YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
4
TA’LIM MOTIVATSIYA MUAMMOSINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARDA
O‘RGANILISHI
Urazbayeva Yulduz Abdullayevna
Ma’mun universiteti “Psixologiya va tibbiyot’’ kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14011032
Annotatsiya:
Ushbu maqolada motiv va motivatsiya muammosining xorij olimlari
tomonidan o‘rganilishi, motivatsiyaning shaxs rivojlanishida va faoliyatida muhim o‘rin
egallashi xususidagi dalillangan fikrlar keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar
: Motiv, motivatsiya, ta’lim, faoliyat, shaxs, ehtiyoj.
Kirish.
Bugungi kunda shiddat bilan o’zgarib borayotgan hayot oldimizga qo’yayotgan
bir-biridan murakkab va muhim masalalarni hal qilish haqida o’ylar ekanmiz, uning yechimini
aynan ta’lim va tarbiya bilan yoshlarni shakllantirishimiz kerak ekanligiga amin bo’lamiz.
Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri
bo’lib hisoblanadi. Hozirgi kunda bu kabi muammolarning yechilishi barchamizni harakat
qilishga undaydi [1].
Ta’lim-tarbiya jarayonida o’quv motivatsiyasining ahamiyati butun dunyo olimlari
tomonidan tan olingan va har tomonlama o’rganilgan. O’quv samaradorligini oshirishda o’quv
motivatsiyasining rolini chet el olimlari o’z tadqiqotlarida tadqiq qildilar. SHu nuqtai
nazardan turib, qo’zg’atuvchilardan tashqarida sodir bo’ladigan xatti-harakatlarni
tushuntirish bo’yicha ko’plab modellar ishlab chiqilgan bo’lib, ularni ko’rib chiqish ichki
motivatsiyaning mexanizmlarini tahlil qilishda qo’l keladi. SHunday modellardan birini
G.Ollport (1937, 1955, 1961) taklif qiladi. G.Ollport ichki motivatsiya bilan bog’liq bo’lgan
uchta motivatsion tushunchalarni tahlil qiladi: funksional avtonomiya, yyetarli darajadagi
harakat va «Men»ning jalb qilinganligi. U funksional avtonomiya tamoyilini faoliyat dastavval
boshqa sabab bo’yicha paydo bo’lishi mumkin bo’lgan holda, o’zi uchun maqsadga aylanishi
holatini tushuntirish uchun kiritadi. Masalan, qishloq hayotini o’rganish uchun borgan
shaharlik jurnalist qishloqni o’rganish jarayonida qishloqda yashab qoladi. Bunda «qishloq
hayotini o’rganish» motivi funksional mustaqillikka ega bo’lgani sababli ham «qishloqda
yashash» motiviga aylanayapti. G.Ollportning fikricha, tashqi tomondan «qishloqda yashash»
motivi qiziqish - qo’zg’atish emotsiyasiga o’xshab ketsa-da, aslida, u ichki motivatsion
tuzilmadir.
Yetarli darajadagi harakat tushunchasi haqida G.Ollport o’zining fikrlarini quyidagicha
izohlaydi: «Yetarli darajadagi harakatlar bilan motivlashgan faollik muvozanatga qarama -
qarshi turadi». O’z fikrini G.Ollport buyuk tadqiqotchi sayyoh Amundsenning hayoti bilan
tushuntiradi. Uni Janubiy qutbga borish istagi boshqargan edi. Keyinchalik G.Ollport
«harakatlar» so’zining o’rniga «qiziqish» so’zini ishlatadi. «Qiziqish» - motivatsiyaning o’ta
teran darajalarida qatnashadi deb yozadi [2], [3].
Ichki motivatsiyani o’rganish bo’yicha amalga oshirilgan tadqiqotlardan D.Berlaynning
ishlari diqqatga sazovordir (1960,1967). D.Berlayn o’zining qiziqishlar nazariyasini ishlab
chiqdi va kengaytirdi. Bu nazariya yordamida motivatsiyaning nisbatan aniq manbalari
mavjud bo’lmagan holda, perseptiv va intellektual faollik amalga oshirilganda, stimullarning
tanlanishi mexanizmi bilan tushuntiriladi (1960). D.Berlaynning fikricha, yangilik markaziy
tushuncha bo’lib qoladi. Biroq u yana qo’shimcha uchta o’zgaruvchan omilni kiritdi: o’zgarish,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
5
hayrat va nomutanosiblik. Xuddi shundan kelib chiqqan holda, D.Berlayn aktivatsiya
reaksiyalarining tiplari haqidagi fikrlarini ilgari suradi. Uch xil tiplar farqlanadi: mustaqil
(avtonom), elektrokortikal va xatti - harakatli tiplari. Ular funksional va anatomik jihatdan
bir-biridan farqlanadi.
D.Berlaynning ta’kidlashicha, ochlik va og’riq singari maxsus qo’zg’atuvchilar hamda
qo’rquv va g’azab singari maxsus emotsiyalar faollikning ma’lum ko’rsatkichlariga qaysidir
darajada bir xil ta’sir ko’rsatadi. «Biroq kutish mumkinki, ularning har biri faollik reaksiyalari
kompleksida xarakterli o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Faollik reaksiyalarining ba’zi
komponentlarini kuchaytirib, ba’zilarini esa kuchsizlantirib turadi» [4].
D.Berlayn reaksiyalarning uch xil tip determinantlari haqida yozadi.
Birinchidan, qo’zg’atuvchi stimullarning miqdor va sifatiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq
bo’lgan psixofizik o’zgarishlar. Ikkinchidan, yashashning maxsus shartsharoitlari bilan bog’liq
bo’lgan «ekologik o’zgarishlar». Uchinchidan esa, stimullarning tanlanishiga, qiziquvchanlikka
va tadqiqiy xatti- harakatlarga (yangilik, o’zgarish, murakkablik, nomutanosiblik, noaniqlik va
ziddiyat) ta’sir qiluvchi qiyosiy o’zgarishlar. D.Berlaynning ta’kidlashicha, motivatsiya va
mustahkamlashning barcha turlari neyrofiziologik qo’zg’alishning ma’lum tipi orqali ta’sir
qiladi, deyish ham mumkin. Motivlashgan holat orqali ta’sir qiladi. Boshqacha aytganda,
motivlashgan holat faollik reaksiyalarining ko’tarilish yoki tushish natijasi sifatida ham
yuzaga chiqishi mumkin. Biroq qiziquvchanlik va tadqiqiy bilish faolligi faqatgina
stimulyatsiyaning oshishi funksiyasi sifatida ko’zga tashlanadi.
D. Berlaynning motivatsiyaning mexanizmi haqidagi fikrlarida ba’zi e’tirozli qirralar
bo’lsa-da, qimmatlidir. Darhaqiqat, emotsiyalar ba’zi o’rinlarda faoliyat motivlari bo’lib
hisoblanishi mumkin. Biroq ma’lum vaziyat va sharoitlardagina shunday bo’ladi. D.Berlayn
olimlar nazarini faoliyatni qo’zg’atuvchi, faollikka undovchi kuchni o’rganishda har
tomonlama, kompleks tahlil qilish zarurligiga qaratdi. Motiv va motivatsiya inson hayotida
muhim ahamiyat kasb etganligi bois, uni tadqiq qilish ham o’ta sharaflidir.
O’quv motivlarining xususiy muammolariga bag’ishlangan chet el kuzatishlari, asosan,
E.Torndayk ta’siri ostidadir. Bu o’quv jarayoniga moyillik tug’diradigan kuchning xarakteri
to’g’risida E.Torndayk aytgan ayrim holatlarining hali - hanuzgacha yangi-yangi tajribalarda
sinovdan o’tkazilayotganida ham ko’rinadi. YAngi mualliflar u bildirgan fikrlarni yoki
tasdiqlashga yoki inkor etishga harakat qilmoqdalar. Albatta, bunda E.Torndayk qo’llangan
izlanish va metodlar birmuncha o’zgargan, lekin muammoning qo’yilishi, qo’llanayotgan
ayrim usullar ko’proq E.Torndayk uslublariga yaqindir.
O’quv motivlari muammosi yuzasidan E.Torndayk bildirgan fikrlarni bilmay turib,
bizning bu haqidagi tasavvurimiz to’liq bo’lmaydi [5].
E.Torndayk o’quv masalalari bo’yicha ikkita kitob e’lon qilgan: «Insonda o’quv jarayoni»
(1931 yilda rus tiliga tarjima qilingan) hamda ingliz tilidagi «O’qish asoslari» (1932) kitobi.
Uning «Insonda o’quv jarayoni» kitobi ikki bo’limdan iborat. Birinchi bo’limda
E.Torndaykning ko’p sonli eksperimentlari (tajribalari) yoritilagan bo’lib, ikkinchi bo’limda
uning o’quv jarayoni to’g’risidagi fikr-mulohazalari berilgan.
E.Torndayk tajribalarining alohida tomoni ularning juda tor va cheklangan xarakterga
ega ekanligidir: ular real o’quv jarayoni bilan juda oz darajada bog’langandir.
Xulosa qilib aytganda, motiv va motivatsiya masalalariga nafaqat O’zbekistonda balki
xorijda ham katta e’tibor berilgan. Ayniqsa o’quvchilarda ta’lim olish jarayonida o’quv
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
6
motivatsiyasining ahamiyati kattadir. Chunki insonda motiv va motivatsion sohasi kuchli
rivojlangan bolsa, uning bilimlarni o’zlashtirish jarayoni ham yuqori bo’ladi. Yuqoridagi
mulohazalardan kelib chiqqan holda o’quvchilarining psixologik xususiyatlari, xususan, o’qish
motivlari muammolari yuzasidan tadqiqotlar o’tkazish muhim ahamiyatga egaligini haqida
xulosa chiqarish mumkin.
References:
1.
Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko‘taramiz. Asarlar. I – jild. – Toskent: O‘zbekiston,. NMIU. 2017 y. 592
2.
Ильин Е.П. Мотивы человека: теория и методы изучения. – СПб.: Питер, 1998. –
677
3.
Немов Р.С. Общая психология: Краткий курс. - СПб.: Питер. 2008. - 304 c
4.
Фрэнкин Р.Е. Мотивация поведения/ Пер. с англ. – СПб.: Питер, 2003.- 651 с
5.
The Cambridge Handbook of Personality Psychology. Edited by Philipp.J. Corr.
Cambridge University Press 2009