BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING NUTQINI OʻSTIRISH METODIKASI

Annotasiya

Ushbu tezisda boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqini oshirishda o’qish turlaridan foydalanish yoritib berilgan. Tezis davomida o’qish turlarini boshlang’ich sinf o’quvchilariga to’g’ri qo’llash yuqori samaradorlikka olib kelishi ochib berilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Kadirova , O. (2025). BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING NUTQINI OʻSTIRISH METODIKASI. Молодые ученые, 3(29), 8–10. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/135479
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu tezisda boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqini oshirishda o’qish turlaridan foydalanish yoritib berilgan. Tezis davomida o’qish turlarini boshlang’ich sinf o’quvchilariga to’g’ri qo’llash yuqori samaradorlikka olib kelishi ochib berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

8

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING NUTQINI OʻSTIRISH METODIKASI

Kadirova Olima

https://doi.org/10.5281/zenodo.16916782

Annotatsiya

Ushbu tezisda boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqini oshirishda o’qish turlaridan

foydalanish yoritib berilgan. Tezis davomida o’qish turlarini boshlang’ich sinf o’quvchilariga
to’g’ri qo’llash yuqori samaradorlikka olib kelishi ochib berilgan.

Kalit so’zlar:

til va nutq faoliyati, muloqot kompetensiyasi, o’qish turlari, matn, tez o’qish,

ravon gapirish.

Zamonaviy taʼlim jarayonida boshlangʻich sinf oʻquvchilari til va nutq faoliyatini

shakllantirish, ularning muloqot kompetensiyasini rivojlantirish – pedagogik faoliyatning
ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Ayniqsa, o‘qish turlaridan maqsadga muvofiq foydalanish
oʻquvchilarning nutqiy faolligi, tafakkuri va mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi – boshlangʻich sinf o‘quvchilarining ogʻzaki va

yozma nutqini turli o‘qish turlari (ichida o’qish, ovoz chiqarib o‘qish, ifodali o‘qish, rolda o‘qish,
tez o‘qish) orqali rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. O’quvchilar matn
mutolasining to’g’riligi, tezligi ongliligi va mazmunini o’zlashtirish kabi xususiyatlari bilan ilk
bor boshlang’ich sinf o’qish darsligida duch keladi [1]. O’quvchilarni qiziqtirish va samara
jihatdan o’qishning quyidagi turlarini darslarda ko’p qo’llash foyda keltiradi.

Ichki o‘qish – bu matnni ovoz chiqarib emas, balki ichki nutq orqali anglab, idrok etish

jarayonidir. Bu o‘quvchining tafakkur, e’tibor, xotira va tasavvur kabi kognitiv faoliyatlari orqali
amalga oshadi. Ichki o’qish fikrni to‘liq anglash, tahliliy fikrlashni shakllantirishda muhim
ahamiyatga ega. Ichki o’qish quyidagi bisqichlarni o’z ichiga oladi:

1. Ovoz chiqarib o‘qish orqali o‘quvchi tovush-harf birikmalarini yaxshi egallab oladi.
2. Keyinchalik, matnni ichki nutq yordamida (ya’ni, ichida) tushunib o‘qish bosqichiga

o‘tiladi.

3. Bu bosqichda o‘quvchi nafaqat o‘qiydi, balki matnni tahlil qilish, xulosa chiqarish,

muallif fikrini anglashga intiladi.

L.S. Vygotskiy fikricha, ichki nutq — bu tashqi nutqning ichki shakli bo‘lib, bola

tafakkurining chuqurlashishiga xizmat qiladi. Ichki o‘qish faol fikrlashni talab qiladi, shuning
uchun bu jarayon bolalarning tafakkur tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchida o‘qilgan
matn ustida “ichki suhbat” olib borish qobiliyati shakllanishi kerak.

Boshlang‘ich sinfda ichki o‘qishni rivojlantirishga matn ustida savol-javoblar tashkil qilish

(o‘quvchining matn mazmuni haqida o‘ylashiga yordam beradi), o‘qilgan matnni hayolda
tasavvur qilish topshiriqlari (tasviriy fikrlashni rivojlantiradi). Ichida o‘qish — o‘quvchining
mustaqil fikrlashi va xotirasini faollashtiradi, u shoshilmasdan, hotirjam ravishda o‘z o‘qishini
boshqaradi. Ovoz chiqarib o‘qish esa to‘g‘ri talaffuz, ravon va aniq gapirish ko‘nikmalarini
shakllantiradi. Bunday o‘qish o‘quvchining o‘z ovozini eshitish orqali matnni eslab qolish
darajasini oshiradi. Ifodali o‘qish esa tinish belgilariga e’tibor qaratgan holda ohang, urg‘u,
pauza va emotsiyalarni to‘g‘ri qo‘llashni talab qiladi. Bu esa estetik did, badiiy tafakkur va
tinglovchi bilan muloqot o‘rnatish malakasini rivojlantiradi.

Rolda o‘qish – dramatizatsiya elementlarini oʻz ichiga olgan holda diologli matnlar ustida

ishlashni tashkil etadi. Bu usul orqali o‘quvchida ijodiy yondashuv, nutq erkinligi va sahnaviy
madaniyat shakllanadi. Masalan, “Bo‘lari va pashsha”, “Aqlli samolyot” kabi matnlar asosida


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

9

sahna ko‘rinishlari uyushtirish orqali o‘quvchilar faol ishtirok etadi, ularning emotsional nutqi
va jamoaviy ijodkorligi yuksaladi. Tez o‘qish esa e’tibor, matnni tez tahlil qilish, asosiy g‘oyani
ajratish, fikrni tezda anglash va izchil ifoda qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tez o’qish ko’nikmasi o’qish darsiga qiziqishni oshiradi.

Matn bo‘laklari bo‘yicha vaqt chegarasi qo‘yish, savollarga tayyorlanish orqali o‘qishni qiziqarli
va jonli o‘tkazish tavsiya etiladi. O’quvchilar vaqt chegarasidan kundan kunga o’qigan so’zlar
soni ortishini bilgandan so’ng yanada ko’p o’qishga qiziqadi. O’qituvchi o’quvchilarni ong bilan
o’qiyotganini bilish uchun tushunishni tekshirish o’tkaziladi.Har bir bo‘limdan keyin savollar
beriladi.Haftalik mashqlar bilan boshlanib, har oy interaktiv baholash orqali natijani tahlil
qilish ijobiy natija beradi. O’quvchidan afaqat tez oʻqish, balki matnni tushunish, e’tibor va
xotira bilan bog‘liq holda o’qish zarur. Agar mavjud bo‘lsa, vaqtni kuzatuvchi mobil ilovalar yoki
qurilmalar yordamidan ham foydalanish mumkin.

Shu asosda, boshlangʻich taʼlimda o‘qish turlarini integratsiyalashgan holda qo‘llash,

metodik yondashuvlarni takomillashtirish, darslarni interfaol, didaktik va raqamli
texnologiyalar bilan uygʻunlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan (masalan, matnga mos rasm, video, audio, animatsiyalar)
foydalanish o‘quvchilarni dars jarayoniga chuqur jalb etadi, matnni yaxshiroq tushunish va
eslab qolishlariga yordam beradi. Boshlang’ich sinf o’quvchisi matnni o’qib tushunishi uchun
amaliy yordam bo’ladi [2].

O’quvchi ichida o’qiganda shoshilmaydi, uyalmaydi, qo’rqmaydi va hotirjam bo’ladi. Bu

esa ravon o’qishni o’rganishga yordam beradi. Ovoz chiqarib o’qiganda esa to’g’ri va ravon
gapirish rivojlanadi. O’z ovozini quloqlari bilan eshitish orqali o’qiyotgan so’zlari esida qoladi.
Ifodali o’qishda o’quvchi adashmasdan, to’xtamasdan vergullarga e’tibor berib o’qiy olish
texnikasini rivojlantiradi. Rolga kirib o’qishda o’qish darsliklarida berilgan diologli matnlarda
qo’llab, o’quvchini darsga qiziqtirish hamda sahna tomoshalari (“Bolari va pashsha”, “Aqlli
sichqoncha” ) tashkil qilib o’quvchilarda nutq ravonligini oshirish mumkin. Bundan tashqari
axborot kommunikatsiya tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotgan bir jarayonda
boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi texnika va texnologiyani chuqur bilishi, tahlil qila olishi, yangilik
yaratish darajasida bilimli va mahoratli bo’lishi juda muhim. O’qish turlari bilan ishlayotganda
AKT dan foydalanish (matn mazmuniga mos rasm, video yoki ayni matn audio shaklida
animatsion qoyib berilsa) o’quvchilar yodida qoladi [3].

Tadqiqotda kuzatuv, diagnostik testlar, suhbat, hamda o‘quv jarayonidagi

eksperimentdan foydalanildi. Amaliy kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, matnlarni ovoz chiqarib
ifodali o‘qish o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytiradi, rolda o‘qish esa ularning emotsional
nutqini faollashtirib, sahnaviy va ijodiy tafakkurini uyg‘otadi. Tez o‘qish esa e’tibor va tez
anglash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘qish turlarining tizimli va
bosqichma-bosqich qo‘llanilishi o‘quvchilarda matnni anglash, tahlil qilish, qayta hikoya qilish,
og‘zaki va yozma nutqda fikrni mantiqan bayon etish ko‘nikmalarini samarali tarzda
rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shu asosda, boshlangʻich taʼlimda o‘qish turlarini integratsiyalashgan holda qo‘llash, bu

boradagi metodik yondashuvlarni takomillashtirish zarur deb hisoblanadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

10

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Meretgeldiyeva Aygul “Boshlang’ich sinflarda o’qish turlari va ularning o’ziga xos

xususiyatlari” www.in-academy.uz.
2.

Avazova Durdona “Boshlang’ich sinflarda badiiy matnlar ustida ishlashda PIRLS

topshiriqlaridan foydalanishni takomillashtirishning ijobiy ahamiyati”.
3.

Abrorxonova Kamolaxon, Bo’riyeva Shaxnoza “Boshlang’ich sinf o’qituvchisining darsda

innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning mazmuni” 2023-yil 2023-yil.

Bibliografik manbalar

Meretgeldiyeva Aygul “Boshlang’ich sinflarda o’qish turlari va ularning o’ziga xos xususiyatlari” www.in-academy.uz.

Avazova Durdona “Boshlang’ich sinflarda badiiy matnlar ustida ishlashda PIRLS topshiriqlaridan foydalanishni takomillashtirishning ijobiy ahamiyati”.

Abrorxonova Kamolaxon, Bo’riyeva Shaxnoza “Boshlang’ich sinf o’qituvchisining darsda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning mazmuni” 2023-yil 2023-yil.