YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
11
DAVLAT XARIDLARIDA INSOFSIZ IJROCHILAR TUSHUNCHASI
Samandarova Feruza Baxromjon qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti
tayanch doktoranti
e-mail: feruuzzakh99@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.16916793
Annotatsiya
. Ushbu tadqiqot ishida “insofsiz ijrochi” tushunchasi O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Insofsiz ijrochilar reestrini yuritish
tartibi milliy va ilg‘or xorijiy tajriba asosida qiyoslanadi. “Insofsiz ijrochi” tushunchasining
huquqiy tabiati turli olimlarning qarashlariga ko‘ra ochib beriladi. Shuningdek, davlat xaridlari
jarayonida insofsiz ijrochilar reestrini yuritish zaruriyati va ijobiy natijalari xususida so‘z
boradi.
Kalit so‘zlar:
insofsiz ijrochi, shartnoma majburiyati, davlat xaridlari, reestr, javobgarlik.
Самандарова Феруза Бахромжон кизи
Базавой докторант Ташкентского
государственного юридического университета
e-mail: feruuzzakh99@gmail.com
Аннотация.
В данной работе анализируется понятие «недобросовестный
исполнитель» с точки зрения законодательства Республики Узбекистан. Сравнивается
порядок ведения реестра недобросовестных исполнителей на основе отечественного и
передового зарубежного опыта. Раскрывается правовая природа понятия
«недобросовестный исполнитель» с точки зрения различных учёных. Также
рассматриваются необходимость и положительные результаты ведения реестра
недобросовестных исполнителей в процессе государственных закупок.
Ключевые слова:
недобросовестный исполнитель, договорное обязательство,
государственные закупки, реестр, ответственность.
Samandarova Feruza Baxromjon qizi
Basic doctoral student of Tashkent state university of law
e-mail: feruuzzakh99@gmail.com
Abstract
. This research work analyzes the concept of «bad-faith performer» from the
point of view of the legislation of the Republic of Uzbekistan. The procedure for maintaining a
register of bad-faith performers is compared based on national and advanced foreign
experience. The legal nature of the concept of «bad-faith performer» is revealed according to
the views of various scholars. It also discusses the need and positive results of maintaining a
register of bad-faith performers in the process of public procurement.
Keywords:
bad-faith performer, contractual obligation, public procurement, register,
liability.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikni rivojlantirish, raqobatni rag‘batlantirish,
kichik va o‘rta biznesni qo‘llab quvvatlashda davlat xaridlari insititutini huquqiy tartibga solish
muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat yirik bozor ishtirokchisi sifatida iqtisodiyotning turli
doiralarini qamrab olgan bitimlar tuzadi va eng yirik iste’molchilardan biri hisoblanadi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
12
Davlat xaridi shartnomasi davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi. Shu sababli xaridlar
samarali va shaffof bo‘lishi, oqilona narxlar asosida tuzilishi muhim sanaladi. Davlat xaridi
shartnomasi bo‘yicha javobgarlik ham boshqa shartnomaviy javobgarliklardan farq qilgan
holda, ma’muriy ta’sir choralarini o‘z ichiga oladi.
Davlat xaridlari jarayonidagi shartnomaviy munosabatlarda “insofsiz ijrochi”, “insofsiz
ijrochilar reeestri” kabi tushunchalar mavjud bo‘lib, bu qoidalar budjet mablag‘larini noo‘rin
sarflanishini oldini olish, tovar va xizmatlarga bo‘lgan davlat ehtiyojini o‘z vaqtida qondirish,
ortiqcha vaqt va resurs sarflanishini oldini oladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shartnoma
majburiyatlarini vijdonan va sifatli bajarish ishonchli iqtisodiy aloqalarining poydevoridir. Shu
bilan birga, amaliyotda o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmaydigan, sifat va muddat
talablari buzilishiga yo‘l qo‘yadigan insofsiz ijrochilar uchrab turadi. Ularning faoliyati nafaqat
alohida buyurtmachilarga, balki butun bozor muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
“Insofsiz ijrochi”, “insofsiz ijrochilar reestri” huquqiy tabiati to‘g‘risida olimlarning
turlicha qarashlar mavjud. Jumladan, D.A.Chvanenko ijrochilarni reyestrga kiritish ommaviy-
huquqiy xususiyatga ega deb hisoblaydi va shunday yozadi: “Ko‘rib chiqilayotgan javobgarlik
turi xususiy huquq sohasiga tegishli emas, balki kvazma'muriy jazo - ommaviy-huquqiy
xususiyatga ega bo‘lgan, ammo ma'muriy huquqbuzarlik “maydoni” dan tashqarida qoladigan
javobgarlikdir” [1]. Ya.E.Shcherbakov, reestrga kiritish institutini yanada tushunish ma'muriy
huquq doirasida amalga oshirilishi kerak, deb hisoblaydi [2]. V.V.Kvanina ham reestrga
kiritishni ommaviy-huquqiy javobgarlik chorasi sifatida tasniflaydi [3].
Insofsiz ijrochilar bilan bog‘liq munosabatlar 2021-yil 22-apreldagi O‘zbekiston
Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni (keyingi o‘rinlarda – “Qonun”), O‘zbekiston
Respublikasi Moliya va Iqtisodiyot vazirining 2024-yil 6-dekabrdagi buyrug‘i bilan
tasdiqlangan “Insofsiz ijrochilar reyestrini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (keyingi
o‘rinlarda – “Nizom”) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Nizomga muvofiq insofsiz ijrochi bu reyestrga kiritilgan xarid qilish tartib-taomillari
ishtirokchisi yoki g‘olibi yoxud davlat xaridlarining ijrochisi O‘zbekiston Respublikasining
rezidenti yoki norezidenti bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Demak, insofsiz ijrochi deb
e’tirof etilish uchun insofsiz ijrochilar reestriga kiritilgan bo‘lishi lozim. Quyidagi hollarda
davlat xaridi ishtirokchisi insofsiz ijrochi deb topiladi:
xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‘yicha belgilangan shartlar asosida davlat
buyurtmachisi bilan shartnoma tuzishni va davlat xaridlarini amalga oshirishni rad etgan yoki
boshqacha usulda bo‘yin tovlagan xarid qilish tartib-taomillari g‘oliblari;
majburiyatlarni bajarmaganlikda yoxud tegishli tarzda bajarmaganlikda belgilangan
tartibda aybdor deb topilgan ijrochilar haqidagi, bundan majburiyatlar bartaraf etib
bo‘lmaydigan kuchlar oqibatida bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollar
mustasno;
davlat xaridlari jarayonida yolg‘on yoki soxta hujjatlarni taqdim etgan, ayni bitta lotda
ishtirok etgan affillangan shaxslar yoki manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida ma’lumotlarni ochib
bermagan ishtirokchilar;
sudning qaroriga ko‘ra firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni
sodir etganlikda aybdor deb topilgan ijrochilar.
Nizomga ko‘ra insofsiz ijrochlar reestriga quyidagi asoslardan biri bo‘lsa kiritiladi:
vakolatli organning qaroriga ko‘ra;
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
13
davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning qaroriga
muvofiq;
xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‘yicha belgilangan shartlar asosida davlat
buyurtmachisi bilan shartnoma tuzishni va davlat xaridlarini amalga oshirishni rad etgan yoki
boshqacha usulda bo‘yin tovlagan g‘olib (zaxiradagi g‘olib bundan mustasno) to‘g‘risidagi
ma’lumotlar avtomatik tarzda Maxsus axborot portali orqali.
Insofsiz ijrochilar reyestrini yuritishning bir qator o‘ziga xos juihatlari mavjud bo‘lib,
jumladan, reestrga kiritish buzilgan huquqni tiklovchi yoki kompensatsion xususiyatga ega
emas, chunki u ikkinchi tomonning buzilgan huquqlarini yoki uning mulkiy holatini tiklashga
yordam bermaydi. Bundan tashqari, ko‘rib chiqilayotgan chora, xarid ishtirokchisi tomonidan
buyurtmachi oldidagi majburiyatlarini buzganlik uchun qo‘llanilishiga qaramay, “kontragent
oldida” emas, balki “jamiyat oldidagi javobgarlik” sifatida tavsiflanishi mumkin. Reestr
mohiyati shaxsning kelgusidagi xaridlarda ishtirokini cheklashdan, boshqa ishtirokchilar bilan
shartnoma tuzish bilan bog‘liq o‘zaro munosabatlarni cheklashdan iborat bo‘lib, bunday
shaxsning jamiyat oldida aniq javobgarligini ko‘rsatadi.
Yu. B. Shubnikov, I. V. Andrejanovaning fikriga ko‘ra insofsiz ijrochilar reestrining yana
bir funksiyasi– himoya – xaridlar sohasidagi shartnoma tizimining barqarorligini undan
vijdonsiz subyektlarni u yoki bu darajada chiqarib tashlash orqali ta’minlashdan iborat bo‘lib,
bu ham ko‘rib chiqilayotgan institutning ijtimoiy xususiyatidan dalolat beradi [4].
Xulosa qilib aytganda, insofsiz ijrochilar bilan bog‘liq muammolar iqtisodiy barqarorlik,
sog‘lom raqobat va ishonchli biznes aloqalari uchun jiddiy xavf tug‘diradi. O‘zbekiston
qonunchiligida bunday subyektlarni javobgarlikka tortish va bozor faoliyatidan cheklash
mexanizmlari mavjud bo‘lsa-da, amaliy samaradorlikni oshirish uchun shartnoma
madaniyatini yuksaltirish, nazorat tizimini kuchaytirish va reyestr axborotining ochiqligini
ta’minlash zarur.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Chvanenko, D.A. (2014) “Pravovaya priroda reestra nedobrosovestnykh postavshchikov”,
Yurist, (24), pp. 22–26.
2.
Shcherbakov, Ya.E. (2015) “Pravovaya priroda mery yuridicheskoy otvetstvennosti po
vklyucheniyu v reestr nedobrosovestnykh postavshchikov informatsii ob uchastnike zakupok”,
Problemy prava, 1(49), pp. 132–137.
3.
Kvanina, V.V. (2016) “Reestr nedobrosovestnykh postavshchikov kak okhranitelnaya
mera zakazchika in Problemy pravovogo obespecheniya bezopasnosti lichnosti, obshchestva i
gosudarstva” sbornik statey. Novosibirsk, pp. 117–121.
4.
Andreyanova, I.V. and Shubnikov, Yu.B. (2015) “Publichno-pravovaya i chastnopravovaya
(grazhdansko-pravovaya) otvetstvennost: rodovye i vidovye priznaki”, Leningradskiy
yuridicheskiy zhurnal, 4(42), pp. 129–138.
5.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni. Available at:
https://www.lex.uz/uz/docs/-5382974
6.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya va Iqtisodiyot vazirining 2024-yil 6-dekabrdagi buyrug‘i
bilan tasdiqlangan “Insofsiz ijrochilar reyestrini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.
Avaliable at: