YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
35
RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING IQTISODIYOTDAGI AHAMIYATI
Qiyomiddinov Azizxon Shovkat o‘g‘li
O’zbekiston Respublikasi Bank - moliya akademiyasi magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14017196
Annotatsiya.
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning yutuqlari tahlil qilingan.
Butunjahon davlatlarida mavjud iqtisodiy tajribalar qayd etilgan. Raqamli iqtisodiyot
natijasida O‘zbekistonda tashkil qilingan innovatsion yangiliklar haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar:
raqamli iqtisodiyot, xo‘jalik, axborot, texnologiya, qurilma, onlayn,
elektron, internet savdo, kraudfanding.
Raqamli iqtisodiyot - bu xo‘jalik faoliyatini yuritishdir. Asosan, ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko‘rinshidagi ma'lumotlar bo‘lib, katta hajmdagi
axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil
turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni
yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib
aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko‘rsatish, elektron to‘lovlar amalga
oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter
texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog‘langan faoliyatdir.
Raqamli iqtisodiyot tushunchasi nisbatan uzoq bo‘lmagan vaqtda, 1995-yili
Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan.
Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski
iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o‘tishda, qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkinligini
aytib o‘tgan [10].
1995 yilda Don Tapskottning “Raqamli iqtisod: tarmoqli razvedka davridagi va'da va
xavf” kitobida paydo bo‘lgan va kiritilgan. Ushbu kitobda Internet dunyo biznesini qanday
o‘zgartirishi haqida so‘z boradi [9].
Raqamli iqtisodiyotga o‘tish deganda kompyuterlar va bilimlarga asoslangan holda
jamiyat va iqtisodiyotning yangi turini barpo etishni tushunamiz.
Raqamli iqtisodiyot quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- yangi kadrlar va yangi ish joylari hosil bo‘lishida;
- yangi korporativ madaniyat barpo etilishida;
- yangi boshqaruv va nazorat usullarining yuzaga kelishida;
- katta ma’lumotlar bazalari (big data) va aniqlikka erishishda;
- sun’iy intellekt va intellektual boshqaruv tizimlarining hosil bo‘lishida;
- ta’lim, ishlab chiqarish va boshqaruvdagi virtualizatsiya jarayonlari amalga oshishida;
- blokcheyn va u orqali yurutiladigan turli-tuman jarayonlarning hayotga tadbiq qilinishida;
- yangi pul-kredit tizimi va banklar faoliyatining kengayishida;
- katta investitsyalar jalb qilish imkonini beradigan ICO (Initial Coin Offering) jarayonining
amalga oshirilishida;
- mustaqil pul birligi va kriptovalyutalarning amaliyotga kirib kelishida;
- elektron tijorat va elektron biznesning rivojlanishida va boshqa juda katta imkoniyatlar
yuzaga kelishidadir.
Raqamli iqtisodiyot, elektron biznes hamda elektron tijorat uchun zaruriy bo‘lgan
resurslar jumlasiga esa quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
36
Hisoblash-kommunikatsion infratuzilmalar
Turli xildagi raqamli texnologiyalar
Tezkor Internet tizimi
IP bloklar
Raqamli iqtisod sohasida tayyorgarlik ko‘rgan inson resurslari
Biznes modellar
Intellektual on-line ishlab chiqarish
Moliyaviy ta’minot
Kraudsorsing va kraudfunding tashkil qilish imkoniyatlari [5]
Thomas Mesenbourg (2001) fikriga ko‘ra, raqamli iqtisodiyot kontseptsiyasining uchta
asosiy komponentini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1.
Elektron biznes infratuzilmasi (apparat, dasturiy ta'minot, telekommunikatsiya,
tarmoqlar, inson kapitali va boshqalar).
2.
Elektron biznes (biznes qanday olib borilishi, tashkilot kompyuter vositachiligidagi
tarmoqlar orqali amalga oshiradigan har qanday jarayon),
3.
Elektron tijorat (tovarlarni o‘tkazish, masalan, kitob onlayn sotilganda).
Raqamli davlatlar bugungi kunda Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariya hisoblanishadi.
Raqamli iqtisodiyot rivojlangan 10 ta davlatlar qatoriga AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada,
Daniya, Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya va Gonkong kiradi.
Axborot texnologiyalari asrida jahonda ko‘plab tadbirkorlar o‘tgan avlodlarda mavjud
bo‘lmagan yangi kompaniyalar va yangi biznes modellarini yaratish uchun raqamli
iqtisodiyotni yorituvchi texnologiyalarni qo‘lladilar.
Bularga misol qilib, Google, Yandex, Yahoo – axborot qidiruv tizimlari, Amazon, Alibaba,
Olx – onlayn bozor, Youtube , Netflix – kontentlar, video, kinolar ko‘rish uchun onlayn
platformalari, Linkedin, HH.ru – onlayn ish izlash platformalari, Uber, Yandextaxi – taksi
xizmatlari, Paypal, Click Evolution, Payme, – Onlayn to‘lov tizimlari, Zoom- onlayn darslar
o‘tish va video uchrashuvlarga mo‘ljallangan platforma, Zoodmall – maishiy texnika onlayn
do‘koni, Trivago, Booking.com – oldindan mehmonxona va boshqa xizmatlarni band qilish,
Aviasales – aviachiptalarni onlayn xarid qilish, Atto – O‘zbekistonda transport uchun to‘lov
kartasi va yana ko‘plab kompaniyalardir.
O‘zbekistonda ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda davlat miqyosida katta
ahamiyat berilmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yil 28 dekabrdagi
2019 yil uchun eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham
mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bo‘yicha quyidagilarni aytib o‘tdi:
“Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini ko‘zda
tutadigan “Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsitasi”ni ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda
“Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini hayotga tadbiq etishimiz zarur. Raqamli iqtisodiyot
yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o‘stirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini
beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar o‘tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. Shuning
uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni
ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot havfsizligini ta ’minlashga alohida e’tibor
qaratish zarur”. Undan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19
fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini ijro etish borasida, shuningdek,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
37
respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimida zamonaviy axborot
texnologiyalarni jadal rivojlantirish bo‘yicha sharoitlar yaratishda ham innovatsion loyihalar
mavjud [2].
Xulosa qilib aytganda, raqamli iqtisodiyotning juda ko‘plab afzalliklari mavjud. Insonlar
uchun ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lish, eng asosiylaridan biri vaqtni tejash, xarajatlarni
kamaytirish imkoniyati, biznesni rivojlantirish va onlayn tanitish, savdo hajmini oshirish,
odamlarda uyda o‘tirib ishlash imkoniyatlarini yaratishdan iborat.
Davlat uchun ham raqamli iqtisodiyot juda katta ahamiyatga ega. Aniq statistika yuritish,
pul aylanmalarini ko‘rish va nazorat qilish, soliqlarni ko‘proq va to‘gri olish imkoniyati va
yana ko‘plab imkoniyatlar qayd etish o‘rinli.
Ammo, raqamli iqtisodiyot rivojiga ham to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan ba’zi omillar
mavjud. Misol qilib, monopoliyaning kuchliligi, internet tezligining pastligi, fuqarolarda
kompyuter savodxonligining sustligi, axborot xavsizligi, axborot texnologiyalari sohasida
dasturchilarning yetishmasligi va axborot madaniyati kabi omillarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” PF-4947-
sonli Farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish choratadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoni
3.
R.H. Ayupov , G.R. Boltaboeva “Raqamli iqtisodiyot asoslari“ – Darslik 2020 – B-18,19
4.
Toshkent soliq texnikumi, “Raqamli iqtisodiyot texnologiyalari“ fani bo‘yicha ma’ruzalar.
B -2
5.
O’lmasоv A., Vahоbоv A. Iqtisоdiyot nazariyasi. -T.: «Sharq», 2006.
6.
Shоdmоnоv Sh., G’оfurоv U. va bоshq. “Iqtisоdiyot nazariyasi” fanidan ta’lim
tехnоlоgiyasi. Uslubiy qo’llanma. - T.: «Iqtisоdiyot», 2010.
7.
https://www.texnoman.uz/post/raqamli-iqtisodiyot-nima.html
https://www.economicshelp.org/blog/164275/economics/the-digital-economy-pros-