Авторы

  • Nozima Nortosheva
    Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.45576

Ключевые слова:

Tut meva novda ko‘chat niholcha payvand payvantak vegetativ generativ maydon ekish barg hosildorlik ildiz urug‘ tuproq o‘g‘itlash.

Аннотация

Ushbu maqolada Respublikamizning janubiy viloyatlari sharoitida sifatli va mo‘l pilla yetishtirish uchun voha iqlimiga moslashgan xorij va mahalliy tut navlarini tanlashning ilmiy yechimlari o‘rganilgan. Surxondaryo iqlim sharoitiga moslashgan tut navlarini tanlashda xorijiy va yangi mahalliy tut navlarining qimmatli xo‘jalik belgilarini aniqlanganligi bo‘yicha ilmiy-izlanish natijalari ushbu maqolada keltirib o‘tilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

29

SURXONDARYO SHAROITIGA MOSLASHGAN MAHALLIY VA XORIJ TUT

NAVLARINI TANLASH

Nortosheva Nozima Abror qizi

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13766651

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Respublikamizning janubiy viloyatlari sharoitida sifatli

va mo‘l pilla yetishtirish uchun voha iqlimiga moslashgan xorij va mahalliy tut navlarini
tanlashning ilmiy yechimlari o‘rganilgan. Surxondaryo iqlim sharoitiga moslashgan tut
navlarini tanlashda xorijiy va yangi mahalliy tut navlarining qimmatli xo‘jalik belgilarini
aniqlanganligi bo‘yicha ilmiy-izlanish natijalari ushbu maqolada keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Tut, meva, novda, ko‘chat, niholcha, payvand, payvantak, vegetativ,

generativ, maydon, ekish barg, hosildorlik, ildiz, urug‘, tuproq, o‘g‘itlash.

Абстрактный.

В данной статье изучены научные решения по выбору

адаптированных к оазисному климату зарубежных и местных сортов шелковицы для
получения качественных и обильных коконов в условиях южных районов нашей
республики. В статье представлены результаты научных исследований по выявлению
ценных хозяйственных признаков зарубежных и новых местных сортов шелковицы
при селекции сортов шелковицы, адаптированных к климатическим условиям
Сурхандарьи.

Ключевые слова:

Шелковица, плод, ветка, саженец, саженец, привой, привой,

вегетативный, генеративный, поле, схема посадки, агротехника, ветка, лист,
продуктивность, корень, стебель, семя, почва, внесение удобрений.

Abstract.

In this article, scientific solutions for choosing foreign and local mulberry

varieties adapted to the oasis climate for the production of high-quality and abundant cocoons
in the conditions of the southern regions of our Republic are studied. The results of scientific
research on the identification of valuable economic characteristics of foreign and new local
mulberry varieties in the selection of mulberry varieties adapted to Surkhandarya climatic
conditions are presented in this article.

Key words:

Mulberry, fruit, branch, seedling, seedling, scion, scion, vegetative,

generative, field, planting scheme, agrotechnics, branch, leaf, productivity, root, stem, seed,
soil, fertilization.

Kirish.

Dunyo miqyosida bugungi kunda 20 dan ortiq davlatlarda tut ipak qurti

parvarishlanib, «...Xitoy Xalq Respublikasida 650 ming tonna, Hindistonda 150 ming tonna,
O‘zbekistonda 19,2 ming tonna ipak qurti tirik pillalari yetishtiriladi. Tut ipak qurti pillalari
ipakchiligi rivojlangan mamlakatlar yengil sanoatining asosiy xom ashyo bazasidan biri
hisoblanadi». Ipak qurtlaridan yuqori va sifatli pilla hosili olishga erishish uchun pillachilik
ozuqa bazasini yangi yaratilgan sermahsul va to‘yimliligi yuqori tut navlarini ko’paytirish
hamda ular asosida intensiv tutzorlarni tashkil etish talab etiladi. Shuning uchun tutning

Morus alba L

. turiga mansub yangi serhosil nav va duragaylarini yaratish hamda yangi

tutzorlar tashkil etib, ipak qurti duragaylarining pilla mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish
muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

Pillachilik sohasi rivojlangan Xitoy Xalq Respublikasi va Hindiston kabi yetakchi

mamlakatlarda tutning genetik resurslaridan hamda ilg‘or molekular-genetik seleksiya


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

30

uslubiyotlaridan oqilona foydalanib tutning yirik bargli, mo‘tadil va ekstremal iqlim
sharoitlarga moslashgan navlar yartilib, ular asosida intensiv tut plantatsiyalari tashkil etish
bo‘yicha keng ko’lamda ishlar olib borilmoqda [1; 69-71-b.].

Mamlakatimiz tadqiqotchi olimlari tomonidan respublikamizning o‘ziga xos iqlim

sharoitlariga mos tutning mahalliy nav va duragaylarini yaratish bo‘yicha muayyan natijalarga
erishilgan. Tut daraxti asosan mo‘tadil sharoitlarda yaxshi rivojlanadi, uning o‘sishi va
rivojlanishiga havoni issiq yoki sovib ketishi salbiy ta’sir etadi va barg hosili va sifatiga ta’sir
ko‘rsatadi. Shuningdek, sog‘lom avlod qoldirishi va mahsuldorlik xususiyatlariga ta’sir etadi
[3; 45-46-b., 4; 140-143-b., 5;43-46-b.]. Demak, muhit omillarining ta’sirini ma’lum darajada
o‘zgartirish hisobiga madaniylashtirilgan o‘simliklarni, jumladan, tut daraxtining o‘sish va
rivojlanishini, hamda fenotipik ko‘rsatkichlariga ham katta ta’sir etishi mumkinligini
ta’kidlaydilar.

Akademik L.B.Astaurov ta’kidlaganidek, xo‘jalik uchun muhim ahamiyatga ega

organizmlarning shakllanish jarayonlari, ularni xususiyatlarini kerakli tomonga yo‘naltirishni,
ya’ni ularni boshqarishni o‘rganishga qaratilgan bo‘lishi, avvalo tashqi muhit va ta’sirlar
ichidan boshqarish uchun qulay qurol bo‘lib xizmat qiluvchi asos, vositani topishimiz
zarurligini ta’kidlaydi [2; 95-104-b.]

Respublikamizning janubiy viloyatlarining iqlim sharoiti keskin o‘zgaruvchanlik jihati

bilan boshqa viloyatlarimizdan tubdan farq qiladi. Vohaning ob-havosining bahor va yoz
oylarida keskin ko‘tarilishi va kuchli garmsel shamolining esishi ko‘rlab o‘simliklarning o‘sib
rivojlanishiga, shu jumladan mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatib
kelmoqda. Mamlakatimizda ipak qurtini ozuqa bazasini mustahkamlash uchun xorijdan
ko‘plab tut ko‘chatlari keltirilmoq. Ammo ushbu tut ko‘chatlari o‘zining potensial darajadagi
barg hosilini bermay kutilayotgan natijani bermayapti. Bu salbiy holat ayniqsa
respublikamizning janubiy mintaqalarida yanada sezilarli darajada bo‘lmoqda. Mamlakatimiz
olimlari tomonidan ipak qurti duragaylari uchun mos bo‘lgan yangi tut navlarini yaratish
bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birgalikda ta’kidlash
joizki, respublikamizning janubiy viloyatlari sharoitlariga moslashgan tut navlari
mahsuldorligini oshirish va yaratilgan yangi tut navlarini tanlashning ilmiy asoslarini ishlab
chiqish hamda ularni samaradorligini oshirish borasidagi ilmiy izlanish va innovatsiyalarni
yanada rivojlantirish talab etiladi.

Respublikamizning janubiy viloyatlari sharoitida sifatli va mo‘l pilla yetishtirish uchun

voha iqlimiga moslashgan xorij duragaylari va mahalliy tut navlarini tanlashning ilmiy
yechimlarini tadqiq qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Tadqiqot uslublari

Tut daraxtlarining issiq iqlim sharoitga chidamli nav va duragaylarni tanlash borasida

dunyo miqyosida tabiiy iqlim sharoitining keskin o‘zgarib borayotganligi hamda
respublikamiz fermer xo‘jaliklari talablaridan kelib chiqib, Tajribalar 2018-2023 yillarda
Toshkent davlat agrar universitetining tajriba uchaskasi hamda Surxondaryo viloyati Termiz
tumani Gulbaxor fermer xo‘jaligining dala maydonlarida olib borilmoqda. Ipakchilik ilmiy-
tadqiqot institutida yaratilgan Jarariq 5, Jarariq 6, Jarariq 7, Marhamat 2017 va Yaponiya
davlatidan keltirilgan Nonsang tut navlarining kurtaklari qalamchalardan olinib payvand
qilindi va agrotexnik qoidalar asosida parvarishlandi. Bu navlar payvand qilinib, ko’kartirib
olindi va 2022 yil ko’karish foizi bo’yicha ko‘rsatkichlari aniqlandi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

31

Tajribalar olib borish uchun quyidagi 4 ta yangi yaratilgan mahalliy va 1 ta xorijiy tut

navlari tanlab olindi (1-jadval). Ushbu tut navlaridan 50 sm li qilib qalamchalar payvandust
sifatida olinib +2, +4

o

S da sovutgichda saqlandi.

1-jadval
Payvandust sifatida olingan tut navlari bo’yicha ma’lumot

Tut navlar nomi

Kelib chiqishi, yaratilish vaqti

1

Jarariq 5

O‘zbekiston Ipakchilik ilmiy tadqiqod intituti-2010

2

Jarariq 6

O‘zbekiston Ipakchilik ilmiy tadqiqod intituti-2010

3

Jarariq 7

O‘zbekiston Ipakchilik ilmiy tadqiqod intituti-2010

4

Marhamat 2017

Andijon tajriba xo‘jaligi-2017

5

Nonsang

Yaponiya-2018

Tajribalarimizda tanlab olingan navlarimiz avvalo mintaqamizning janubiy viloyatlarini

keskin kontinental tabiiy-iqlim sharoitiga moslashgani, issiqa va qishki sovuqlarga
chidamliligi, mo‘l barg hosili berishi bilan alohida ajralib turadi. Ushbu ilmiy izlanishlarimizda
bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarimizda yangi yaratilgan respublikamizning janubiy
viloyatlariga mos tut navlarini payvandlarni tutishiga oid ma’lumotlarni tahlilini keltirib
o‘tamiz.

Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi

Respublikamizda parvarishlanayotgan tut ipak qurtining sanoat duragaylarini asosan

keng tarqalgan tutning erkin changlangan duragay tut barglari bilan parvarishlanishi, yangi
tut duragayining afzalliklari hamda tut navlarining turli ekish sxemalarini ishlab chiqish
asosida bir qator tut navlarini yaratish borasida M.I.Grebinskaya, O.Po‘latov, F.Gatin,
O‘.Qo‘chqorov, D.I.Xolmatov, S.T.Valiyev va Sh.R.Umarovlar tomonidan keng qamrovli ilmiy-
tadqiqotlar o‘tkazilgan.

Tajribalarimizda sovutgichda saqlangan payvandust tut qalamchalari 12-15 mart

kunlari mahalliy tut payvantagiga kurtak payvand qilindi hamda muntazam ravishda
fenologik kuzatuvlar olib borildi. Ushbu payvand qilingan tut namunalari kurtagini dastlabki
unib chiqish muddatlari haqidagi ma’lumotlar 2-jadvalda keltirilgan.

2-jadval
Tanlab olingan tut payvand qilingan muddati va undan kurtagining dastlabki

unib chiqish muddatlari haqida ma’lumot (2023 yil Termiz tumani)

Payvandust tut

navlari nomi

Payvand

qilingan sana,

oy, yil

Dastlabki

kurtaklar unib

chiqqan muddati

Payvand-

lar soni,

dona

Payvanddan

qilinga

kurtaklarni

ko’raruvchanl

igi (%)

1.

Jarariq 5

12.03.2023 y.

27.03. 2023 y.

100

89

2.

Jarariq 6

12.03.2023 y.

26.03. 2023 y.

100

87

3.

Jarariq 7

13.03.2023 y.

27.03. 2023 y.

100

90

4.

Marhamat 2017

14.03.2023 y.

29.03. 2023 y.

100

92

5.

Nonsang

15.03.2023 y.

31.03. 2023 y.

100

76


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

32

Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan shuni ko‘rish mumkinki, tanlab olingan yangi tut

navlarni bahorda payvand qilinganda ko‘karish foizi Marhamat 2017 navida 89,0%,, Jarariq 5
navida 89,0%, Jarariq 6 navida 87,0%, Jarariq 7 navida 90,0%,ni tashkil etkanligi kuzatildi. Bu
ko‘rsatkich xorij tut navida esa 76,0% ekanligi aniqlandi.

2-jadvaldagi ko‘rsatkichlar shundan dalolat beradiki, Surxondaryo viloyati iqlimidan

kelib, bahorda payvand qilish vaqtini to‘g‘ri tanlasa payvandlarni ko‘karish foizi sezilarli
darajada yuqori bo‘lib, buning natijasida payvand qilingan kurtaklarni 100 foizgacha
ko‘kartirib olish imkoniyati yaratiladi.

Xulosa.

Surxondaryo viloyotining iqlim sharoitiga moslashgan tut navlarini tanlashda

xorijiy va yangi mahalliy tut navlarining qimmatli xo‘jalik belgilarini aniqlash kerak. Janubiy
mintaqalar uchun tanlangan xorijiy, mahalliy tut navlari va duragaylarining tavsiya etiladigan
ekish sxemasi hamda barg xosildorligini o‘rganish. Tavsiya etishga nomzod tut navlarining
to‘yimliligini hamda kimyoviy tarkibini tahlil qilish. Janubiy viloyatlar tabiiy iqlim sharoitiga
mos tut navlari va duragaylari barglarini ipak qurti hayotchanligi va pilla mahsuldorligiga
ta’sirini o‘rganish. Novdor tut barglarini pillaning texnologik xususiyatlariga ta’siri aniqlash
kerak.

References:

1.

Azimjonov E.M., Jo‘rayev T.X. O‘zbekiston sharoitida Ozarbayjondan keltirilgan tut

navlarining kasallanishi. //O‘zbekiston ipakchiligi rivojlanishining ilmiy asoslari. “Fan”. –
Toshkent, 2001. 69-71-b.
2.

Астауров Б.Л. Проблемы общей биологии и генетики. – Москва: Наука, 1979. -С.95-

104
3.

Axmedov U.N. Ipak qurtlarini yoshlari bo‘yicha oziqlanish muddatlari.

//Zooveterinariya. – Toshkent, 2016. - №2. 45-46-b.
4.

Bekkamov Ch.I., Bobomurodov M.X., Mamanazarov Sh.M. Tut ipak qurtlarini

parvarishlash davrida beriladigan ozuqa miqdori va havo harorati o‘zgarishini lichinkalarning
tana ko‘rsatkichlariga ta’siri. //”Sifatli va raqobatbardosh pilla xomashyosi yetishtirishning
dolzarb muammolari” mavzusidagi ilm. amal. anjuman mater. – Toshkent, 2017. 140-143-b.
5.

Valiyev S.T. Tutning tanlab olingan navlikka nomzod nomerlari ustida seleksiya ishlarini

davom etdirishning ahamiyati. //O‘zbekiston TTITI ning 80 yillik munosabati bilan
o‘tkazilgan halqaro ilmiy-texnikaviy anjuman materiallari. - Marg‘ilon, 2017. 43-46-b.

Библиографические ссылки

Azimjonov E.M., Jo‘rayev T.X. O‘zbekiston sharoitida Ozarbayjondan keltirilgan tut navlarining kasallanishi. //O‘zbekiston ipakchiligi rivojlanishining ilmiy asoslari. “Fan”. –Toshkent, 2001. 69-71-b.

Астауров Б.Л. Проблемы общей биологии и генетики. – Москва: Наука, 1979. -С.95-104

Axmedov U.N. Ipak qurtlarini yoshlari bo‘yicha oziqlanish muddatlari. //Zooveterinariya. – Toshkent, 2016. - №2. 45-46-b.

Bekkamov Ch.I., Bobomurodov M.X., Mamanazarov Sh.M. Tut ipak qurtlarini parvarishlash davrida beriladigan ozuqa miqdori va havo harorati o‘zgarishini lichinkalarning tana ko‘rsatkichlariga ta’siri. //”Sifatli va raqobatbardosh pilla xomashyosi yetishtirishning dolzarb muammolari” mavzusidagi ilm. amal. anjuman mater. – Toshkent, 2017. 140-143-b.

Valiyev S.T. Tutning tanlab olingan navlikka nomzod nomerlari ustida seleksiya ishlarini davom etdirishning ahamiyati. //O‘zbekiston TTITI ning 80 yillik munosabati bilan o‘tkazilgan halqaro ilmiy-texnikaviy anjuman materiallari. - Marg‘ilon, 2017. 43-46-b.