HUJJATLI KINO ORQALI MILLIY O‘ZLIKNI IFODALASH: QORAQALPOQ TAJRIBASI

Аннотация

Mazkur maqolada hujjatli kino milliy o‘zlikni ifodalash vositasi sifatida tahlil qilinib, Qoraqalpoq tajribasi misolida etnografik marosimlar, ekologik fojealar va tarixiy merosning aks ettirilishi o‘rganiladi. Tadqiqotda “Juwapkershiligi sheklengen jigitler”, “Ajinyaz”, “Tıǵın”, “Kurort”, “Urı” va “Qońsılar” kabi filmlar misol qilib keltirilib, ular orqali xalqning qadimiy an’analari hamda madaniy ildizlari hujjatlashtirilganligi ko‘rsatiladi. Shuningdek, hujjatli filmlarning yosh avlodda milliy g‘urur va madaniy merosga hurmat tuyg‘usini shakllantirishdagi o‘rni ham yoritilgan. Natijada, Qoraqalpoq hujjatli kino maktabi milliy identitetni mustahkamlash va uni xalqaro miqyosda tanitishda muhim strategik vosita ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
94-95

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Mambetniyazov , D. . (2025). HUJJATLI KINO ORQALI MILLIY O‘ZLIKNI IFODALASH: QORAQALPOQ TAJRIBASI. Молодые ученые, 3(29), 94–95. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/yosc/article/view/135837
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada hujjatli kino milliy o‘zlikni ifodalash vositasi sifatida tahlil qilinib, Qoraqalpoq tajribasi misolida etnografik marosimlar, ekologik fojealar va tarixiy merosning aks ettirilishi o‘rganiladi. Tadqiqotda “Juwapkershiligi sheklengen jigitler”, “Ajinyaz”, “Tıǵın”, “Kurort”, “Urı” va “Qońsılar” kabi filmlar misol qilib keltirilib, ular orqali xalqning qadimiy an’analari hamda madaniy ildizlari hujjatlashtirilganligi ko‘rsatiladi. Shuningdek, hujjatli filmlarning yosh avlodda milliy g‘urur va madaniy merosga hurmat tuyg‘usini shakllantirishdagi o‘rni ham yoritilgan. Natijada, Qoraqalpoq hujjatli kino maktabi milliy identitetni mustahkamlash va uni xalqaro miqyosda tanitishda muhim strategik vosita ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

94

HUJJATLI KINO ORQALI MILLIY O‘ZLIKNI IFODALASH: QORAQALPOQ

TAJRIBASI

Mambetniyazov Dawletyar Batir uli

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16963353

Annotatsiya.

Mazkur maqolada hujjatli kino milliy o‘zlikni ifodalash vositasi sifatida

tahlil qilinib, Qoraqalpoq tajribasi misolida etnografik marosimlar, ekologik fojealar va tarixiy
merosning aks ettirilishi o‘rganiladi. Tadqiqotda “Juwapkershiligi sheklengen jigitler”,
“Ajinyaz”, “Tıǵın”, “Kurort”, “Urı” va “Qońsılar” kabi filmlar misol qilib keltirilib, ular orqali
xalqning qadimiy an’analari hamda madaniy ildizlari hujjatlashtirilganligi ko‘rsatiladi.
Shuningdek, hujjatli filmlarning yosh avlodda milliy g‘urur va madaniy merosga hurmat
tuyg‘usini shakllantirishdagi o‘rni ham yoritilgan. Natijada, Qoraqalpoq hujjatli kino maktabi
milliy identitetni mustahkamlash va uni xalqaro miqyosda tanitishda muhim strategik vosita
ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar:

hujjatli kino, milliy o‘zlik, Qoraqalpoq, ekologik fojea, tarixiy meros,

identitet.

Kirish.

Hujjatli kino bugungi global axborot asrida milliy o‘zlikni ifodalash, saqlash va

dunyoga tanitishda alohida o‘rin egallaydi. Chunki hujjatli film voqelikni badiiy vositalar bilan
bezamasdan, hayotiy tafsilotlarni xolis aks ettiradi. Shu jihatdan u xalqning tarixiy xotirasini
tiklash, madaniy merosini ko‘rsatish va milliy identitetni mustahkamlashda samarali vosita
sifatida e’tirof etiladi. Qoraqalpoq xalqi tajribasi buni yaqqol tasdiqlaydi. Bu mintaqa hujjatli
kinosida xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, marosimlari, ekologik fojialari va tarixiy
yodgorliklari keng yoritilgan bo‘lib, ular orqali milliy o‘zlikni anglash jarayoni chuqur
ifodalanadi.

Milliy o‘zlik tushunchasi ijtimoiy-falsafiy kategoriyadir va u xalqning tili, dini, urf-odati,

san’ati, madaniy merosi va kollektiv xotirasi orqali shakllanadi. Hamdamova fikriga ko‘ra, millat
– bu tasavvuriy jamoa bo‘lib, uning birdamligi ko‘proq madaniy belgilar orqali
mustahkamlanadi [3]. Hujjatli film ana shu belgilarni ommaviy ongda jonli tasvirlar orqali
uyg‘otib, milliy o‘zlikni mustahkamlash jarayoniga hissa qo‘shadi. Shuningdek, Abdreymov
hujjatli kinoni “haqiqatning ramziy ifodasi” sifatida talqin qilib, uning ijtimoiy xotira va identitet
shakllanishidagi rolini alohida ta’kidlagan [1, 44-49]. Shu bois, Qoraqalpoq hujjatli filmlari
xalqning milliy merosi, tarixiy qadriyatlari va ekologik kurashlarini ifoda etishda muhim
nazariy asosga ega.

Qoraqalpoq hujjatli kinosi o‘z taraqqiyotida asosan uch yo‘nalishga e’tibor qaratgan:

etnografik filmlar, ekologik mavzular va tarixiy yodgorliklarni aks ettirish.

Qoraqalpoq xalqining urf-odat va marosimlari hujjatli filmlarda keng yoritilgan. Masalan,

“Juwapkershiligi sheklengen jigitler” va “Ajinyaz” filmlarida kelin tushirish marosimlari orqali
milliy kuy-qo‘shiqlar, ramziy harakatlar va qadimiy marosimlarning badiiy emas, balki tabiiy
shaklda aks etishi milliy o‘zlikni saqlashning muhim omiliga aylangan. Shu bilan birga, “Ajinyaz”
filmida qoraqalpoq ayollarining milliy liboslari, bezaklari va kiyinish madaniyati orqali
xalqning estetik qadriyatlari hujjatlashtirilgan. Bundan tashqari, “Kurort” asarida bosh
qahramon tomonidan ijro etilayotgan ro‘l yosh avlodga qoraqalpoq xalqining oq ko’ngilligini
yetkazishning ta’sirchan vositasiga aylangan. Demak, bu filmlar orqali xalqning kundalik hayoti,
qadimiy an’analari va marosimlari avloddan avlodga o‘tmoqda.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

95

Qoraqalpoq hujjatli filmlari Aral dengizi fojiasini keng yoritganligi bilan ham muhim

ahamiyat kasb etadi. Chunki Aral inqirozi nafaqat ekologik, balki ijtimoiy-madaniy muammo
sifatida ham xalqning taqdiriga ta’sir ko‘rsatgan. Bu mavzudagi filmlar xalqning tabiat bilan
kurashini, yashash tarzi va mentalitetini ifodalash orqali milliy o‘zlikning yangi qirralarini
ko‘rsatadi. Masalan, Orolbo‘yi aholisi haqida suratga olingan bir qator hujjatli filmlar millatning
sabr-toqati va kurashchanligini hujjatlashtirib, ekologik fojea fonida ham milliy qadriyatlarni
yo‘qotmaganligini isbotlaydi.

Shuningdek, hujjatli filmlar orqali tarixiy-madaniy meros ham keng yoritilgan.

“Aral

balıqshıları”

filmida qadimiy shahar xarobalari va yodgorliklari hujjatlashtirilsa,

“Qaraqalpaq

qızı”

filmida Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan arxeologik shaharlarga alohida e’tibor

qaratilgan. Bu filmlar Qoraqalpoq xalqi tarixining ildizlarini ko‘rsatib, o‘zlikni anglash
jarayoniga bevosita xizmat qilgan.

Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, Qoraqalpoq hujjatli filmlari milliy o‘zlikni faqat

bir yo‘nalishda emas, balki turli qirralarda ifodalaydi. Ular bir tomondan, etnografik tasvirlar
orqali xalqning urf-odatlari va marosimlarini jonlantirsa, boshqa tomondan ekologik fojealarni
yoritib, milliy o‘zlikning zamonaviy kontekstdagi kurashchanligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari,
tarixiy yodgorliklarni aks ettirish orqali xalqning ildizlari va madaniy merosi global miqyosda
tanitiladi. Shu sababli, Qoraqalpoq tajribasi hujjatli kinosi nafaqat milliy, balki umumjahon kino
merosida ham alohida o‘rin tutadi.

Xulosa.

Hujjatli kino milliy o‘zlikni ifodalashda strategik ahamiyatga ega bo‘lib,

Qoraqalpoq tajribasi buning yorqin dalilidir. Bu filmlar orqali xalqning qadimiy an’analari,
ekologik muammolari va tarixiy merosi hujjatlashtirilib, milliy identitet mustahkamlanmoqda.
Shu bilan birga, hujjatli filmlar yosh avlodda milliy g‘urur va o‘z madaniyatiga hurmat tuyg‘usini
shakllantirishda ta’sirchan vosita sifatida xizmat qilmoqda. Eng muhimi, ular Qoraqalpoq
xalqini jahon madaniy merosida o‘ziga xos millat sifatida namoyon etadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdreymov, M. B. (2021). QORAQALPOQ ZAMONAVIY MILLIY KINODAGI IZLANISHLAR

XARAKTERI.

Oriental Art and Culture

,

2

(4), 44-49.

2.

Bawetdinov, S. K. (2023). QORAQALPOQ KINEMATOGRAFIYASI ZAMON BILAN

HAMNAFAS.

Oriental Art and Culture

,

4

(5), 301-305.

3.

Hamdamova, M. (2008). Ma'naviyat asoslari.

Toshkent-2008

.

4.

Jaqsimuratova, A. N. (2025). QORAQALPOQ KINO SAN’ATIDA MILLIYLIK VA

ZAMONAVIYLIKNING TASVIRLANISHI.

Inter education & global study

, (3), 636-642.

5.

Umarov, E., & ABDULLAYEV, М. (2005). Ma’naviyat asoslari.“.

Sharq” nashriyoti

.

Библиографические ссылки

Abdreymov, M. B. (2021). QORAQALPOQ ZAMONAVIY MILLIY KINODAGI IZLANISHLAR XARAKTERI. Oriental Art and Culture, 2(4), 44-49.

Bawetdinov, S. K. (2023). QORAQALPOQ KINEMATOGRAFIYASI ZAMON BILAN HAMNAFAS. Oriental Art and Culture, 4(5), 301-305.

Hamdamova, M. (2008). Ma'naviyat asoslari. Toshkent-2008.

Jaqsimuratova, A. N. (2025). QORAQALPOQ KINO SAN’ATIDA MILLIYLIK VA ZAMONAVIYLIKNING TASVIRLANISHI. Inter education & global study, (3), 636-642.

Umarov, E., & ABDULLAYEV, М. (2005). Ma’naviyat asoslari.“. Sharq” nashriyoti.