Авторы

  • Gavhar Xolova
    Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumani 39-maktab biologiya o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46590

Ключевые слова:

Ташкентская область лекарственное растение цветок лист плод семя.

Аннотация

В Республике Узбекистан изучению биоразнообразия придается большое значение. В последние годы в нашей стране большое значение придается развитию лекарственных и пряных растений, особенно эффективному и продуктивному использованию природных ресурсов. В частности, Постановление Президента Республики Узбекистан № PQ-4670 от 10 апреля 2020 года «О мерах по охране дикорастущих лекарственных растений, выращиванию, переработке и рациональному использованию имеющихся ресурсов» создало правовую основу для радикального развитие отрасли. В результате реализации задач данного решения на территории Ташкентской области увеличилось количество фермеров и предпринимателей, которые занимаются не только сбором лекарственных растений в дикой природе, но и выращиванием их плантационным методом и организацией их переработки. значительно увеличивается.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

83

TOSHKENT VILOYATIDA DORIVOR O‘SIMLIKLARNING O‘SISHI DORIVOR

XUSUSIYATLARIDAN FOYDALANISH

Xolova Gavhar Sag’dullayevna

Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumani 39-maktab biologiya o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14032960

Annotatsiya:

O‘zbekiston respublikasida bioxilma-xillikni o‘rganishga juda katta

ahamiyat berilayapti. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda dorivor va ziravor o‘simliklarni
rivojlantirishga, xususan tabiiy boyliklardan samarali va unumli foydalanishga katta ahamiyat
berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi
“Yovvoyi holda o‘suvchi dorivori o‘simliklarni muxofaza qilish, madaniy holda yetishtirish,
qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
4670-son qarori sohani tubdan rivojlanishining huquqiy asoslarini yaratib berdi. Ushbu
qarordagi vazifalarni amalga oshirish natijasida Toshkent viloyati hududida dorivor
o‘simliklarni nafaqat tabiatda yovvoyi holda terib olish, balki madaniy holda plantatsiya
usulida ko‘paytirish va qayta ishlashni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi fermerlar va
tadbirkorlar soni ham sezilarli darajada ortib bormoqda.

Kalit so‘zlar:

Toshkent viloyati, dorivor o‘simlik, gul, barg, meva, urug‘.

ВЫРАЩИВАНИЕ ЛЕКАРСТВЕННЫХ РАСТЕНИЙ В ТАШКЕНТСКОЙ

ОБЛАСТИ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ЛЕКАРСТВЕННЫХ СВОЙСТВ

Холова Гавхар Сагдуллаевна

Учитель биологии школы 39 Ўрта-Чирчикского района Ташкентской области

Абстрактный.

В Республике Узбекистан изучению биоразнообразия придается

большое значение. В последние годы в нашей стране большое значение придается
развитию лекарственных и пряных растений, особенно эффективному и
продуктивному использованию природных ресурсов. В частности, Постановление
Президента Республики Узбекистан № PQ-4670 от 10 апреля 2020 года «О мерах по
охране дикорастущих лекарственных растений, выращиванию, переработке и
рациональному использованию имеющихся ресурсов» создало правовую основу для
радикального развитие отрасли. В результате реализации задач данного решения на
территории

Ташкентской

области

увеличилось

количество

фермеров

и

предпринимателей, которые занимаются не только сбором лекарственных растений в
дикой природе, но и выращиванием их плантационным методом и организацией их
переработки. значительно увеличивается.

Ключевые слова:

Ташкентская область, лекарственное растение, цветок, лист,

плод, семя.

GROWING OF MEDICINAL PLANTS IN TASHKENT REGION USING

MEDICINAL PROPERTIES

Kholova Gavhar Sag'dullayevna

Teacher of biology at school 39, O‘rta Chirchik district, Tashkent region

Abstract.

In the Republic of Uzbekistan, great importance is attached to the study of

biodiversity. In recent years, in our country, great importance has been attached to the


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

84

development of medicinal and spice plants, especially to the effective and productive use of
natural resources. In particular, PQ-4670 of the President of the Republic of Uzbekistan dated
April 10, 2020 "On measures for the protection of wild medicinal plants, cultivation,
processing and rational use of available resources" Decision No. created the legal basis for the
radical development of the industry. As a result of the implementation of the tasks of this
decision, the number of farmers and entrepreneurs who are engaged in not only collecting
medicinal plants in the wild, but also cultivating them in the plantation method and
organizing their processing in the territory of Tashkent region is increasing significantly.

Key words:

Tashkent region, medicinal plant, flower, leaf, fruit, seed.

KIRISH

Bugungi kunda dorivor o‘simliklarga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda, butun

dunyo pandemiyasida insonlar sog‘lig‘iga alohida eʼtibor berishi, salomatlik sirlaridan
xabardorligi ortishi, qarigan va surunkali kasalliklarga chalingan insonlar immun tizimini
faollashtirish uchun tabiiy vositalarni afzal ko‘rishi, tabiiy vositalarning mutloq zararsizligi va
foydasi ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarga investitsiyalar hajmining va xalqaro bozorlardagi
dorivor o‘simliklarga bo‘lgan talabning keskin ortishiga sabab bo‘ldi. Dorivor o‘simliklari,
alohida ekologik guruh hisoblanadi va uning muhofazasiga katta e’tibor beriladi. Dorivor
oʻtlar tarkibida dorivor xususiyatga ega boʻlgan kamida bitta faol modda mavjud. Ushbu
modda yoki moddalar koʻpincha oʻsimlikning toʻqimalari va qismlari boʻylab notekis
taqsimlanadi. Shuning uchun, dorivor oʻtlarni yigʻishda siz foydali elementlarning qayerda
toʻplanganligini va oʻsimlik rivojlanishining qaysi davrida ularning konsentratsiyasi maksimal
ekanligini bilishingiz kerak. Dorivor oʻsimliklar xomashyosidan foydalanishning asosiy
usullari: ichki va tashqi foydalanish uchun dori vositalarini ishlab chiqarish

O‘zbekiston o‘simlik dunyosi juda boy va rang-barangdir. Cho‘l va dashtlar, tog‘lar va

adirlar, pasttekisliklar va daryo deltalari yonma-yon joylashib ajoyib manzara hosil qiladi. Bu
aql bovar qilmaydigan bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo aslida Markaziy Osiyoning qo‘shni
mintaqalari bilan taqqoslaganda, O‘zbekistonning tog‘laridagi maydon birligiga nisbati
bo‘yicha o‘simliklar soni bir necha baravar ko‘p.

Mamlakatning boy o‘simlik dunyosida olti mingdan ortiq turli xil o‘simliklar mavjud,

ular orasida dorivor o‘simliklar ham bor. Bunday o‘tlar ekologik toza bo‘lib oziq-ovqat,


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

85

aromatik va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida
ishlatiladi.

O‘zbekistonda eng keng tarqalgan dorivor o‘simliklar rayhon (bazilik), kashnich

(koriander), arpabodiyon, yalpiz, sebarga hisoblanadi. Yovvoyi o‘simliklarni tekisliklarda va
tog‘larda topish mumkin, shuningdek, bozorlar va dorixonalarda sotib olish mumkin.

Shunday o‘simliklardan biri ham dorivor, ham ziravor bo‘lgan oziq-ovqat, farmatsevtika

va parfyumeriya sanoati uchun qimmatbaho xomashyo hisoblangan “ziravorlar sultoni” nomi
bilan mashhur bo‘lgan o‘simlik – zaʼfaron bugungi kunda dunyodagi eng qimmat o‘simlik
hisoblanadi.

Zaʼfaron

(

Crocus

sativus

L.)

sapsarguldoshlarga mansub koʻp

yillik

oʻtsimon tuganak piyozli oʻsimlik. Yovvoyi xolda uchramaydi. Hindiston, Pokiston, Xitoy,
Janubiy Yevropa, Ozarbayjonda katta maydonlarda ekiladi. O’zbekistonda ham plantatsiyalari
tashkil etildi. Piyozining diametri 1—2 sm. Bargi 5— 15 ta, och sariq rangda; eni 2 mm,
tuksiz. Guli 1-4 ta, gultoji oqish, pastki qismi (tashqi tomondan) binafsha rang, uzunligi 2—4
sm. Changchilari gulqoʻrgʻondan qisqa. Koʻsagi choʻziq, eni 6—7 mm. Fevral—iyulda gullaydi,
aprel—avgustda meva beradi. Tarkibida efir moyi boʻlgani uchun hidi juda oʻtkir va yoqimli.
90—100 ming dona 3. gulidan 1 kg kurigan gul tumshuqchalari olinadi. 3. gulining quritilgan
tumshuqchalari murabbo, tortlar rangi va taʼmini yaxshilash, oziqovqat (pishloq, sariyogʻ,
likyor va b. rang berish uchun), parfyumeriya (atirupa) sanoatida ishlatiladi. Xalq tabobatida
za’faron o’nlab xastaliklarni davolashda ishlatilgan Abu Ali ibn Sino za’faron inson terisini
rangli chiroyli, ko’zni ravshan, yurakni quvvatli, nafas a’zolarini sog’lom qilishini yozib
qoldirgan [3]. Zaʼfaron O‘rta yer dengizi, Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarida,
jumladan Eron, Hindiston, Turkiya, Gretsiya, Italiya, Pokiston, AQSH, Ozarbayjon, Rossiya,
shuningdek, bugungi kunda O‘zbekiston hududlarida ham katta plantatsiyalarda
yetishtirilmoqda [4]. Ushbu o‘simlik balandligi 10-30 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik
bo‘lib, ildizi 2-3 sm, barglari tik, bigizsimon ko‘rinishda, gullari zich to‘plamda joylashadi.
O‘simlikda to‘p barglar gullash davridan 10-15 kun oldin paydo bo‘ladi. Zaʼfaronning gullari
yirik, pushti rangda bo‘lib, oktyabr oyining oxiri va noyabr oyining birinchi yarmida gullaydi.
Gul barglarining ichida changchilar – qizil, urug‘chilar – to‘q sariq rangda bo‘ladi. Urug‘ hosil
qilmasligi sababli vegetativ usul bilan (piyozboshchalar orqali) ko‘paytiriladi.

Zaʼfaron o‘simligi ekilgandan birinchi yili gektaridan 2 kg, ikkinchi yilda 4 kg, uchinchi

yildan boshlab 6-8 kg gacha zaʼfaron guli xomashyosi terib olish mumkin. Bir kilogramm
quritilgan zaʼfaron guli xomashyosini tayyorlash uchun 150 mingdan ortiq gullari terib
olinishi kerak. 1 dona zaʼfaron gulidan o‘rtacha 7 mg quritilgan ziravor olinadi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan zaʼfaron o‘simligining respublikada keng
maydonlarda joriy etish, o‘simlik plantatsiyalarini ko‘paytirish, yetishtirish, sohaga chet el
investitsiyasini jalb etish va eksport salohiyatini oshirish hamda xotin-qizlarni ish bilan


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

86

taʼminlash maqsadida Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Italiya davlati bilan hamkorlikda
“BMB Opera Zafferano” MCHJ qo‘shma korxonasi tashkil etildi [2].

Yevropa davlatlariga zaʼfaron xom ashyosidan tayyor mahsulotni eksportga chiqarish

maqsadida Italiya davlatidan 21 mln donadan ortiq piyoz tuganaklari olib kelinib, bugungi
kunda Baxmal tumanida jami 205 gektar maydonda zaʼfaron plantatsiyasi barpo etildi. Ushbu
amalga oshirilgan ishlar natijasida, 2021-yilda 773 ming AQSH dollari miqdoridagi zaʼfaron
mahsulotlari Italiya davlatiga eksporti amalga oshirildi.

Zaʼfaron o‘simligi tibbiyotda onkologik kasalliklarni davolashda (hatto kasallikning

oxirgi bosqichida saraton o‘simtalariga qarshilik ko‘rsatadi va ularning hujayralari o‘sishini
to‘xtatadi), qonni tozalashda (uni yangilaydi va tozalaydi, demak yurak qon tomir tizimini
mustahkamlaydi, organizmning barcha hujayralarini oziqlantiradi), miya faoliyati aktivligini
yaxshilaydi (bosh miya to‘qimalarini o‘stiradi, xotirani yaxshilaydi), nevrozdan forig‘ qiladi,
bosh og‘rig‘i va uyqusizlikdan xalos etadi, oshqozon-ichak faoliyatini meʼyorga keltiradi,
organizmni quvvatlaydi, ko‘rish qobiliyatini tiklaydi, ko‘z to‘rpardasidagi illatlarni davolaydi,
butun organizmni yoshartiradi.

Xulosa qilib aytganda ushbu birgina o‘simlikning keng ommalashishi, pandemiya

davrida aholi salomatligi uchun shifobaxsh mahsulotlar turlariga talabning ortishi, suv
taqchilligi davrida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun yuqori daromad manbai
ekanligidan ko‘rinib turibdiki, dorivor o‘simliklar sohasi respublikada endi rivojlanayotgan,
misli ko‘rinmas katta tabiiy zahiraga ega istiqbolli sohalardan biri bo‘lib, ushbu sohani yana-
da rivojlantirish, taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, sohaning
yagona bir tizimga birlashishi zamon talabi hisoblanadi.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 10.04.2020 yildagi PQ-4670-son

Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish,
qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida
2.

O‘zbekiston Respublikasi va Vazirlar Mahkamasi 2017 yil 21 avgustdagi 114-sonli

yig‘ilish bayonining “Respublikamizda zafaron (sha'fran) plantatsiyalarini barpo etish,
farmatsevtika sanoati ehtiyojlarini ta'minlash va eksportbop dorivor o‘simliklarni
ko‘paytirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi EDO-03/1-421-son qarori.
3.

Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари. –Тошкент: Фан, 1982.Т.1. –497 б

4.

Garagezov G., Gasыmov K. G., Serkerov S.V., Novruzov E.N., Muradov P.Z., SHaxmuradov

I.A. Strategiya izucheniya bio – logii Apsheronskoy populyasii shafrana (Crocus sativus L.) //
AMEA-nın Xəbərləri (biologiya və tibb elmləri), 2017. – Cild 70.№2. – s.164-173
5.

Mirzayeva M.A., Xakimjonova Sh., Azimova B. (2024, май 18). ZAFARON YETISHTIRISH

TEXNOLOGIYASI. https://doi.org/10.5281/zenodo.11214773

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 10.04.2020 yildagi PQ-4670-son Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi va Vazirlar Mahkamasi 2017 yil 21 avgustdagi 114-sonli yig‘ilish bayonining “Respublikamizda zafaron (sha'fran) plantatsiyalarini barpo etish, farmatsevtika sanoati ehtiyojlarini ta'minlash va eksportbop dorivor o‘simliklarni ko‘paytirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi EDO-03/1-421-son qarori.

Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари. –Тошкент: Фан, 1982.Т.1. –497 б

Garagezov G., Gasыmov K. G., Serkerov S.V., Novruzov E.N., Muradov P.Z., SHaxmuradov I.A. Strategiya izucheniya bio – logii Apsheronskoy populyasii shafrana (Crocus sativus L.) // AMEA-nın Xəbərləri (biologiya və tibb elmləri), 2017. – Cild 70.№2. – s.164-173

Mirzayeva M.A., Xakimjonova Sh., Azimova B. (2024, май 18). ZAFARON YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI. https://doi.org/10.5281/zenodo.11214773