YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
71
“QANDLI DIABET” KASALLIGI VA UNING BELGILARI
Yusupova Sevinch Baxriddin qizi
Alfraganus University, Davolash ishi yo’nalishi, 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14027793
Annotatsiya:
Maqolada “
Qandli diabet”
kasalligini kelib chiqishi, uning belgilari,
kasallikni oldini olish, hujayralar faoliyatining buzilishi va oqibatlari,kasallikni turlari haqida
ma’lumot keltirilgan.
Kalit so’zlari: “Qandli diabet”,
glyukoza, insulin, glyukagon, Me’da osti bezi, 1-tip
diabet,2-tip diabet.
Kirish:
Qandli diabet (xalq orasida «saxar kasalligi» deb ham aytiladi) — tanada uglevod
va suv almashinuvining buzilishi natijasida yuzaga keladigan kasallik. Me’da osti bezi
funksiyasi buzilishi oqibati hisoblanadi. Me’da osti bezi insulin gormonini ishlab chiqaradi.
Insulin qandni qayta ishlashda qatnashadi. Bu gormonsiz organizm qondagi glyukoza
miqdorini me’yorda ushlab tura olmaydi va uning miqdori oshib ketadi. Natijada organizm
ortiqcha glyukozani siydik orqali chiqarib yuborishi kuzatiladi. Kasallikni turlash muhim
hisoblanadi, chunki bu kasallikning turlari boshlang‘ich davrda bir-biridan tubdan farq qiladi
va davolash ham shunga qarab belgilanadi. Kasallik qancha uzoq davom etaversa, uni
davolash usullari bir-birga o‘xshab ketaveradi.
1-TIP DIABET
Shuningdek insulinga bog‘liq diabet deyiladi. Ko‘pincha yoshlar, 40 yoshgacha bo‘lgan,
ozg‘in odamlar aziyat chekadi. Kasallik og‘ir kechadi, davolash uchun insulin beriladi.
Sababi: organizm me’da osti bezi hujayralarini yo‘q qiluvchi antitana ishlab chiqaradi.
Diabetni 1-turidan butunlay davolanib bo‘lmaydi, lekin ba’zi hollarda bez faoliyatini
me’yorda ushlab turib, parhezga amal qilinsa, kasallik bemorni ortiqcha bezovta qilmaydi.
Doimiy ravishda sun’iy insulin qabul qilish talab etiladi. Insulin oshqozon-ichak traktida
parchalanib ketishi bois, u faqat ineksiya orqali ovqatlanish vaqtida kiritiladi. Qat’iy parhezga
amal qilib, ovqat ratsionidan yengil hazm bo‘luvchi uglevodlarni (shakar, shirinliklar, mevali
sharbatlar) butunlay chiqarib tashlash ko‘rsatiladi.
2-TIP DIABET
Bu insulinga bog‘liq bo‘lmagan diabet deyiladi. Ko‘pincha yoshi kattalar, to‘laroq, 40
yoshdan o‘tganlar aziyat chekadi.Sababi: hujayralarning oziq ko‘pligidan insulinga
ta’sirchanligining yo‘qolishidir. Kasallikni davolashda har doim ham insulin kerak
bo‘lavermaydi. Faqatgina malakali shifokor davolash tartibini belgilay oladi.Avvalo bunday
bemorlarga parhez buyuriladi. Shifokor tavsiyasiga amal qilish muhim ahamiyatga ega. Tana
vaznini me’yorga kelguncha asta-sekin, oyiga 2-3kg tushirib borish tavsiya etiladi. Parhezga
amal qilmaganda qonda shakar miqdorini tushiruvchi dorilar, eng og‘ir hollarda insulin
buyuriladi.
Insulinning ahamiyati
– Qandli diabet insulin yetishmovchiligi tufayli yuzaga keladi.
Oqsil, uglevod va yog` almashinuvidagi buzilishlar bu kasallikka xosdir. Uglevodlar
almashinuvida ishtirok etadigan insulin jigarda glikogenning parchalanishi, sintezi va
ishlatilishini ta’minlaydi, shuningdek, uglevod birikmalarining parchalanishini oldini oladi.
Oqsil almashinuvi jarayonida insulin oqsil va nuklein kislotalarni sintez qila boshlaydi,
birinchisining parchalanishiga yo’l qo’ymaydi. Insulinning yog ‘almashinuviga ta’siri shundaki,
u glyukozaning gepatositlarga kirish tezligini oshiradi, energiya hujayra jarayonlarini ishga
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
72
tushiradi, yog’larning parchalanishini sekinlashtiradi va yog’ kislotalari sintezini yaxshilaydi.
Agar insulin yetarli bo’lmasa, natriy hujayralarga kira olmaydi.
Qandli diabetning rivojlanishiga sabab bo`ladigan omillar quyidagilardir:
Ortiqcha vazn;
Irsiy moyillik, chunki kasallikka chalingan bemorlarning 9%ida diabet bilan og`rigan
qarindoshlar bor;
Noto’g’ri ovqatlanish tarkibi (ovqatlanish ratsionida kletchatkaning yetishmasligi va
uglevodlarning ko’pligi);
Diabetogen dori vositalarini qabul qilish (diuretiklar, glyukokortikoid gormonlar,
sitostatiklar, gipotenziv dorilar);
Yurak-qon tomir kasalliklarining mavjudligi.
Kasallik belgilari
Qandli diabetning birinchi turi keskin, ikkinchisi, aksincha, asta-sekin rivojlanadi.
Kasallikning belgisiz turi ham mavjud. Diabetning ikkala turida turli xil belgilar kuzatiladi,
lekin ularning umumiy alomatlari ham mavjuddir:
Doimiy ravishda og’izning quruqligi, doimiy chanqoq, ba’zida bemor kuniga yetti litrdan
o’n litrgacha suv ichishi mumkin;
Ko’p va tez-tez siyish (poliuriya);
Ishtahaning oshishi (polifagiya);
Terining, yumshoq to`qimalarning achishishi/qichishi/quruqligi, teri va yumshoq
to’qimalarda yiringli yarachalar paydo bo’lishi;
Kuchli charchoq, uyqusizlik, jismoniy va aqliy faoliyatning pasayishi;
Ko’rish qobiliyatining yomonlashishi;
Tutqanoqlar.
Diagnostika:
Qandli diabet tashxisi och qoringa qondagi qand miqdori 6,5 mmol/l dan oshganda
qo`yiladi. Qandli diabet bilan og’rigan odamlarning siydigida glyukoza bo`lmaydi, chunki
buyraklar uning o’tishiga yo’l qo’ymaydi, ammo qondagi qand miqdori 8,8 mmol/l dan
oshganda, glyukoza siydik tarkibida bo`ladi. Agar kasallik borligiga shubha bo’lsa, shifokor
bemorga tekshiruvdan o`tishni tavsiya qiladi va quyidagi tahlillarni topshirishga
yo`naltiradi:Kapillyar qondagi glyukoza; Siydikdagi keton tanachalari va glyukoza;
Glikolizlangan gemoglobin; Qondagi insulin va C-peptid (1-tipda bu ko’rsatkichlar pasayadi, 2-
tipda ular deyarli o’zgarmaydi).Yuqoridagi tahlillardan tashqari, bemor maxsus glyukozaga
sezuvchanlik sinovidan o`tadi, och holatda va maxsus shakarli suyuqlik ichgandan keyin ikki
soat o’tib qondagi glyukoza miqdorini solishtiriladi,shunga qarab Doktor tashxis qo’yadi.
Xulosa:
Hozirgi kunga kelib “Qandli diabet” kasalligiga uchraganlar soni keskin oshib
bormoqda,bunga sabab ovqatlanish tartibi buzilishi, uyqusizlik va h.k.Oldini olish
uchuni,Ovqatlanish tartibini to’g’irlash lozim.
References:
1.
Ali Ibn Sino “Tib qonunlari” 2- bob.
2.
“Tafakkur”. – 2012 y7. Qayumov E.G’. Qandli diabetdan tuzalish mumkin. – Toshkent.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
73
3.
“Meditsina” – 1988y.8. Ovchennikov Yu. A. Bioorganicheskaya ximiya. – M. Prosveshenie.
– 1987 y
4.
“Qandli diabet kasalligi fitoterapiyasi” Samarqand 2022-yil, Z.F.Mavlyanova,
N.A.Rasulova, F.V.Xudayqulova.