YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
93
O`SMIR YOSHDAGI O`QUVCHILARDA MANTIQIY TAFAKKURNI
RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Odiljonova Aziza Abduxakimovna
ADU Umumiy psixologiya kafedrasi v.b. dotsenti PhD
Abduqahhorova Mohiraxon Sanjarbek qizi
ADU Amaliy psixologiya yo`nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14038098
Annotatsiya:
Maqolada o`smirlik davrining psixologik jihatlari yoritib berilgan. Ushbu
yoshdagi o`quvchilarda mantiqiy tafakkurni o`rganish borasidagi psixolog olimlarning ilmiy
izlanishlari keltirib o`tilgan. O`smir yoshdagi o`quvchilarning mantiqiy tafakkuri ijtimoiy-
psixologik jihatdan tahlil qilingan. O`smir yoshdagi o`quvchilarning mantiqiy taffakuri
rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillar o`rganilgan.
Kalit so`zlar:
Tafakkur xususiyatlari, mustaqil fikr, analitik-sintetik faoliyat,
abstraksiyalash, psixik jarayon, ko`rgazmali tafakkur, psixologik muhit.
Аннотация
: В статье рассмотрены психологические аспекты подросткового
возраста. Отмечены научные исследования психологов по изучению логического
мышления у школьников этого возраста. Логическое мышление студентов-подростков
было проанализировано с социально-психологической точки зрения. Изучены факторы,
влияющие на развитие логического мышления школьников-подростков.
Ключевые слова:
Особенности мышления, самостоятельное мышление,
аналитико-синтетическая деятельность, абстракция, мыслительный процесс,
направленное мышление, психологическая среда.
Abstract:
The article describes the psychological aspects of adolescence. The scientific
researches of psychologists on the study of logical thinking in students of this age have been
mentioned. The logical thinking of teenage students was analyzed from a socio-psychological
point of view. Factors affecting the development of logical thinking of teenage students have
been studied.
Keywords
: Thinking, independent thought, analytical-synthetic activity, abstraction,
psychological process, controlled thinking, psychological environment.
Hozirgi davrda oʻsmirlarni voyaga yetkazishning oʻziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari,
imkoniyatlari, xatti-harakat motivlarining ifodalanishi va vujudga kelishining murakkab
mexanizmlari mavjud. Oʻsmirlik yoshida bolalikdan kattalik holatiga koʻchish jarayoni sodir
boʻladi. Oʻsmirlikda psixik jarayonlar keskin oʻzgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burilishlar
seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatda oʻquvchi bilan oʻqtuvchining muloqotida,
kattalar bilan oʻsmirlarning muomalasiga qat'iy oʻzgarishlar vujudga keladi. Bu oʻzgarishlar
jarayonida qiyinchiliklar tugʻiladi. Bular avvalo taʼlim jarayonida roʻy beradi: yangi axborot,
maʼlumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari oʻsmirni qoniqtirmay qoʻyadi.
Oʻqituvchining yangi mavzuni tushuntirishi, darslar maʼruza shaklida olib borilishi
oʻquvchilarni zeriktiradi, ularda oʻqishga loqaydlik tugʻiladi. Ilagari oʻquv materialini ma'nosiga
tushunmay yodlab olishga odatlangan oʻsmir endi zarur oʻrinlarni mantiqiy xotira va
tafakkurga suyangan holda oʻzlashtirishga harakat qiladi, oʻzlashtirishgan bilimlarni talab
qilinganda oʻquvchi bilan oʻqtuvchi oʻrtasida anglashilmovchilik paydo boʻladi. Hozirgi
oʻsmirlar oʻrmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
94
ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik oʻsish oldinroq namoyon boʻlmoqda.
Shu sababli bizda oʻgʻil va qizlarni 10-11 dan 14-15 yoshigacha oʻsmirlik yoshida deb
hisoblanadi.
Oʻsmirning eng muhim xususiyatlaridan biri mustaqil fikrlash, aqlning tanqidiyligi tez
rivojlanishidir. Bu esa kichik maktab yoshidagi oʻquvchilardan farqli oʻlaroq, oʻsmirning aqliy
faoliyatida yangi davr boshlanganini bildiradi. Oʻsmirlarning aql zakovatini kamol toptirish
uchun ularga doimo mantiqiy tafakkur usullarini oʻrgatib borish zarur. Bundan mantiqiy
hatolarni tuzatib borishni yoddan chiqarmaslik kerak. Oʻsmirlarda mantiqiy fikrlashni
rivojlantirishda ona tili va adabiyot oʻqtuvchisining roʻli juda muhimdir. U hamma vaqt
oʻquvchilarga toʻgʻri jumla tuzishni, ravon mulohaza yuritishni, fikrlashni, yozishni oʻrgatib
boradi.
Rus psixologlaridan biri L.S.Vigotskiy tafakkur muammosini oʻrganib, koʻproq
umumlashtirish va abstraksiyalash ustida toʻxtalib, ularning guruppalarga , turlarga ajratib
oʻrganishni tavsiya qildi.
M.N.Shardakov sababiy bogʻlanishning tutgan oʻrni va uni oʻstirish yoʻllari toʻgʻrisida
mulohaza yuritadi. M.N.Shardakov tadqiqotlarida tafakkur shakllarining oʻquvchilarda tarkib
topishi natijasida tafakkurning mantiqiyligi ortib borishi masalasi ochib berilgan. Ayniqsa,
ilmiy tushunchalarni shakllantirish, nars va hodisalar toʻgʻrisida ob' ektiv hukum chiqarish
masalasiga keng oʻrin berilgan. Maktab, taʼlim va mustaqil bilim olish faoliyati taʼsiri ostida
oʻsmirda analitik sintetik faoliyat jadallik bilan rivojlana boshlaydi. Endi oʻsmirlar faqat yaqqol
omillar qiziqishidan tashqari, ularning analizi bilan ham qiziqa boshlaydilar.
Oʻsmirlar fikr yuritish faoliyatining navbatdagi xususiyatlaridan biri yaqqol-obrazli
(koʻrgazmali) tafakkur jabhasining hali ham muhim roʻl oʻynashi hisoblanadi. Oʻsmirlarning
yana bir ahamiyatga molik xususiyatlardan yana biri -tafakkurning mustaqilligi, tanqidiyligi
shiddatli taraqqiyot pallasiga kirishidir. Bu esa kichik maktab yoshidagi oʻquvchilardan farqli
oʻlaroq, oʻsmirning aqliy faoliyatida yangi davr boshlanganligidan darak beradi.
Psixolog V.A.Kruteskiy oʻsmir tafakkurining mustaqilligini faollashtirish maqsadida yangi
oʻquv materialini evristik yoʻl bilan oʻzlashtirish foydali ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Rus psixologi
N.A.Menchinskaya oʻquvchilarning tafakkuri taraqqiyotini aniqlashda oʻquvchilarning mavjud
bilim fondi, bilimlarni amalda qoʻllash darajasini hamda mantiqiy fikr yuritish qobiliyatini
belgilashga intiladi. Olim bu asnoda oʻzlashtirish surʼatiga, yaqqol va mavhum tafakkur
turlarining oʻzaro aloqasiga, analitik-sintetik faoliyati bosqichiga ahamiyat beradi.
Oʻquvchilarda nazariy tafakkurni shakllantirishda toʻgʻarak va fakultativ mashgʻulotlar,
kasbiy fanlar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek oʻquvchilarning mustaqil fikrlashni
rivojlantirishda oʻqituvchilar, sinf rahbarlarining siymolari muhim roʻl oʻynaydi. Tafakkur
boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda rivojlanishi mutloqo mumkin emas. Shuning uchun
tafakkur rivojlanishi bilan birga oʻquvchining nutq faoliyati ham oʻsadi.
Xulosa
qilib aytganda takidlab oʻtilgan barcha qarashlar oʻsmir yoshdagi oʻquvchilarda
mustaqil fikrlash, tafakkur qilish, kabi xususiyatlarni kamol topishiga hizmat qiladi. Biz yaxshi
bilamizki oʻsmirlik davri har doim beqarorlik, hissiy kechinmalar kuchaygan davr sifatida talqin
qilinadi. Bu davrda yosh oʻquvchilarning koʻpchiligi oʻzlarida kechayotgan bunday holatlarga
toʻliq javob topa olishmaydi. Ularda mantiqiy tafakkur, mustaqil fikrlash qobilayti yetishmasligi
mumkun. Bu bilan ularning aqliy faoliyati past yoki ishlashi mavhum degan tushunchaga
kelmaslik kerak. Shunchaki ularga trio tavsiyalar maslahatlar berib boruvchi bir vositachi zarur
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
95
N.D.Levitovga tegishli fikrlar oʻsmirlar tafakkurini rivojlantirishda muhim iz qoldirishi
mumkin. U taʼkidlagan asosiy va ketma ket yozilgan koʻrsatkichlar oʻquvchining qilishi kerak
boʻlgan amallarni aynan tartibli holati hisoblanadi. Chunki oʻsmirning mantiqiy tafakkurini
oshirish uchun avvalo uning mustaqil boʻlishi darko, agarda fikrlar mustaqil boʻlmasa u ikkinchi
yoki boshqa shaxslar tomonidan boshqarilayotgan boʻlsa oʻsmirda hech qanday oʻsish
boʻlmaydi.
Bir oddiygina mashgʻulot asosida faqat oʻsmirlarda emas balki yuqori yoshdagi insonlarda
ham mantiqiy tafakkur yetishmasligi koʻrsak bo`ladi. Biz bu muammoni hal qilishga kirishish
asosida oʻsmir oʻquvchilarga shuni maslahat bera olishim mumkunki hayotdagi barcha bilimlar
faqat inson oʻrganishi, izlanishi uchun yaratilgan va ularni qoʻlimizdan kelgani qadar
oʻrgaishimiz ham bizni mantiqiy tafakkurimizni oshirishiga yordam beradi. Bundan tashqari
oilaning muhiti ham bolani aqliy faoliyatida juda katta taʼsir koʻrsatmay qolmaydi. Oilada oʻsmir
farzand yonida boʻlish u bilan qiziqarli mashgʻulotlar oʻtkazish asosida va oilaviy kitobxonlikni
yoʻlga qoʻyilishi bilan oʻsmirda koʻzga tashlanadigan muhim oʻzgarishlar yuzaga keladi. Buni
amalga oshirishda ota onalar farzandlarini qiziqishlarini, qobiliyatlarini bilishlari va ular
asosida harakat qilishlari darkor. Bu bilan oʻsmir har doim ham atrof muhit, doʻstlar, ota
onasining taʼsiri ostida qolishi kerak degan fikrga bormaslik kerak. O`smirning mantiqiy
tafakkurini rivojlantirishning eng asosiy yoʻli bu barcha jabhada mustaqil boʻlishi va oʻz ustida
ishlashidadir.
References:
1.
Выготский Л.С. “Проблема развития и распада высших психических функций”.
(1934)
2.
Крутецкий В А «Психология подростка» (1959 г., 1965 г.)
3.
Шардаков М.Н. “Очерки психологии школьника” Издательство: Государственное
учебно-педагогическое издательство Министерства просвещения РСФСР, 1955 г.
4.
Менчинская Н А «Вопросы умственного развития ребёнка» (1970)