badiiy iste’dodi qirralarini o‘rganish ham adabiyotshunoslik ilmi oldidagi dolzarb masalalardan
biri sanaladi. Dunyo adabiyotshunosligida badiiylikning turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, badiiy
matnning tasvir ko‘lami, muallifning munosabati, obrazlar olamining tanlanishi va qo‘yilgan
masalani ular vositasida poetik idrok etilishi-yu, estetik ideali, dunyoqarashi, talqin
muammolari, umuman olganda, yozuvchi badiiy mahoratining o‘ziga xos qirralari u yaratgan
ijod mahsuli misolida tadqiq etib kelinmoqda. Muayyan yozuvchining turli xil yillarda va o‘ziga
xos uslubda yozgan asarlaridagi ruhiy iztiroblar talqini, davr manzarasi, xarakter va tipik
sharoitda betakror obraz yaratish, badiiy asarda qahramon problematikasi kabi an’analar
tadriji asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbek adabiyoti tarixida o‘ziga xos ovoz, betakror uslub va chuqur falsafiy
mushohadalari bilan ajralib turadigan ijodkorlardan biri bu Luqmon Bo‘rixondir. Uning
asarlari, ayniqsa qissa, hikoya va roman janrlarida yaratgan badiiy namunalari o‘zbek nasrining
yangi bosqichini belgilab berdi. Adibning hayoti va ijodi bugungi kunda nafaqat
adabiyotshunoslar, balki yosh ijodkorlar va kitobsevarlar tomonidan ham katta qiziqish bilan
o‘rganilmoqda. Luqmon Bo‘rixon o‘zining hayotiy tajribasi, kuzatuvchanligi va xalqona ruhdagi
obrazlar orqali adabiyotda o‘z izini qoldirgan. Uning asarlarida zamon ruhi, insoniy qadriyatlar,
ijtimoiy tengsizlik, axloqiy mezonlar, qishloq hayoti, oila va shaxs masalalari chuqur yoritiladi.
Bu jihatlar Luqmon Bo‘rixonni adabiyotda realizm va falsafiy umumlashtirish asosida ishlovchi
yirik adib sifatida ko‘rsatadi. Shu bois uning asarlarini tahlil qilish, yozuvchi sifatida shakllanish
bosqichlarini o‘rganish, hayoti va ijodiy yo‘lini tahlil etish bugungi kunda muhim ilmiy-amaliy
ahamiyat kasb etadi.
Luqmon Bo‘rixon tarixga adabiy yondashadi, ya’ni tarixiy faktlarni roman shaklida berib,
ularni badiiy tahlil qiladi. Uning qahramonlari real tarixiy shaxslar bo‘lib, ular orqali o‘quvchiga
tarixiy davr muhitini his ettiradi. Bu uslub adib ijodining o‘ziga xos jihatidir. “Imom Moturidiy”
romanida ham aynan shu yondashuv yaqqol ko‘zga tashlanadi. U roman orqali o‘quvchini IX–X
asrlardagi Movarounnahr muhitiga olib boradi. Adib tarixiy shaxslar obrazini yaratishda tarixiy
manbalardan, diniy kitoblardan, hadis va tafsir asarlaridan keng foydalangan. Bu uning
izlanishlari qanchalik chuqur bo‘lganidan dalolat beradi. Masalan, u Imom Moturidiy hayoti
haqida yozishda “Al-Fiqh al-Akbar”, “Kitob at-Tawhid”, “Sharh al-Usul” kabi manbalarga
tayanadi. Shu tariqa, adib tarixiy siymo obrazini yaratishda faqat tasavvurga emas, balki aniq
dalillarga asoslanadi.
Luqmon Bo‘rixon tarixiy mavzular orqali xalqni o‘z o‘tmishini unutmaslikka, milliy
g‘ururni anglashga undaydi. Bu esa yozuvchining ijodiy niyatini ochib beradi. U faqat yozuvchi
emas, balki ma’naviyat targ‘ibotchisi sifatida ham namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, “Imom Moturidiy”
romani bu borada muhim o‘ringa ega. Chunki unda faqat bir tarixiy shaxs emas, balki butun bir
davr, tafakkur va ilmiy maktab namoyon bo‘ladi. Luqmon Bo‘rixonning tarixiy roman
yozishdagi asosiy sababi – tarixdan saboq olish, uni xalq ongiga singdirishdir. Shu bilan birga,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
29
u tarixiy obrazlar orqali zamonaviy muammolarga ham e’tibor qaratadi. Chunki har bir tarixiy
shaxs, har bir tarixiy voqea zamonaviy o‘quvchi uchun ham muhim saboqlar beradi. Bu
yondashuv adibning falsafiy qarashlarini aks ettiradi.
“Uning ijodida tafakkur chuqurligi, ma’naviy izlanish va tarixiy haqiqatga sadoqat
mujassam. Shu sababli ham Luqmon Bo‘rixon asarlari o‘quvchilar orasida katta qiziqish
uyg‘otadi. Ayniqsa, “Imom Moturidiy” kabi asarlar diniy-ma’naviy bilimlarni oshirishga xizmat
qiladi. Adib bu asarni yozish orqali o‘zining ma’naviy qarashlarini, diniy saviyasini va xalqiga
bo‘lgan muhabbatini ifoda etgan. Shuningdek, yozuvchi o‘z asarlarida adabiy tilga ham alohida
e’tibor qaratadi. U sodda, lekin chuqur mazmunli uslubda yozadi. Bu esa o‘quvchi tomonidan
oson qabul qilinishini ta’minlaydi. Bunday uslubiy yondashuv ham adibning iste’dodli ijodkor
ekanligini tasdiqlaydi” [2, 45-bet].
Tarixiy romanlar yozishdagi murakkablik shundaki, yozuvchi bir vaqtning o‘zida tarixga,
adabiyotga va falsafaga tayanishi kerak. Luqmon Bo‘rixon bu jihatdan ham muvaffaqiyatga
erishgan [3, 56-bet]. U har uchala sohani bir butunlikda uyg‘unlashtira olgan. Aynan shu jihatlar
uning romanlarini boshqalarnikidan ajratib turadi. Luqmon Bo‘rixon yozgan har bir tarixiy asar
bir darslik vazifasini bajaradi. Chunki unda tarix, ma’rifat, axloq va saboq bor. Adibning bu
romani buyuk mutaffakir hayoti va faoliyati bilan yaqindan kitobxonni tanishtiradi, undagi
ruhiy barkamollik o‘quvchining tafakkurifa o‘z ta’sirini o‘tkazadi: “- Hazrat, pishqirgan biz edik,
o‘tinaman, bir qoshiq qonimizdan keching, - yalinchoq tovushiga zo‘r berdi amaldor, - bizni duoi
bad qilmang. – Xo‘p, siz istaganday bo‘la qolsin, o‘rningizdan tura qoling, bo‘tam, - dedi hazrat
bosh irg‘ab, - Abu Mansurni ne maqsadda izlab yurgaysiz? Amaldor qad rostlab qo‘lini ko‘ksiga
qo‘ydi. – Xabaringiz bordur, uch kun avval Buxorodan Samarqandga yangi hokim tayin etildi.
Hokimimiz Xolid Xalaj sizni Qal’ai qasrga chorlaydur” [4, 25-bet]. Bu talqinlarda Abu
Mansurning sakovati, uni chorlashga sabab bo‘lganligini anglash mumkin. Romandagi
taqlinlarning o‘ziga xos poetik xususiyatlari mahurat bilan talqin etilganliogidan, badiiy
xarakter yaratishdagi ijodkor mahoratidan dalolat beradi.
Ayniqsa, yosh avlodni bunday asarlar orqali tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Shu
boisdan ham adibning ijodi, ayniqsa, tarixiy romanlari bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb
etadi. Uning tarixiy asarlariga berilgan baholar ham yuqori. O‘zbek adabiyotshunosligi Luqmon
Bo‘rixonning tarixiy romanlarini zamonaviy tarixiy tafakkurning ifodasi sifatida baholaydi. Bu
esa adibning ijodiy mehnatiga berilgan yuksak e’tibor belgisi sanaladi.
Xullas, iste’dodli adib Luqmon Bo‘rixonning bu romani ham, boshqa asarlari kabi
o‘tmishimizni, uning yorug‘, oniy lahzalarini badiiy talqin etganligi bilan alohida ajralib turadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sh.M.Mirziyoyev. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi “Imom
Moturidiy tavalludining 1150 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-4609-sonli qarori.
2.
Rasulov B.
O‘zbek nasri va tarixiy roman janri
. – Buxoro, BuxDU, 2015. – 235 b.
3.
Nasirov A. O‘zbek romanchiligi. Darslik. – Samarqand, SamDU nashri, 2023. – 208 bet.
4.
Бўрихон Луқмон. Имом Мотурудий. Роман. – Тошкент, “Yosh kuch” нашриёти, 2023.
– 352 бет.
